TGINSIGHT CHAT
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
@hetmuloqot
Business and startups"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Recent posts
Page 2 of 84 · 1,004 posts
Posted Apr 11
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroda oʻtkazilayotgan sunʼiy intellekt boʻyicha xakatongatashrif buyurdilar. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 11
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev sunʼiy intellekt boʻyicha umummilliy xakatonga tashrif buyurdilar. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 10
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “Ilmiy-texnik va xodimlarni malakasini oshirish markazi” filialida ASKUE guruhi boshlig'lari, muhandislari va dispetcher yo'nalishi xodimlar uchun muqobil energiya manbaalarini rivojlantirish yuzasidan “Ochiq dars” mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar muqobil energiya resurslaridan samarali foydalanish, tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish choralarini ko‘rish hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish mavzusida zarur bilimlarni oshirdilar. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 10
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali tomonidan iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar asosida aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi telekanalining “Xabar” informatsion dasturi lavhasida tanishish mumkin. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 10
📌 📌 📌 📌 📌 📌 DO‘STLIK FORUMI – HAMKORLIKKA ILK QADAM Kuni kecha Tojikiston Respublikasining Sug‘d viloyati Isfara shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikalaridan tashrif buyurgan energetika sohasi kasaba uyushmalari vakillari ishtirokida do‘stlik forumi tashkil etildi. Tadbirda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati yoshlari ham munosib ishtirok etdi. Forum doirasida uch davlat vakillari ishtirokida daraxt ekish, sport va bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Sport musobaqalarida “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati yoshlari ham faol ishtirok etib, sport orqali jamoaviylik, hamjihatlik va birdamlik fazilatlarini namoyon etdilar. Bunday tadbirlar qо‘shni davlatlar energetika sohasi yoshlarini yanada yaqinlashtirib, kelgusidagi hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 10
📌 📌 📌 📌 📌 📌 TAXIATOSH TUMANIDA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mas’ullari tomonidan Taxiatosh tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida hududda faoliyat yuritayotgan ishbilarmon doira vakillariga elektr energiyasida loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlari hamda elektr qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomaviy xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlarni qiynayotgan dolzarb masalalar tinglanib, ularning bugungi kundagi muammolarini qonuniy asosda hal etish yo‘llari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bunday uchrashuvlar tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni tezkor va samarali hal etishga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda mas’ullar tomonidan Qoraqalpog’iston hududiy filialining temir-beton hamda travers ishlab chiqarish sexlarida ish faoliyati o‘rganildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 10
📌 📌 📌 📌 📌 📌 KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERING! Hurmatli fuqarolar! Agar siz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning filial va korxonalari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz: Ishonch telefoni: +998781507561, Telegram-bot: @HETanticor_bot , Call-markaz: 1154 Eslatib o‘tamiz:Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 9
📌 📌 📌 📌 📌 📌 #Amir_Temur_690 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida ulugʻ vatandoshimiz, mashhur davlat arbobi, yengilmas sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ma’naviy-madaniy tadbirda ishtirok etib, xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatish uchun haykali poyiga gullar qoʻydi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Hashtags
Posted Apr 9
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining Xorazm hududiy filialida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 9
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Ayni daqiqalarda Toshkent davlat texnika universitetida Energetika vazirining bo‘lajak energetiklar bilannavbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda. Dastlab vazir talabalar va yosh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy startap loyihalar taqdimoti hamda universitetda yangi tashkil etilgan “Startup Hub Expo Center” markazi bilan tanishdi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 9
📌 📌 📌 📌 📌 📌 2026-YIL YANVAR—MART OYLARIDA “YASHIL” ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH 40%GA OSHDI Joriy yilningyanvar—mart oylarida yurtimizdagi yirik quvvatliquyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 2 mlrd 368,2 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 678,1 mln kVt⋅soat yoki 40 foizgako‘p demakdir. Xususan: – Quyosh FES tomonidan — 1 mlrd 159,6 mln kVt⋅soat; – Shamol ES tomonidan — 1 mlrd 208,6 mln kVt⋅soat. Buning natijasida: – 631 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi; – atmosferaga 1,3 mln tonna zararli moddalar chiqishining oldi olindi. 2025-yil yanvar—mart oylarida quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 1 mlrd 690,1 mln kVt⋅soat (quyosh — 971,8 mln, shamol — 718,4 mln kVt⋅soat) elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi. Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 3,9 mln xonadonning 3 oylik yoki 986 ming xonadonning bir yillik meʼyoriy bazasini tashkil qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Apr 9
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA KO‘CHAT EKISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida ko‘chat ekish ishlari davom ettirilmoqda. Shu doirada filial bog’i uchun navbatdagi ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi. Tadbir davomida hududga 1000 dona manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ko‘chatlarning sifatli parvarishi, vaqtida sug‘orilishi va mustahkam ildiz otishi uchun kerakli chora-tadbirlar belgilandi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz