TGINSIGHT CHAT
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
@shahrixon_tim
PendidikanIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Postingan terbaru
Hal. 62 dari 84 · 1,004 postingan
Diposting 26 Jun
#Tayinlov Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi ✅ Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Shakirov Xasan Rustamovich — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti moliyaviy va ma’muriy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi. Xasan Shakirov 2001-2016-yillarda Moliya vazirligida mas'ul lavozimlarda, 2016-2020-yillarda Tashqi ishlar vazirligida Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2022-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Moliyalashtirish va rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2022-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan. Vazirlik jamoasi Xasan Shakirovga kelgusi faoliyatida omad tilaydi. Bizni kuzating ❤Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin
Hashtags
Diposting 26 Jun
#Tayinlov Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan: ✅Shakirova Sevara Baxodirovna — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o'rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi. Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shakirova 2012-2019-yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida o‘qituvchi, 2019-2022-yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari, 2022-2023-yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan. 2023-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida ish olib borgan. Vazirlik jamoasi Sevara Shakirovaga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Bizni kuzating ❤Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin
Hashtags
Diposting 25 Jun
Diposting 25 Jun
Diposting 25 Jun
#bitiruvchilar_qurultoyi 🤩 Bitiruvchilar qurultoyi doirasida "Yangi O‘zbekistonda 3-Renessans tadqiqotchilari: Ilm, innovatsiya va ijodkorlik" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘z ishini boshladi. 🔍 Tadbir doirasida quyidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashinuvi va taqdimotlar o‘tkazilmoqda: ➖sun’iy intellekt va STEM yondashuvi; ➖yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish; ➖robototexnika, IoT va kiberxavfsizlik; ➖raqamli ko‘nikmalar va kelajak kasblari; ➖global muhitda milliy qadriyatlarning o‘rni. 🌐 Bundan tashqari, Bitiruvchilar kengashi hamda ixtisoslashgan maktablar o‘quvchilarining ilmiy izlanishlari, innovatsion loyihalari va ishlanmalari taqdim etilmoqda. ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hashtags
Diposting 25 Jun
#bitiruvchilar_qurultoyi 🤩 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar Bitiruvchilar qurultoyining ochilish marosimidan fotoreportaj. ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hashtags
Diposting 21 Jun
#qabul_2025 #infografika 🤩Agentlik tizimidagi maktablarga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali 1-iyundan 20-iyun kuniga qadar arizalar qabuli amalga oshirildi. 📊Arizalarning hududlar va maktablar kesimidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin. ✅Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabiga hujjatlar qabuli 25-iyun soat 23:59ga qadar davom etadi. 🔎Shuningdek, Prezident maktablarining 7–10-sinflaridagi mavjud bo‘sh o‘rinlarga hujjatlar qabuli davom etmoqda. 🤖@piima_admission_chatbot ☎️Call-markaz: 1206yoki +998 78 1137789 ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hashtags
Diposting 20 Jun
#Shahrixon tuman IM #Dolzarb_90_kunlik Xabaringiz bor, joriy yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yozgi ta’til davomida ta’lim muassasalarida fan, sport va kasbiy to'garaklari faoliyati bo'yicha ko‘rsatma berilgan edi. Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari yozgi ta'til kunlarida "Dolzarb 90 kun" tadbirlari doirasida tashkil etilgan fan va sport to'garaklarda ishtirok etib kelishmoqda. 📸Yuqorida ushbu tadbirlar doirasidan fotolavhalar. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 19 Jun
#Dolzarb_90_kun 📣 Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilarni yozgi ta'til davrida bo'sh vaqtlarini mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" tadbirlari bo'lib o'tmoqda. "Dolzarb 90 kun" tadbirlari doirasidafan to'garaklaridan; ▪️Kimyo; ▪️Biologiya; ▪️Ingliz tili; ▪️Matematika; ▪️IELTS; ▪️SAT . ➖Sport to'garaklaridan: ▫️Futbol; ▫️Shaxmat-shashka; tashkil etilgan bo'lib, o'quvchilarning aqlan va jismonan kamol topishida samarali faoliyat yuritmoqda. 📸Yuqorida ushbu tadbirlar doirasidan fotolavhalar. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 19 Jun
#Dolzarb_90_kun 📣 Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilarni yozgi ta'til davrida bo'sh vaqtlarini mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" tadbirlari bo'lib o'tmoqda. "Dolzarb 90 kun" tadbirlari doirasidafan to'garaklaridan; ▪️Kimyo; ▪️Biologiya; ▪️Ingliz tili; ▪️Matematika; ▪️IELTS; ▪️SAT . ➖Sport to'garaklaridan: ▫️Futbol; ▫️Shaxmat-shashka; tashkil etilgan bo'lib, o'quvchilarning aqlan va jismonan kamol topishida samarali faoliyat yuritmoqda. 📸Yuqorida ushbu tadbirlar doirasidan fotolavhalar. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 18 Jun
"DOLZARB 90 KUNLIK" AMALDA ✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Dolzarb to‘qson kunlik” doirasida mashg'ulotlar davom etmoqda 📌Oʻquvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual va jismoniy salohiyatini rivojlantirish, hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadid Shahrixontuman ixtisoslashtirilgan maktabida fan, sport va kitobxonlik yoʻnalishlarida turli toʻgaraklar tashkil etilmoqda. 🔬Fan toʻgaraklari – o‘quvchilarning tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilim olishiga xizmat qilmoqda. ⚽Sport toʻgaraklari – sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy faollikni oshirishga yo‘naltirilgan. 📚Kitobxonlik toʻgaraklari – o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirish, adabiyotga muhabbat uyg‘otish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 18 Jun
#qabul_2025 #1_iyun_20_iyun HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR! Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjat topshirish jarayoni 2025-yil 20-iyungacha davom etadi. Arizalar onlayn tarzda quyidagi manzillar orqali qabul qilinadi: 🌐my.gov.uz 🌐ariza.piima.uz Sizga qulaylik yaratish maqsadida ariza.piima.uzsaytida maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma taqdim etilmoqda. Shuningdek, tez orada my.gov.uzportali orqali ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma ham e’lon qilinadi. 🔹 Yordam uchun: 🤖 Telegram-chatbot: @piima_admission_chatbot ☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789 Mazkur maktablar, qabul jarayoni va boshqa yangiliklar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar ushbu kanalda: @piimauz ❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hashtags