TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT CHAT

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

@shahrixon_tim

Pendidikan

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Pelanggan686Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,004Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini8,074Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 59 dari 84 · 1,004 postingan

Diposting 30 Jul

RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari bo‘yicha rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqalmoqda. ❗️Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari rasman e’lon qilinmagan. Ayni paytda natijalarni shakllantirish ishlari yakuniy bosqichda. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi imtihon natijalarini bugun kunning ikkinchi yarmida rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinishini ma’lum qiladi. Hurmatli ota-onalar va nomzodlar! Iltimos, norasmiy va tasdiqlanmagan manbalarga ishonmang. Faqat Agentlikning rasmiy sahifalari orqali beriladigan xabarlarga tayaning. Eng so‘nggi va ishonchli ma’lumotlar faqat quyidagi sahifalarda e’lon qilinadi: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube| Portal

424 views

Diposting 29 Jul

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi

587 views

Diposting 29 Jul

Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi. Jim turish — bu illatga ijozat berishdir. Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash

570 views

Diposting 28 Jul

#qabul_2025 #statistika 🤩PREZIDENT MAKTABLARIGA HAR BIR O‘RINGA OʻRTACHA 148 NAFAR TALABGOR TO‘G‘RI KELMOQDA 🗣Bu haqda Jo‘rabek Jangirov 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul statistikalari haqida ma’lumot bergandi. 📊Ushbu o‘quv yili uchun umumiy topshirilgan hujjatlar soni: 255 613 ta! 📚MAKTABLAR BO‘YICHA TAQSIMOT: 🟢Prezident maktablari – 49 924 ta hujjat 🧮 Bir o‘ringa o‘rtacha 148 nafar talabgor; 🟢Ijod maktablari – 4 740 ta 🧮 Bir o‘ringa 11 nafar; 🟢Sport maktablari – 582 ta 🤽‍♀ Gimnastika: 1 o‘ringa 8 nafar, 🥊 Boks: 1 o‘ringa 15 nafar; 🟢Ixtisoslashtirilgan maktablar – 137 870 ta 🧮 Bir o‘ringa 12 nafar; 🟢Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar – 62 497 ta 🧮 Bir o‘ringa 38 nafar 🔹 Abu Ali ibn Sino – 4 250 ta (📍Toshkent shahrida – 51 ta); 🔹 Mirzo Ulug‘bek – 3 093 ta (📍Toshkent shahrida – 153 ta); 🔹 Muhammad al-Xorazmiy – 55 154 ta (📍Toshkent shahrida – 182 ta). 🟢 Al-Beruniy xalqaro maktabi – 6 184 ta 🧮 Bir o‘ringa o‘rtacha 103 nafar talabgor to‘g‘ri kelmoqda. 📥Qabul kvotalari: ⏺Prezident maktablari (5-sinf): 336 nafar; ⏺Ijod maktablari (7-sinf): 440 nafar; ⏺Ixtisoslashtirilgan maktablar: 13 000+ o‘quvchi; ⏺Al-Beruniy xalqaro maktabi 60 nafar. 📝Batafsil 📌4-sinf bitiruvchilari bir vaqtning o‘zida 3 ta maktabga alohida hujjat topshirdi: ▫️ Prezident maktabi; ▫️ Ixtisoslashtirilgan maktab; ▫️ Muhammad al-Xorazmiy maktabi. 📌6-sinf bitiruvchilari esa: ▫️ Hududidagi tabiiy fanlar yo‘nalishidagi maktab ▫️ Mirzo Ulug‘bek yoki Abu Ali ibn Sino maktablari (Toshkent shahri). 🔔IMTIHON JAVOBLARI BU YERDA 🔎 Eslatma: Bir o‘quvchi bir nechta maktabga hujjat topshirgani sababli, umumiy hujjatlar soni va yo‘nalishlar bo‘yicha sonlar yig‘indisi farq qiladi. 👉Qabul-2025 yangiliklari👈

558 views

Diposting 28 Jul

#imtihon_2025 🔔 IMTIHON JAVOBLARI TEZ KUNLARDA EʼLON QILINADI ⏱ 7-, 8-, 9-iyul kunlari boʻlib oʻtganixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 29-iyul kunigacha; 📶 10-, 11-, 12-iyul kunlari boʻlib oʻtgantayanchixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 1-avgust kunigacha; 🔺 12-iyul kuni boʻlib oʻtganijod maktablariga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa shu yilning 2-avgust kunigacha eʼlon qilinishi rejalashtirilgan. 📌ASOS:Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori. ➖➖➖➖➖ 📝 Maʼlumot uchun: 🔎 12-iyul kuni boʻlib oʻtganAl-Beruniy nomidagi xalqaro maktabining 1-bosqich kirish imtihoni natijalari eʼlon qilindi. 📝Prezident maktablariga 6-iyul kuni o‘tkazilgan1-bosqich imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi. 🏛 Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi 27-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tdi. 👉Qabul-2025 yangiliklari👈

439 views

Diposting 28 Jul

Ахborot 24 | Andijon va Toshkent viloyatlarida korrupsiyaga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi #14july mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram

410 views

Hashtags

Diposting 28 Jul

#OAV_biz_haqimizda Axborot 24 | Maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishning yangi mexanizmlari ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram|YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

1,230 views

Diposting 28 Jul

🇺🇿Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning burchimiz! Korrupsiya – bu faqat bir kishining emas, butun jamiyatning taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan xavfli illatdir. Bu illat adolat, halollik, tenglik kabi yuksak qadriyatlarimizga putur yetkazadi. Bugun korrupsiyaga qarshi kurashish – har bir vatanparvar fuqaroning burchi! 🔹 Halol mehnat qilaylik 🔹 Qonunlarga rioya qilaylik 🔹 Huquqbuzarliklarga befarq bo‘lmang 🔹 Korrupsiyaga qarshi murosasiz bo‘laylik 🛡️"Halollik – eng katta boylik!" degan shiorni yuragimizga muhrlaylik! 📞 Korrupsiya holatlarini sezsangiz, tegishli idoralarga murojaat qiling. Sizning fuqarolik pozitsiyangiz farzandlarimiz kelajagini porloq qilishga xizmat qiladi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

1,110 views

Diposting 28 Jul

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirish bo'yicha maxsus davlat idorasidir. Agentlikning asosiy vazifa va vakolatlari haqida batafsil videoda tanishing! ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram|YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

1,230 views

Diposting 24 Jul

Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimi tarixiy islohotlarning markazida bo‘lmoqda, deyish mumkin. Davlat rahbarining har safar soha xodimlari bilan uchrashuvlari, taqdimot, tashrif va samimiy muloqotlarida buni his etamiz. Ha, bugungi O‘zbekiston uchun ta’lim - strategik soha. Buni berilayotgan e'tibor, ijtimoiy soha uchun ajratilayotgan mablag‘lardan ham sezish mumkin. Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar jadal davom etmoqda. Ta’limdagi bugungi yutuqlar ertangi ulkan muvaffaqiyatlarga poydevordir! @hilola_umarova

571 views

Diposting 23 Jul

#imtihon_2025 #prezident_maktablari ❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! 📆Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-IYUL kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi. 📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi: ➖matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqnibajarishga 90 daqiqa; ➖ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi. 📶Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. ✔️TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK. ❌Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi. ‼️Eslatma, imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko'chirish mavjud emas va bu borada qo‘shimcha imkon berilmaydi. Har bir talabgor imtihon kunida belgilangan vaqtda yetib kelishi shart. 📲Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube| Portal

492 views

Diposting 23 Jul

#imtihon_natijalari #birinchi_bosqich 📣 ANDIJON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI! ✔️Joriy yilning6-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalarini Kembrij ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qildi. ©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt|Facebook|Telegram|Instagram

453 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••5758596061•••65•••70•••75•••80•••8384