TGINSIGHT CHAT
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
@hetmuloqot
Business and startups"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Recent posts
Page 40 of 84 · 1,004 posts
Posted Jan 9
📌 📌 📌 📌 📌 📌 OLOT TUMANIDAGI ENERGIYA SAQLASH TIZIMI SOATIGA 20-25 MINGTA XONADONNI ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLAYDI 2025-yilning 5-dekabr kuni Buxoro viloyatining Olot tumanida ishga tushirilgan 63 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi haqida qisqa lavha. Ma’lumot uchun: 2025-yilning 5-dekabr kuni Prezidentimiz boshchiligida 1 245 megavattli 10 ta energiya saqlash tizimiishga tushirildi. Bu energiya eng ko‘p iste’mol qilinadigan tig‘iz vaqtlarda qo‘shimcha 1,5 milliard kilovatt⋅soat elektr energiyasini tarmoqqa uzatish imkonini beradi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 8
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Sovuq va qirovli kunlar… Havoda qishning o‘tkir nafasi seziladi. Baland elektr ustunlarida esa elektromonterlar o‘z ishini davom ettirmoqda. Qo‘lqop ortida muzlayotgan qo‘llar, qirov qoplagan simlar, shamolda tebranayotgan ustunlar - ular uchun oddiy mehnat manzarasi. Tomdi tumani 10 kvli "Keriz" havo elektr uzatish tarmogʻida yuzaga kеlgan nosozliklar elеktr ta'minoti xodimlari tomonidan bartaraf etildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 8
Elektr energiyasi ta’minoti: muammolar bartaraf etilmoqda Yangi yilning ilk kunlaridanoq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari tomonidan joriy 2026 yilga belgilangan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari boshlab yuborildi. Mutaxassislar ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy soha ob’ektlari, shuningdek, mahallalarda aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni olib bormoqda. 👉https://uza.uz/posts/804457 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 8
📌 📌 📌 📌 📌 📌 2025-YILNING NOYABR OYIDA 1,1 MILLIONDAN ORTIQ EHTIYOJMAND OILALARGA 1,2 TRLN SO‘M BIR MARTALIK MODDIY YORDAM TO‘LAB BERILDI Ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi bo‘yicha oyiga bazaviy me’yordan ortiq 150 kVtgacha va tabiiy gaz bo‘yicha isitish mavsumida 250 kub metrgacha (istish mavsumidan tashqari oylar uchun 150 kub metr) ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yoridan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib berilmoqda. 2025-yil 1-maydan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’mol qilgan 562,9 ming nafar ehtiyojmand oilaga 41,6 mlrd so‘m kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lab berildi. Shundan, elektr energiya uchun 30,0 mlrd so‘m va tabiiy gaz uchun esa 11,6 mlrd so‘m. Ma’lumot uchun, 2024-2025 yilgi isitish mavsumidagi elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha bazaviy me’yoridan ortiq iste’mol qilgan 207 962 nafar ehtiyojmand oilaga 23,3 mlrd so‘m kompensatsiya pullari to‘lab berilgan. Shuningdek, 2025-yilning noyabr oyida 1 mln 161 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarga 1,2 trln so‘m bir martalik moddiy yordam to‘lab berildi. Ajratilgan moddiy yordamlar hisobiga fuqarolar isitish mavsumi uchun ko‘mir zaxirasi yaratish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldi. Bu esa ehtiyojmand aholi xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 8
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi 8 yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlarini kasb bayramlari bilan chin kо‘ngildan tabriklaydi! Adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda Vatanimiz ravnaqi yо‘lidagi mashaqqatli mehnatingizda sizga mustahkam sog‘lik va ulkan zafarlar tilab qolamiz. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 7
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “Bu loyiha nafaqat toza energiya ishlab chiqarish, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun imkoniyatdir. Xodimlarimizning 90 foizdan ortig‘i mahalliy mutaxassislar”, — deydi Peshku tumanidagi 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi loyihasi menejeri Karlton Persiville Yohannes. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 6
Bugun soat 16:10 da Toshkent shahridagi 35 kVli elektr qurilmasida nosozlik yuzaga kelgani sababli 35/10/6 kVli “DOZ” podstansiyasi orqali elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar kuzatilmoqda. Natijada, Yakkasaroy va Mirobod tumanlari hududidagi ayrim MFYlar…
Posted Jan 6
📌 📌 📌 📌 📌 📌 2016 — 2025-yillarda respublika iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlashko‘rsatkichlari: ➖2016-yil – 45,7 mlrd kVt⋅soat; ➖2017-yil – 47,4 mlrd kVt⋅soat; ➖2018-yil – 50,5 mlrd kVt⋅soat; ➖2019-yil – 52,7 mlrd kVt⋅soat; ➖2020-yil – 55,8 mlrd kVt⋅soat; ➖2021-yil – 59,1 mlrd kVt⋅soat; ➖2022-yil – 62,6 mlrd kVt⋅soat; ➖2023-yil – 66,1 mlrd kVt⋅soat; ➖2024-yil – 67,5 mlrd kVt⋅soat; ➖2025-yil – 71,0 mlrd kVt⋅soat*. 2025-yili iste’molchilarga 2016-yildagiga nisbatan 25,3 mlrd kVt⋅soat yoki 55 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berildi. *tezkor ma’lumot 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 6
📌 📌 📌 📌 📌 📌 2016 — 2025-yillarda respublikamizda elektr energiyasiishlab chiqarish ko‘rsatkichlari: ➖2016-yil – 59,0 mlrd kVt⋅soat; ➖2017-yil – 60,7 mlrd kVt⋅soat; ➖2018-yil – 62,8 mlrd kVt⋅soat; ➖2019-yil – 63,6 mlrd kVt⋅soat; ➖2020-yil – 66,4 mlrd kVt⋅soat; ➖2021-yil – 71,3 mlrd kVt⋅soat; ➖2022-yil – 74,3 mlrd kVt⋅soat; ➖2023-yil – 78,0 mlrd kVt⋅soat; ➖2024-yil – 81,5 mlrd kVt⋅soat; ➖2025-yil – 86,7 mlrd kVt⋅soat*. 2025-yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2016-yildagiga nisbatan 27,7 mlrd kVt⋅soat yoki 46 foiz ko‘pni tashkil etdi. *tezkor ma’lumot 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱het.uz
Posted Jan 6
Bugun soat 16:10 da Toshkent shahridagi 35 kVli elektr qurilmasida nosozlik yuzaga kelgani sababli 35/10/6 kVli “DOZ” podstansiyasi orqali elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar kuzatilmoqda. Natijada, Yakkasaroy va Mirobod tumanlari hududidagi ayrim MFYlar hamda aholi yashash xonadonlarida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan. Ayni paytda, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ hamda “Toshkent shaharMET” filialining tezkor chiqish brigadalari tomonidan holat to‘liq nazoratga olinib, nosozlikni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Vaqtincha yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 6
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filialiga maxsus elektromobillar topshirildi Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishiga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan 400 dona yuk va yo‘lovchi tashuvchi maxsus elektromobillar xarid qilindi. Bugun mazkur maxsus elektromobillarning 30 donasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filialiga tanatanali ravishda topshirildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T. Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F. Ermanovlar so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda aholini elektr engergiyasi bilan ta'minlash borasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar zamirida Prezidentimizning soha rivojiga qaratayotgan doimiy e'tibori turganligini mamnuniyat bilan ta'kidlab o‘tdilar. Ushbu maxsus texniklar hududning tuman shahar elektr ta’minoti bo‘limlariga teng taqsimlanadi hamda tezkor brigadalar faoliyatini yanada yaxshilash imkonini beradi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 6
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yildagi faoliyatiga yana bir nazar: xorijiy mamlakatlarga rasmiy tashriflar. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz