#review
📖 Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar
🖊 F.Dostoyevskiy
Asarni oʻqiyotib bookbloger Nurali Karimovning reviewsida yozgan gapi esimga tushib ketdi: “Rus klassikasini ko'pchilik yoqtiradi; Pushkin ijodini ulkan bog'ga, Lev Tolstoy ijodini cheksiz ummonga o'xshatishadi. Lekin meni Dostoyevskiy ijodini ahlatxonaga o'xshatishgani juda qattiq xafa qilgan. Facebookda ko'rgan bu postimdan so'ng men ilk bor Dostoyevskiyni qo'limga oldim va uning asarini axlatxonaga emas, balki ulkan bog'lar-u moviy ummonlardan ko'ra buyukroq chegarasiz koinotga o'xshatdim” (manba)
Haqiqatan ham Dostoyevskiyning insonlar haqidagi mulohazalari kishini ranjitadi, aynan bizga tegishli ichi qoralik, qabihlik va xudbinlikni yuzimizga solgani uchun ham shunday boʻlsa kerak. Zulmkorlik va berahmlikdan rohatlanish, oʻzlaridan past tabaqa vakillariga nazar psand qilmay qarash kabilar har birimizning ichimizda ildiz otganini Dostoyevskiy oʻz asarlardia tushuntirishga harakat qiladi. Nima toʻgʻri yoki nima notoʻgʻri kabi tushunchalar shunchaki jamiyat tomonidan qabul qilingan qoidalardir, bunga amal qilish yoki amal qilmaslik har bir insonning oʻzi qoʻlidadir.
Insonlar oʻz taqdirining ayanchli ekanligi tufayli oʻzgalarni ayblashni, hayotning achchiq ekanligini ta’kidlashni, taqdir hukmi adolatsiz ekanligini barchaga jar solishni yoqtiradilar. Chunki bunday yoʻl bilan oʻzlarini aybdan halos qilish tufayli rohatlanadilar.
Ixtiyoriy muammoga yechim topish odatda qalb va aqlning ikki xil yondashuvi tufayli insonni depressiyaga tushirib qoʻyadi. Bunday vaziyatda insonparvar kirshilar oʻz qalblarining amrlariga boʻysunadilar. Aql bilan ish korish esa vijdon azobiga duchor qilishi, ammo oʻzingiz uchun manfaatli boʻlish ehtimoli ham katta boʻlishi mumkin. “Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar” romanida ham turli insonlarning turli xil qarashlari, xatolari va kamchiliklari shunday ochiqlanganki, hayot darsligini tushunib olish mumkin.
“Juda koʻp xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar taqdir tomonidan ezilganini, oʻz taqdirining haqsizlik oqibati ekanligini tushunib, chindan lazzatlanadilar”.
@book_and_review
#review LAB 01 - Superlab 50 IDN
- 3 buah area LAN menggunakan VLAN networks, dan interVLAN routing.
- Konfigurasi DNS server dan client
- OSPF, RIPv2 dan EIGRP routing, beserta redistribute nya.
ㅤ
Lab yang recommended sebagai bahan review materi CCNA ^ ^
#review
📖 Aka-uka Karamazovlar (2-kitob)
📝 F.Dostoyevskiy
Fyodr Mixailovich Dostoyevskiyning soʻngi romani “Aka-uka Karamazovlar” romani boʻlgan. Bu asar ham Dostoyevskiyning qolgan asarlarining goʻyo mantiqan davomidek tuyuldi manga. Umuman olganda F.M.D ning barcha asarlari rus jamiyatining oʻsha davrdagi ogʻir hayoti va xarakterini namoyon etadi. Asar, turli rishtalar orqali bir biriga bogʻlangan insonlar oʻrtasidagi munosabatlar keskin boʻlganligi tufayli oʻquvchini muntazam ravishda oʻziga jalb qilib turadi. Ayniqsa ota-oʻgʻil(lar) munosabatlari yomon bogʻlanganligi, oxirida qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini koʻrish mumkin. Xullas asar mazmunini oʻzingiz oʻqib tushunib olarsiz ammo bir narsani aytib oʻtish kerak: adabiyotshunos Kurt Vonnegut aytganidek, “Aka-uka Karamazovlar romanidan hayotda nimani bilish kerak boʻlsa, shularning hammasini oʻqib olish mumkin”.
Qayerdadir eshitganidim “Tolstoy uyidan koʻchayotganda bir qoʻlida injil bir qoʻlida Karamazovlar romanini koʻtarib chiqib ketgan” deb. Qolaversa roman yozilayotganda F.M.D ning uch yashar oʻgʻli tutqanoq tufayli vafot etgan va bu ham asarga oʻz ta’sirini oʻtkazgan. Azoblanayotgan, ruhiy bosimga uchragan, nima qilarini bilmay qolgan insonlarning ichki kechinmalari yorqin ranglarda tasvirlangan va bu qahramonlarni aniqroq tushunish uchun yordam beradi.
@book_and_review
#review
📖 Andisha va Gʻurur
🖋 Jeyn Ostin
Andisha va gʻurur. Bu ikki sifat yuksak aql, sabr-u matonat va muhabbatning beqiyos chegaralariga ega insonlargagina xos boʻlgan sifatlardir. Bunday insonlar oʻz hissiyotlarini boshqara oladigan, ichki kechinmalarini tushuna oladigan va doim fikr-mulohaza bilan ish koʻradigan kishilar boʻladilar. Ammo shunday paytlar ham boʻlar ekanki, ushbu hislatlar insonni magʻrurlik va shuhratparastlikning choʻqqisiga yetaklab borarkan, sevgan insoniga nisbatan his qilayotgan tuygʻularini ochiqlashga yoʻl qoʻymas ekan.
Sevgi-muhabbat, insonlarning munosabatlari, tushunmovchiliklar, turli xil xarakterga ega insonlar tasvirlangan ushbu asarni oʻqish, sizga atrofingizda boʻlayotgan oʻzgarishlarni va yaqinlaringizning munosabatlarini tushunishga yordam berishi mumkin deb ayta olaman. Jahon adabiyotining klassik asarlaridan biri boʻlgan ushbu asarni oʻqish juda oson va qiziqarli boʻldi. Koʻplab bu turdagi asarlardan farqli ravishda, oxiri yaxshilik bilan tugadi ammo natijaga erishish yoʻlida qilingan sa’y harakat va qiyinchiliklar, sabr toqat bilan yengib oʻtildi. Baxtga moddiy manfaatlar va boylikni chetga surib, sof insoniy tuygʻularga ergashib erishilganligi, romanlarga xos yondashuv ekanligini ham ta’kidlab oʻtish kerak.
Agar shu mavzuda kitob oʻqishni istasangiz aynan “Andisha va Gʻurur” toʻgʻri tanlov boʻladi deb ishonaman!
@book_and_review
#review
📖 Anna Frank kundaligi
🖋 Anna Frank
Urush haqida yozilgan kitoblar har doim qaygʻuli boʻlib kelgan. Anna Frankning kundaligi ham urush haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi, oʻsha davr qiyinchiliklari haqida soʻzlaydi. Bilamizki natsizm gʻoyasini ilgari surgan fashistlar, ikkinchi jahon urushi davomida yahudiylarni konsentratsion lagerlarga olib borib qiynoqqa solganlar va oʻldirganlar. Shu tufayli koʻplab yahudiylar nemislardan yashirinib hayot kechirishga majbur boʻlganlar. Anna Frank va uning oilasi ham oʻz uylarini tashlab niderlandiyaga koʻchib boradilar va ikki yildan koʻproq vaqt mobaynida koʻchaga chiqmay, “maxfiy boshpana” ga yashirinib yashashga majbur boʻladilar. Shu davr mobaynida 13-15 yoshar qizaloq Anna Frank, oʻzi va oilasining hayoti qanday oʻtayotgani, ichki kechinmalari va dunyoda ahvol qanday tus olayotgani haqida kundaligiga yozib keladi. Anna “oʻlganimdan keyin ham yashashni istardim” degan edi. Uning bu niyati amalga oshdi.
Asarni oʻqib tushunish mumkunki, eng oliy baxt ozodlik, erkin nafas olish va insoniylikning oliy tuygʻularini his etish ekan.
Kundalik tarzida yozilgan asarlarni oʻqish va tushunish juda oson, tasavvur qilish ancha yengil boʻladi. Ayniqsa qizbolaning shaxsiy kundaligini oʻqish yoqimli zavq berganda… Shunday ekan kitobni albatta oling va oʻqing.
@book_and_review
#review
📖 Telba
🖋 F.Dostoyevskiy
Rus adabiyoti mutolaa davomida oʻquvchini zeriktirib qoʻyadi, ruhiy ta’sir oʻtkazadi va balki tushunish ham biroz qiyin. Aynan shu ta’rifni “Hayot nima?” degan savolga javob oʻrnida ham bergan boʻlardim.
Dostoyevskiy asarlarining tasavvurdagi umumiy koʻrinishi, allaqanday zulmat va iztirob ichida tasvirlangan, insonlarning qalbi qoraygan bir jamiyatni ifodalaydi. Telba romani ham aynan shunday tasavvur beradi va lekin bosh qahramon knyaz Mishkin aksincha, ya’ni boshqalardan farqli ravishda, shuhratparastlik va kibrdan yiroq, sof insoniy qadriyatlarga ega inson hisoblanadi. Hayot mazmunining markaziga shuhrat, mol-dunyo, kibrni qoʻymagani, bunday illatlardan uzoqda boʻlgani, har qanday insonni teng koʻrib munosabat oʻrnatgani uchun atrofdagi insonlar uni telbaga chiqarishgandi. Atrofing toʻla yomon insonlar boʻlsa-yu, oʻzlarini yaxshi deb hisoblasalar va bunday jamiyatda sening haqiqatan ham yaxshi inson boʻlishingning nimasi yaxshi? Shunday boʻlsada ichi kibrga toʻlgan har qanday inson sof qalb egasining suhbatlariga mast boʻlib, uni yaxshi koʻrib qolishi ham tabiiy hol edi. Knyaz Mishkin bilan suhbatda boʻlganlar, garchi uni telba deb hisoblashsada, ich ichidan qandaydir iliq tuygʻularni his qilardilar. Chunki jamiyatdagi bunday insonlar, manashunday telba bir insonga tashna edilar. Aynan shuning uchun ham xonimlar jamiyatning boy vakillarini emas balki knyazni sevib qolishgan edi.
Asar atrofingizdagi insonlarni yaxshiroq tushunishga, ichki kechinmalaringizni tartibga keltirishga, xira-shira koʻrinayotgan allaqanday tasavvurlaringizni tiniqlashtirishga yordam beradi va ana oʻshanda siz ham aytasiz: “Dostoyevskiydan yaxshiroq psixolog bormi?”
@book_and_review
👩🚀#REVIEW BITCOIN DOMINANCE
Look at that dump! This is how altseason looks like!
The vector is strictly downward, as the index broke 62% horizontal level. As far as it keeps below, altseason is on!
Likely destination is 60.2%, after which we can possibly see 57% and even 54.7% levels!
@spherecryptoofficial1
#review
📖 Shekspir va Yurispidensiya
🖋 Akmal Saidov
Shekspir asarlarini bir oʻqishda umuminsoniylikni ilgari suruvchi gʻoyalarni tushunamiz. Man barcha asarlarini oʻqimaganman ammo oʻqiganlarim va eshitganlarimdan kelib chiqib buni tushunish qiyin emas. Ya’ni yaxshilikning yovuzlik ustidan qozonilgan gʻalabasi, sevishganlarning oxir oqibat murod-u maqsadlariga yetib baxtli hayot kechirishi… (tragediyalari esa bundan ham jozibali)
Ammo Shekspir asarlaridan faqat adabiyotni emas balki institutsional bilimlarni ham olish mumkin. Koʻp yillardan buyon bu asarlar koʻplab huqushunoslarning bahsli mavzulariga aylanib kelyapti. Oʻzim oʻqigan “Venetsiya savdogari” asaridagi sud jarayoni ayniqsa bahsli ekan. Birinchi navbatda oʻrta asrlardagi qandaydir davlatda bunday kuchli va tartibli qonun qoidalar oʻrnatilganligi e’tiborni tortadi. (Bu haqida mana bu yerda yozgandim)
Sud jarayonini koʻplab huquqshunoslar turli baholaganlar. Kimdir sud qarorini yurispidensiya qoidalarini keltirib qoralasa, boshqalar oqlashadi sababi vekseldagi shartlar axloq normalariga toʻgʻri kelmaydi. Ammo shunday boʻlgan taqdirda nega sud vekselni, undagi shartni tan oldi? Agarda vekselda koʻrsatilgan shart axloqiy normalarga toʻgʻri kelmasa sud buni qabul qilmasligi kerak edi.
Boshqa asarlar ham yurispidensiya nuqtai nazaridan qaralib, tahlil va xulosa qilingan. Har bir yosh huquqshunosga bu kitobni tavsiya qilgan boʻlardim agar kitobda tahlil qilingan asarlarni oʻqib chiqgan boʻlishsa!
@book_and_review
#review
📖 Oʻlik uydan maktublar
🖋 F.Dostoyevskiy
Dostoyevskiyning barcha asarlarida insonning ruhiyatini aks ettiruvchi xarakter mujassam. U insonni ong ostida kechadigan va hatto oʻzi ham anglamaydigan ichki hissiyotlarini shu qadar tasvirlaydiki, naqadar jirkanch boʻlmasin tan olishga, qabul qilishga majbur boʻlasiz. “Rostdan ham rasvo hayotda yashaymiz, sof hayot faqat istaklarimizdagina yashaydi xolos” deysiz. “Oʻlik uydan maktublar” qissa uchun ayni tanlangan nom. Asar Aleksandr Petrovich ismli ariston (mahbus) tomonidan, sibirda majburiy mehnat va aristonlik davrida koʻrgan kechirganlari, qolgan aristonlar bilan qilgan suhbatlaridan iborat. Umuman olganda qamoq- ozodlikda yashayotgan siz-u biz ya’ni jamiyatlarning toraytirilgan va qaram qilingan hayot shaklini aks ettirar ekan. Qamoqxonada, hayoti hikoya qilinayotgan har bir aristonning har xil mashgʻulotlari-yu qiziqishlari boshqalarining yashashi uchun yordam beradi. Har bir ariston bir birini toʻldirib turadi va umumiy jamiyatni hosil qiladi. Endigina qamalgan davrlarida umidsizlikka tushgan, endi nima qilarini bilmay qolgan mahbus kazarmaga kelgach bu yerdagi qaynab turgan jamiyatga qoʻshiladi va u endi bu yerdan sogʻ salomat chiqish uyoqda tursin, tirik chiqish haqida oʻylay boshlaydi. Majburiy mehnat, tirik qolish uchun kurash, pul ishlash va uni ichimlik uchun sarflash hayotini mazmuniga aylanadi. Asarning yarmigacha pul uchun, aroq uchun bir birini oʻldirishga ham tayyor mahbuslar haqida oʻqib ruhan ezilayotganingizda musulmon mahbuslar haqida gap ketadiyu qalbingizni zulmat tark etib yoriglik kira boshlaydi. Nurra va Aley ismli mahbuslar va ularning sof qalbi asardagi eng yoqqan qahramonlar boʻldi man uchun. Shunday jirkanch joyda oʻzlarini qanday tutganliklari, boshqalarga goʻzal yuzlari bilan tabassum ila qaraganliklarini koʻrib butun kazarma hayratga tushgandi. Aleksandr Petrovich bu haqida oʻz qissasida yozar ekan oʻzini bu ikki mahbusga nisbatan muhabbatini yashirmaydi.
@book_and_review
👩💻#REVIEW BITCOIN
Welcome to high season in crypto! This is the time for vertical consolidations, sudden pumps and quick flushes to wash away late longs!
First of all, don't wait for big retests, as they are actually signs of weakness! Talking about $BTC, the levels everyone and their mom wait for is $109k and $112k (previous major ATHs). Don't expect them to act like support!
If this is a true bull market, there will be no major retests, my bullish LIS is $113k. I am much more interested in blue local levels where we can get during a flush: $115k level is the most juicy! $119k level is also good to buy.
One more thing: while $BTC is above $113k sell button is banned! Don't try to short this, you'll get obliterated!
@spherecryptoofficial1
#review
📖 QIMORBOZ
🖋F.Dostoyevskiy
Dostoyevskiyning ushbu romanini ham oʻqib tugatdim va tushundimki Dostoyevskiydan yaxshiroq psixolog yoʻq boʻlsa kerak. U yashagan davr rassiyada oʻta oʻgir davr boʻlgan. “Jinoyat va jazo” romanida qotilning ruhiy holatini tasvirlagan boʻlsa “Qimorboz” da qimorga mukkasidan ketgan insonning ichki kechinmalarini ochib bergan. Qimor insonni besh daqiqa ichida puldor qilib yuborishi mumkin. Va yana keyingi besh daqiqada esa undan faqirroq inson boʻlmasligi mumkin. Qimor — qiziqtiradi, rohat beradi, boy qiladi, hurmat e’tibor olib keladi va oxirida barchasini tortib oladi. Faqatgina pullarnigina emas, xarakterni tortib oladi. Ruhni oʻldiradi. Qotib qoladi inson. Oʻtmishida yon atrofidagilar, doʻstlari, yor-u birodarlari, orzu-maqsadlari va muammolari haqida oʻylash bilan band boʻlgan boʻlsa endi faqat qimor haqida… Boshqa hech narsani… mutlaqo!
Qimor oʻynab koʻrmaganman. Ammo asarni oʻqib oʻzimda haqiqiy qimorbozning fikr-u hayollarini his qildim. Yutgandagi qoni qaynoqlikni his qildim. Yutqazgandagi umidsizlikni va xafagarchilikni ham.
Katta pul yutasan, yutqazasan. Undan ham koʻp pul yutasan, undan ham koʻproq, yana koʻproq. Oxirida hammasini boy berasan. “Keyingi safar katta pul yutaman-u bas qilaman. Oʻyinni toʻxtataman. Qaytib oʻynamayman”. Bu gapni har bir qimorboz aytgan va hech qachon buni uddasidan chiqmagan. Qimorning atrofida yigilganlarning har doim takrorlaydigan va amalga oshirib boʻlmaydigan gapi bu.
Aynan shu asarni bugungi kunda maktab darliklariga kiritish kerak deb oʻylayman. Chunki online qimorlar bugungi kunda ommalashgan va ayrim insonlarni hayotiga zomin boʻlmoqda. Asarni oʻqigan inson qimor oʻynamay turib ham bu ishning oxiri yomonlik bilan tugashini tushunib oladi.
@book_and_review
#review
🖋William Shekspir
📖Qirol Lir (6 qissa)
• Makbet
• Yuliy Sezar
• Janjalkashning tiyilishi
• Venetsiyalik savdogar
• Qirol Lir
• Boʻron
1. “Makbet”
Asardagi umumiy gʻoya “yaxshilikka yomonlik” va “qaytar dunyo” kabi hikmatlarga asoslangan. Albatta Shekspirning asarlari oʻzining hayot falsafasi haqida soʻzlashini koʻp eshitganmiz. Makbetda ham bashoratga ishonish yaxshilikka olib kelmasligi, xiyonat, ayol makri, nafsning quliga aylanish kabi insonning yomon jihatlari ochib berilgan. Oʻzgalarning baxtsizligi evaziga keladigan baxtning nimasi baxt?Yana hammasi ham biz oʻylagandek boʻlavermaydi. Oʻlim esa hammaning boshida bor. Xohlang yaxshi inson boʻling xohlang yomon, baribir oʻlim haq!
2. “Yuliy Sezar”
Yuliy Sezar va uning qismati haqida tarixga qiziqmaydigan yosh bola ham deyarli u bu narsa biladi. Sezar kechli sarkarda, buyuk rim imperatori va xalq qahramoni edi. Ammo oʻzining eng yaqin doʻsti Brut uni shuxratparastlikda ayblab oʻldiradi. Sadoqatli Mark Antoniy boʻlsa Sezarni oʻldirganlardan qasos olishga qaror qiladi. Gap shundaki Brut Sezarni yaxshi koʻrar edi ammo shu bilan birga uni shuxratparastlikka berilyapti deb hisoblardi. Agar u tojni kiysa keyin uni hech qachon yengib boʻlmasdi. Brut vatanini va xalqini sevgani uchun sezarni oʻldirish qaroriga keldi. Vatan sevgisi doʻstlikdan ustun chiqdi. Bir kishining oʻlimi boshqa minglab insonlarning hayotini yaxshilanishiga sabab boʻlsa bu qotillikning nimasi yomon? (Aynan shu nazariya Dostoyevakiyning “Jinoyat va jazo” sida bor edi.) Brutning qarashlari toʻgʻri edi deb hisoblansa u notoʻgʻri ish qilgan deyolaman. Ammo Mark Antoniy keltirgan ma’lumotlar aslida Sezar shuxratparast emas balki qahri qattiq inson boʻlgan, shuxratparastlik qahri qattiqlikka asoslanadi deydi.
Aslida ham insoniylik nuqtai nazaridan, tashqaridan qaraganimizda Brutning qilgan ishi xato edi. Albatta keyinchalik qilgan ishidan afsuslangan boʻlsa kerak. Ammo har xolda Brutning niyati sof edi. Chalkashtirmaslik kerak. Uning sheriklari mansab, pul va unvon ilinjida Sezarni oʻldirgan boʻlsa Brut vatani va xalqining ozodligi uchun bu ishni qildi.
3. “Janjalkashning tiyilishi”
Ushbu qissa er-xotin oʻrtasidagi munosabatlar aslida qanday boʻlishi kerakligi haqida yozilgan. “Aslida” soʻzini qanchalik toʻgʻri ishlatdim bilmadimu ammo xotinning eri oldida oʻzini qanday tutishi kerakligi aniq-ravshan, isboti bilan yozilgani shubhasiz. Oilada er bir pogʻona balandda turishi, ayol esa erining gapiga soʻzsiz boʻysinishi kerak. Ana oʻshanda oila tinch totuv va mustahkam boʻladi. Oʻsha davrda Shekspir oila va uning muqaddasligi haqida, ideal munosabatlar haqida, or nomus inson tabiati uchun qanchalar muhim ekanligi haqida yozgan. Bu kabi tushunchalar bugungi yevropada oʻz ahamiyatini yoʻqotib bormoqda. Oldos Hakslinibg “Ajib yangi dunyo” antiutopik romanidagi gʻoyalar kelajakda amalga oshishi mumkinligi xavotirga soladi kishini. Shekspirning “Hamlet” asarini va “Janjalkashning tiyilishi” hikoyasini oʻqisaganingizdan soʻng “Ajib yangi dunyo” ni oʻqisangiz kelajak koʻzingizga harob boʻlib koʻrinadi.
4. “Venetsiyalik Savdogar”
Shekspirning eng mashhur asarlaridan biri “Venetsiyalik savdogar” dan koʻp ma’lumot olish mumkin. Ushbu kitob bevosita huqushunoslik (yurispidensiya) bilan bogʻliq. XVI asrda Venetsiyada qonunchilik qay darajada rivojlanganligi, inson manfaatlarini himoya qiluvchi markaziy hokimiyatning borligi, mulk huquqi daxlsizligi qay darajada yaxshi yoʻlga qoʻyilganligini bilish mumkin. Bundan tashqari Venetsiya savdo oʻchogʻi boʻlganligi va aynan qonunlar mustahkamligi sabab shunday ekanligini boshqa bir kitob “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” da ham yozilgan. Albatta insoniylikning muqaddas tuygʻulari, yaxshilikning yomonlik ustidan gʻalabasi asarning asosiy gʻoyasi boʻlgan.
5. “Qirol Lir”
Kaltafahm qirol Lirning xudbinligi butun boshli oilaning oʻlib ketishiga sabab boʻldi. Mehr muhabbatni soʻrab bilishning oʻzi kaltafahmlik emasmi? Hamisha ekkaningni oʻrasan. Ixtiyoriy munosabat mol-dunyoning ustiga qurilsa, beqaror boʻlishi kafolatlangan Yolgon va hasad insoniylikni oʻldirar ekan