TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
IT suhbat avatar

TGINSIGHT CHAT

IT suhbat

@it_suhbat

Technologien

Faqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad

Abonnenten894Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge1,011Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite12,368Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 54 von 85 · 1,011 Beiträge

Gepostet 8. Mai

TANAFFUS Assalomu alaykum va rohmatulloh. Bundan taxminan 4-5 oy oydin online suhbat(dars)lar tashkil qilgan edik va har hafta yakshanba kunlari davom etib kelayotgan edi. Orada nimadir muammolarga ko'ra 1 oydan uzoqroq muddat uzilish bo'ldi. Buning bir nechta…

953 views

Gepostet 8. Mai

TANAFFUS Assalomu alaykum va rohmatulloh. Bundan taxminan 4-5 oy oydin online suhbat(dars)lar tashkil qilgan edik va har hafta yakshanba kunlari davom etib kelayotgan edi. Orada nimadir muammolarga ko'ra 1 oydan uzoqroq muddat uzilish bo'ldi. Buning bir nechta arzirli sabablari bor. Shu kungacha suhbatlar va kanalning faoliyati deyarli to'xtab qolganligining sabablari: 1. Ramazon oyi kelishi — asosiy e'tiborni shu oydan foydalanishga qaratish. 2. Najot ta'limda ikkinchi guruh berilishi — ertalab soat 7:00 dan 10:00 gacha va 10:00 dan 13:00 gacha 2 ta guruhga dars beradigan bo'ldim. 3. "Yangi Texnologiyalar" ilmiy-axborot markazida ishlarning ko'payishi. 4. Yuqoridagi 3 ta faktorning oqibatida kuniga 10-12 soat ishlash(shug'ullanish emas, ishlash!), uyquning 3-4 soat bo'lganligi va hokazo ta'sirlar oqibatida jismonan va ruhan imkoniyatlarim kamayishi. 5. Ramazondan chiqqanimizdan keyin Najot Ta'lim tomonidan katta masshtabli ochiq dars rejalashtirilgani va unga tayyorgarlik, oxirida taqdimotni o'tkazish. 6. Alloh farzand ne'mati bilan rizqlantirganligi — kecha farzandli bo'ldim, Alhamdulillah. Oldingiga nisbatan mas'uliyat yana ham kuchayadi. (In shaa Alloh musulmonlarga, o'zbek xalqiga manfaatli farzand qilib tarbiyalashlik nasib qilsin, duo talabidamiz😊) 7. TATU da oxirig o'quv semestri, mustaqil ish, qo'shimcha vazifalar va diplom ishi masalalari... Qolgan sabablar esimga kelmadi😅 To'xtatish niyatim yo'q edi, 1 oy ichida har yakshanba ichim achidi oldingi kunlarni eslab... Ko'rib turganingizdek, "majbur" bo'ldim, bu uchun uzr so'rayman. In shaa Alloh, yuqoridagi bir nechta sabablar bartaraf bo'lyapti, tanaffus tugadi chog'i😅 Yana deep learning'ga qaytamiz😁 Ilm yo'lida bor imkoniyat va kuchini sarf qilayotganlarga bizdan salomlar bo'lsin, Assalamu alaykum va rohmatulloh! Millatni uyg'otish — uyg'onganlarning vazifasi! @it_suhbat

900 views

Gepostet 4. Mai

Ochiq dars uchun savollaringizni tayyorlab qo'ying! «Najot Ta'lim» markazining tajribali ustozlari jamlangan va ko'pchilik uchun birdek manfaatli bo'lishi kutilayotgan katta masshtabdagi ochiq dars tashkil qilayotganimizdan xabaringiz bo'lsa kerak. Mana ochiq darsga ham sanoqli kunlar qoldi. Raqamli dunyo kasblariga oid o'zingizni qiziqtirgan savollaringizni tayyorlab qo'yavering. Javoblar shu yerda topilishiga ishonamiz. 😉 Ochiq dars 8-may — yakshanba kuni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bo'lib o'tishini eslatib o'tamiz: ▶️ Dasturlash — soat 10:00; ▶️ Dizayn — soat 13:00; ▶️ Media va marketing — soat 16:00. 📍Manzil: Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahri boshqarmasi binosi. Mo'ljal uchun O'zbekiston Milliy universitetini olsangiz bo'ladi. Albatta, ochiq dars uchun o'z o'rningizni band qilishni unutmang. 😊 👉 Ochiq dars uchun ro'yxatdan o'tish 🧑🏻‍💻Ma'muriyatga bog'lanish 📞 +998788889888

922 views

Xodim kerak: 🏢 Idora: Nextree UDC 📚 Texnologiya: Java, Spring Boot 🇺🇿 Telegram: @djurayevm 🌐 Hudud: Toshkent shahri ✍️ Mas'ul: Mamur 🕰 Murojaat vaqti: 10:00 - 17:00 🕰 Ish vaqti: 09:00 - 18:00 💰 Maosh: ~$1000 ‼️ Qo`shimcha: Nextree UDC kompaniyasi "junior developer" uchun bo'sh ish o'rinlarini e'lon qiladi. Kandidatlarga qo'yiladigan asosiy talablar: * ingliz tilini yaxshi bilish * java dasturlash tilini yaxshi bilish (collections, stream, lambda va h) * oop, functional programming bo'yicha bilimga ega bo'lish * soft skills * git, gradle, postman va boshqa dev toollar bilan ishlash malakasiga ega bo'lish. murojat qilishdan avval quyidagilarga e'tibor bering: * ushbu ish remote emas, officeda ishlash talab qilinadi. * part time yoki talabalar uchun emas. #ishJoyi#java#spring#Toshkent 👉@UstozShogird kanaliga ulanish

1,210 views

#spring#springDataJPA#query Spring Data JPA da JpaRepository orqali query metod yozish uchun ishlatiladigan kalit so'zlar va ularning SQL query'dagi ifodalanishi @it_suhbat

1,180 views

Gepostet 3. Mai

Bu millat uchun nima qildik? Shunchaki dunyoga kelib, o'zimni ehtiyojlarim bilan yashab o'tib ketishni xohlamayman. Hali sizlar bilan ko'p ishlar qilamiz. Hech bo'lmasa IT sohasida... @ahmad_abdulvahid

850 views

Gepostet 2. Mai

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Musulmonlarning haqiqiy bayrami boʻlgan Iydul-Fitr(Ramazon Hayiti) muborak boʻlsin. Bu kunlarda qoʻlimizdan kelganicha shariat doirasida xursandchilik, bayram qilaylik. Ahli oilamizga, ayniqsa yoshlarga koʻp sovgʻalar ulashib shu bayramlarni kutib yashaydigan darajada taassurot qoldiraylikki, boshqa "bayramlar"ni havas qilishmasin😊😊😊 Imkoniyatingiz boricha pullaringizni sarflang😅 Bayram muborak boʻlsin🎉🎉🎉 @it_suhbat

785 views

Gepostet 1. Mai

Ta'limga va islomga oid kontentni "Million" bilan solishtirmang Ko'ngilxushlik uchun chiqarilgan kontent doim ta'lim va diniy, umuman olganda jiddiy kontentdan ko'proq ko'rish jalb qiladi. Bir necha yuz karra ham ba'zi holatlarda. Bu bizni "odamlar yomon bo'lib ketdi, bema'ni kulguni ko'radi faqat" degan xulosa qilishga olib kelishi mumkin. Lekin chuqurroq o'ylab ko'rsak, odamga o'z jonini og'ritmay, miyasiga zo'riqish bermay qabul qiladigan ma'lumot ko'proq xush keladi. Ba'zi vaqtlar bo'ladi-ku, "hozir shu videoni ko'ramanu, YouTubeni yopaman" deymizu, bir-ikki soatdan keyin "eee, yana vaqtimni ketkazib qo'ydim" deymiz. Bo'lib turadi bunday vaziyat. Ko'ngilxushlik uchun chiqarilgan ma'lumotni iste'mol qilish oson. Jiddiy mavzular uchun esa miyani neytral holatidan qo'zg'atib ishlatish kerak bo'ladi. Ma'lumotlar ko'rilishini solishtirayotganda ham boshqa kategoriya bilan solishtirmagan ma'qul. O'zingiz uchun foydali deb bilgan manbalarni esa boshqalarga ham e'lon qilib qo'ying. Boshqalar ham foydalansin.

700 views

#java#roadmap Yetuk java dasturchi bo'lish uchun o'rganishimiz kerak bo'lgan narsalar haqida birinchi umumiy ma'lumotlarni ko'rib chiqaylik, keyin har biri haqida to'liqroq gaplashamiz in shaa Alloh. Demak, java dasturchisi umumiy nimalarni bilishi kerak? — Linux (Operatsion sistema) — Git (Jamoa bilan ishlash va code'lardagi har bir o'zgartirishlarni nazorat qilish uchun) — Java core (Javaning asosini o'rganish) — Java advanced (Kuchaytirilgan java) — REST (Internet tarmog'ida ma'lumot almashish uchun) — Database (Ma'lumotlar ombori) — Build tools (Yozadigan kodimizni "qadoqlash" jarayonini avtomatlashtirish uchun) — Logging (Jarayonlarni yozib borish uchun) — DevOps (Dasturni ommaga tadbiq qilish uchun) — Testing (Birlamchi xatoliklarni tekshirish uchun) — Frameworks (Dasturlash ishlab chiqishimizda "yengillik" uchun) Bularning har biri haqida keyingi postlarimizda birma-bir yoritib boramiz, har bir bandiga ta'riflar beramiz va qo'ldan kelganicha kengaytirilgan, tushunarli ma'lumot berishga harakat qilamiz. 1 oylik tanaffusdan so'ng, in shaa Alloh yo'limizda yurishni davom ettiramiz😊 @it_suhbat

1,650 views

Gepostet 26. Apr.

​​🇷🇺 На русском языке .... Совсем недавно компания Oracle презентовала новый курс по подготовке к сертификации Oracle Cloud Infrastructure DevOps Professional. Зарегистрировавшись на платформе Oracle вы можете пройти этот курс совершенно бесплатно. Пройдя курс вы овладете следующими навыками: 1️⃣ Внедрение ключевых концепций DevOps, такие как автоматизация и Infrastructure as Code, используя модули Ansible и Resource Manager. 2️⃣ Развертывать и оркестровать приложения на базе микросервисов с помощью Oracle Cloud Infrastructure Registry и Oracle Container Engine for Kubernetes. 3️⃣ Настраивать и управлять непрерывной интеграцией и непрерывной доставкой (CI/CD) с помощью проектов OCI DevOps и их компонентов. 4️⃣ Обеспечивать DevSecOps с помощью управления идентификацией и доступом, управления ключами и секретами, а также безопасности контейнеров. 5️⃣ Внедрять технологии измерения и контроля DevOps с использованием методов мониторинга, протоколирования и обработки событий. Подписаться на канал DevOps Mahalla Наш чат 🇺🇿 O'zbek tilida .... Yaqinda Oracle Oracle Cloud Infrastructure DevOps Professional sertifikatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun yangi kursni taqdim etdi. Oracle platformasida ro'yxatdan o'tish orqali siz ushbu kursni bepul olishingiz mumkin. Kursni tugatgandan so'ng siz quyidagi ko'nikmalarga ega bo'lasiz: 1️⃣ Ansible va Resource Manager modullaridan foydalangan holda avtomatlashtirish va infratuzilma kabi asosiy DevOps kontseptsiyalarini amalga oshiring. 2️⃣ Kubernetes uchun Oracle Cloud Infrastructure Registry va Oracle Container Engine bilan mikroservisga asoslangan ilovalarni o'rnating va tartibga soling. 3️⃣ OCI DevOps loyihalari va ularning komponentlari bilan uzluksiz integratsiya va uzluksiz yetkazib berishni (CI/CD) sozlang va boshqaring. 4️⃣ DevSecOps-ni identifikatsiya va kirishni boshqarish, kalit va maxfiy boshqaruv va konteyner xavfsizligi bilan yoqing. 5️⃣ Monitoring, roʻyxatga olish va hodisalarni qayta ishlash usullaridan foydalangan holda DevOps oʻlchash va boshqarish texnologiyalarini joriy qiling. DevOps Mahalla kanaliga obuna bo'ling. Bizning chatimiz

924 views

Gepostet 26. Apr.

874 views

Gepostet 25. Apr.

Spring va ma'lumotlar omborini bog'lash to'g'risidagi ajoyib kitob. Qisqa va tushunarli @it_suhbat

1,420 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••5253545556•••60•••65•••70•••75•••80•••8485