TGINSIGHT CHAT
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
@hetmuloqot
Business and startups"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Recent posts
Page 80 of 84 · 1,004 posts
Posted Sep 3
📌 📌 📌 📌 📌 📌 #FOTOREPORTAJ Buxoro viloyatida yashil energiya manbalarini joriy qilib, undan samarali foylanib kelayotgan fuqarolar soni tobora ortmoqda. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, tadbirkorlarga quyosh panellarining afzalliklari va davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumot berish maqsadida joylarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Navbatdagi ko‘rgazmali seminar Vobkent tumani hamda Buxoro shahridagi yirik to‘qimachilik korxonalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda tadbirkorlarga quyosh panellari va quyosh kollektorlarining natijadorligi bo‘yicha tahlillar asosida batafsil tushuntirishlar berildi. Batafsil 👉Uza.uz 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Hashtags
Posted Sep 3
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “HET BILLING” mobil ilova – siz uchun muammolarning yechimi! Foydalanish xususida videoqo‘llanma. Ilova Android hamda IOS da. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Sep 3
📌 📌 📌 📌 📌 📌 DAVLAT MULKINI NOQONUNIY O‘ZLASHTIRGANLAR JAZOLANADI Toshkent viloyati Ohangaron tumanida о‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan iste’molchilar fosh etildi. Tadbir tafsilotlari tо‘g‘risida “Nurafshon” telekanalining informatsion dasturi lavhasida. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Sep 2
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “SANGAR” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI TIZIMI YAXSHILANMOQDA Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Xiva shahar “Sangar” mahallasida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash va aholiga sifatli hamda uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida eskirgan yog‘och tayanch ustunlar o‘rniga zamonaviy temir-beton ustunlar o‘rnatilmoqda. Ushbu amaliy ishlar natijasida elektr tarmoqlarining mustahkamligi va xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, kuz-qish oylarida iste’molchilarga bir maromda elektr energiyasini yetkazib berish uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. Shu jumladan, mavjud elektr tarmoqlari bosqichma-bosqich ta’mirlanib, yangilari bilan almashtirilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Sep 2
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Farg‘ona viloyati mirishkorlari tomonidan qariyb 100 gektar yer maydonida sabzavotlar va mevalar yetishtirish bilan qatorda dalaga o‘rnatilgan quyosh panellari orqali “yashil energiya” ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Quvalik tadbirkorning bu kabi ishbilarmonlik faolyati haqida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” dasturi lavhasida. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Sep 2
📌 📌 📌 📌 📌 📌 #Elektr_energiyasidan_oqilona_foydalanaylik Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarimiz ortib borar ekan, ushbu resurslardan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanish sizning xarajatlaringizni kamayishida yordam beradi va albatta, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Bugun hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qila olmaymiz. Shunday ekan, zarurat bo‘lmagan hollarda esa, elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Unutmang, yoqilg‘i-energiya resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish barchamiz uchun foydalidir. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Sep 1
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Istiqlolimizning 34 yillik qutlug‘ bayrami bilan tabriklaydi. Vatanimiz mustaqillikka erishgan har bir kuni Yangi О‘zbekiston barpo etishdek buyuk maqsad sari yetaklab, xalqimizning farovon turmush kechirishi, bugunidan rozi bо‘lib yashashiga xizmat qilaversin. El-yurtimiz tinch, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bо‘lsin! 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Aug 30
📌 📌 📌 📌 📌 📌 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Aug 29
📌 📌 📌 📌 📌 📌 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling: Telegram YouTube Facebook 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Aug 29
📌 📌 📌 📌 📌 📌 MUSTAQILLIK VA SOHADAGI YUTUQLAR IFODASI Taxiatoshda yangi elektr taʼminoti binosi foydalanishga topshirildi Bugun foydalanishga topshirilgan Taxiatosh tuman elektr taʼminotining yangi binosi mamlakatimiz mustaqilligi, qolaversa, sohada erishilayotgan ijobiy yutuqlarning amaldagi ifodasi sifatida baholanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi Qarori asosida qurilgan mazkur binoning loyiha qiymati 3,7 mlrd soʻmni tashkil etadi. Qurilish jarayonida soʻnggi turdagi zamonaviy qurilish materiallari va energiya tejamkor texnologiyalardan keng foydalanilgan. Yangi majmuada asosiy binodan tashqari oʻquv maydoni, mashinalar turar joyi va omborxonalar barpo etildi. Bu yerda barcha zarur ish sharoitlari yaratilishiga alohida eʼtibor qaratildi. Bino ochilishiga bagʻishlangan marosimda soʻzga chiqqanlar bugungi kunda chekka hududlarda shahar va tuman elektr taʼminot boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Shu kuni tuman elektr taʼminoti korxonasiga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi xizmat avtomashinasi tantanali ravishda topshirildi. Majmuada yaratilgan zamonaviy sharoitlar, texnik va texnologik uskunalar imkoniyatlari muhandis-texnik va ishchi-xodimlarning samarali mehnat qilishiga xizmat qiladi. Shuningdek, korxona mutaxassislarini oʻqitish, operativ-dispetcherlik xizmatida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish, maʼnaviyat va maʼrifat xonalarining tashkil etilgani ish samaradorligini yanada oshirishga zamin yaratadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Aug 29
📌 📌 📌 📌 📌 📌 MILLIY LIBOSDA – TARIX VA MA’NAVIYAT SARI SAYOHAT Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali xodimlari Andijon shahridagi “Bobur va jahon madaniyati” muzeyiga tashrif buyurib, yurtimiz tarixi va boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Tashrifning o‘ziga xosligi shundaki, barcha xodimlar, ayniqsa ayollarimiz, milliy liboslarda qatnashib, tadbirga yanada o‘ziga xos milliy ruh va bayramona ko‘rk bag‘ishladilar. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Aug 29
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Ohangaron tumani iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda hududda barpo etilayotgan ishlab chiqarish obe’ktlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 110/35/10 kV kuchlanishli yangi podstansiya hamda 12,5 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog'i qurilmoqda. Loyihani belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Hududiy qurilish-montaj direksiyasi” filialining 50 ga yaqin ishchi-xodimlari hamda 10 dan ortiq maxsus texnikalari tunu-kun faoliyat yuritishmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz