TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT CHAT

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

@hetmuloqot

Business and startups

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Subscribers9.0万Current channel subscribers
Tracked posts1,004Indexed post count
Recent reach154,900Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 45 of 84 · 1,004 posts

Posted Dec 24

📌 📌 📌 📌 📌 📌 RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI O'RGANISHLARI O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari boshchiligida Respublika ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida elektr, gaz va boshqa kommunal sohalarda debitor qarzdorliklarni qisqartirish, aholi iste’molchilarida iste’mol madaniyatini oshirish, tejamkor qurilmalardan foydalanish orqali ham energiyani tejash, ham oila byudjetiga foyda keltirish masalalari bо‘yicha о‘rganishlar о‘tkazildi. Tadbir davomida energiya resurslaridan oqilona foydalanish, texnologik va notexnologik yo‘qotishlarni kamaytirish, noqonuniy ulanishlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, viloyatining barcha tumanlarida ko‘rgazmali seminar ham tashkil tashkil etildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

11,100 views

Posted Dec 24

📌 📌 📌 📌 📌 📌 УЧИМСЯ ЭКОНОМИТЬ ЭЛЕКТРОЭНЕРГИЮ С ДЕТСТВА 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

14,200 views

Posted Dec 24

📌 📌 📌 📌 📌 📌 ELEKTR ENERGIYASINI TEJASHNI BOLALIKDAN O‘RGANAMIZ 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

14,000 views

Posted Dec 23

📌 📌 📌 📌 📌 📌 ELEKTR TA’MINOTIDA UZLUKSIZLIK — DOIMIY NAZORATDA Iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialining tuman va shahar elektr ta’minotlarida 24 soatlik navbatchilik asosida ish tashkil etilgan. Xususan, elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini yanada oshirish, elektr uzatish tarmoqlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar doimiy ravishda amalga oshirilmoqda. Shu yo‘nalishda filialning transformatorlarni ta’mirlash ustaxonasi ham 24 soatlik navbatchilik asosida faoliyat yuritmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

12,100 views

Posted Dec 23

📌 📌 📌 📌 📌 📌 KOMPLAYENS NAZORAT TUZILMALARI XODIMLARI TOMONIDAN 28 MLRD. SО‘MDAN ORTIQ ELEKTR ENERGIYASIDAN QONUNGA XILOF RAVISHDA FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI Ma’lumki, hududlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda tizim tarkibidagi korxonalar Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralar kо‘rish yuzasidan tadbirlar о‘tkazilmoqda. Xizmat xodimlari tomonidan joriy yilning 1-15 dekabr kunlari davomida о‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida qiymati 28,7 mlrd. sо‘mlik16,1 mln.kVt.soat elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holati aniqlandi. Tо‘plangan materiallar yuzasidan qayta hisob-kitob qilinib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bо‘yicha chora-tadbirlar davom etmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

15,600 views

Posted Dec 23

📌 📌 📌 📌 📌 📌 MAHALLALARDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA Farg‘ona viloyati Uchko’prik tumanining “Yangiyer” mahallasida past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash maqsadida tizimli ishlar davom etmoqda. Batafsil, “Zo’r TV” telekanalining "Bu kun" yangiliklar dasturi orqali efirga uzatilgan lavha orqali tanishishingiz mumkin. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

12,000 views

Posted Dec 22

📌 📌 📌 📌 📌 📌 ENERGETIKLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI Bugun, 22-dekabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishdek mas’uliyatli vazifani mashaqqat bilan ado etayotgan bir guruh kasb fidoyilarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tizimda ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan soha xodimlari, faxriy energetiklar va markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi. Ma’lumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibiy korxonalarida 24 mingdan ortiq ishchi xodimlar iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida tunu-kun faoliyat yuritishmoqda. Xususan, hozirgi qish oylarida tizimda 24 soatlik ish rejimiga o‘tilgani, “Tezkor dispetcherlik shtabi”, aholi murojaatlarini tunu kun qabul qilish hamda tezkor hal etish bo‘yicha tizimli ishlar bajarilayotgani xalqimiz turmush farovonligini ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda. Batafsil 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

15,700 views

Posted Dec 22

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Joylarda mehnat qilayotgan energetiklarimizdan xabar olinib, ularni bayram bilan tabriklanmoqda. Barcha energetiklarga rahmat aytamiz. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

11,800 views

Posted Dec 22

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Bugun —Energetiklar kuni. Shunga qaramay, soha faoliyati bir lahza ham to‘xtab qolmayapti. Joylarda mehnat qilayotgan energetiklarimizdan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari taqdim etilmoqda. Barcha energetiklarga rahmat aytamiz. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

10,700 views

Posted Dec 22

📌 📌 📌 📌 📌 📌 ENERGETIKLAR - ZAMONNING YORQIN QALB QAHRAMONLARI! Inson hayotidagi eng ulug‘ vazifa – o‘z kasbi orqali atrofdagilarga yaxshilik va farovonlik olib kirishdir. Ammo, har kuni hayotini xavf ostiga qo‘yib, har bir uyga yorug‘lik, har bir ko‘chaga hayot nafasi – elektrni olib keluvchi energetiklar, bu fazilatning timsolidir. Ularning mehnati nafaqat loyihalar va raqamlarda, balki har birimizning uyimizda, ish joyimizda, hayotning har bir daqiqasida davom etayotgan yorug‘likdir. "Energetik" – nafaqat kasb, balki mas’uliyat, fidoyilik va doimiy tayyorgarlikning nomidir. Har qanday ob-havo, har qanday sharoitda, kechayu kunduz, uzoq tepaliklar va qiyin yo‘llarni yengib, ular xalqimizga energiya uzatmoqda. 22-dekabr - "Energetiklar kuni" munosabati bilan barcha energetiklarni kasb bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Sizning jasoratingiz, mehnatsevarligingiz va fidoyiligingiz butun jamiyat uchun namunadir. Sog‘ligingiz, baxtingiz va muvaffaqiyatingiz doim yorug‘ bo‘lsin! 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

14,700 views

Posted Dec 22

📌 📌 📌 📌 📌 📌 JIZZAX VILOYATIGA QO‘SHIMCHA ZAXIRA MATERIALLARI VA QURILMALARI YETKAZIB BERILDI Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan Jizzax viloyatiga qo‘shimcha moddiy-texnik zaxira resurslari yetkazib berildi. Turli quvvatdagi yangi transformatorlar yuqori va past kuchlanishli izolyatorlar, har xil turdagi elektr simlari va kabellar hamda boshqa zaruriy ehtiyot qismlar filial ombori tomonidan qabul qilib olindi. Ushbu zaxira materiallari viloyatning chekka hududlarida, xususan, noqulay ob-havo sharoitida yuzaga keladigan avariyalarni qisqa daqiqalar ichida bartaraf etish imkonini kengaytiradi. Ayni paytda ushbu materiallar tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalariga (TETK) taqsimlab berilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

11,000 views

Posted Dec 22

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Hurmatli energetiklar! Sizlarni kasb bayramingiz — Energetiklar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman. So‘nggi yillarda yurtimiz energetika sohasida salmoqli ishlar amalga oshirildi, muhim loyihalar hayotga tatbiq etildi, ishlab chiqarish quvvatlari bosqichma-bosqich oshirib borilmoqda, infratuzilma obyektlari yangilanyapti. Bu yutuqlar sizlarning fidokorona mehnatingiz, mas’uliyat va jonkuyarligingiz samarasi ekani shubhasiz. Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz tufayli millionlab xonadonlar yorug‘lik va issiqlik bilan ta’minlanmoqda, iqtisodiyotimiz barqaror ishlamoqda. Shu bilan birga, sohada yechimini kutayotgan masalalar, yanada takomillashtirishni talab etadigan yo‘nalishlar ham mavjud. Oldimizda hali qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar ko‘p. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni to‘laqonli va samarali bajarish yo‘lida barchamiz bir jamoa bo‘lib, hamjihatlik va mas’uliyat bilan ish olib borishimiz zarur. Ishonchim komilki, sizlarning bilim, tajriba va fidoyiligingiz bilan oldimizga qo‘yilgan barcha marralarga albatta yetamiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, sabr-toqat va kasbiy faoliyatingizda yangi yutuqlar tilayman. Doimo el-yurt ishonchini oqlab, sharafli kasbingizga sadoqat bilan xizmat qilishingizni tilab qolaman. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

12,000 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••4344454647•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384