TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi avatar

TGINSIGHT CHAT

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi

@farkengash

Siasa

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi Veb-sayt: www.farkengash.uz Facebook: facebook.com/kengashrasmiy Youtube: youtube.com/@farkengash E-Pochta: [email protected] Murojaat uchun: @kotibiyatfar_bot

Wanachama5,510Wanachama wa sasa
Machapisho1,002Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni2,414Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 4 kati ya 84 · machapisho 1,002

Imechapishwa 9 Mei

🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining 12–15 may kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi 🗓 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi 12–15 maykunlari ish rejasiga bir necha doimiy komissiyalar yigʻilishlarini oʻtkazish, saylov okruglarida faollar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, muammolarni o‘rganish, jumladan, infrastruktura, xizmat ko‘rsatish sohalarida oʻrganishlar o‘tkazish masalalari kiritilgan. 📌 Shuningdek mahalliy Kengashlarning faoliyatiga koʻmaklashish, deputatlik so‘rovlari yuborish kabi masalalar ham ish rejasidan o'rin egallagan. 🔼Batafsil rasmda🔼 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz |✅Telegram |✅Facebook | 📹YouTube

358 views

Imechapishwa 9 Mei

🇺🇿O'tgan hafta davomida viloyat Kengashi faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest 🗓 4-may kuni ✔️ Aholi murojaatlari doimo e’tibor markazida. Navbatdagi murojaat xalq deputatlari viloyat Kengashining bosh yuriskonsulti tomonidan atroflicha o‘rganilib, unda ko‘tarilgan masalalar huquqiy jihatdan tahlil qilindi. 🗓5-may kuni ✔️ Xalq deputatlari viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan viloyat Kengashi deputati SH.G'aniyevaning 5-Beruniy saylov okrugi hududida viloyat Kengashi kotibiyat mudiri SH.Karimov, viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Pirmatov, Farg'ona shahar Kengashi kotibiyati mudiri SH.Kamolovlar tomonidan o‘rganishlar olib borildi. 🗓 6-may kuni ✔️ Xalq deputatlari Farg'ona viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov, viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari, tuman, shahar Kengashi kotibiyatlari mudirlari va bosh mutaxassislari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. ✔️ Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashiga Qo‘qon shahar 11-A.Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat Abdullayev Manzur Djavdatovich tomonidan saylov okrugi hududidagi Qo‘qon shahar “Shirin” MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. 🗓 7-may kuni ✔️ Viloyat prokuraturasida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi ✔️ Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi raisi X.Komilov hamda viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov tomonidan Margʻilon shahridagi muammolar oʻrganildi. 🗓 8-may kuni ✔️ Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov boshchiligida Farg‘ona shahrida transport vositalarining harakatlanish tezligi me’yorlarini belgilash tartibi yuzasidan soha mutaxassislari ishtirokida muhokama o‘tkazildi. ✔️ Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida viloyat Kengashi deputati Z.Raxmonovning saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari olib borildi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz |✅Telegram |✅Facebook | 📹YouTube

209 views

Imechapishwa 9 Mei

Xotira muqaddas🇺🇿 🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi barcha yurtdoshlarimizni 9-may — "Xotira va qadrlash kuni" bayrami bilan samimiy tabriklaydi. 🗓Bu ulugʻ sana xalqimizning tinchligi, yurtimiz ravnaqi va bugungi osoyishta hayot yoʻlida fidokorona xizmat qilgan insonlarni chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etish kunidir. 🚩 Ayniqsa, urush va mehnat faxriylari, moʻtabar nuroniylarimizning hayot yoʻli, matonati va fidoyiligi yosh avlod uchun chinakam ibrat maktabidir. 🦅 Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka va yurtimizga tinchlik tilaymiz. 🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz |✅Telegram |✅Facebook | 📹YouTube

193 views

Imechapishwa 8 Mei

📍Dang‘ara tuman Kengashi kotibiyatida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi 🇺🇿Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov Dang‘ara tuman Kengashi kotibiyatining yangi binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 🏠 Tashrif davomida yangi binoda kotibiyat faoliyatini samarali tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar, xodimlar uchun ajratilgan xizmat xonalari, ish jarayonlari uchun yaratilgan qulayliklar hamda binoning texnik imkoniyatlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. 📌 O‘rganish jarayonida kotibiyat xodimlari uchun ajratilgan xonalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan minimal talablar asosida zarur mebel va texnik jihozlar bilan ta’minlanganligi aniqlandi. ➡️ Shuningdek, doimiy komissiyalar faoliyatini rivojlantirish, hujjatlar bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish hamda deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi. ✔️ Tashrif yakunida ish samaradorligini yanada oshirish, xodimlar uchun qulay mehnat muhitini yaratish hamda mavjud sharoitlardan unumli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz |✅Telegram |✅Facebook | 📹YouTube

212 views

Imechapishwa 8 Mei

📊 Deputatlar tomonidan dasturlar ijrosi o‘rganildi 🇺🇿 Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov, viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.To‘xtamirzayev hamda Dang‘ara tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Ergashevlar tomonidan Dang‘ara tumanidagi 2-DMTTda olib borilayotgan qurilish ishlari o'rganildi 📍 Dang‘ara tumani Uvaysiy MFY, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan 2-DMTT hududida 150 o‘rinli yangi bino barpo etilmoqda. Mazkur obyekt bo‘yicha o‘tkazilgan tender yakunlariga ko‘ra “FARG‘ONA OROM” MCHJ g‘olib deb topilib, pudratchi tashkilot hamda Farg‘ona viloyati “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati” DM o‘rtasida qiymati 5 milliard 376 million so‘mlik pudrat shartnomasi imzolangan. 🗓 Hozirgi kunda qurilish maydonida kotlavan qazish va beton quyish ishlari yakunlanib, g‘isht terish ishlari olib borilmoqda. 🏠 Yangi bino foydalanishga topshirilgach, hududdagi maktabgacha ta’lim tizimida qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qiladi. Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz |✅Telegram |✅Facebook | 📹YouTube

195 views

Imechapishwa 8 Mei

✍️ Kengash qarorlarini shakllantirish va rasmiylashtirish 🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi bosh yuriskonsulti E. Ibodinov tomonidan tuman va shahar Kengashlari bosh mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi. ➡️ Seminarda Kengash qarorlarini shakllantirish va rasmiylashtirish tartibi, ularni amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish, shuningdek mahalliy Kengashlar faoliyatida hujjatlar bilan ishlashning huquqiy asoslari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. ✏️ Ishtirokchilar tomonidan Kengash qarorlarini tayyorlash va rasmiylashtirish jarayonida uchraydigan amaliy masalalar muhokama qilindi hamda fikr almashildi. ✔️ Seminar yakunida mutaxassislarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, Kengash qarorlarini sifatli ishlab chiqishni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz |✅Telegram |✅Facebook | 📹YouTube

182 views

Imechapishwa 8 Mei

Hududlardagi muammolar ijobiy hal etilmoqda 📍Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida viloyat Kengashi deputati Z.Raxmonovning saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari olib borildi. ➡️Unda viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov, viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.To‘xtamirzayev hamda Dang‘ara tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Ergashev ishtirok etdi. 🔼 Dastlab Dang‘ara tumani Uvaysiy MFY, Tinchlik ko‘chasidagi 200 metr masofadagi nosoz yo‘l holati o‘rganilib, ushbu yo‘l qismini yangitdan asfaltlashtirish va fuqarolar uchun qulay harakat sharoitlarini yaratish masalasi ko‘rib chiqildi. ✔️ Yakunda muammoni bartaraf etish maqsadida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi qarori asosida infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yo‘lni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube

187 views

Imechapishwa 8 Mei

🚨Yo‘l harakati xavfsizligi — dolzarb masala 🇺🇿 Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov boshchiligida Farg‘ona shahrida transport vositalarining harakatlanish tezligi me’yorlarini belgilash tartibi yuzasidan soha mutaxassislari ishtirokida muhokama o‘tkazildi. 💬 Muhokama davomida shahar hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, piyodalar xavfsizligini kuchaytirish hamda aholi gavjum hududlarda transport vositalari tezligini tartibga solish masalalari ko'rib chiqilindi. ✔️ Shuningdek, ta’lim muassasalari va ijtimoiy obyektlar yaqinida xavfsizlik choralarini kuchaytirish, zamonaviy yo‘l belgilarini o‘rnatish hamda yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha mutaxassislarning taklif va tavsiyalari tinglandi. 📌 Muhokama yakunida mas’ul tashkilotlarga harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tegishli vazifalar belgilab berildi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube

178 views

Imechapishwa 8 Mei

📌 Fuqaro murojaati o‘rganildi 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Pirmatov tomonidan fuqaroning bino va inshoatlarga bo'lgan huquqini tiklash yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi. ✔️ Murojaat yuzasidan fuqaroga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirish berilib, Kengash qarorlarini qabul qilish tartibi hamda tegishli jarayonlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube

188 views

Imechapishwa 7 Mei

📍 Farg‘ona viloyatida yangi sanoat zonalari tashkil etiladi 🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining 2026-yil 4-maydagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda yangi sanoat zonalarini tashkil etish belgilandi. ➡️ Qarorga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining 11 ta shahar va tumanida jami 160,91 gektar yer maydonida sanoat zonalari tashkil etiladi. 📊 Jumladan: Farg‘ona shahri – 5,58 ga Bag‘dod tumani – 8,37 ga Buvayda tumani – 5,0 ga Dang‘ara tumani – 22,73 ga Quva tumani – 9,3 ga Oltiariq tumani – 15,4 ga Qo‘shtepa tumani – 25,5 ga Rishton tumani – 5,6 ga O‘zbekiston tumani – 21,4 ga Farg‘ona tumani – 26,51 ga Furqat tumani – 15,52 ga 📈 Mazkur sanoat zonalari hududlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. ➡️ Qarorning to'liq mazmuni bilan kengash.gov.uz portali orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

149 views

Imechapishwa 7 Mei

Deputatlar hududlarda 🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov, xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi raisi O.Ahmadshayev hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov tomonidan “Zuxro” MFY hududida joylashgan 36-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari oʻrganildi. 🖥 Umumiy loyiha qiymati 5 mlrd 797 mln soʻmni tashkil etayotgan mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari bolajonlar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan. 🔵 Oʻrganish davomida obyekt hududida olib borilayotgan ishlar sifati, qurilish me’yorlariga rioya etilishi, belgilangan muddatlarga amal qilinishi hamda foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifatiga alohida e’tibor qaratildi. ⚙️ Ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan “TEXNO GEO STROY” MCHJ mas’ullari bilan muloqot davomida bugungi kunda bajarilgan ishlar, keyingi bosqichlar hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari muhokama qilindi. ➡️ Shuningdek, qurilish jarayonida sifat va shaffoflikni ta’minlash, ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi. ✔️ Ta’kidlanganidek, loyiha ijrosi deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olingan. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube

192 views

Imechapishwa 7 Mei

💧 Ichimlik suvi muammosi o'rganildi 🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi raisi X.Komilov hamda viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov tomonidan Margʻilon shahridagi “Vatan” MFYda ichimlik suvi bilan bogʻliq muammo oʻrganildi. 🔵 Oʻrganish davomida mahalla aholisi bilan muloqot qilinib, hududdagi ichimlik suvi ta’minotida kuzatilayotgan muammolar, mavjud infratuzilma holati hamda aholining murojaatlari atroflicha koʻrib chiqildi. 🗓 Mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muammoni bartaraf etish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda tizimdagi mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi. ✉️ Shuningdek, murojaatlarni ijobiy hal etish va aholiga qulay sharoit yaratish masalasi doimiy nazoratda boʻlishi ta’kidlandi. 🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube

171 views
123456•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384