TGINSIGHT CHAT
Digital.edu IT Career
@digitalitvacancy
CareerRaqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Mga kamakailang post
Pahina 6 ng 42 · 502 post
Na-publish Mar 2
🤖 Kelajakdagi muhandislarni Yosh Muhandis respublika musobaqasida o‘z salohiyatingizni namoyon etishga taklif etamiz Musobaqa doirasida siz robototexnika loyihalari, muhandislik ishlanmalari va dasturiy yechimlar bilan ishtirok etishingiz mumkin. Shuningdek, tajribali mutaxassislar oldida o‘z loyihangizni himoya qilish, savollarga javob berish va amaliy yechimlarni taqdim etish imkoniyati yaratiladi. 🥇 Eng yaxshi loyihalar homiylar, ilmiy markazlar va innovatsion dasturlarda qo‘llab-quvvatlanadi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://training.cmspace.uz/youth-projects/17 📞 Ma’lumot uchun: +998 91 693 43 94 ——— 🤖 Приглашаем будущих инженеров продемонстрировать свой потенциал на республиканском конкурсе Yosh Muhandis В рамках конкурса вы можете участвовать с проектами по робототехнике, инженерными разработками и программными решениями. Также будет предоставлена возможность защитить свой проект перед опытными специалистами, ответить на вопросы и представить практические решения. 🥇 Лучшие проекты будут поддержаны спонсорами, научными центрами и инновационными программами. 🔗 Регистрация: https://training.cmspace.uz/youth-projects/17 📞 Для справок: +998 91 693 43 94 📱Instagram📱LinkedIn 📱Telegram📱Youtube 📱Facebook📱X (Twitter)
Na-publish Mar 2
Frilanserlikka ilk qadam va daromadga chiqish yo‘llari 💻O‘zingizni IT bo‘yicha frilanserlik qilishda sinab ko‘rmoqchisizu, nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Unda bu vebinar aynan Siz uchun! 🎙 Vebinar spikeri — Jahongir Erkinov, Game Dev (o‘yin yaratish) sohasi bo‘yicha xalqaro miqyosdagi professional ekspert. U hozirga qadar Upwork platformasida 70 dan ziyod murakkab loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlab, $150.000 dan ortiq daromadga chiqqan frilanser. Vebinar joriy yilning 6-mart kuni soat 19:30 da ushbu Telegram kanalda onlayn tarzda boʻlib oʻtadi. ❓Ushbu havola orqali frilanserlikka oid savollaringizni yozib qoldirishingizmumkin. 🚀Telegram
Na-publish Mar 2
Na-publish Peb 28
Sardor og'a bilan bo'lgan suhbatni yukladik, iftorgacha ko'rib ulgursa bo'ladi bemalol, og'a qanday qilib PHPchi bo'lib qolganlaridan, 13 yildan beri nega ish joyini almashtirmayapganlari va boshqa mavzular haqida gaplashdik. Xullas suhbat qisqa bo'lmadi, lekin qiziqarli bo'lganiga shubham yo'q. Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz😊 @khumoyun_codes https://youtu.be/Bcv9b6H6FNs
Na-publish Peb 28
Na-publish Peb 28
Junior darajadagi dasturchilar uchun imkoniyat! 🏢Kompaniya:Destec Destec - ERP (korxona resurslarini rejalashtirish) tizimi Logix orqali bizneslarni raqamli transformatsiya qiluvchi xalqaro IT-kompaniya. 🟡Manzil: Toshkent, Yakkasaroy ⌛️Ish vaqti: 09:00 – 18:00, 5/2 💼Bandlik: To‘liq stavka, ofisda 💰Maosh: nomzod darajasiga qarab 👨🦰Asosiy vazifalar: ➡️ Logix dasturiy ta’minoti modullarini takomillashtirish ➡️ Loyiha jamoasi bilan hamkorlikda ishlash ➡️ Buyurtmachilar bilan kommunikatsiya ➡️ Mavjud funksionallikni yaxshilash ✔️Nomzodlar uchun talablar: ✔️SQL’ni ishonchli bilish ✔️Python bilimi (afzal) ✔️IT sohasiga qiziqish va rivojlanish istagi ✔️Jamoada ishlash va o‘rganishga tayyorlik ✔️Rus tilini bilish (afzal) 💻Tajriba talab qilinmaydi - kompaniya ichida o‘qitish mavjud ⚡️Taklif etiladi: ➡️ Xalqaro produkt kompaniyada ishlash ➡️ Ichki trening va karyera o‘sishi ➡️ Rasmiy ishga qabul 🌚CV yuborish uchun e-mail: [email protected] 🌐 Bugunoq CV’ingizni yuboring va qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🚀Telegram
Na-publish Peb 25
Anime ixlosmandlari uchun bepul ta’lim va ish dasturi! 🏷Yaponiyaning video-o‘yin va animatsiya ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyasi “ELF-IN” O‘zbekistonda o‘z ofisini ochmoqda. 📑Shu munosabat bilan yapon anime mutaxassislari tomonidan o‘zbek yoshlarini animatsiya yo‘nalishida o‘qitish dasturi e’lon qilindi. Dastur: ➡️Iqtidorli yoshlar bepul o‘qitiladi; ➡️o'qishni muvaffaqiyatli yakunlaganlar ishga yo‘naltiriladi; ➡️xalqaro bozorga animatsion kontentlar uchun outsourcing loyihalarida ishtirok etish imkoniyati beriladi. Agar siz ham animatsiya sohasiga qiziqsangiz, rasm chizish, dizayn hamda digital art yo‘nalishida o'z mahoratingizni oshirib, xalqaro jamoaning bir qismiga aylanishni istasangiz — hoziroq ariza qoldiring! 📥https://forms.gle/snDdsGuouYJnBhgb6 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin
Na-publish Peb 25
O‘zbekistonda AT yo‘nalishida ta'lim beruvchi OTMlar soni keskin oshmoqda 🏷Bugun IT sohasini tanlagan talaba — ertangi kunda eng talabgir mutaxassisga aylanadi! Axborot texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda. ➡️Raqamli iqtisodiyot, ➡️sun’iy intellekt, ➡️kiberxavfsizlik va ➡️dasturiy ta’minot yo‘nalishlariga talab ortib bormoqda. Shu sababli IT sohasida malakali kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari soni ham sezilarli oshmoqda. 📊Statistik ma’lumotlarga ko‘ra: 2024-yilda AT yo‘nalishiga ega OTMlar soni — 102 ta 2025-yilda esa bu ko‘rsatkich — 145 taga yetdi. Bu esa atigi bir yil ichida42 % o‘sish degani! ✅Demak, bugun AT yo‘nalishda ta’lim olish uchun imkoniyatlar yanada kengaydi. Kelajak kasbini o'rganish va yuqori daromadli sohada faoliyat boshlash uchun AT yo'nalishdagi oliy ta'lim muassasasini tanlang. 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin
Na-publish Peb 24
Yaponiyaning video-o'yin hamda animatsiyalarni ishlab chiqaradigan kompaniyao'z ofisini O'zbekistonda ochmoqda. ✅Raqamli texnologiyalar vazirligida Yaponiyaning “ELF-IN” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Motoi Matsuo hamda ijrochi direktori Takashi Kinoshita bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ❗️Uchrashuv davomida O'zbekistonda animatsiya sohasiga yoshlarni o'qitish hamda xalqaro bozorga animatsiya kontentlarini outsorcing xizmatini yo'lga qo'yish muhokama qilindi, loyiha doirasida ushbu kompaniya O'zbekistonda o'z ofisini ochib, yoshlarni o'qitish uchun Yaponiyaning animatatsiya sohasidagi eng ilg'or mutahassislarni jalb qilinishi kelishildi. ✅“ELF-IN” Yaponiyaning o‘yin va ko‘ngilochar video mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bo‘lib, animatsiya, kompyuter grafikasi (CG), reklama roliklari hamda yirik tadbirlar uchun maxsus vizual loyihalar yaratish yo‘nalishida faoliyat yuritadi. ⚜️Agar siz ham animatsiya sohasiga qiziqsangiz, rasm chizish, dizayn hamda Digital art yo‘nalishda bilim hamda ko‘nikmalaringizni rivojlantirishni istasangiz, quyidagi havola orqali ariza qoldiring va eng iqtidorli yoshlarni bepul o'qitib yuqori maoshli ish bilan ta'minlashga yordam beramiz.
Na-publish Peb 24
Najot Ta'lim markazi "Python (django)" yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar qidirmoqda. 🏢 Kompaniya: Najot Ta'lim 💰 Maosh: 5 000 000 – 8 000 000 so‘m 👛 Tajriba: Kamida 2 yil ⌛️Bandlik: Part-time (3/4) 🗺 Ish joyi: Toshkent va Farg‘ona filiallari 👨💼Majburiyat: Python (Django) yo‘nalishida o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish 👨👦👦Nomzodlar uchun talablar: ➡️Python’da kamida 2+ yil amaliy tajriba ➡️Django / Django REST Framework bilan ishlash tajribasi ➡️Backend development va REST API yaratish tushunchasi ➡️PostgreSQL yoki boshqa MBBT bilan ishlash tajribasi ✅Taklif etiladi: ➡️Kitob xaridlari uchun chegirmalar ➡️Qarindoshlar uchun IT kurslariga chegirma ➡️300+ mutaxassislar bilan netvorking imkoniyati ➡️Samaradorlik asosida oylik oshishi ➡️Kuchli va ahil jamoa 🏷 Qiziqsangiz, ushbu formani to‘ldiring. ⚜️Bugunoq CV’ingizni yuboring va qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🏷Telegram
Na-publish Peb 24
Fantasista jamoasi Playbox uchun veb-ilovani rivojlantirishga frontend dasturchi izlamoqda. 🏢 Kompaniya: Fantasista (Playbox jamoasi) 💰 Maosh: 800 – 1 200 AQSH dollari 💼 Tajriba: Kamida 2 yil (Middle daraja) ⌛️Bandlik: Part-time $10/soat (20–35 soat/hafta) 🟡 Ish joyi: Masofaviy (Remote) ✔️Nomzodlar uchun talablar: ✔️ React bilan 2+ yil tijorat tajribasi ✔️ TypeScript’ni ishonchli bilish ✔️ Redux Toolkit / React Query / Zustand bilan ishlash tajribasi ✔️ REST API va WebSocket bilan ishlash ✔️ Avtotestlar (Vitest/Jest + RTL) tajribasi ✔️ O‘qilishi oson va qo‘llab-quvvatlanadigan kod yozish ko‘nikmasi 👨🦰Asosiy vazifalar: ➡️ React + TypeScript’da kliyent qismini ishlab chiqish va rivojlantirish ➡️ API, real-time funksionallik va Telegram integratsiyalari bilan ishlash ➡️ Komponent arxitekturasini yaxshilash ➡️ Bug’larni tuzatish, optimizatsiya va refaktoring 🌚CV yuborish uchun havola: @football_games_support 🌐 Bugunoq CV’ingizni yuboring va qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🚀Telegram
Na-publish Peb 20
«Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari 2,8 mlrd so‘mlik grantni e’lon qiladi🎉 Har yili hamkorlikda ilmga chanqoq, kelajak maqsadlari aniq yoshlarga ko'maklashish maqsadida beriladigan «Kelajak yoshlari» ta'lim grantini berishda davom etamiz. 🤩 Ramazondan Ramazongacha davom etadigan grantda 100 nafar yigit-qizga 1 yil davomida dasturlash yoki grafik dizayn hamda ingliz tili bepul o‘qitiladi. Ularning 60 tasi Toshkent filiallari, 20 tasi Farg'ona filiali va 20 ta o'quvchi Samarqand filiali uchun tanlab olinadi. 📌 Grant bosqichida 16–25 yoshdagi, respublikaning istalgan hududida yashovchi yoshlar ishtirok etishi mumkin. Saralash motivatsion xat va suhbat orqali amalga oshiriladi. Najot Ta'lim va Cambridge LC markazlari ushbu loyihani moddiy manfaat ko‘zlamagan holda, millat va Vatan oldidagi burch sifatida tashkil etmoqda. Agar siz ham bu loyihada ishtirok etmoqchi bo'lsangiz hoziroq ariza topshiring. 🔖 «Kelajak yoshlari» grantiga ro‘yxatdan o‘tish Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tish 27-fevral soat 23:59'gacha davom etadi. P.S. ushbu xabarni eng iqtidorli yoshlarga ulashishingizni so'raymiz . 📞 78-888-9-888 | najottalim.uz | WhatsApp