TGINSIGHT CHAT
Digital.edu IT Career
@digitalitvacancy
CareerRaqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Mga kamakailang post
Pahina 4 ng 42 · 502 post
Na-publish Mar 19
Ko‘pchilik Senior dasturchini "kodlarni yoddan biladigan daho" deb tasavvur qiladi. Ammo haqiqat ancha sodda va qiziqroq. Junior va Senior o‘rtasidagi asosiy farq Seniorning xotirasi kuchliligida emas, balki uning savol berish mahoratida. Bugungi kunda Google, Stack Overflow va ayniqsa Claude/ChatGPT kabi sun’iy intellektlar barcha javoblarni biladi. Endi muammo javob topishda emas, muammoni qanday savol berib hal etishda. Hamma ishni AI qilsa nega ularga katta maosh to‘lanadi? Kompaniyalar faqat ular kod yozgani uchun pul to'lamaydi. Ular: - Muammoning tub ildizini ko‘ra oladi; - Uni mayda qismlarga bo‘lib tahlil qiladi; - Va o‘sha AI yoki qidiruv tizimiga shunday "prompt" yozishi kerakki, natija muammoga yechib berishi kerak. Junior dasturchi "nega kodim ishlamayapti?" deb so‘rasa, Senior dasturchi xatolikning asab tizimini tahlil qilib, tizimning qaysi nuqtasida mantiqiy chalkashlik borligini aniq ko'rsatib savol beradi. “Software engineer" yoki "Muhandis" umuman farqi yo'q. Amalda ular savol berish san’ati ustalari. AI qanchalik aqlli bo‘lmasin, unga to'g'ri buyruq berish uchun baribir insoniy mantiq kerak. Chunki noto‘g‘ri qo‘yilgan savolga to‘g‘ri javob olib bo‘lmaydi. To‘g‘ri savol bera olish uchun ham kuchliy mantiqiy fikrlash kerak.
Na-publish Mar 18
Kanalimiz Siz uchun qanchalik foydali bo‘lmoqda? Kanaldagi e’lon qilingan vakansiya va imkoniyatlardan qanchasiga murojaat qildingiz yoki bog‘landingiz? Tajriba, natija va taassurotlaringizni ulashing — bu bizga kontentni Siz uchun yanada mos va sifatli qilishga yordam beradi. 🚀Telegram
Na-publish Mar 18
“6 kun 9 odat 0 bahona” chellenjida ishtirok eting! 🔗Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan intizom, bilim va diqqatni mustahkamlash maqsadida maxsus chellenj eʼlon qilamiz. ⚜️Tanlovda maktab oʻquvchilari va yoshlar ishtirok etishi mumkin. 📑Ishtirok etish uchun 6 kun davomida har kuni 9 ta oddiy, ammo qudratli odatni bajaring: ➡️1 soat — AT kasblaridan birini oʻrganish; ➡️30 daqiqa — ingliz tilini mashq qilish; ➡️30 daqiqa — kitob oʻqish; ➡️30 daqiqa — jismoniy faollik; ➡️1 soat — oila bilan sifatli vaqt; ➡️30 daqiqa — piyoda yurish; ➡️8 soat — toʻliq uyqu; ➡️Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaslik; ❗️Eng muhimi hech qanday bahona qilmaslik talab etiladi. ✅Kunlik natijalaringizni esa 23-martdan boshlab 6 kun davomida 28-martga qadar @sohibqironrobot ga yuborishingiz lozim. ⚡️Shartlarni toʻliq bajargan 3 nafar ishtirokchi esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi! 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin
Na-publish Mar 17
Tech Assistant qidiryapman AI, engineering va yangi texnologiyalarga qiziqadigan, birga o‘sishni xohlaydigan insonni qidiryapman. Bu rol orqali siz: • yangi AI tool’larni research va test qilasiz • kichik prototiplar (vibe coding) qilasiz • har hafta kamida 2 ta mentoring meeting orqali yangi texnologiyalarni o‘rganasiz Talablar: • English B2+ • Critical thinking va engineering mindset • AI tools bilan ishlash tajribasi Ariza berish uchun: https://forms.gle/t9RiNQauxLFjGXQK6 Deadline: 21-mart
Na-publish Mar 13
IT sohasida yo‘nalish tanlashga ikkilanyapsizmi? Unda avval navigatsiyadan boshlang. Backend, frontend, kiberxavfsizlik, Data Science… Yo‘nalishlar shu qadar ko‘p bo‘lgandan keyin, chalkashib ketish oson, albatta. Shu sababli IT kasblarining bir-biridan farqini tushunishga va aynan sizga mos keladigan yo‘nalishni aniqlashga yordam beradigan “IT-Navigator” tadbirini takroran o‘tkazishga qaror qildik. Tadbirda turli soha ekspertlari IT mutaxassislarining asosoiy vazifalari va ular oldiga qo‘yiladigan talablar, kasbni egallash davomida zarur bo‘ladigan ko‘nikmalar haqida so‘z yuritadi. Dasturda: 👉 Texno-blits — 12 ta yo‘nalish bo‘yicha ekspertlarning qisqa ma’ruzalari. Atigi bir necha daqiqada har bir kasbning mazmun-mohiyatini anglab olish imkoniga ega bo‘lasiz. 👉 Speed Mentoring — ekspertlar bilan tezkor mini-uchrashuvlar. Savollaringizni aniq javob va zarur maslahatlar olishingiz mumkin. 👉 Shuningdek, eng muhimi, ya’ni platformadagi yo‘nalishlardan qay birini tanlash va tanlovdan keyingi qadamlar nimalardan iborat bo‘lishi kerakligini muhokama qilamiz. 📍 School 21, Toshkent, Ziyolilar ko‘chasi, 13-uy 📍 School 21, Samarqand, Ibn Sino ko‘chasi, 17A-uy 📅 17-mart, 14:00 👉 Asosiy ta’lim uchun ro’yxatdan o’tish platformada mavjud ________ Не знаешь, какое направление выбрать в IT? Начни с навигации. Бэкенд, фронтенд, кибербезопасность, Data Science… Когда направлений так много, легко запутаться. Поэтому мы снова проводим «IT-Навигатор» — встречу, которая помогает разобраться, чем отличаются IT-профессии и какое направление может подойти именно тебе. На ивенте эксперты из разных областей расскажут, чем на самом деле занимаются специалисты, какие навыки нужны и как выглядит путь в профессии. В программе: 👉Техно-блиц — короткие выступления экспертов по 12 направлениям. Всего за несколько минут ты поймёшь, чем живёт каждая профессия. 👉Speed Mentoring — быстрые мини-встречи с экспертами. Можно задать свой вопрос, получить честный ответ и услышать личный совет. 👉А ещё разберёмся с самым важным: как выбрать направление на платформе и что делать дальше после этого выбора. 📍 School 21, Ташкент, ул. Зиёлилар, 13 📍 School 21, Самарканд, ул. Ибн Сины, 17А 📅 17 марта, 14:00 👉 Регистрация для основы, доступна на платформе 🔹Telegram🔹Instagram🔹Facebook🔹YouTube🔹LinkedIn
Na-publish Mar 12
Uzum запустил Uzum University — бесплатные курсы по самым востребованным навыкам в IT На онлайн-платформе уже доступно более 50 курсов от экспертов Uzum и ведущих ИТ-компаний. Uzum University — онлайн-платформа, которая предоставляет возможность освоить новые навыки и пройти курсы, которые ранее были доступны эксклюзивно для сотрудников экосистемы. Курсы различных уровней сложности, подходят как для новичков, так и для специалистов уровня руководителя. На онлайн-платформе уже представлены курсы по следующим направлениям: • управленческие навыки; • коммерция; • финансы; • маркетинг; • HR и многое другое. Вся информация доступна по ссылке. Все курсы доступны бесплатно по регистрации. ТГ канал👉@uzbekfintech
Na-publish Mar 11
Yandex Uzbekistan’da amaliyot o‘tash imkoniyati! 🟡 O‘zbekistonning istalgan hududidan qatnashish mumkin bo‘lgan 5 haftalik bepul onlayn dastur orqali nazariy bilimlaringizni amaliy ko‘nikmalarga aylantiring va ilk qadamdan yakuniy suhbatgacha tayyorlaning. ✔️ Eng faol va yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar: ✔️ Sertifikat ✔️ Karyera bo‘yicha maslahat ✔️ Sinov texnik suhbati ✔️ Toshkent ofisida IT-amaliyot uchun taklif olishlari mumkin! ⏰Ro‘yxatdan o‘tish uchun:havola Ro‘yxatdan o‘tish 15-martgacha davom etadi! 🚀Telegram
Na-publish Mar 10
Frontend (React)dasturlash yo‘nalishida masofaviy amaliyot imkoniyati! 🏢Kompaniya: PREAX 🟡Manzil: Masofaviy (Remote) 👨🎓 Tajriba: Talab qilinmaydi 💰Maosh: To‘lanmaydigan amaliyot ⚡️Nimalarga ega bo‘lasiz: ➡️Rezyumega qo‘shish mumkin bo‘lgan haqiqiy loyiha tajribasi ➡️Ish beruvchilar uchun tavsiyanomalar ➡️Zamonaviy frontend texnologiyalar bilan ishlash imkoniyati ➡️Git, masofaviy repository’lar va murakkab vazifalar bilan keng tajriba ➡️Muloqot va kommunikatsiya qobiliyatlari (jamoada ishlash va belgilangan muddatlarga rioya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish) ✔️Nomzodlar uchun talablar: ✔️HTML, CSS, JavaScript va Git bo‘yicha boshlang‘ich bilim ✔️React, TypeScript yoki state manager’lar bilan tanish bo‘lish (afzal) ✔️Rus tilini bilish (kamida o‘rta darajada) ✔️Haftasiga kamida 3 soat amaliyot qilish imkoniyati ✔️Jamoada ishlash va ijobiy kommunikatsiya 👨🦰Asosiy vazifalar: ➡️ Sprint shaklida jamoa bilan haqiqiy loyihalarda ishlash ➡️ Noldan servis va ilovalar yaratishda ishtirok etish ➡️ Mavjud loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish ➡️ Legacy kod bilan ishlash: tahlil, refaktor va tuzatishlar kiritish ➡️ Code review jarayonida ishtirok etish va fikr-mulohaza berish ➡️ Haqiqiy ish sharoitida belgilangan muddatlarga rioya qilgan holda ishlash 🌚CV yuborish uchun e-mail: [email protected] 🌐 Bugunoq CV’ingizni yuboring va qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🚀Telegram
Na-publish Mar 10
O‘zbekistonning birinchi "yakkashox" kompaniyasida amaliyot imkoniyati! Uzum E-com B2B marketing bo‘limi uchun amaliyotchi (intern) izlamoqda. 🏢Kompaniya: Uzum E-com 🟡 Manzil: Toshkent (ofis) 👨🎓 Tajriba: Talab qilinmaydi ⏳ Bandlik: Haftasiga kamida 20 soat ✔️Nomzodlar uchun talablar: ✔️Microsoft office (PowerPoint, Excel) bo‘yicha mustahkam bilim ✔️Google docs va google sheets bilan ishlash tajribasi ✔️Analitik fikrlash qobiliyati ✔️Yaxshi kommunikatsiya va jamoa oldida so‘zlashish ko‘nikmasi ✔️O‘zbek va rus tillarini yuqori darajada bilish ⚡️Taklif etiladi: ➡️ Rasmiy ishga qabul (haftasiga kamida 20 soat) ➡️ Moslashuvchan ish grafigi ➡️ Raqobatbardosh maosh ➡️ Mentorlik va haqiqiy B2B marketing tajribasi 🌚Arizangizni ushbu havola orqali topshiring. 🚀Telegram
Na-publish Mar 10
AQSHning Yuta universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi ✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi va AQSHning nufuzli Yuta universiteti o‘rtasida raqamli ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik doirasida: ➡IT, sun’iy intellekt, data science va game development yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlari, ➡ilmiy tadqiqotlar hamda ➡talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. ➡Shuningdek, o'yin yaratish va interaktiv media yo‘nalishlarida yoshlar uchun maxsus dasturlar tashkil etiladi. 📥Agar Siz o‘yinlar yaratish, 2D/3D grafika, animatsiya yoki Unity va Unreal Engine bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali ariza qoldiring. 🔗Eng iqtidorli yoshlarni bepul o'qitib yuqori maoshli ish bilan ta'minlashga yordam beramiz.
Na-publish Mar 10
Data analitika yo‘nalishidagi mutaxassislar uchun masofadan ishlash imkoniyati 🏢 Kompaniya: Infodecs LLC 💼Bandlik: 100% Remote 💵Maosh: $2000–$3000 (soliqlar va boshqa chegirmalar olinmasdan hisoblangan umumiy maosh) 🏢 Kompaniya haqida qisqacha: "Infodecs LLC" — Yevropa va AQSh bozorlariga xizmat ko‘rsatadigan IT-konsulting kompaniyasi, data-analitika va biznes-intellekt yechimlarini taqdim etadi, masofaviy global loyihalarda ishlash imkonini beradi. 👨🦰Asosiy vazifalar: ➡️ Dashboardlar va analytics workflow’larini yaratish (Power BI) ➡️ Dataset’larni Python va SQL orqali tahlil qilish ➡️ Ma’lumotlar sifatini ta’minlash va natijalarni stakeholderlarga taqdim etish ✔️Nomzodlar uchun talablar: ✔️Data Analyst sifatida kamida 2 yil tajriba ✔️Power BI, Python, SQL bo‘yicha mustahkam bilim ✔️Ingliz tilini kamida C1 darajada bilish va biznes-kommunikatsiya ko‘nikmalari ⚡️Ustunlik beradi: "Tableau" bilan ishlash tajribasi 🌚Arizangizni ushbu havola orqali topshirishingiz mumkin. 🌐 Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting va qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🚀Telegram
Na-publish Mar 8
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak bo‘lsin! 🌷Ushbu bayram go‘zallik, mehr-oqibat va donolik ramzi boʻlgan ayollar, buvijonlar, onalar va qizlarni madh etuvchi bahoriy bayramdir. ✨Barcha xotin-qizlarimizga sihat-salomatlik, har bir ishda muvaffaqiyatlar, mehr-muhabbat va barcha orzularingizning amalga oshishini tilab qolamiz. 🎉Bayram muborak boʻlsin! 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin