TGINSIGHT CHAT
Notes I Never Shared 🌱
@notesinevershared
博客☘️📝Real moments from my life since 2020. Struggles, lessons, and everything in between. I’m not here to impress — just to express. —Numonkhon
最近帖子
第 18/19 页 · 共 218 条
🌟 #10 — Alhamdulillah, bu faqat boshlanishi edi Alhamdulillah, orzularim ushalyotgandek edi. Va nihoyat — IELTS ham oldim. Lekin bu — hammasining boshlanishi edi. Oldinda yana katta yo‘l, yangi maqsadlar bor edi. 🌟 #10 — Alhamdulillah, This Was Just the Beginning Alhamdulillah, it felt like my dreams were finally coming true. I had done it — I got my IELTS result. But this… was only the beginning. There was still a long road ahead — with new goals waiting. #EverythingILived
Hashtags
💼 #9 — Oilam uchun harakat, IELTS uchun qadam Oilam yaxshiroq yashashi uchun har qanday yo‘lni qilib ko‘rgandim. Kanal yuritishni ham boshladim va undan ham daromad ola boshladim🙂 @IELTS_8 @cambridgeieltsbooks Shu topgan pullarimdan IELTS uchun ro‘yxatdan o‘tdim. To‘g‘risi, qimmat edi 😅 Keyingi oy — imtihon kuni! 💼 #9 — Hustling for My Family, Stepping Toward IELTS I tried every possible way to help my family live better. I even started running a Telegram channel — and began earning from it too 🙂 @IELTS_8 @cambridgeieltsbooks With the money I earned, I finally registered for IELTS. Honestly… it was expensive 😅 Next month — exam day is coming! #EverythingILived
Hashtags
📚 #8 — Printergacha boy edik… Allohga shukur, bularning hammasini yengib o‘tdim. Keyin IELTS olishga harakat qildim. O‘qituvchim yaxshi ish berdi. Nima ish deysizmi? Boshlanishiga — o‘sha o‘quv markazining kitoblarini chiqaradigan bo‘ldim😂 Lekin rosa yaxshi pul topardim — o‘zimizni boyib ketadigandek his qilardik. Bu orzular esa printer buzilgunga qadar edi 😅 Kechalari uxlamay kitob chiqarardim, kunduzi esa o‘qirdim. Yana yaxshi o‘qidim. Har doimgidek — Allohdan hayirlisini so‘radim 🙂 📚 #8 — Rich... Until the Printer Died Alhamdulillah, I got through it all. After that, I focused on preparing for IELTS. My teacher gave me a job — guess what? I started printing books for the education center 😂 And I was making good money! We really felt like we were about to get rich... Until the printer broke down😅 I’d stay up all night printing books, then study during the day. I kept going. Studied hard again. And, as always, I prayed for whatever is best🙂 #EverythingILived
Hashtags
🦠 #7 — Yana bir sinov: Karantin va kasallik Eng qizig‘i — orada koronavirusga ham chalindim🥲 Va yana bir oydan ko‘proq shifoxonada qolib ketdim. O‘qiganim, o‘rganganlarim — hammasi xuddi esimdan chiqib ketayotgandek edi 🥹 🦠 #7 — Another Test: Quarantine & Covid And the craziest part? I even caught coronavirus in the middle of it all 🥲 Ended up staying in the hospital for over a month. Felt like everything I had studied and worked for was just… slipping away🥹 #EverythingILived
Hashtags
发布 8月28日
🚀 #5 — Keyingi bosqich, yangi sinovlar Keyingi bosqichda meni boshqa o‘qituvchi kutar edi — bir so‘z bilan aytganda, hayotimni o‘zgartirishga katta hissa qo‘shgan inson. Kurs narxlari qimmatlashdi, endi men boshqa bosqichdagi — ya’ni alochilar bilan o‘qishim…
🚧 #6 — Qiyinchiliklar boshlandi Pandemiya sabab hamma joylar yopildi, jumladan o‘quv markazlari ham. Mening maqsadlarim orqada qolib ketgandek edi. Ishlashim kerak edi, shuning uchun shahardagi bozorga borib kunlab mallyarchilik qilishni boshladim. Ertalab ketasiz, kechasi qaytasiz — hozirgi videolarda ko‘ramizku, boy mashinasida to‘xtaydi va ishchilar yugurib boradi, xuddi shu ishni men juda ko‘p qilardim 🙂 Oradan vaqt o‘tdi, yaxshi ish topdim — Almatura zavodida edi. 15 kun yaxshi ishladim, lekin baxtga qarshi, o‘sha yerda yiqilib, boshim va oyog‘imni kuydirib oldim. Va hammasi yana to‘xtadi 😔 🚧 #6 — Hard Times Begin Because of the pandemic, everything closed — including the education centers. It felt like my goals were left behind. I had to work, so I went to the city market and started doing manual labor painting for days. You know those videos where a rich guy’s car stops and workers run to help? I did that job many times 🙂 After some time, I found a better job at the Almatura factory. I worked well for 15 days, but unfortunately, I fell there and burned my head and foot. And everything stopped again 😔 #EverythingILived
Hashtags
Bu esa o‘sha orzularimizga birga yetamiz, deb yo‘lga chiqqan Holamning o‘g‘li va men. Uzr, agar rasmda ozgina delovoyroq (jiddiyroq) ko‘rinib qolgan bo’lsam 😂 yosh bo‘lganman 😁 hozir ham😀 #EverythingILived
Hashtags
🚀 #5 — Keyingi bosqich, yangi sinovlar Keyingi bosqichda meni boshqa o‘qituvchi kutar edi — bir so‘z bilan aytganda, hayotimni o‘zgartirishga katta hissa qo‘shgan inson. Kurs narxlari qimmatlashdi, endi men boshqa bosqichdagi — ya’ni alochilar bilan o‘qishim kerak edi 😂 Postni biroz qisqaroq yozaman, lekin holat jiddiy edi 🙂 Endi kurs haftada 3 kun emas, 6 kun bo‘ladigan bo‘ldi. Kvartiraga pul sarflaymanmi, deb o‘ylab, o‘sha o‘quv markazida yotib qolishga qaror qildim. Maktabni ham deyarli osgan edim 😂 Rossa part-time ish topishga harakat qilardim, lekin topolmaganman. Yaxshi o‘qishni boshladim. O‘qituvchimga ham havasim katta edi. Oradan vaqt o‘tdi, o‘qituvchim honada qolyapganimni bildi va shu orada kechasi meni uyiga olib ketadigan bo‘ldi. Ko‘p vaqtlarda birga ovqatlanar edik (ularni hisobidan), va shundan beri menga boshqacha yondashar edi. Ha, to‘g‘ri, qizlar oldida ba’zan urar edi ham 😂, lekin o‘sha paytdanoq tushunib yetganman — barchasi men uchun edi. #EverythingILived
Hashtags
✍️ #4 — Imtihon kuni va Onamning duosi Oradan vaqt o‘tib, nihoyat imtihon kuni ham yetib keldi. Boshida aytganimdek, bu yerda hech kimga ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, balki hayotimdagi voqealarni yuragimdan yozish uchunman. Imtihondan bir kun oldin, kechasi onamga aytdim. Ha, onam hamma narsani tushunmagan edilar. Odatda haftasiga 3 kun kursga borardim, lekin imtihon sabab yana tushishimga to‘g‘ri keldi. Aniq eslayman, onam aytdilar: “Men ham ertaga ishga bormayman. Senga yo‘lkira uchun naqd pul yo‘q edi, lekin topib beraman.” Juda yosh bo‘lmasam-da, boshqa honaga o‘tib, jimgina yig‘laganman 🥲 Ertalab uyg‘onsam, qo‘shnidan ozgina qarz olib, yostig’im tagiga qo‘yib chiqib ketgan ekanlar. (Onalarimizni qadriga yetaylik — ular biz uchun nima qilishga tayyorligini so‘z bilan tushuntirib bo‘lmaydi.) Va men onamning duosini olib imtihonga yo‘l oldim 😁 Imtihon boshlandi. Kirib-chiqdim — yaxshi tayyorlangan edim. Doimgidek, holamning o‘g‘illari ham men bilan edi ha aytgancha ismlari Xojimardon🙂 2 soat o‘tgach, katta zalda natijalar e’lon qilindi. Ismim birinchilardan bo‘lib o‘qildi, va o‘qituvchim qo‘limga pul mukofotini tutqazdi — 290 ming so‘m. O‘zim ham ishonmadim. Usha paytda bu men uchun katta pul edi. Pulni uyga olib bordim, onamga berdim va hammasini aytib berdim. Ular avvaliga ishonmadilar 😂 lekin ko‘zlarida quvonch bor edi. #EverythingILived
Hashtags
🧱 #3 — Pandemiya paytidagi kurashlarim Pandemiya davrida juda qiyin bo‘lgan edi — ayniqsa transport va kurs uchun har oylik to‘lovlar. Biz qishloqda yashar edik. Uyda faqat onam ishlardi. Ba’zida pul so‘rashga uyalar edim… axir men erkak kishiman, o‘zim topishim kerak degan o‘ylar miyamda aylanardi. Lekin ichimda bir gapni takrorlardim: “Bir kun keladi, hammasini o‘zgartiraman.” Oradan ozgina vaqt o‘tdi. Yaxshi o‘qidim. Kursda dars qilmaganlarga “jarima” bor edi. Qanday desangiz: ✅ Vazifani qilmaganlar ✅ Dars qoldirganlar ✅ Kech qolganlar — barchasi pul to‘lardi 😅 Har 3 oyda yangi bosqichga o‘tish uchun imtihon bo‘lardi. Yig‘ilgan jarima pullari — 1-o‘rinni olgan o‘quvchiga berilardi 😁 Lekin rostini aytsam, o‘zim ham ko‘p jarima to‘laganman 😂 Puli yo‘q bo‘lganlar esa darsdan keyin qolib, 2–3 ta xona tozalashardi. Eng achinarlisi — mop(Shvabra😂) berilmas edi balki Qo‘lda tozalashing kerak edi 😭😂Va men buni ham uddalaganman 😎 #EverythingILived
Hashtags
🇺🇿 #2 — Ingliz tilini o‘rganishdagi ilk kunlarim Tashqaridan qaraganda chiroyli kiyingandek ko‘rinaman, lekin ichkarida esa qalin kiyimlar ustma-ust 😅 Hamma biladi: har bir ona aytadi-ku, “Ichingdan issiq kiyin!” Men ham eshitganman... va albatta, shunaqa qilganman 😂 P.S. Suratni Redmi 6 Pro’da olganman 😎Afsonaviy telefon — hech qachon xiyonat qilmagan. 🇬🇧#2 — My First Days Learning English From the outside, I looked nicely dressed — but under that, it was layers on layers 😅 Everyone knows: every mom says, “Dress warm from the inside!” I heard it too… and of course, I listened 😂 P.S. Yes, this pic was taken on a Redmi 6 Pro 😎Legendary phone — never let me down. #EverythingILived
Hashtags
1: Qadamlarim boshlanishi / My First Steps Hamma hayotda va barcha ishda qiyinchiliklar bo‘ladi, shunchaki turlicha bo‘ladi. 2020-yilda ingliz tilini o‘rganishga qaror qildim va Koreyaga borishni niyat qildim. Pandemiya bo‘lganligi sabab bu maqsad ushalmaydigandek edi. Ingliz tilini o‘rganish maqsadida Mega Ziyo nomli ta'lim markaziga bordim. O‘z qiziqishim bilan emas, balki holamni o‘g‘liga qiziqib borgan edim 😁 va o‘rganishni boshladim. Yaxshi eslayman, birinchi kun kursga borganimda umuman hech narsani tushunmaganman va uyga chiqib onamga shikoyat qilganman: “Hozir sharoitimiz yaxshi emas, keyinroq o‘qiyman”. Aslida sharoit 1-chida emas, balki o‘zimga ishonchim bo‘lmagan edi 🤦♂️. Lekin onam: “Yo‘q, o‘qishing kerak va men yordam beraman”, — degan so‘zi motivatsiya bo‘lgan edi 🙂. #EverythingILived
Hashtags