TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi avatar

TGINSIGHT CHAT

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

@farkengash

Siasa

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi Veb-sayt: www.farkengash.uz Facebook: facebook.com/kengashrasmiy Youtube: youtube.com/@farkengash E-Pochta: [email protected] Murojaat uchun: @kotibiyatfar_bot

Wanachama5,510Wanachama wa sasa
Machapisho1,002Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni2,565Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 2 kati ya 84 · machapisho 1,002

Imechapishwa 20 Mei

📌Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 🗓 Bugun Xalq deputatlari viloyat Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari, tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirok etdi. ➡️Yig‘ilish davomida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi rahbarlarining sohaga oid hisobotlari tinglanib, amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan muhokamalar olib borildi. 🔼 Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul tashkilotlar rahbarlari, viloyat Kengashi huzuridagi Ekspertlar guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan mutasaddilarga qator savol, taklif va tavsiyalar bildirildi. 💬 Muhokamalar yakunida sohaga oid muammolarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. ✔️ Shunindek yig‘ilish yakuniga ko‘ra, mazkur masalalarni xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyalari kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube

232 views

Imechapishwa 20 Mei

#live 📹 Ayni daqiqalarda xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi Fan, ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi boʻlib oʻtmoqda. ✅Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan hududlardan ishtirok etayotgan deputatlar va viloyat Kengashi huzuridagi Ekspertlar hamda yoshlar maslahat guruhi a'zolari tomonidan mutasaddilarga savol va takliflar bildirilmoqda. Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube

218 views

Hashtags

Imechapishwa 20 Mei

#live ▶️ Ayni daqiqalarda xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi Fan, ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi boʻlib oʻtmoqda. ✅Kun tartibidagi 1-masala viloyatda ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish borasida 2026-yilning yanvar-aprel oylari mobaynida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinmoqda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube

196 views

Hashtags

Imechapishwa 19 Mei

🔵 Katta Qaynar MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi 🇺🇿 Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida viloyat Kengashi deputati N.To‘xtaboyev saylov okrugi hududidagi Katta Qaynar mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston tuman Kengashi deputati N.Kamoldinova tomonidan mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan (24 ta muhim masala bo'yicha) o‘rganish ishlari olib borildi. 🔵 O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash tizimi, murojaatlar ijrosi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda hududdagi mavjud muammolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. 🔵 Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham ko‘zdan kechirildi. ✅ O‘rganish yakunida hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla tizimida ish samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan ishlashda manzilli yondashuvni kuchaytirish hamda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz

175 views

Imechapishwa 19 Mei

📍 So‘x tumanida yangi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati o‘rganildi 🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Nigoraxon Mannopova tomonidan So‘x tumanida yangi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda qurilish jarayonlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. ➡️ Mazkur o‘rganishlar Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2025-yil 22-apreldagi 16-sonli bayoni hamda sohaga oid qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. 🔵 O‘rganish davomida yangi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini boshlash, o‘quvchilar qabuli bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, ta’lim sifati uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda qurilish ishlarining borishi atroflicha ko‘zdan kechirildi. ✔️ Shuningdek, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, maktab faoliyatini samarali tashkil etish hamda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va takliflar berildi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz

346 views

Imechapishwa 18 Mei

Deputatlar hududlarda 🇺🇿 Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida viloyat Kengashi deputati T.Abdurahmonov saylov okrugi hududidagi Pandigon MFYda Rishton tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Sobirov tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi. 📊 O‘rganish davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan ishlash holati, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijtimoiy xizmatlar sifati hamda mahallada amalga oshirilayotgan manzilli yordam ishlari yuzasidan atroflicha tanishildi. ➡️ Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlik va ijtimoiy ko‘mak masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 💬 O‘rganish yakunida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz

208 views

Imechapishwa 18 Mei

🔵Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining “Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Turizm to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining hududlarda ijro etilishi masalasi muhokama qilindi. 🔵 Yig‘ilish davomida viloyatda turizm sohasini rivojlantirish, mavjud turizm obyektlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ichki va tashqi turizm oqimini oshirish, sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi. ➡️ Shuningdek, hududlarning turistik salohiyatidan samarali foydalanish, xizmatlar sifatini oshirish, infratuzilmani yaxshilash hamda sohada uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va tavsiyalar bildirildi. 💬 Muhokamalar yakunida qonun ijrosini ta’minlash hamda turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz

196 views

Imechapishwa 18 Mei

Депутатларга услубий кўрсатма 🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси “Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгаши депутатининг мақоми тўғрисида»ги Қонуннинг 9-моддаси билан “Депутатнинг одоб-ахлоқ қоидалари” тегишли халқ депутатлари Кенгаши томонидан тасдиқланиши белгиланган. 📌 Юқоридагиларга кўра, Олий Мажлис Сенати Кенгашининг 2023 йил 25-мартдаги КҚ-476-IV-сонли қарорининг намунавий тартибига асосан вилоят Кенгашининг 2023 йил 11 августдаги VI-59-79-11-0-K/23-сонли қарори билан “Халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутатларининг одоб-ахлоқ қоидалари” тасдиқланган. Одоб-ахлоқ қоидалари билан танишиб, ундаги талабларга қатъий риоя қилишингиз сўралади. ➡️Эслатма: “Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар кенгаши депутатининг мақоми тўғрисида»ги Қонуннинг 9-прим1-моддасига асосан депутатлик одоб аҳлоқ қоидаларини бузган депутатга: огоҳлантириш бериш; депутатдан тегишли халқ депутатлари Кенгаши, шунингдек ўзи таркибига сайланган комиссия мажлисларида узр сўрашни талаб қилиш; депутатнинг одоб-ахлоқ қоидалари бузилишига депутат томонидан йўл қўйилганлиги фактини тегишли халқ депутатлари Кенгаши мажлисида ўқиб эшиттириш; депутатнинг ваколатларини муддатидан илгари тугатиш таъсир чоралари қўлланишига сабаб бўлади. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube | 🇺🇿 E-kengash.uz

335 views

Imechapishwa 18 Mei

▶️Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi bo'lib o'tmoqda 📹 Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube

202 views

Imechapishwa 16 Mei

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi pinned a photo

views

Imechapishwa 16 Mei

🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining 18–22 may kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi 🗓 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi 18–22 maykunlari ish rejasiga bir necha doimiy komissiyalar yigʻilishlarini oʻtkazish, saylov okruglarida faollar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, muammolarni o‘rganish, jumladan, infrastruktura, xizmat ko‘rsatish sohalarida oʻrganishlar o‘tkazish masalalari kiritilgan. 📌 Shuningdek mahalliy Kengashlarning faoliyatiga koʻmaklashish, deputatlik so‘rovlari yuborish kabi masalalar ham ish rejasidan o'rin egallagan. 🔼Batafsil rasmda🔼 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz |✅Telegram |✅Facebook | 📹YouTube

221 views

Imechapishwa 16 Mei

🇺🇿O'tgan hafta davomida viloyat Kengashi faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest 🗓 12-may kuni ✔️ Viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov, viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.To‘xtamirzayev hamda Dang‘ara tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Ergashevlar tomonidan Dang‘ara tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ko'p tarmoqli markaziy poliklinika binosida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi. ✔️ Deputatlik nazorati tadbirlari doirasida Dang'ara tumani “Katta Minglar” MFY hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar. ✔️ Viloyat Kengashi deputati F.Hashimova tomonidan Quva tumani Soyguzar mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. ✔️ Viloyat Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishida “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining viloyat hududidagi ijrosi atroflicha muhokama qilindi. 🗓13-may kuni ✔️ viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov, viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari, tuman, shahar Kengashi raislari, kotibiyat mudirlari va bosh mutaxassislari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. ✔️ Viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida viloyat Kengashi deputati M.Meliboyev saylov okrugi hududidagi 13-oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi. 🗓 14-may kuni ✔️ Viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida viloyat Kengashi deputati R.Tojiyev saylov okrugi hududidagi Bo‘rbonliq MFYda o‘rganish ishlari olib bordi. 🗓 15-may kuni ✔️ Beshariq tumanida 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi deputati M.Usmonova “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. ✔️ Viloyati Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasining 1-choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar hamda “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan muhokama o‘tkazildi. ✔️ Viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida viloyat Kengashi deputati Sh.Saydullayev saylov okrugi hududidagi Ko‘prikboshi MFYda xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashi deputati D.Saydaliyev tomonida o‘rganish ishlari olib bordi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz |✅Telegram |✅Facebook | 📹YouTube

236 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384