TGINSIGHT CHAT
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
@hetmuloqot
Business and startups"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Recent posts
Page 83 of 84 · 1,004 posts
Posted Aug 25
📌📌📌📌📌📌 BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI UCHUN TA’MIRLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA Aholini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan qator amaliy ishlar izchil olib borilmoqda. Xususan, Gurlan tumanida joylashgan 110/10 kV quvvatga ega “Gurlan” podstansiyasidan chiquvchi “Arna” havo tarmog‘ida keng ko‘lamli mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar natijasida iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati yanada mustahkamlanadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Aug 23
📌📌📌📌📌📌 OBOD MAHALLA – FAYZLI YURT! “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari davom etmoqda! Bu ezgu tadbirda Hududiy elektr tarmoqlari AJ Namangan hududiy filiali jamoasi ham faol qatnashib, hududlarimizni yanada chiroyli va fayzli qilishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Aug 23
📌📌📌📌📌📌 Toshkent shahrida iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash hamda bu borada О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida poytaxtimizning turli hududlarida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Sergeli tumanidagi 110/10 kV kuchlanishli "Sergeli gorodskoy", Mirobod tumanidagi 35/10/6 kVli “Saziit” va Mirzo Ulug‘bek tumanida 35/6 kV kuchlanishli "Dagestanskaya" podstansiyalarida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Mazkur podstansiyalarda olib borilgan yangilash ishlari natijasida mazkur hududlardagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga erishiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Aug 23
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Bugun “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Hasharda hududlarni obodonlashtirish, yashil hududlarni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajarilib, ariq-zovurlar atrofini yovvoyi o‘t va chiqindilardan tozalash ishlari olib borilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali jamoasining bugungi shiori “Birgalikda yanada chiroyli va fayzli muhit yaratamiz!”. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Aug 23
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tasarrufidagi tuman elektr ta`minoti korxonalarida umumxalq hashari qizg‘in davom etmoqda. Xodimlar tomonidan energetika obyektlarida obodonlashtirish-kо‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Aug 23
📌📌📌📌📌📌 Bugun yurtimizning barcha hududlarida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida oʻtkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xodimlari faol ishtirok etmoqda. Ishchi-xodimlar tomonidan bino atrofini tozalash va chiqindilardan tozalash, daraxtlarni butalash va oqlash, yondosh hududlarni ko‘kalamzorlashtirish kabi ishlar uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Bunday obodonchilik ishlari Jamiyatning barcha korxona va filiallarida o‘tkazilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Aug 23
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Hududlarda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari davom etmoqda Mazkur umumxalq xayriya hashari tadbirida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tizim korxonalari jamoasi ham faol ishtirok etmoqda Ular tomonidan hududlarni obodonlashtirish, yashil hududlarni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ariq-zovurlar atrofini yovvoyi o‘t va chiqindilardan tozalash, daraxtlarni oqlash hamda korxona atroflari obodonlashtirilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Aug 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Bugun Jizzax viloyati Zomin tumanida “Hududiy elektr tarmoqlari ” AJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan o‘quv seminar tashkil etildi. Jizzax hududiy filiali, shahar va tuman bo‘limlari hamda Samarqand va Buxoro filiallaridan mutaxassislar ishtirok etgan tadbirda qarzdor iste’molchilarni elektr tarmog‘idan masofadan uzish, qayta ulashning yangi usullari, tizim xodimlari uchun qulaylik va xavfsizlikni oshirish masalalari muhokama qilindi. O‘quv seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Aug 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 TOSHKENT VILOYATIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA Toshkent viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan hududlardagi elektr energiya infratuzilmasini yaxshilash, mukammal va joriy ta'mirlash ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Xususan, 149 km elektr uzatish tarmoqlari va 48 ta transformator punktida ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar 142 km tarmoq va 43 ta punkt mukammal ta’mirlandi. Shu bilan bir qatorda 122 ta transformator punkti va 500 km havo tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Hozirga qadar 461,12 km tarmoq va 111 ta punkt ta’mirlandi. Shuningdek tumanda yil oxirigacha 17,9 km SIP kabel tortish, 6 ta yangi transformator o‘rnatish va 440 ta yangi temir-beton tayanch o‘rnatish rejalashtirilgan. Ayni damda 438 ta tayanch o‘rnatildi va 6,4 km SIP kabel tortildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Aug 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI”: TOYLOQ TUMANIDA ELEKTR UZATISH TARMOQLARI YANGILANMOQDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi 330-sonli qarori asosida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Samarqand viloyatidagi 88 ta mahallalarda 495 km elektr uzatish tarmog‘i tortish, 233 ta transformator punkti va 12975 dona beton ustunlari o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, mazkur dasturga asosan Toyloq tumanidagi “O‘rtaqishloq” mahallasida ham aholi xonadonlariga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 294 dona beton ustunlari va 5 dona yangi transformator punkti o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, mahalla hududida 17,64 km SIP kabellari ҳамда 3,90 metr yuqori kuchlanishli tarmoq tortish ishlari amalga oshirilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Aug 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filialida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xususan, filialning barcha tuman va shahar bo‘limlari xodimlari o‘z hududlarida faol ishtirok etib, ofis binolari atrofi va ishlab turgan obyektlarda tozalik ishlarini olib bordilar. Yashil maydonlar parvarish qilindi, yo‘l va piyodalar yo‘laklari bo‘yab chiqildi. Mazkur xayriya hashari nafaqat hududni obodonlashtirish, balki jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, xodimlar o‘rtasida birdamlik va hamjihatlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Aug 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 BIRGALIKDA OBODLIK SARI Bugun yurtimizda ezgu an’anaga aylangan umumxalq xayriya hasharida barcha soha vakillari, mehnatkashlar, mahalla faollari hamda yoshlar bir tan-u bir jon bo‘lib ishtirok etmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ va uning tarkibiy korxona va filallarida ham mazkur hashardan chetda qolmay, faol qatnashmoqda. Hodimlari tomonidan idora hududini estetik holatini yaxshilash va tozalikni ta’minlash, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, yashil hududlarni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmoqdalar. Bundan tashqari, korxona xodimlari mahalla ahli bilan birgalikda umumiy hashar ishlarida ham faol ishtirok etib, o‘z mehnati va tashabbuslari bilan obodonlikka hissa qo‘shmoqdalar. Hashar – bu xalqimizni asrlar davomida birlashtirib kelayotgan ezgu qadriyat. Zero, birgalikda qilinayotgan har bir ezgu ish – Vatanimiz ravnaqi va kelajagi farovonligiga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz