TGINSIGHT CHAT
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
@shahrixon_tim
PendidikanIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Postingan terbaru
Hal. 58 dari 84 · 1,004 postingan
Diposting 25 Agu
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 "Ta’limda barqaror rivojlanish – kelajak poydevori" respublika o‘quv-seminari 📆Joriy yilning 26–27-avgust kunlari Toshkent shahrida "Ta’limda barqaror rivojlanish – kelajak poydevori" respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tadi. ➡️Mazkur seminar Agentlik tomonidan tizimdagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarning yetakchi o‘qituvchilari hamda direktorlarini birlashtiradi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube| Portal
Diposting 23 Agu
#HASHAR - ELGA YARASHAR.. 2-KUN... Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabda hashar davom etmoqda... 🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 22-23-avgust kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish toʻgʻrisida farmoyishiga ko'ra yurtimizni barcha maskanlarida hashar o'tkazilmoqda. Maktab hududi to'liq tozalandi. Daraxtlar oqlandi. Bizni kuzatib boring:l
Hashtags
Diposting 18 Agu
#GinnesRekordi Missiya bajarildi – O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi! “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yoshlarimiz tarixiy yutuqqa erishdi. 1946 nafar iste’dodli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946ta kichik robotni yig‘ib, ulkan natija qayd etdi. Ushbu yutuq O‘zbekiston nomini yana bir bor “Ginnes rekordlar kitobi” sahifalariga yozdirishga sabab bo‘ldi. Bu jarayonda faol ishtirok etgan yoshlarimizni tabriklayman. Bugun oʻzbek yigit-qizlari birgalikda harakat qilsa barcha vazifalarni uddalay olishini yana bir bor isbotlashdi. @hilola_umarova
Hashtags
Diposting 9 Agu
📢DIQQAT E'LON! Tanlov davom etadi: 6 mingdan ziyod nomzod test sinoviga yo‘l oldi! 🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi – yangidan tashkil etilayotgan va amaldagi ixtisoslashtirilgan maktablardagi o‘qituvchilar vakant o‘rinlari uchun tanlovning 2-bosqichi (test sinovi) hududlar kesimida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 📆 Test sinovlari joriy yilning 11–12-avgust kunlari PEDAGOGLARATTESTATSIYA jarayonlari bo‘lib o‘tadigan binolarda o‘tkaziladi. 📊 Tanlovning 1-bosqichiga 7 853 nafar nomzod ariza topshirgan. 📊shundan 6 479 nafari ikkinchi bosqich (test)ga muvaffaqiyatli o‘tgan. ❗️Eslatib o‘tamiz, Test sinovlarini shaffofligini ta'minlash maqsadida Agentlikning mas’ul xodimlari tomonidan hududlar kesimida tashkil etilishi belgilangan. 📍Test jarayonlari o‘tkaziladigan binolar manzillari roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin. 🔗Qo‘shimcha ma’lumotlar Agentlik rasmiy kanallari orqali e’lon qilib boriladi. Sizdek nomzodlarning tanlovimizda ishtirok etishidan xursandmiz! Bizni kuzatib boring Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diposting 4 Agu
#Dolzarb_90_kun 🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Dolzarb-90 kun" dasturi doirasida tashkil etilgan fan to‘garaglar ish faoliyatidan foto lavhalar. 📣bizning ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatishda davom eting. TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 2 Agu
#natija_2025 🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari maktablar kesimida roʻyxat shaklida portal.piima.uz saytiga joylashtirildi: 🔗https://portal.piima.uz/page/ixm Ushbu sahifada Agentlik tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda olgan natijalari hamda egallagan o‘rnini koʻrish imkoniyati mavjud. ❗️Maʼlumot uchun, Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalarining roʻyxat shaklidagi koʻrinishi barcha maktablarga yetkazildi. Hujjat topshirgan maktabingizga murojaat qilib ushbu roʻyxat bilan tanishishingiz mumkin. ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hashtags
Diposting 1 Agu
#Bayonot Ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali kelib tushgan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar 🎙 Savollarga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbari Sevara Shakirova javob berdi. 📹Batafsil ma’lumot — videomurojaatda ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hashtags
Diposting 1 Agu
#imtihon_2025 ▶️Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 2-bosqichi kirish imtihonlarinijonli efir orqali kuzatib boring. ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hashtags
Diposting 31 Jul
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan: ✅Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi. Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. 2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan. Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Bizni kuzating ❤Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin
Diposting 31 Jul
#imtihon_2025 🔈DIQQAT E‘LON! 📆Ertaga, 1-avgust kuni Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 2-bosqichi kirish imtihonlari to‘g‘risida yuqoridagi infografikadan ma‘lumot olishingiz mumkin! ⏰ Imtihon vaqti 9:00 ✔️ Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asli hamda ruxsatnoma bilan kelishi talab etiladi. ❌Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi. ‼️Eslatma, imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko'chirish mavjud emas va bunda qo‘shimcha imkon berilmaydi. Har bir talabgor imtihon kunida belgilangan vaqtda yetib kelishi shart. 🪪Ruxsatnomani ariza.piima.uz saytidan yuklab oling! 📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1206 ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hashtags
Diposting 31 Jul
#Shahrixon_tuman_IM #Dolzarb_90_kun Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Dolzarb 90 kun" tadbiri doirasida yoshlarimiz yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish, yozgi dam olishdan samarali foydalanish maqsadida maktabda tashkil qilingan fan to‘garaklaridan lavhalar! 👉Bizni kuzatishda davom eting!!! TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 30 Jul
#imtihon_natijalari_2025 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 🔔 IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI! 📆 Joriy yilning 7-, 8-, 9-, 10-, 11-IYUL kunlari Tayanch va hududiyixtisoslashtirilgan maktablargaoʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi. ✅ Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin: 🤖@natijalar_piima_1_2025_bot 🤖@natijalar_piima_2_2025_bot 🤖@natijalar_piima_3_2025_bot 🤖@natijalar_piima_4_2025_bot 🤖@natijalar_piima_5_2025_bot ❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin. ‼️ESLATMA! Joriy yilning 31-iyul kuni imtihon natijalari bo‘yicha o'quvchilar ro‘yxati tegishliligi bo'yicha Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda e’lon qilinadi. ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube| Portal