TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Pensive|

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @PensivePost · Post #5708 · May 4

What is the most shocking advertisement you have seen? #review

Hashtags

Results

1,097 similar posts found

General global search

Bored Panda

@boredpandablog · Post #11136 · 11/20/2025, 08:18 PM

#review "Garri Potter" filmlari shaxsiy reytingim: Doim shu ro'yxatni tuzishni orzu qilardim. Menga yoqishiga qarab Potterian dunyosi filmlarini qo'yib chiqamiz. 8-o'rin: "Garri Potter va Maxfiy hujra" Hogwartsdagi ikkinchi yil haqida ushbu film menga eng kam yoqadiganlardan negadir. Syujet juda zerikarli rivojlangandek. 7-o'rin: "Garri Potter va Feniks Ordeni" Dolores Ambrij personaji zo'r ijro etilgan bo'lsayam, nihoyatda yoqmaydi) 6-o'rin: "Garri Potter va Ajal tuhfalari 1-qism" Saganing so'nggi qismlarida o'zgarishlar ko'p, u ko'proq falsafiy va qorong'u tus oladi, voqealar juda ko'p vaqt zulmat ostida kechadi. Balki shu og'irlik qilar. 5-o'rin: "Garri Potter va Falsafa toshi" Buyog'i oson emas, deyarli barchasi biredek yoqadi. 4-o'rin: "Garri Potter va Olov kubogi" Ushbu film so'nggida Bal uchun ham juda yoqadi. 3-o'rin: "Garri Potter va Ajal tuhfalari 2-qism" FInal qismi juda ta'sirli chiqqan nazarimda. 2-o'rin: "Garri Potter va Chalazod shahzoda" Garri Germionadan ko'ra ilmda chaqqonroq bo'lib ketadigan qism. Qiziqarli syujet. 1-o'rin: "Garri Potter va Azkaban mahbusi" Sevimli qismim. Hamma narsa aslida ko'ringanidek emasligi, yovuzlar aslida yaxshilar, yaqinlar aslida begona bo'lishini ko'rsatib bergan film. Dekabrda nima ko'rishni billasiz:) @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #11017 · 10/12/2025, 09:41 PM

​​#review “Extreme Job”, (2019) Narkotikka qarshi kurashish bo‘limi izquvarlari juda omadsiz. Ular navbatdagi operatsiya uchun bir hafta davomida qarshi tomonidagi bo‘sh kafeda o‘tirib, giyohvand moddalar sotuvchilar to‘dasini kuzatishadi. Jinoyatchilar bu yerga tez-tez ovqat buyurtma qilishlari ma’lum bo‘lgach, politsiyachilar binoni sotib olib, yashirin ravishda ishlashni boshlashadi. Kutilmaganda ularning qovurilgan tovug‘i juda mashhur bo‘lib ketadi, kafe obro‘ qozonadi, endi esa burch va tasodifan topilgan iste’dod o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘ladi. Shunchaki reels koʻrib oʻtirib, topib olgan kinoyim. Juda ajoyib ishlangan. Yengil yumor va jangari sahnalar uygʻunlashgan film. Bosh qahramonlar oʻrtasida oʻzaro himiya bor. Kechka biror yengilroq narsa izlaganlar uchun yaxshi variant. Shunchaki, filmni tomosha qilib oʻtirib odamni yomonam KFC yegisi kep ketarkan:) @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #10971 · 09/25/2025, 06:07 PM

​​#review "Kaiji", (2007) Boylarning jannati kambag‘allarning do‘zaxidan yaratilgandir. Ko'pchilik sevib ko'rgan "Kalmar o'yini"dan ancha oldin chiqqan va uning rejissoriga ilhom manbayi bo'lgan ajoyib anime. Vasil bro tavsiya qilganida qiziqib ko'rib chiqqandim. Unda xuddi Kalmardagi kabi katta qarzdor odamlar hayotini garovga tikib turli o'yinlarga qatnashadilar. Kaiji ham shu o'yinga tushib qoladi.. Uning grafikasi boshida odamni cho'chitadi, ammo bu uning o'ziga xos qismidir. Undan tashqari o'yinlar davomida muallif juda tez-tez o'yinlarni tushuntirib turadi, ha bu biroz tempni tushiradi, biroq busiz iloj yo'q. Umuman, anime intellektual o'yinlar haqida emas, u avvalo insonlarning qiyin paytlarda qanchalik o'zini o'ylashi, psixologik holati, jamiyat o'zini tutishi to'g'risidadir. Boshqa animelardan farqli, Kaiji ideal emas. U xato qiladi, ahmoqlik va shoshma-shosharlik bilan qarorlar qabul qilib, o'zini qiyin holatlarga soladi. Va keyin ulardan chiqish yo'llarini qidiradi, shu sabab anime davomida hamma uning holati haqida qayg'urib turadi. Boshqalardan farqli Kaiji faqat o'zini o'ylamaydi, u o'zini boshqalarni ham himoyasiga otadi, insoniylikni saqlab qolishga harakat qiladi. Anime ludomanlar va azart o'yinlar hayotini qay ahvolga tushirib qo'yishini juda yaxshi ko'rsatib beradi. Shu bilan birga, boylik ba'zan insonlarni o'ta shafqatsiz maxluqqa aylantirib qo'yishini ham isbotlab beradi. Kaiji - juda mashhur animega aylanmagan, u haqida deyarli yozishmaydi, toplarga chiqmaydi, ammo shu bilan birga u o'zida juda mukkamal ijro va stilni ushlab turadi. Ko'rishni tavsiya qilaman. @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #10955 · 09/19/2025, 02:04 PM

​​#review WES ANDERSONNING BARCHA KINOLARINI KO'RIB TUGATDIM. Ha, do'stlar, barchasini xronologik ketma-ketlikda. Oxirgi yillarda hatto Tiktokda u kabi film suratga olish stili trendga aylanib ketganligini eslasangiz kerak. Anderson mening sevimli rejissorim deya olmayman. Ammo unda stil borligini ta'kidlash joiz. Yana uning filmida deyarli barcha yulduzlar o'ynashni istaydi. Undan tashqari Andersonning o'z aktyorlari bor va ular deyarli barcha filmlarda suratga tushib keladi. Uni bitta ko'rgandayoq anglaysiz. Keling, uni filmlariga qisqa to'xtalsam: 1996 // Bottle Rocket — Debyut. Aytgancha, debyutlarida Anderson aktyor Owen Wilson bilan juda qalin bo'lgan va ssenariylarni birga yozishgan. Aynan bu filmda Andersonning firmenniy hech nimasi yo'q, Oddiy road comedy. 4 🍊 /10 Rushmore (1998), Royal Tenenbaums (2001) — Bularni ko'rmasangiz ham hech nima yo'qotmaysiz. lekin Tenenbaum oxirida sekin asta stil ko'rina boshlaydi. 5🍊/10 2004 // The Life Aquatic with Steve Zissou — Mashhur g'avvos Jak Iv Kusto parodiya (yaxshi ma'noda) qilingan film. Andersonning ilk ko'zga ko'rinarli ishi shu bo'ladi. 5.5🍊/10 2007 // The Darjeeling Limited — Hindistonga bag'ishlangan desak ham bo'ladi, Hind ekspressida yo'lga chiqqan 3 og'a-ini haqida. Umuman qiziqarli syujet, stil va yumor ham o'ziga xos. 6🍊/10 2009 // Fantastic Mr. Fox — Kutilmaganda Anderson to'liq metrajli animatsion film oladi. Mashhur o'g'ri tulki va uning oilasi boshidan kechirgan sarguzashtlar to'g'risidagi ushbu film menda juda iliq taassurot qoldirdi. Haqiqatda san'at asari va chuqur falsafaga ega film. Tavsiya qilaman 9🍊/10 2012 // Moonrise Kingdom — Rejissor bu safar asosan o'smirlar auditoriyasiga mo'ljallangan komedik sarguzasht film suratga oladi. O'zboshimcha skaut yigitcha va olis orolda yashaydigan qiz o'rtasidagi sevgi asosiy g'oya bo'lib xizmat qiladi. 2014 // The Grand Budapest Hotel — Andersonning Magnum opusi. Betakror ijro, syujet va stil. Uni dunyoga mashhur qilgan filmi. Benazir 9.5 🍊/10 2018 // Isle of Dogs — Andersondan yana bir animatsion film. Bu safar u genotsid, ekologiya va tiraniya mavzularini go'zal tarzda olib chiqadi. Fox'chalikmasu ammo qiziqarli. 8 🍊/10 2021 // The French Dispatch of the Liberty, Kansas Evening Sun — Film alohida 3 ta hikoyadan iborat. Ularni barchasini bitta gazeta redaksiyasi birlashtirib turadi. Rejissordan jurnalistikaga bo'lgan hurmat ramzi va barcha jurnalistlar ko'rishi lozim bo'lgan film. 8 🍊/10 2023 // Asteroid City — Oxirgi yillardagi eng zerikarli filmi meni nazarimda. Lekin undagi aktyorlar jamosini ko'rib ko'z quvnaydi. 7 🍊/10 2024 // The Wonderful Story of Henry Sugar and Three More — Rejissor Netflix uchun qisqa metrajli hikoyalardan iborat film suratga olgan. U mashhur yozuvchi Roald Dahlning ijodiga hurmat va kinoadaptatsiyasi hisoblanadi. Chakkimas. 7 🍊/10 2025 // The Phoenician Scheme — Anderson nihoyat yana sarguzashtlar va olg'ir kishilar haqidagi mavzularga qaytadi. Kinoni fail'dan menimcha Benicio del Toro'ning o'ta mohirona ijrosi saqlab qolgan. U French Dispatchdayam yondirgan edi. Xullas, uning go'zal ijrosi uchun 7 🍊/10 Shunaqa gaplar. Yozishga yana ko'p gaplar bor edi, mayli keyingi safar. @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #10934 · 09/14/2025, 05:05 PM

​​#review "Wednesday"season 2 (part II) Part I Serialning 2-mavsumi 2-qismiyam chiqdi. Xo'sh...nima desam ekan, syujet liniyasi bu safar keskin o'zgarib, film dinamikasiga katta ta'sir qiladi. Go'yoki, ilk 4 ta qismni ko'rmagan odam ham voqealar mazmunini deyarli tushunib ketadi. Bu esa yomon. Misol uchun, yovuz dok Mrs. Stonehurts va Tayler Gulpin umuman 2-planga tushib qolgan bo'lsa, Enidning mutlaqo banalniy ishqiy munosabatlariga ortiqcha vaqt ajratilgan. O'zi umuman odam chalkashib ketadigan darajada qarindoshlar liniyasi, tuganmas 2-darajali qahramonlar ekran vaqtini ko'p olib qo'yadi. Bilaman, asosiy auditoriyasi yoshlar bo'lgan serial uchun ssenariy yozish oson emas, ammo hammasini qandaydir xaotik, tartibsiz davom ettirish uchun bu bahona bo'la olmaydi. Wednesday Hydeni to'xtatishi, Enidni qutqarib qolishi kerak edi va bu yo'lda biz uning Tayler bilan bo'ladigan (meni nazarimda yaxshi muhabbat liniyasi qilsa bo'lardi, aktyorlar orasida himiya bor edi) sevgi rishtasi o'rnida ular orasidagi bir qator replica bilan kifoyalanish, bilmadim.. Tim Byorton negadur yaxshi ketayotgan ssenariyni uzundan-uzoq fleshbeklar-u, Mortishiya va Gomezning yoshlikdagi sarguzashtlariga burib yuboradi. Ochig'i, shu joyida ssenariy "Garri Potter" bilan bir xilga o'xshab qoldi: asosiy voqealar sodir bo'ladigan joy - "boshqachalar" o'qiydigan maktab, oldin o'qib ketgan mashhur ota-ona, negadur birdaniga maktabdagi hammaning yoqimtoyiga aylangan intorvert qiz.. Va faqat ugina maktabni qutqarib qola oladi. buning uchun u ota-onasining eski do'stlariga qarshi kurashishi kerak. Umuman, "Wednesday" 2-mavsumi o'zining 1-mavsumidan ham ko'p narsa nusxalagan. Yana bitta telbanamo raqs (bu safar Wednesday ijrosida emas), Sirena vs Wednesday qarama-qarshiligi, yovuz direktor, syujetga ta'siri yo'q qandaydir o'yinlar va hz... Menimcha, serialda esda qolarli epizod bu — Enid va Chorshanbagulning o'zaro almashib qolishi bo'lsa kerak. Va Blackpink ashulasi albatta.. Serial yomon emas, aktyorlar kuchli, dialoglar nihoyatda go'zal (inglizchada ko'rib mazza qildim), umuman, ortiqcha asab sarflamasdan kayf qilib vaqt o'tkazishga ajoyib tanlov. Gotik uslubni sevadiganlar uchun ayniqsa Wednesday o'z vazifasini bajardi degan fikrdaman. Chiao! @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #10878 · 08/20/2025, 09:28 PM

​​#review “Weapons”,(2025) Kechki soat 2:17da Amerikadagi shaharlardan birida 17ta xonadondan yosh bolalar koʻchaga yugurib chiqib ketishadi. Bir vaqtning oʻzida ularning qayerga sirli g’oyib boʻlishining qiziq jihati shuki, ularning hammasi bitta sinfda oʻqishadi. Qizigʻi, o’sha sinfdan faqat bitta bola gʻoyib boʻlmaydi… Gollivud horror janrida davriy ravishda har 5-10 yilda animistik sehrgarlikka doir filmlar chiqib turadi. Bular ichida eng ommabopi albatta Vudu qoʻgʻirchoqlari. Bu qoʻgʻirchoqlarga insonning biror tana a’zosidan parcha (odatda soch) qoʻyiladi, va maxsus ritualdan soʻng, ular orqali insonni boshqarish va unga zarar yetkizish mumkin. Filmni spoyler qilmoqchi emasman, ammo u bir marta koʻrishlik desa boʻladi. Syujet qiziqarli, ammo mantiqiy jihatdan juda noʻnoq. Har holda shaharchadagi eng gʻalati uyni hech kim kuzatmasligi notabiiydek. Umuman hozirgi kunda horror olish kundan kunga qiyinlashib ketayapti. Internet, hamma yoqda kameralar, smartfonlar… xullas, bilmadim.. yana bolalar ishtirokida olingan qiynoq sahnalari.. zamon oʻzgaryapti. @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #10856 · 08/13/2025, 11:14 AM

​​#review "Wednesday" Season 2 (2025) G'alati Addamslar oilasi haqida hikoya qiluvchi ushbu serial yana ekranlarga qaytdi. Hozircha Netflixda 2-mavsum ilk 4 qismi mavjud, qolgani keyinroq joylanadi. Serialning ushbu 4 ta qismi haqida fikrlarim quyida. Ekran vaqti qayta taqsimlanishi. Bu safar negadur Chorshanbagulni hadeb ekranda ko'ravermaymiz. Uning ukasi, Thing va albatta Ketrin Zeta-Jonsga ko'proq ekran vaqti berilgan. Bu albatta plyus. Shuningdek, yangi personajlar qo'shilgan, masalan, Wednesdayning stalkeri obrazi menga manzur bo'ldi. Personajlarning chuqurroq ochib berilishi. Endi rejissor bosh qahramonlarning ichki kechinmalari va ularning oilaviy munosabatlariga ham ko'proq vaqt ajrarishga urinadi. Syujet yechimi. Syujet umuman olganda yomon emas, yoshlarbop nimadurlar berishga harakat qilishgan, o'yinlar, detektiv uslubiyat serialga qiziqishni oshiradi. Juda bachkanalashib ketmagan, yumor odamni kuldira oladi. Menimcha, serialning yagona minusi - bu Wednesdayning shaxsiyatida. U serialda rivojlanmaydi. U serialgacha shakllanib bo'lgan edi, u o'z og'zi bilan aytadi: "I don't evolve. i'm cocoon". Men pillaman deyapti. Aytmoqchi bo'lganim, qachondir odamlar Wednesday'dan ideal qizdan zerikadi va o'ziga boshqa personaj izlab boshlaydi. Lekin yaqin-orada bu sodir bo'lmasa kerak. Jenna Ortega esa nihoyat o'zining bosh rolini topdi deb o'ylayman. @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #10811 · 07/19/2025, 02:40 PM

#review "Basic Instinct", 1992 Kecha sikveli chiqadi degan xabardan keyin, bu filmni nechi yil deganda qayta ko'rib chiqdim. Fikrlarim esa ancha o'zgaribdi. O'smirligimda kechasi noutbukda ko'rgandim adashmasam. Ha, o'sha joyida pauzani bosganman menam. Lekin filmni tushunib-tushunmay ko'rgan ekanman. Birinchidan, film mohiyati ancha chuqur. Hozirgi detektivlarda sun'iy intellekt, kompyuter barcha hissiyotlarni olib qo'yadi, ammo hali internet yo'q paytlari ishlangan bu filmda detektivlar bilimi, psixologiyasini kuzatish qiziqarli. Sauntreklar- filmlarda oldin orkestlar va jonli musiqalardan foydalanilgani ham uni ancha jonli chiqishiga sabab bo'lgan. Operatorlik ishi - bu endi boshqa mavzu. Sheron ilk bir sahnada ko'ringan joyni go'zalligini ikkinchi bor ko'rganimda qoyil qoldim. Yoki Sheronning tergov qilingan joyi kultga aylanib ulgurgan. Erotik sahnalarda ortiqcha ortiqcha "poshlost" yo'qligi, yalang'och badanlar va seks - tomoshabin e'tibori uchun emas, balki san'at o'laroq filmning ajralmas qismi hisoblanadi. Hozirgi avlod uchun seks qandaydir qiziqmas bo'lib qolgan deyishgani rost, oxirgi chiqayotgan filmlar bunga isbot. Yasama inklyuzivlik yo'qliigi Filmda birorta bosh qahramon qora tanli, osiyolik yoki ozchilik guruhlari yo'q. Ha, lesbiyankalar bor, ammo bu Sheron Stoun bilan bo'lsa. bunga kim qarshilik qilardi:) Detektivlar did bilan kiyingan, hamma kostyumda, aktrisalar esa moda kiyimlarda. Birorta 2025-yilda olingan filmni ko'ring, keyin buni. Kiyimlardagi farqni bittada sezasiz, biz ancha didsizmiz. Ha bu retro, balki bu nostalgiya, ammo fakt shuki, filmlarda oldin bo'lgan samimiylik, jonlilik hozirda maxsus effektlar va turli inklyuzivlik orqali yo'qqa chiqib borayapti. Odamlar tezlashib ketgan, bundan "sokin" filmlarni hozirgi avlod qabul qilmaydi, seks va narkotik odatiy hol qabul qilingan sahnalarni zumerlar ko'rib, cancel qiladi. Ishxonalarda bemalol chekib o'tirgan oq tanli detektivlar ham endi o'tmish. Bunday filmlarni ko'rasan, va biz nimalarni yo'qotganimizni chuqurroq anglaysan. @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #10754 · 06/27/2025, 10:29 PM

#review “Kalmar oʻyini”, 3-mavsum Ilk mavsum esimda. Tragikomedi stilida boshlangan serial, tezda oʻzida ijtimoiy tengsizlik, kapitalizm qusuri va inson qadrining yoʻqligi kabi muammolarni san’at darajasida koʻrsatib bergandi. Ha, hayotda puldan muhimroq narsalar doim bor va boʻladi. Respect. Ammo Netflix mashhurlik va omadni ushlab qolmoqchi boʻldi. 2-mavsum ishlandi. 456 endi oddiy oʻyinchidan Lider yoki Guruga aylanadi. U tirik qolishining eng katta sababi - omad va oʻzini saqlab qolish instinki boʻlganini unutdi. Va 456 endi o’zini Tanlangan Lider deb hisoblay boshlaydi. Endi asosiy planga – kapitalizm va tengsizlikka qarshi klassik kurash chiqdi. Karl Marks tirik boʻlganda bu mavsumni sevardi, ammo yakun koʻpchilik kutgandek boʻlmadi. Nice try, ammo bu oʻta kuchli jipslashgan Kalmar tizimini yengib boʻlmas ekan. Serialga nooaniq personajlar, lgbt va bir toʻda 2-plandagi qahramonlar kirib keladi. 3-mavsum. Nega degan savolga bitta javob. Endi Oʻyinni bir amallab tugatish va globallashtirish lozim edi. Uni bitta oʻtirishda koʻrib tugatdim. Va orada ba’zi joylarda ishlatilgan arzonbaho kompyuter effektini koʻrib, ko’zimdan yosh oqqanini birinchi boʻlib aytib beray. Ammo 3-mavsum endi bizga na kapitalizm junbushi yoki tengsizlik dahshatini koʻrsatadi. Bu shunchaki bir toʻda pul uchun xavfli oʻyin oʻynayotgan ahmoq qimorbozlarning ahmoqona qarorlari haqidagi serial. Bu mavsum Kalmardan barcha muqaddaslashtirish mumkin hislatlarni sugʻurib olib, uni oddiy realiti shoudan sal bundayroq darajaga tushirib qoʻyadi. 456 endi oʻyinga mutlaqo ta’sir oʻtkazmaydi. Unda maqsad ham, ma’no ham yoʻqolib boradi. Unga endi bu oʻyinni yutish ham ahamiyatga ega emasdi. Natijada… u oxirigacha oʻlmaydi. Bu spoylermas. Sal fahmli tomashabin birinchi sahnadayoq 456 endi kadrda turish uchungina kerakligini anglaydi. Hattoki Unda bittayam norm dialog yoʻq jin ursin! U odamlarni qutqarmoqchi edi, ammo undan yuz oʻgirishdi. Boshlab bormoqchi edi, oʻzi yoʻldan adashdi. Saqlab qolmoqchi edi, oʻzini oʻldirishga urinishdi. Ayyor boʻlmoqchi edi, oʻzini aldashdi. Sodiqlik ko’rsatdi, biroq oʻzini sotishdi. Yordam bermoqchi edi, bu hech kimga kerak emas ekan. Oxirgi jumlalar har birimizning hayotimizda borligi aniq. Xullas, emotsiyalar bera oladi, ammo oldingidek emas. Oldin zavqlanardik, endi esa siqilamiz. Farqi shu. @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #10609 · 05/18/2025, 07:22 AM

​​#review “Love, Death +Robots”, (2025) Oldingi mavsumlar plankani baland qoʻyib ketgani hech kimga sir emas. Shu sabab bu safar ham antologiya yangi gʻoyalar bilan keladi deb oʻylashgandi hamma, ammo… keling, shaxsiy reytingimdan boshlay: 10- “The Other Large Thing” Sanchez ismli mushuk butun dunyoni bosib olishni maqsad qilgan psixopat. Unga kutilmaganda uy bekasilikka moʻljallangan robot yordam berishga qaror qiladi… Qiziqarli va komedik sahnalar bilan boshlangan ushbu epizod yakunlanmagan. Har holda men shunday tushundim. Qizigʻi mushuk yaxshi animatsiyalashtirlganu, qolgan personajlar kompyuter grafikasi boʻlib yotibdi. 9- “For He Can Creep” 1757-yil London. Jinnixonada yashaydigan shoir Shayton uning uchun poema yozishini istayotgani ma’lum boʻladi. Bu dunyoni yoʻq qilishi mumkin va buni toʻxtata oladigan yagona jonzor - uning mushugi Joffri. Yana mushuklar! Bilaman ular yoqimtoy, ammo bitta antologiyaga bittasini tanlash kerak edimi mabodo. Animatsiya sifati yaxshi, boyagi gap mantiq topilishi qiyin. 8- “Spider Rose” Kiberpank. Uzoq galaktikada oʻz erini oʻldirgan qotildan qasos olish oʻtida yonayotgan ayol oldiga savdogar oʻzga sayyoraliklar keladi. Undagi nodir boylik evaziga Spider Rose qurol soʻraydi. Savdogarlar tipa “Uzr senga qurol sotolmaymiz, lekin mana kuchukchamizni senga tashlab ketamiz” deyishadi. Oʻta banalniy, ustiga ustak yakunini men tushunmadim. 7- “Golgotha” Yagona film va animatsiya aralashuvi. Oʻzga sayyoraliklar Yerda Masih qayta tirilgani haqida xabar topib kelishadi. Muammo shundaki, u delfin.. Kimlargadur yoqqar, men ular uchun javob berolmayman. 6- “Close Encounters of the Mini Kind” Xuddi shu formatda oldingi safar ham bitta epizod bor edi. Bu safar shunga oʻxshashini yaratishibdi. Qiziqarli yoʻnalish. 5- “400 boys” Postapokalipsis dunyoda bir nechta bandalar yer ostida ma’lum kodeks asosida yashaydilar va gigantlarga qarshi kurashadilar. Goʻzal va shafqatsiz kadrlarga animatsiya. Nihoyat shu epizoddan eski antologiya nafasi ufura boshladi. 4- “The Screaming of the Tyrannosaur” Yupiter orbital stansiyasida aslzodalar gladiatorlar jangi uyushtirishadi. Faqat farqi, jangchilar endi Dinozavrlarga qarshi kurashishi kerak. Nihoyat estetik va fantaziya jihatidan toʻliq, tugal yakunga ega epizod. Gʻoya ham ajoyib. 3- “Can’t Stop” Devid Fincher bu safar Red Hot Chili Peppers guruhining 2003-yildagi Sleyn qasridagi chiqishini gavdalantiradi. Undagi barcha marionetkalar obrazida keladi. Fincher bu safar shunchaki estetik goʻzal nimadur yaratishga harakat qilgan va menimcha bunga erishgan. 2- “How Zeke Got Religion” B-17 Liberty Belle samolyoti ekipaji WW2 davridagi eng sirli missiyaga yoʻl olishadi. Natsistlar qadimiy yovuzlikni uygʻotmasligi uchun eski cherkovni bombardimon qilishlari kerak. Qon, qoʻrqinchli maxluqlar, sehr-jodu va ultrashafqatsizlik. Film oʻzini oqlagan desak boʻladi. 1- “Smart Appliances, Stupid Owners” Gʻazabnok tish chotkasi, bechora dush trubasi, sarkastik vibrator va aqlli unitaz - aqlli maishiy texnikalar oʻzlarining ahmoq egalari haqida soʻzlab beradilar. Nihoyat yangilik. Nihoyat oʻta dolzarb hayotiy muammolarni juda nozik uslubda koʻrsatib berish. Epizodni boshidan oxirigacha mazza qilib kuldim, uncha buncha komedik filmlar bunaqa emotsiya berolmaydi. Lekin 10 ta epizoddan bemalol yarmini olib tashlash mumkin boʻlgan antologiyani umumiy olganda yaxshi deb oʻylamayman. Yana xulosa har kimni oʻziga havola. @boredpandablog

Hashtags

КРДВ

@ERDCnews · Post #6690 · 08/30/2025, 12:47 AM

Как делать бизнес на Севере Благодаря созданию в 2020 году экономического режима Арктической зоны РФ (АЗРФ) сегодня в северных регионах России активно развивается предпринимательство. Бизнес направляет в Арктику все больше инвестиций, многие предприниматели переезжают сюда жить и работать. Резидентами АЗРФ стали уже более 950 компаний — ими создано 12 тыс. новых рабочих мест. За пять лет частные инвестиции, привлеченные в арктические проекты, превысили 1,1 трлн руб. Реализовано более 250 инициатив в туризме, строительстве, энергетике, промышленности, авиации, науке, образовании и других сферах. Для бизнеса — уникальные условия развития и масштабирования, для населения — повышение качества жизни, современная инфраструктура и новые рабочие места. За пять лет доходная база арктических регионов выросла почти на 70%. Подробнее о том, как создается успешный бизнес на Севере, читайте в материале на сайте. #Review

Hashtags

Music Live

@musicliveinternational · Post #5895 · 02/13/2026, 02:58 PM

📸 «Военный реквием» Бриттена прозвучал в КЗЧ под управлением Филиппа Чижевского Рассказывает Екатерина Рихтер: Невозможно рассматривать это выдающееся сочинение только с музыкальной стороны, в отрыве от очевидного смысла, декларируемого в нем автором: «Военный реквием» является трагическим призывом к абсолютной, беспрекословной человечности, к полному неприятию человеческих страданий, случившихся вольно или невольно по вине другого человека. Конфликтная диалектика, возникающая между латинским текстом хорошо знакомой по многим воплощениям заупокойной мессы и фронтовыми стихами солдата, погибшего в Первую мировую войну (Уилфред Оуэн), поднимает «Реквием» на совершенно особую философскую ступень. Обещание вечной жизни и гармонии не излечивает боль и не может оправдать смерть, причиненную человеку человеком. И хотя в этот раз никаких слов (вне музыки) со сцены не звучало, в программке было напечатано интервью с маэстро Чижевским, главный вывод из которого: «Бриттен молится всеми доступными способами. Реквием Бриттена – вселенское моление». В чистой и самоотверженной интерпретации Чижевского фокус был смещен с заостренной детализации на охват и построение общей драматургии, на создание цельности гигантского произведения. Оркестр показал себя готовым профессионально и творчески к воплощению сложнейших музыкальных и философских задач. Особых слов заслуживает второй оркестр вечера – камерный, проявивший себя как полноценный ансамбль солистов – партнеров Ярослава Абаимова и Максима Лисиина, «рассказавших» нам «военную» часть «Реквиема». 📍Читать целиком #review

Hashtags

12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••85•••909192