TGINSIGHT CHAT
Digital.edu IT Career
@digitalitvacancy
CareerRaqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Mga kamakailang post
Pahina 21 ng 42 · 502 post
Na-publish May 30
Kelajakda qaysi kasblar eng kerakli bo‘ladi? ⚜️Jahon iqtisodiy forumining “Future of Jobs 2025” hisobotiga ko‘ra, eng yuqori talab quyidagi yo‘nalishlarga bo‘ladi: ➡️Data Analysis (Ma’lumotlarni tahlil qilish); ➡️Data Science & ML/AI (Ma’lumotlar Ilmi va sun’iy Intellekt); ➡️Data Engineering(Ma’lumotlar muhandisligi). 💡Nega bu yoʻnalishlar muhim? ➡️Qaror qabul qilish – kompaniyalar muhim strategik qarorlarni haqiqatga yaqin ma’lumotlarga asoslab qabul qiladi; ➡️Tejamkor strategiyalar – ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish va jarayonlarni avtomatlashtiriradi; ➡️Shaxsiylashtirilgan yondashuv – har bir mijozga moslashtirilgan takliflar yaratadi; ➡️Kelajakni bashorat qilish – yangi imkoniyatlar va tendentsiyalarni boshqalardan ilgari aniqlashga imkon beradi. ⬇️Ushbu yoʻnalishlarda quyidagi oʻquv markazlarida tahsil olish mumkin: ➡️Mohirdev; ➡️MAAB Innovation; ➡️Astrum akademiyasi. 👨👦👦Tobora rivojlanib borayotgan mehnat bozoridagi kunlik oʻzgarishlar, yoʻnalishlar kesimida aynan nimalarni oʻrganish kerakligi haqida uzbekcoders.uz saytida batafsil tanishib olishingiz mumkin. 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin
Na-publish May 29
IT Junior Project Manager 🏢 Tashkilot: Cambridge group projects 💼 Ish tajribasi: 1-3 yil 🌐 Hudud: Toshkent shahar 🕰 Ish vaqti: 5/2, 9 soat 💰 Maosh: suhbat asosida 📞 Bog'lanish: [email protected], +998908257901 @digitalitvacancy
Na-publish May 29
Kelajak hozirdanoq boshlandi: nega AI va avtomatlashtirish ko‘nikmalari endi majburiy? 🔗 Texnologiyalar yildan-yilga emas, oy sayin o‘zgarmoqda. Siz dasturchi, mahsulot menejeri yoki UX dizayner bo‘lishingizdan qat’iy nazar — AI bilan ishlash qobiliyati endi “plus” emas, shartga aylangan. 💻 2025-yildan ish beruvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega nomzodlarni izlashadi: - Ish jarayonlariga AI vositalarini qo‘sha oladiganlar va ish samarasini oshiradiganlar (masalan: ChatGPT, GitHub Copilot, Notion AI) - Prompt engineering va avtomatlashtirilgan test jarayonlarini tushunadiganlar - Avtomatlashtirishni inson markazidagi dizayn bilan muvozanatlashtira oladiganlar 💡Maslahat: AI bo‘yicha ekspert bo‘lish shart emas. Kichik qadamlardan boshlang — bugunoq yangi AI vositalarini sinab ko‘ring! @digitalitvacancy
Na-publish May 27
APIO 2025 - yakuniy natijalarni e'lon qilamiz! ✅ Bugun, 27-may kuni 40dan ziyod mamlakat yoshlari bellashgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi (APIO 2025) ning rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi! ⏺Marosim onlayn tarzda jonli efir orqali namoyish etiladi. Tadbir davomida olimpiada natijalari e’lon qilinib, g‘oliblar medallar bilan taqdirlanadi. 🔗Marosimni tomosha qilish: havola ⌛Boshlanish vaqti: 27-may, soat 14:00da Barchangizni ushbu esda qolarli daqiqalarda ishtirok etishga va yosh dasturchilarimizni qo‘llab-quvvatlashga taklif qilamiz! @xalqaro_it_olimpiada
Na-publish May 26
ITProject/ Sales Manager 🏢 Tashkilot: Stylemix themes 💼 Ish tajribasi: 1-3 yil 🌐 Hudud: gibrid formatda 🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat 💰 Maosh: 600 - 2000 $ 📞 Bog'lanish: [email protected] vakansiyaga havola @digitalitvacancy
Na-publish May 26
❗️Obyektivka, Rezyume va CV — bularni farqlay olmasangiz, ish topshirishdan oldin shu postni o’qing. Ko’pchilik talabalar ishga hujjat topshirayotganda aynan qaysi hujjat kerakligini bilmaydi. Bu esa nomuvofiqlik va salbiy taassurotga olib kelishi mumkin. 🔍 Keling, uchtasining farqini tushunib olaylik: 📌Obyektivka (Ma’lumotnoma) – Davlat tashkilotlariga kerak bo’ladigan hujjat. Unda ishlagan joylaringiz, oila-a’zolaringiz va faxriy unvonlaringiz haqida qisqacha faktlar bo’ladi. Emotsiyasiz, rasmiy shakl. 📌Rezyume – Oddiy va zamonaviy ish beruvchilarga topshiriladigan hujjat. Unda qisqa, ammo lo‘nda tarzda tajriba, yutuq va natijalaringiz yoziladi. Minimalistik dizayn va samaradorlikni ko‘rsatadi. 📌CV (Curriculum Vitae) – Ko‘proq akademik yoki xalqaro tashkilotlarda talab qilinadi. Sizning ilmiy maqolalaringiz, izlanishlaringiz, grantlaringiz, konferensiya ishtiroklari va boshqa ilmiy faoliyatingiz yoritiladi. 📥 Ishga hujjat topshirishdan oldin, aynan sizdan qaysi biri talab qilinayotganini bilib oling. Har birining o’z o’rni bor.
Na-publish May 23
JavaScript Full Stack Developer 🏢 Tashkilot: Sigma Sweden Software 📚 Talablar: Node.js, ReactJS, TypeScript, ... 💼 Ish tajribasi: 1-2 yil 🌐 Hudud: masofaviy 🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat 💰 Maosh: Suhbat natijasiga ko'ra 📞 Bog'lanish: [email protected] vakansiyaga havola @digitalitvacancy
Na-publish May 21
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mentorlarni ishga taklif etamiz 📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi "Al-Xorazmiy vorislari loyihasi"ning 9 ta hududda olib borilayotgan mashg'ulotlari uchun front-end, back-end, mobil dasturlash, sunʼiy intellekt, maʼlumotlar tahlili, kiberxavfsizlik, oʻyin yaratish yo‘nalishlari bo‘yicha mentorlarni izlamoqda. ✅Mentorlikka talablar: ➡️Mobile App Development - Mobil ilovalar ishlab chiqish bo'yicha chuqur bilim va tajribaga ega bo'lishi, shuningdek, Java, Kotlin, Sql dasturlash tillari bo'yicha tajribasi; ➡️Game Development - o‘yinni ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Unity, Unreal Engine da ishlash tajribasi. C#, C++, Python va algoritmlarni ishlab chiqish tajribasi; ➡️Artificial Intelligence & Machine Learning - sun'iy intellekt va mashinaviy o‘rganish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan TensorFlow, PyTorch, Scikit-learn va OpenCV bilan ishlash tajribasi. Python, R va algoritmlarni ishlab chiqish, neyron tarmoqlar, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), kompyuter ko‘rish (Computer Vision) va ma'lumotlar tahlili bo‘yicha amaliy tajriba; ➡️Data Analytics – ma'lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan SQL, Pandas, NumPy, Power BI va Tableau bilan ishlash tajribasi. Python, R va statistik tahlil, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish, biznes tahlili, mashinaviy o‘rganish asoslari hamda katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha amaliy tajriba; ➡️Cyber Security – kiberxavfsizlik bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan tarmoq xavfsizligi, xavfsiz kod yozish, penetration testing va ethical hacking bo‘yicha tajriba. Kali Linux, Metasploit, Wireshark, Burp Suite kabi vositalar bilan ishlash, xavfsizlik auditlari, zaifliklarni tahlil qilish, tarmoq va web-ilovalarning himoyasini ta’minlash, shuningdek, shifrlash va autentifikatsiya tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba; ➡️Front-end -Veb-interfeyslar yaratish bo‘yicha chuqur bilim va tajriba. HTML, CSS, JavaScript, va zamonaviy front-end freymvorklar (React, Vue, Angular) bilan ishlash malakasi. UI/UX dizayn asoslarini tushunish, adaptiv dizayn yaratish, Figma va Adobe XD bilan ishlash ko‘nikmasi; ➡️Back-end — Server tarafdagi tizimlar va API’lar ishlab chiqish bo‘yicha mustahkam tajriba. Python Django, Flask, va Spring Boot kabi freymvorklar bilan ishlash. MySQL, PostgreSQL, MongoDB kabi ma’lumotlar bazalari bilan samarali integratsiya qilish. REST ful va GraphQL API yaratish va xavfsizligini taʼminlash ko‘nikmalari. ⬇️Kerakli malaka va ko‘nikmalar: ➡️O‘quvchilar va hamkasblar bilan muloqotga kirishuvchanlik; ➡️Talabalar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam berish qobiliyati; ➡️Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak; ➡️Tahliliy ko‘nikmalar. ⚜️Ish haqi suhbat asosida belgilanadi. ➡️Ariza qoldirish uchun havola: https://forms.gle/euLafsByU3bp4erZ8 🚀Telegram |📷Instagram
Na-publish May 21
AI MAANG kompaniyalardagi “ko‘rinmas muhandislar”ga qarshi kurash boshladi! Mashhur texnologik kompaniyalarda (MAANG — Meta, Apple, Amazon, Netflix, Google) ba'zi dasturchilar oyiga atigi 1-2 marta kod yozib, yuqori maosh olib kelayotgan edi. Endi esa sun’iy intellekt (AI) bu holatni butunlay o‘zgartirishi mumkin. Faktlar: - AI hozirda ishlab chiqaruvchanlikni 15% ga oshiryapti. 6 oy ichida bu ko‘rsatkich 50% ga yetishi kutilmoqda. - “Ghost engineer”lar – ya’ni deyarli hech narsa qilmaydigan, lekin “band” ko‘rinadigan muhandislar AI yordamida oson aniqlanadi. - Tesla va X (Twitter) tajribasi shuni ko‘rsatdiki, hatto 80% xodim qisqartirilganda ham platforma ishlashda davom etdi. Xulosa: AI dangasa dasturchilar davrini tugatmoqda. Ishda qolish uchun tezda moslashish va haqiqiy qiymat yaratish talab qilinadi. Batafsil ushbu maqolada o'qishingiz mumkin. @digitalitvacancy
Na-publish May 19
Oracle DB mentor 🏢 Tashkilot: "IT Loyihalar" MChJ 📚 Talablar: SQL va PL/SQL chuqur bilimlar, Oracle Database arxitekturasi, Oracle Database Administration (DBA),Security va Audit, o'zbek va rus tilida dars o'ta olishi 💼 Ish tajribasi: 1-2 yil 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish formati: onlayn yoki oflayn (o'zbek tilida) 💰 Maosh: Suhbat natijasiga ko'ra 📞 Bog'lanish:@iroda_ex, +998 99 633 12 10 @digitalitvacancy
Na-publish May 17
Иш бериш — иш ўрни эмас, имконият беришдир Кўп танишларим: “Яхши ишчи топиш кийин”, “Компаниямга ходим керак”, “Одам йўқ” деган гапларни кўп айтяпти. Муаммо факат кадрларда эмас. Муаммо — муносабатда. Иш бериш — фақат маош ва вазифа бериш эмас. Бу — имконият бериш. Эътибор бериш. Ургатиш. Ишониш. Кимдадир салоҳият бор. Аммо у ўзини кўрсатишга имконият олмаган. 1. Резюмега эмас, салоҳиятга қаранг Ҳамма ҳам кучли CV ёза олмайди. Лекин баъзилари биринчи имкониятни олса, энг яхши жамоа аъзосига айланади. Савол беринг: → “Бу одам нимага қизиқади?” → “У қандай вазиятда очилади?” → “Уни кучли қилувчи тараф нима?” 2. Хатога тайёр бўлинг Янги одам билан ишлаш — қийин. У хатолар қилади. Лекин шу жараён орқали у ўсади. Агар ҳар бир хатони жавобгарлик деб қабул қилсангиз, ҳеч қачон кучли жамоа қура олмайсиз. 3. Иш берманг — мақсад беринг Агар сиз инсонга фақат иш эмас, маъно берсангиз — у сиз билан қолади. Ҳатто бошқа жой кўпроқ тўласа ҳам. → “Бу ерда у нимани ўрганади?” → “Унинг ҳиссаси қандай натижа беради?” → “Унинг иши нима учун муҳим?” Хулоса Биз иш эмас, имконият беришни ўрганишимиз керак. Ҳақиқий раҳбар — одамни кўради, ишонади ва ўсишига ёрдам беради. Ҳатто у ҳали тайёр бўлмаса ҳам. @paiziev24
Na-publish May 16
“Job&Edu Fest” — mehnat va ta’lim yarmarkasi ✅Avvalroq, 14-may kuni Inha universiteti va School 21 majmuasida “Job&Edu Fest” – IT mehnat va ta’lim yarmarkasi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. ⚜️Yarmarkada yetakchi IT kompaniyalar oʻzlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi. Birgina EPAM kompaniyasi hozirgi vaqtda aktual boʻlgan 176 ta ish oʻrni mavjudligi hamda bu ish oʻrinlariga faol tarzda mutaxassislar izlanayotganini bildirdi. 👨👦👦Shuningdek, yarmarkada 1200 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Batafsil videolavhada tomosha qiling! 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin