TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT CHAT

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

@hetmuloqot

Business and startups

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Subscribers9.0万Current channel subscribers
Tracked posts1,004Indexed post count
Recent reach149,360Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 82 of 84 · 1,004 posts

Posted Aug 27

📌 📌 📌 📌 📌 📌 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 34 YILLIGI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI Bugun, 27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayrami munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ majlislar zalida " Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida jamiyat rahbariyati tomonidan istiqlol nashidasi, bayram sururi barchani yaxshi niyatlar, ezguliklar sari undashi, Vatan tuyg‘usi bilan yashash, o‘zi tug‘ilib o‘sgan ona yurtini sevish va ardoqlash, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida barcha imkoniyatlarni ishga solib harakat qilish eng oliy tuyg‘u ekanligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, bayram tadbirida tizim yuksalishi yo‘lidagi ko‘p yillik samarali va sermahsul xizmatlari, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki yuqori baholangan bir guruh xodimlarga Mustaqil davlatlar hamkorligi Elektr energetika kengashining “Mustaqil davlatlar hamdo‘stligida xizmat ko‘rsatgan energetik” unvoni hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining Faxriy yorliq va Tashakkurnomalari topshirildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,590 views

Posted Aug 27

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi. Shuningdek, davlatimiz rahbari Toshkent shahrida O‘zbekiston davlat san’at muzeyining yangi binosi qurilishiga start beradi hamda “Toshkent-Sharqiy” xalqaro aeroportida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,270 views

Posted Aug 27

📌📌📌📌📌📌 ISTIQLOL ODIMLARI! Toshkent viloyati Angren shahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Xitoyning “Holley Technology” Ltd MCHJ QK o‘rtasida transformator ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi. О‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi arafasida foydalishga topshirilgan loyihada 6-10 kV tarqatish tarmoqlari uchun 25-3150 kVA quvvatli transformatorlar hamda 35 kV tarqatish tarmoqlari uchun 100-2500 kVA quvvat transformatorlari ishlab chiqariladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

10,200 views

Posted Aug 26

📌📌📌📌📌📌 AKADEMIK QAHRAMON ALLAYEVNING 80 YILLIK YUBILEYIGA BAG‘ISHLANGAN V XALQARO ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI Bugun Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida akademik Qahramon Rahimovich Allayevning 80 yillik yubileyiga bag'ishlangan "Elektr ta'minoti tizimining dolzarb muammolari" mavzusidagi V Xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi. Anjumanni Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadritdin Maxamatdinovich ochib berib, Qahramon Rahimovichni yubiley bilan samimiy tabrikladi. Tadbir davomida akademik Qahramon Allayevning sermazmun hayoti va ilmiy faoliyatiga bag'ishlangan videofilm namoyish etildi. Tadbirda Energetika vazirligi va vazirlik tizimidagi tashkilotlar, Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, shuningdek, energetika sohasiga oid xalqaro va mahalliy hamkor oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Shu bilan bir qatorda tadbirda akademik Qahramon Allayevning muborak 80 yillik yubileyi tantanali nishonlandi. Ustoz olimga uzoq umr, sog‘lik-salomatlik, ilmiy va pedagogik faoliyatlarida yangi yutuqlar tilanib, yurtimiz taraqqiyoti va yosh avlod tarbiyasidagi xizmatlari uchun minnatdorlik bildirildi. Shuningdek, akademikning mamlakatimiz energetikasi rivoji, ilm-fan taraqqiyoti va yosh mutaxassislar avlodini tayyorlashdagi beqiyos hissasi yuksak e’tirof etildi. Anjuman doirasida yangi avlod muhandis kadrlarni tayyorlash, energetikada ekologik ustuvor yo‘nalishlarni ilgari surish, dekarbonizatsiya va energetika tizimlarini barqaror rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

15,800 views

Posted Aug 26

📌📌📌📌📌📌 “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz energetika sohasining muhim tarmoqlaridan hisoblanadi. Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatida yigirma olti mingdan ortiq xodim faoliyat yuritmoqda, shundan ikki yarim mingga yaqini xotin-qizlardir. Ular turli lavozimlarda va vazifalarda, jumladan, operator, muhandis, montyor, kabi ayollar uchun yengil bo‘lmagan kasblar va ishlarda mehnat qilmoqda. Mazkur rolikda mashaqqatli va sharafli bo‘lgan energetika sohasida yelkama-yelka ishlab kelayotgan xotin-qizlar faoliyati haqida so‘z boradi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

19,200 views

Posted Aug 26

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Sirdaryoda fermer xо‘jaligi elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish natijasida davlat mafaatlariga 399 million so‘mlik zarar yetkazdi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ "Energosavdo filiali" tomonidan respublikamiz bo'ylab elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash va ularga tegishli choralar ko’rish bo'yicha nazorat tadbirlari o’tkazib kelinmoqda. "Energosavdo" filiali Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida "A.F" fermer xo‘jaligi elektr tarmoqlariga to’g’ridin-to’g’ri ulanib, elektr energiyasidan foydalanib kelayotgani fosh etildi. Mutaxassislar tomonidan tuzilgan dalolatnomaga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdor 399 million so‘mni tashkil qilmoqda. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Ayni paytda qonunchilikka muvofiq chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi qat’iy kurash olib borilishini, bunday qonunbuzarliklar jiddiy jazoga sabab bo‘lishini eslatib o‘tadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,800 views

Posted Aug 26

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom al-Buxoriy majmuasi va unga tutash hududlarni obodonlashtirish, shaharchaning arxitektura va me’moriy qiyofasi hamda muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasini yanada takomillashtirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur hududni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan 150 dan ortiq ishchi-xodimlar jalb etilgan bо‘lib, ayni paytgacha 23 ta transformator punkti o‘rnatilib, 211 km uzunlikda 0,4 va 10 kVli kabel tarmoqlari yotqizildi. Ayni vaqtda xonadonlarni elektr tarmog‘iga ulash maqsadida 0,4 kVli 374 ta elektr shitlari o‘rnatish va montaj ishlari amalga oshirilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

11,500 views

Posted Aug 26

📌 📌 📌 📌 📌 📌 MAHALLALARDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 330-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Farg‘ona viloyatining barcha hududlarida amaliy ishlar olib borilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

11,400 views

Posted Aug 25

📌 📌 📌 📌 📌 📌 E’tirof О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining о‘ttiz tо‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash tо‘g‘risida” gi Farmoniga asosan “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatining izolyatsiya va о‘ta kuchlanishdan himoyalanish ishlab chiqarish xizmati boshlig‘i о‘rinbosari - Nosir Dadaxodjayev Ibragimovich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati va kо‘p sonli jamoasi Nosir Dadaxodjayevni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

17,400 views

Posted Aug 25

📌 📌 📌 📌 📌 📌 UCHTEPADA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida” qaroriga asosan poytaxt iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ Uchtepa tuman elektr ta’minoti bо‘limi tomonidan iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida hududdagi 1200 metr uzunlikdagi 0,4 kV yer osti kabel tarmoqlari yangilanmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

12,400 views

Posted Aug 25

📌 📌 📌 📌 📌 📌 “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA KESKIN CHORALAR KO‘RILADI Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligi va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarga qaratilgan profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibiy filial va korxonalari ishchi-xodimlari tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etishni oldini olish, ularni kelib chiqishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish, tizim xodimlari tomonidan o‘tgan davrda sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar ahvoli tanqidiy muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura prokurori, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig'i hamda boshqa mas’ullar boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan raqamlashtirish jarayonlarini davom ettirish, sohadagi korrupsion holatlarni bartaraf etish, jumladan, sohada manfaalar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga keng urg‘u berildi. Batafsil 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

12,700 views

Posted Aug 25

📌📌📌📌📌📌 Maxsus reportaj | Energetikatizimini takomillashtirish chora-tadbirlari Toshkent shahrida elektr ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, mavjud tarmoqlarni yangilash va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Shayxontohur tumanida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot «O`zbekiston 24» telekanalining «Maxsus reportaj» informatsion dasturi lavhasida. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

10,100 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••8081828384