TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
Kuchsizlar kuchi avatar

TGINSIGHT CHAT

Kuchsizlar kuchi

@kuchsizlarningkuchi

Humor und Unterhaltung

This is funny world we live in.

Abonnenten61Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge129Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite5,007Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 6 von 11 · 129 Beiträge

Gepostet 19. Aug.

More with Less. Yangi Iqtisodiy Inqilob. Pastdagi grafikda juda qiziqarli statistika ko'rsatilgan. S&P 500, AQShning 500 ta eng yirik kompaniyalari, $1 million daromadga yetishish uchun qancha kishilik jamoa kerakligi tasvirlangan. Ko'rib turganingizdek, kompaniyaning muvaffaqiyati uchun kerak bo'lgan xodimlar soni yildan-yilga kamayib bormoqda. Ya'ni, avvallari ma'lum bir natijaga erishishda kamida 7-10 kishilik ishchilar jamoasi kerak bo'lgan bo'lsa, hozirda o'rtacha 2 kishi ham katta natijaga erishishi mumkin. Undan ham dahshatlisi, yaqin kelajakda biz faqatgina bir kishi tomonidan asos solinadigan milliard dollarlik firmalarning guvohi bo'lishimiz ham mumkin. Buning asosiy sabablaridan biri — so'nggi yillarda xizmat ko'rsatish iqtisodiyotining avtomatlashishi. Misol uchun, avvallari onlayn savdo uchun sayt yaratmoqchi bo'lsangiz, dasturchi yollab, unga katta xarajat qilish kerak bo'lgan bo'lsa, hozirda dasturchilarning o'rnini Shopify yoki WordPress kabi konstruktorlar egallamoqda. AI rivojlanishi bilan esa bu jarayon yanada tezlashdi. Endi tadbirkorlar marketolog, hisobchi, testirovshik yoki shunga o'xshash vazifalarni amalga oshiruvchi xodimlarning o'rniga AI dan foydalanishi mumkin. Faqatgina bitta kishining g'oyasi bo'lsa yetarli, ishchilarning o'rniga AI xizmatlar joriy etiladi. Yaqqol misol: Piter Levels, u dasturchi bo'lmasa ham, onlayn xizmatlar orqali 30dan ortiq startapga bir o'zi asos soldi. Hozirda uning yillik daromadi $3.5 million. 15 yil oldin media sohasida ham shunga o'xshash o'zgarishlar yuz bergan edi. Oldinlari sifatli kontentni faqat Disney yoki Warner Bros. kabi katta studiyalar yaratgan bo'lsa, YouTube'ning o'sishi bilan "kichkina" kontent yaratuvchilar soni keskin oshdi. @req404

474 views

Gepostet 10. Aug.

Yo’llardagi avtohodisalar orqali ko’pgina voyaga yetmagan jajji bolajonlar, tanish bilishchilik orqali haydovchilik guvohnomasini sotib olgan haydovchilarning sho’xliklari tufayli yo’llarda vafot etmoqda. Jinoyat kodeksiga ko’ra ular uzoq muddatga emas 5-yilu 6oyga qamaladi, amallab amnitsiyaga tushib yokida Sudyaga pora bergan holatda 2yildan keyin chiqib bemalol yana avtotransport vositasidan foydalmoqda. Umuman olganda Qonun-Qoidalarning asosiy funksiyasi bu tartibda saqlab turish, Sanksiyaning asosiy funksiyasi bu tarbiyalashdur. Lekin 2yilda tanish bilishchilik bilan chiqqan inson yana jajji bolakaylarning o’limiga sababchi bo’lmasligiga kafolat bermaydi. Shuning uchun, bu kodekslarni qayta ko’rib chiqishni Qonunchilik palatasi ko’rib chiqishi kerak nazdimda.

420 views

Gepostet 4. Aug.

Bepul tibbiy xizmat tizimining 3 ta salbiy oqibatlari Diplomat university xususiy oliygohining iqtisodiyot yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Muhammad Turniyozovning ushbu maqolasida keltirilishicha, tibbiy xizmatda davlat aralashuvini minimallashtirish orqali sohadagi samarasiz xarajatlar hamda korrupsiyaning oldini olish mumkin. Batafsil — https://daryo.uz/PmtkcsYz 👉 Obuna bo‘ling - @daryo_lotin

424 views

Gepostet 30. Juli

المذحجي – جادك الغيث اوركسترا مسقط العمانية

419 views

Gepostet 30. Juli

@youtubabot

420 views

Gepostet 23. Juli

Давлатнинг вужудга келишида теологик назария Авлиё Августиннинг теологик назарияси шундан иборатки, Давлат азалдан бор эди. Биз билмайдиган ва тўлиқ била олмайдиган олам бор. Бу оламни “Трансидентлик” деймиз. Бу олам бор эканлигини қандай биламиз? Инсоннинг материяга боғлиқ бўлмаган ҳиссий тушунчалари бор. Маҳаббат, нафрат, дўстлик, ишонч ва ҳоказо. Буларни биз ушлаб кўрмадик, тотиб кўрмадик ёки ҳидлаб кўрмадик. Умуман олганда кўз билан ҳам кўришга эга эмасмиз. Лекин, булар бор эканлигини биламиз. Бу ҳиссиётлар бизга қаердан келади? Ҳозирги олимлар айтиши мумкин, бу инсон гармонлар ошиши ё тушиши натижасида рўй беради деб. Аммо, гармонлар материк жиҳаттан ҳис қилиш қобилиятига эгами?! Шундай олам борки, у мукаммал олам. Ҳамма нарса нуқсонсиз. Бу ҳиссиётлар у оламнинг акси. Яъни бу Материя оламида акс этади. Платоннинг бир фалсафаси бўйича инсонлар бу оламда фақатгина ҳақиқатнинг сояларигагина гувоҳ бўладилар. Биз ўзимизни комил ва абадий эмаслигимизни ҳам биламиз. Ҳаётимиздаги предметлар ҳам йўқ бўлувчи. Ҳақиқатни йўқликка маҳкумларга ишониб бўлмайди. Яъни биз нуқсонли ҳолимизда бор эканлигимиз ҳақиқати қаердан келмоқда? Саволларимизга жавоб билиш учун Илоҳиётга эҳтиёжимиз бор. 1. Предметлар йўқ бўлувчи ва ноқис. 2. Инсонлар ҳам фоний ва мутлақ комил эмас. 3. Шундай зот борки, у мутлақ комил ва азалий, абадийдир. Бутун борлиқлар ҳақиқат эканлиги учун унга муҳтож. Агар у йўқ бўлса, унда биз ҳеч нимани бор дея олмаймиз. Ягона ва асос ҳақиқат унинг борлиги. Энди савол туғилади, ўзинг айтгандек балки биз ҳам йўқдирмиз. Декартнинг ажойиб бир гапи бор: Агар мен ўйлаётган бўлсам, демак борман. Математик тенгламалар, физик формулалар авваллари абстракт эди. Инсонлар 2•2=4 эканини ҳақиқат деганда нимага суянадилар. Нега бундай ном берилган. Ва ё геометрия чизиқ ва томонлари, уларнинг номлари? Инсонни нима учун инсон деймиз? Тасаввур қилайлик, ҳудди инсон кўринишида бир маникен ясалди. Ҳатто, ички аъзоларигача тўғри жойлаштирилди. Мия, юрак, ошқозон. Уни биз инсон дея олмаймиз. Нега? Чунки, руҳи йўқ. Руҳ ўзи нима? Уничи, кимдир кўриб, ушлаганми? Йўқ! У бу оламга таалуқли эмас. Руҳ ҳақида тафаккур қилиш учун, бу оламдан ташқари ўйлар, ҳислар керак бўлади. Қанчалик руҳни инкор этманг, материядан ташкил топган танамизни Инсон қилган нимадир борлигини биламиз. Биз уни ҳозирда шунчаки Руҳ деб атаяпмиз, ҳалос. Асосга қайтсам, Давлат бу абстракт-ку. Уни ҳис қилиш учун борлиқдан ташқарига чиқиб фикрлаш лозим. Ким давлатни кўз билан кўрди, ушлади, ҳидлади ё тотиб кўрди? Лекин, уни мавжудлигини биламиз. Нима асосда? Балки, Давлат биз бу оламда фақат унинг аксини ҳис қила оладиган борлиқдан ташқаридаги ҳақиқатдир. Шундай экан, Давлатни материя билан боғлаш ёки секуляр давлатчиликни асли мантиқсиз. Чунки, асл Давлат бу оламга тегишли эмас. Давлатни инсонлар ўйлаб топишган бўлса, Руҳ ҳам уларнинг ихтиросими? Бу ҳақиқатни чуниш учун эса, Илоҳиётга ёки динга эҳтиёж сезамиз. Чунки, трансидентлик дунёси ҳақида бизга асосан дин хабар беради. Алқисса, Давлат – абстракт (борлиқдан ташқари) тушунча деган фикрга келишимиз мумкин. Бу борада янада кенгроқ фикрларни келгусида ҳавола қиламан.

459 views

Gepostet 22. Juli

There are times, when I am convinced I am unfit for any human relationship. Kafka

382 views

Gepostet 19. Juli

Sun'iy Taffakkur katta ishsizlikka olib keladimi? Hozirgi kunda eng ko’p muhokamaga sabab bo’layotgan mavzulardan biri bu, albatta, Sun'iy Tafakkur (Artificial Intelligence). Ko’plab, asosan takroriy harakatlardan iborat bo'gan kasblarni o’rnini bosishi aytilmoqda. Kelajakda hisobchi, kotib/kotiba, data entryga bog’liq kasblar va umuman mijozlarga xizmat ko'rsatishning asosiy rollari (call-center ishchilari kabi kasblar) yo’q bo’lib ketishi kutilmoqda. Va shu o’rinda hattoki dasturchilarning ham o’rni olinadi degan xavf ham bor. Lekin aslida, ko’pchilik kasblar butunlay yo’q bo’lib ketmaydi, aksincha ular shunchaki boshqacharoq ko’rinishga keladi. Misol uchun, industrial davrda avtomatizatsiya tufayli ishlab chiqarish tezligi oshgan, aytaylik uch soatda bitta shim tikadigan tikuvchi endi tsexda ishlab, tikuv mashinasi yordamida shu uch soatda uchta shim tikib boshlagan. AI ham huddi shu kabi ko’plab oraliq protsesslarni avtomatlashtiradi, lekin oddiy mashinalardan farqli o’laroq bu gal analitik, ya’ni insonning zakovati kerak bo’ladigan vazifalar avtomatlashtiriladi. Bu tendentsiya istalgan ish joyida yaxshiroq natijaga olib keladi. Misol uchun, qaysidir firmaning ishchisi boshlig’i buyrug’iga ko’ra yangi sotilishi kutilayotgan mahsulot haqida ma'lumot tuzishi kerak bo’lsa, bunda sun'iy intellekt shu mahsulot segmenti bo’yicha ma'lumotlarni o’zi topib, tahrirlaydi, kerakli va keraksiz qismlarini ajratib, uni chiroyli prezentatsiya ko’rinishiga keltira oladi. Bu yerda ishchi faqat moderatorlik qilib, AI-ga instruktsiya berib, xatolarini to’g’irlab turadi. Suniy Taffakkursiz harakat qilganda bu vazifa uchun bir kun ketar edi, endi esa bu vazifaga 1-2 soat ketadi. BCG qilgan tadqiqotda ko’rishimiz mumkunki, Chat-GPT yordamida malakasi kam bo’lmagan ishchilar malakali ishchilar bilan deyarli bir xil natijaga erishishgan. Lekin bu tadqiqot asosan matnga asoslangan vazifalarda o’tkazilgan (Excel tuzish, Wordda Ariza tuzish etc). GPT – language model bo’lgani uchun matnli vazifalarni yaxshiroq qiladi, boshqa turdagi vazifalar bilan ishlashda qiynalishi mumkin. Umuman olganda, GPT kabi til modellari ko’plab analitik firmalarning daromadlarini oshishiga olib keladi va shu kabi xizmatlarning narxini tushishiga sabab bo’ladi. Buning eng yaxshi tarafi ko’plab bizneslarga kirish osonlashadi. Chunki oldinlari siz yangi korxona ochsangiz, kimdir hisobchi, kimdir kotiba bo’lishi, kimdur uchrashuvlar belgilashi, kimdur marketing bilan shug'ullanishi va yana kimdur websayt ustida ishlashi kerak bo’lardi. Bu uchun butun bir jamoalar tuzilar edi; kattagina bir boshlangich kapital tikilishi kerak edi. Endi esa tadbirkor o’zi hammasini Sun'iy Taffakkur yordamida amalga oshirishi mumkin bo'ladi.

407 views

Gepostet 18. Juli

Menimcha, har bir hofiz umri davomida eng kamida bir marotaba bo’lsa ham Maher Al-Muaiqly uslubida o’qib ko’rgan.

378 views

Gepostet 10. Juli

You wanna read Dostoevsky when you be sad, especially a White Nights. And you look in a sentence: I’m terrified even to think about the future, because the future is once again loneliness once again this slagnant , uselles life.

392 views

Gepostet 7. Juli

Mumtoz(klassik) musiqa shaydosida sifatida aytishim mumkinki, shu 10yillik davr ichida Mumtoz musiqalar ro’yxatining shohsupasiga Idea 22 musiqasini qo’ygan bo’lar edim. Har gal shu musiqani takror va takror eshitganimda estetik zavq va ichki hotirjamlikni sezaman.

409 views
12•••45678•••1011