TGINSIGHT CHAT
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
@shahrixon_tim
PendidikanIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Postingan terbaru
Hal. 68 dari 84 · 1,004 postingan
Diposting 16 Mei
#Oy_kitobxoni #Yulduzli tunlar 🔰 Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilariga Aprel oyi uchun kitob mutolaasi e'lon qilingan edi. 💥O’quvchilarga dars va fan to’garaklardan keyingi bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ijodiy va madaniy kecha tashkil etildi.Tadbirga ota-onalar ham taklif etildi. 📚Oy kitobxoni loyihasi doirasida Primqul Qodirovning“Yulduzli tunlar” asari asosida o'quvchilar o'rtasida yakuniy 3-bosqich bellashuvi bo'lib o'tdi. Tadbir barchaga mazmunli va ajoyib madaniy hordiq olishiga hissasini qo’sha oldi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 16 Mei
#Shahrixon tuman_IM #Qizlar_tarbiyasida_milliy_qadriyatlar ❇️Bugun Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida direktori N.Pozilov,MMIBDO‘ O‘.Akbarov,mahalla otinoyi, psixolog A.Andayevalar tomonidan oʻquvchi-qizlar bilan "Qiz bola tarbiyasi va uning shaʼni", "Erta turmushning salbiy oqibatlari", jamoat joylarda diniy liboslarda yurmaslik, ta'til vaqtida norasmiy diniy xujralarda taxsil olmaslik va "Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish" mavzularida davra suhbati oʻtkazildi. ❇️Suhbat jarayonida ilm olish, mehr-oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, iffat, bosiqlik, ulugʻvorlik, sabrlik, sharm-hayo kabi maʼnaviy fazilatlar, mehmondoʻstlik, bagʻrikenglik, bolajonlik, mehnatkashlik kabi milliy qadriyatlar haqida fikrlar berildi. ❇️Shuningdek, erta turmush, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, maktabning ichki-tartib, odob- axloq qoidalari haqida hayotiy misollar bilan tushunchalar berib o'tiishdi. 👇👇👇 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 16 Mei
Toshkent shahar Mirobod tumanida ,,Phoneix'' nashriyot uyi tomonidan o'tkazilgan ,,Top izlanuvchilar - 2025'' Angliya-Xitoy-O'zbekiston konferensiyasi adminlar bellashuvida hamkasbimiz Mirzayeva Ma'suma 4-o'rinni egallab, telefon apparati, qimmatbaho sovg'alar, nashriyot rahbari tashakkurnomasi, ko'krak nishoni, guvohnoma va kitob bilan taqdirlandi. Nashr ishlari bo'yicha guruh asoschisi: @Masumochkam Ilmiy guruh linki: https://t.me/Ilmiy_nashrlar_markazi
Diposting 15 Mei
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab tashkil etiladi Chetda o‘qiyotgan yoshlarimizning atigi 1 foizi “Top-100”dagi oliygohlarga kirgani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, “Top-10” bilan “Top-200”dagi ta’lim narxi bir biridan atigi 15-20 foizga farq qiladi. “Yoshlarimiz juda iqtidorli. Ularni tizimli yo‘naltirib, oliygoh tanlashga ko‘maklashib, maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘ysak bo‘ldi, ko‘rsatkichlarimiz karrasiga oshadi”, - dedi Prezident. Davlatimiz rahbari “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlash va “Garvardchilar maktabi”ni ochish bo‘yicha katta farmon imzolaganini aytdi. Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, xalqaro maktabda “Top-10” oliygohlariga maqsadli tayyorlanadi. Bundan tashqari, Prezident va ixtisoslashgan maktablardan 208 nafar maslahatchi umumta’lim maktablariga biriktiriladi. Milliy dastur asosida maslahatchilar maktablardan har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchini tanlab olib, AQSHning Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi oliygohlariga tayyorlaydi. @hilola_umarova
Diposting 14 Mei
Guruhimizning yangi a'zolariga o'zimni tanishtirsam... 👩🏫Mirzayeva Ma'suma oliy toifali ingliz tili fani o'qituvchisi; 👩🎓 Bakalavr: O'zbekiston davlat Jahon tillari universiteti; 👩💻 3 tilga tarjimon; 🖨🖥 10 dan ziyod ilmiy maqolalar va turkcha hikoyalar muallifi; ✈️ Ilm ortidan 4 ta davlatga sayohat qilgan(Turkiya, Dubay, Misr va Qozog'iston);🇹🇷🇦🇪🇰🇿🇪🇬 🪪 Xalqaro til sertifikatlari (IELTS, TKT, Aptis for teacher) va milliy CEFR egasi; 🤩 ,,Top izlanuvchilar'', ,,Ta'lim tashabbuskori'', ,,Yilning eng yaxshi ilmiy izlanuvchilari'' ko'krak nishonlari g'olibasi va ishtirokchisi; 🤩 Yilning eng yaxshi ilmiy izlanuvchisi tanlovi adminlar bellashuvida Respublikada 2-o'rin sohibasi; 🤩 ,,Phoneix publication'' nashriyoti eng faol xodimasi e'tirofi va faxrli 4-o'rin sohibasi; 🤩4 karra xalqaro antalogiyalar qatnashchisi; ⭐️Rasmiy ish joyi: Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab Ilmiy nashrlar markazi telegram guruhi asoschisi; Nashriyot ishlari, chop etish, konferensiya, jurnallar, mahalliy va xalqaro offline konferensiyalar haqida batafsil ma'lumot uchun: Guruh linki: https://t.me/ilmiy_nashrlar_markazi Shaxsiyga murojaat: @Masumochkam
Diposting 14 Mei
📣 📣 📣 📣 📣 OLIMPIADACHILAR UCHUN YOZGI OROMGOHGA RO‘YXATDAN O‘TISH BOSHLANDI! 📕Fan olimpiadalari markazihamda Iqtidorlar maktabihamkorlikda 5-9-sinf o‘quvchilari uchun olimpiadachilar oromgohi "Summer science camp" uchun ro‘yxatdan o‘tishga START BERILDI. 📢Oromgohda olimpiadalarga tayyorlanish bo‘yicha malakali ekspertlar ishtirokida o‘quv yig‘inlar tashkil etiladi. 📌Ishtirok etish uchun quyidagi havoladan ro‘yxatdan o‘tishingiz talab etiladi: https://camp.olympcenter.uz/ ❗️Ro‘yxatdan o‘tish uchun badal to‘lov (bir martalik) BHMning 20%ini tashkil etadi. ✅Oromgohga ishtirokchilar 2 bosqichli tanlov asosida saralanadi. ✔️Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar olimpiadachilar oromgohida bepul qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 📍Oromgoh: Fan olimpiadalari markazida tashkil etiladi. 🔰Ro'yxatdan o'tish 31-may kuniga qadar davom etadi! Batafsil: @science_camp Murojaat va takliflar uchun: @ScienceCamp_bot👈 SHOSHILING! 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube
Diposting 12 Mei
#Qabul_2025 #Matbuot_anjumani ✅ Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjuman doirasida mas'ullar tomonidan joriy yilgi qabul va imtihon jarayonlari haqida so‘z yuritildi hamda barcha savollarga batafsil javob berildi. _____ 📆 Agentlik tizimidagi maktablarga hujjatlar qabuli joriy yilning 1-20-IYUN kunlari bo‘lib o‘tadi. 📥 Hujjatlar qabuli onlayn shaklda my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Agentlikning ariza.piima.uz rasmiy veb-sayti hamda mobil ilova orqali qabul qilinadi. 📊 2025-2026-o‘quv yili uchun: ➖Prezident maktablariga 336 nafar, ➖ijod maktablariga 440 nafar, ➖Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 24 nafar, ➖Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 24 nafar, ➖ixtisoslashtirilgan maktablarga esa 8 200 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. 📞Qabul jarayonlariga oid savollarga javob berib borish maqsadida Murojaatlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Markazga har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha1206 qisqa raqam orqali bog‘lanish mumkin. 🌐 Bundan tashqari, onlayn hujjat topshirishga ko‘maklashish hamda o‘quvchilar qabuli yuzasidan murojaatlarga javob berish bo‘yicha (hududiy) shtablar ham tashkil etildi. 🗣Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hashtags
Diposting 11 Mei
#qabul_2025 2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi. Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida: murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan; shuningdek, murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbotyaratildi; Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi. Mazkur shtablar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi. 2025/2026-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi. Kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi. Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan bilimdon o‘quvchilarimizga omad tilayman! @hilola_umarova
Hashtags
Diposting 7 Mei
Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan Karimova Eʼzozxon Gapirjanovna Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari – Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Eʼzozxon Gapirjanovna tizimda uzoq yillik tajribaga ega mutaxassis. U “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, direktor maslahatchisi kabi vazifalarda samarali mehnat qilgan. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi isloh qilinib, barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Oldimizda juda katta vazifa – universitetning boshqaruv tizimini Yangi Oʻzbekiston universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtirish, taʼlim sohasi uchun sifatli kadrlar yetkazib berish vazifasi turibdi. Bugungi tayinlov katta ishonch bildirilganidan dalolat. Jamoamiz bilan Eʼzozxon Gapirjanovnaning kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyat tilayman! @hilola_umarova
Diposting 6 Mei
Diposting 5 Mei
📊 Nihoyat Andijonda o‘tkazilgan #khiso_olimpiadasidastlabkinatijalari va g‘oliblarni e'lon qilamiz! 😀 Kecha 1-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan oflayn olimpiadada jami 331 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. 🎟 Barcha ishtirokchilar va ularning ustozlari elektronsertifikatlarini@khiso_admin akkaunti orqali soat 15:00 dan boshlab olishlari mumkin. 🥇 G‘olib o‘quvchilar va yuqori natijali jami 31 nafar o‘quvchi turli darajadagi medallar bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi keyingi olimpiada (18-may) ochilishi marosimida o‘tkaziladi. Bu haqida batafil ma'lumot beriladi. 🔸 9-11 sinf o‘quvchilarining natijalari Respublika bo‘yicha umumlashtirib, keyin (katta ehtimol bilan ertaga) e’lon qilinadi. 📊 Eslatib o‘tamiz, 2024-2025 o‘quv yilida har bir o‘quvchining reyting ballari jamg‘arib boriladi va "YOZGI MAKTAB-2025" ga yo‘llanma oladi. 😀 Barcha hududdagi natijalar aniqlangach, ba'zi o‘quvchilar "SUPER FINAL" ga yo‘llanma olishadi.
Hashtags
Diposting 5 Mei
Andijon viloyatida o'tkazilgan Khiso olimpiyadasida Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 6-"A" sinf o'quvchilari faol ishtirok etib, Abdullajonov Ixlosbek 100 ball bilan 1-o'rinni egallab, Oltin medalni, Avazov Shohnurbek 95 ball bilan 2-o'rinni egallab Kumush medalni qo'lga kiritdi. Ushbu o'quvchilarimizning kelgusida ham ilm cho'qqilarini zabt etib, ustozlarining bergan bilimlarini oqlab yurishliklarida aslo charchamasliklarini tilab qolamiz !