TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT CHAT

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

@hetmuloqot

Business and startups

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Subscribers9.0万Current channel subscribers
Tracked posts1,004Indexed post count
Recent reach111,070Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 5 of 84 · 1,004 posts

Posted Apr 3

📌 📌 📌 📌 📌 📌 O‘ZBEKISTON TUMANIDA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mas’ullari tomonidan O‘zbekiston tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlari hamda elektr qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomaviy xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlarni qiynayotgan dolzarb masalalar tinglanib, ularning bugungi kundagi muammolarini qonuniy asosda hal etish yo‘llari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bunday uchrashuvlar tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni tezkor va samarali hal etishga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,540 views

Posted Apr 3

📌 📌 📌 📌 📌 📌 SANCHIQULLIK FUQAROLARNING MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI Pastdarg‘om tumanining Sanchiqul mahallasi aholisi tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, ularda ko‘tarilgan masalalar ijobiy hal etildi. Xususan, murojaatlarda qayd etilgan “Qayrag‘och” fideriga ulangan 637-transformator punktining 0,4 kV havo elektr uzatish tarmog‘idagi muammolarni bartaraf etish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirildi. Avval qo‘lbola tarzda o‘rnatilgan simyog‘ochlar butunlay olib tashlanib, ularning o‘rniga 9 ta mustahkam temir beton ustunlari o‘rnatildi. Shuningdek, elektr uzatish quvvatini yaxshilash va tarmoqning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida havo tarmoqlari qayta tortildi. Natijada hududda elektr ta’minoti sifat va xavfsizlik jihatidan yaxshilanib, aholining murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar amalda bartaraf etildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

8,340 views

Posted Apr 2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qarori — Постановление Президента Республики Узбекистан "О подготовке и проведении широкого празднования 35-й годовщины государственной независимости Республики Узбекистан" Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

7,310 views

Posted Apr 2

📌 📌 📌 📌 📌 📌 “GAISTON” KO‘CHASIDA INFRATUZILMA YAXSHILANMOQDA Yangi Namangan tumani “Saxovat” mahallasi “Gaiston” ko‘chasida aholi murojaatlari asosida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Hududda 130 ta beton tayanch ustun o‘rnatilib, 2 km yangi elektr tarmog‘i tortilmoqda hamda 250 kVA quvvatli transformator punkti o‘rnatilmoqda. Natijada 200 ta xonadon barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

8,730 views

Posted Apr 2

📌 📌 📌 📌 📌 📌 BOSHQARUV RAISINING YOSHLAR BILAN NAVBATDAGI OCHIQ MULOQOTI BO‘LAJAK ENERGETIKLAR BILAN BO‘LIB O‘TDI Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida "Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining talaba-yoshlar va yosh tadqiqotchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida yosh mutaxassislarni sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, energetika tizimidagi transformatsiya jarayonlari hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar bilan yaqindan tanishtirildi. Batafsil 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

11,700 views

Posted Apr 2

📌 📌 📌 📌 📌 📌 SIZNING FAOLIYATINGIZ — BIZLAR UCHUN IBRAT, SABR VA DONOLIK MAKTABIDIR,QADRLI USTOZLAR! “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda uzoq yillar samarali mehnat qilib, jamoa rivojiga munosib hissa qo‘shgan, yetuk mutaxassis yosh kadrlarni tarbiyalab, ko‘plab shogirdlar yetishtirib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan xodimlarimizni nafaqaga kuzatish tadbiri bo’lib o’tdi. Tantanali tadbirda ustozlarga chuqur minnatdorlik va ehtirom izhor etilib, xodimning yillar davomida to‘plagan tajribasi, fidoyiligi va mas’uliyat bilan olib borgan faoliyati chuqur mamnuniyat bilan alohida qayd etib o‘tildi. Tadbirda so‘zga chiqqan jamiyat mutasaddilari faxriylarning korxona taraqqiyotidagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlab, kelgusi hayot yo‘llarida sihat-salomatlik, xotirjamlik va uzoq umr tiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

7,620 views

Posted Apr 2

📌 📌 📌 📌 📌 📌 #yoshlar_uchrashuv Bugun “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida "Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining talaba-yoshlar va yosh tadqiqotchilari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

17,700 views

Posted Apr 2

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Yangi loyiha O‘zbekistonda toza vodorod rivojlanishiga zamin yaratmoqda Joriy yil 2-aprel Toshkent shahrida Global yashil o‘sish instituti (GGGI) Energetika vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda toza vodorod rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan yangi loyiha ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi. Batafsil 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

6,250 views

Posted Apr 2

📌 📌 📌 📌 📌 📌 #yoshlar_uchrashuv Ayni daqiqalarda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida "Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining talaba-yoshlar va yosh tadqiqotchilari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

11,500 views

Posted Apr 2

📌 📌 📌 📌 📌 📌 AHOLI MUROJAATLARIGA TEZKOR YECHIM — USTUVOR VAZIFA Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aholi murojaatlariga tezkor va samarali javob berish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, Yangiyo‘l shahrining Bog‘bon mahallasi aholisidan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan zarur choralar ko‘rildi hamda hududdagi mavjud muammolar qisqa muddatda bartaraf etildi. Aholi bilan ochiq muloqot qilish,murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

6,870 views

Posted Apr 1

📌 📌 📌 📌 📌 📌 YANGI NAMANGANDA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mas’ullari tomonidan Yangi Namangan tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlari hamda elektr qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomaviy xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlarni qiynayotgan dolzarb masalalar tinglanib, ularning bugungi kundagi muammolarini qonuniy asosda hal etish yo‘llari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bunday uchrashuvlar tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni tezkor va samarali hal etishga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

8,630 views

Posted Apr 1

📌 📌📌 📌📌 📌 KO‘P QAVATLI UYLARDAGI UZOQ YILLIK MUAMMOLARGA YECHIM: MARG‘ILONDAGI ISHLAR O‘RGANILDI Jizzax viloyatidan tashrif buyurgan mutaxassislarning Farg‘ona viloyatidagi tajriba almashish dasturi doirasida Marg‘ilon shahrining “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarni elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi. Mutaxassislar hududda ko‘p qavatli uylarning elektr ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, iste’molchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida bajarilgan ishlarni o‘rganib, amaliyotda qo‘llanilayotgan yechimlar bilan yaqindan tanishdilar. Batafsil 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

6,880 views
1234567•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384