TGINSIGHT CHAT
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
@shahrixon_tim
PendidikanIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Postingan terbaru
Hal. 77 dari 84 · 1,004 postingan
Diposting 23 Feb
#tanlov #Ijod_yoshlari #23_fevral_15_mart 📣 📣 📣 📣 📣 📝"IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVI 🗣"Ijod yoshlari" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 4-, 5-,6-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi. ✅Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi: ➖tuman (shahar) bosqichi – joriy yilning mart oyida; ➖viloyat bosqichi – joriy yilning aprel oyida boʻlib oʻtadi. ❗️“Ijod yoshlari” tanlovining asosiy maqsadi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 4-, 5-, 6-sinflarida ta’lim olayotgan yosh ijodkor oʻquvchilarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish, nazm, nasr, badiiy publitsistika, adabiyotshunoslik yoʻnalishlari boʻyicha iste’dod va qiziqishlarini yanada oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat. 🟢Tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf oʻquvchilari navbatdagi oʻquv yilidan ijod maktablariga belgilangan qabul parametrlari doirasida imtihonsiz qabul qilinadi. 🟢Shuningdek, 1-, 2-, 3-oʻrinlarga sazovor boʻlgan 4-, 5-sinf oʻquvchilari kelgusi yilda mazkur tanlovning ikkinchi (viloyat) bosqichida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi. 📆 Tanlovda qatnashish uchun joriy yilning 23-fevralidan 15-martiga qadar (shu kuni ham) ijodyoshlari.piima.uz onlayn platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim. 📞 Telefon: +998 (71) 207-20-17 ichki raqamlar: 161, 164. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diposting 22 Feb
#eco_school #Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi “YOSH LIDERLAR BOG’I” 🌿Bugun Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Eco-School“ qo'mitasi a'zolari va faol ko'ngillilari maktab atrofini obodonlashtirishda o’z hissalarini qo'shish maqsadida “Yosh Liderlar bog'iga” yuz tubga yaqin turli manzarali va mevali ko'chatlar o'tqazishdi. ♻️Shuningdek faollar maktab atrofini turli xil chiqindilardan tozalash ishlarini ham uyushtirishdi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 22 Feb
#Obodonlashtirish va ko‘klamzorlashtirish. Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda 🌳Respublikamiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish hamda yashil maydonlarni ko‘paytirish ishlari jadal olib borilmoqda. 🏢Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan ushbu xayrli tadbirda 🍀🍀🌲🌲🌲🌳🌳🌳🌴🌴🍀🍀 🌳 Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hududiga direktor N.R.Pozilov boshchiligida “Yashil makon” dasturi doirasida 60 tup mevali 70 tup manzarali manzarali daraxt ko’chatlari o’tqazildi. Ko’chat o’tqazish jarayonida Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining pedagoglar hamda ishchi xodimlari, faol yoshlar ishtirok etdilar. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 20 Feb
#teatr_ibratxonadir #hududiy_bosqich 🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida "Teatr – ibratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning hududiy bosqichi qizg‘in davom etmoqda. Bugun, Agentlikning Andijon va Buxoro viloyatlarida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻzaro bellashdi. Yakuniy natijalarga koʻra: Andijon viloyati bosqichida – "Eski shahar gavroshlari" spektakli bilan Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi teatr jamoasi; Buxoro viloyati bosqichida – “Ilhaq” spektakli bilan Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diposting 20 Feb
Bir ko‘rib qo‘yishingiz so‘raladi hurmatli ota-onlarimiz.
Diposting 20 Feb
#kelajakka_yoʻl Prezident maktablari – bu mamlakatimizning kelajagini belgilovchi, ilm-fan va taʼlim sohasida ilgʻor yondashuvlarni amalga oshirayotgan oʻquv muassasalari. Bu maktablar, zamonaviy bilimlar va yuqori darajadagi taʼlim bilan yoshlarni dunyo miqyosida raqobatbardosh mutaxassislar etib tayyorlashni maqsad qilgan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hashtags
Diposting 20 Feb
“Padarkush” spektakl jarayonidan video lavxa. Barcha ishtirokchi o‘quvchilarning ota-onalariga rahmat.
Diposting 20 Feb
#teatr_ibratxonadir 🤩 Xabaringiz bor, Andijon viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning hududiy bosqichi yakunlandi. ✅Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu tanlovda “Padarkush” spektakli namoyish etdilar. Ushbu maktabning “Turon teatr” to‘garagi rahbari D.Raxmonova hamda to‘garak a’zolariga maktab maʼmuriyati o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bizning sahifalar: Telegram | Facebook | Instagram
Hashtags
Diposting 19 Feb
#Vazir_va_rahbar_ayollar_uchrashuvi Vazir Hilola Umarova: "Rahbar ayollar maktabi" tinglovchilaring 44 nafari ta’lim xodimi ekanligidan faxrlanamiz" ✅Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokida "Rahbar ayollar maktabi" o‘quv dasturi doirasida tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun o‘quv soati tashkil etildi. Unda mazkur dasturda qatnashayotgan 100 nafar ishtirokchi ayollar qamrab olindi. Ulardan 44 nafari ta'lim muassasalari rahbarlaridir. ➖ Vazir Hilola Umarova o‘z so‘zida yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki va Davlatimiz rahbari tomonidan bu borada ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va rag‘bat haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. 📍Ma'lumot o‘rnida: "Rahbar ayollar maktabi" o‘quv kursida tinglovchilar davlat boshqaruvini tashkil etishning muhim jihatlari xususida malakali ekspertlardan tahsil olishadi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlar xorijning nufuzli universitetlari, ilmiy markazlari va kompaniyalarida malaka oshirishi belgilangan. ___________ ❗️Vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan qariyb bir million xodimning 72 foizi, tizim rahbarlarining deyarli 50 foizi xotin-qizlardan iborat. Bizni kuzating ❤Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin
Diposting 18 Feb
⚡️Президент оилаларда камида битта одам олий маълумотли бўлиши кераклигини айтди Шавкат Мирзиёев кам таъминланган оилада ҳеч бўлмаганда битта фарзанд олий маълумотли бўлиши учун зарур шароитлар яратилишини айтди. Ойлик ҳисоблаш учун бот Ўқитувчи каналига обуна бўлинг 👉https://t.me/ustoz
Diposting 12 Feb
#tibbiy_ko'rik 👩⚕Maktabda ogohlik,xavfsizlik va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish,pedagog xodimlar va o'quvchilarning sog'ligini muhofaza qilish maqsadida maktab hamshirasi N.Axmadjonova hamda Shahrixon tuman birlashmasi shifokor xodimlari hamkorligida Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-11-sinf o'quvchilari uchun tibbiy ko'rik o'tkazildi. ❗️ Tibbiy ko'rik natijasida kasallik belgilari bor o'quvchilarga davolash profilaktikasi ishlari amalga oshirildi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 12 Feb
#5_TASHABBUS_AMALDA 🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o’quvchi-yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot –texnologiyalari, kitob o’qishiga qiziqishini oshirish, o’quvchi-yoshlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags