TGINSIGHT CHAT
IT news | Tg Bots
@phpdevelopersuz
Business and startups👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !
최근 게시물
24페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물
게시됨 2월 10일
Shirin, gazli... smartfon! Kolafon rasman taqdim qilindi! Smartfon ishlab chiqaruvchilari onda-sonda o'zlarining zerikarli dizaynlaridan tashqariga chiqish uchun turli xil taniqli brendlar bilan hamkorlik qilishadi. Ana shunday sherikliklarning eng so'nggisi Realme va Coca-Cola o'rtasida bo'ldi. Aytish kerakki, bu dunyoga eng taniqli gazli ichimlik brendining ilk hamkorlikdagi smartfoni hisoblanadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 10.02.2023
게시됨 2월 10일
Samsung va BMW ishqibozlari uchun yangi smartfon taqdim etildi Samsung o‘tgan yili Galaxy S22 Ultra modelining Mercedes Benz versiyasini taqdim etgan edi. Bu yil koreyalik kompaniya endi boshqa nemis kompaniya, BMW bilan hamkorlikda Galaxy S23 Ultra BWM M Edition smartfonini e’lon qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 10.02.2023
게시됨 2월 10일
Galaxy S23 Ultra'ni sindirish bandasigamas! Fevral oyining ilk sanasida Samsung kompaniyasi o'zining yangi Galaxy S23, Galaxy S23 va Galaxy S23 Ultra smartfonlarini taqdim qildi. Shubhasiz, ular orasidagi Ultra model o'z nomiga yarasha yuqori texnik xususiyatlarga ega. Uning kamerasi hatto Ilon Mask'ni ham hayratlantirdi. Biroq, ichki xususiyatlardan tashqari qurilmaning o'zi qanchalik mustahkam? Bu savolga JerryRigEverything'ning yangi videosidan javob olishimiz mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 10.02.2023
게시됨 2월 9일
240 Vt tezlikda quvvatlanadigan ilk smartfon rasman taqdim qilindi Intizorlik bilan kutilayotgan Realme GT Neo 5 smartfoni, vanihoyat, Xitoyda rasman taqdim qilindi. U 240 Vt tezlikda quvvatlanadigan dunyodagi birinchi smartfon bo'lib, uning orqasidagi kamera yonida 25 xil RGB ranglarida tusini o'zgartira oladigan LED chirog'i bor. 📣IT news| ©Terabayt.uz 09.02.2023
게시됨 2월 9일
Twitter'da endi yanada ko'proq so'zlar bilan post yozish mumkin Ilon Mask anchadan beri Twitter'da uzunroq tvitlar yozish imkoniyatini yaratilishini va'da qilib kelayotgan edi va u o'z so'zining ustidan chiqdi. Endi platformada 4000 ta belgili postlar yozib qoldirish mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 09.02.2023
게시됨 2월 8일
Xiaomi 13 Pro global versiyasi qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi Xitoyning eng taniqli smartfon ishlab chiqaruvchisi, Xiaomi, o'tgan yil oxirida o'zining yangi avlod flagmanlarini taqdim qilgan edi. Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro endilikda mamlakatdan tashqariga chiqishga tayyorlanmoqda. Xiaomi'ning Hindistondagi bo'limi 13 Pro smartfonining 26-dekabr kuni MWC 2023 tadbiri davomida taqdim qilinishini e'lon qildi, deya xabar bermoqda GSMArena nashri. 📣IT news| ©Terabayt.uz 09.02.2023
게시됨 2월 8일
Android 14'ning ilk prevyu versiyasi chiqarildi! Google o'zining Android operatsion tizimining navbatdagi katta yangi versiyasi, Android 14'ning ilk prevyu (oldindan ko'rish) versiyasini chiqardi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 09.02.2023
게시됨 2월 8일
Microsoft ChatGPT bilan kuchaytirilgan Bing qidiruv tizimining yangi versiyasini taqdim qildi! Kutilganidek, Microsoft o'zining Bing qidiruv tizimining ChatGPT sun'iy intellekti texnologiyasiga asoslangan yangi versiyasini rasman taqdim qildi. Kompaniya, shuningdek, bir qancha yangi SI funksiyalari bilan yangilagan Edge brauzerini ham ko'rsatdi. Microsoft ular birgalikda Internetdan ma'lumotlar qidirish va topishning yangicha tajribasini taklif qilishini ta'kidlamoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 08.02.2023
게시됨 2월 7일
Samsung o‘zining birinchi o‘yin-monitorini taqdim etdi 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.02.2023
게시됨 2월 7일
Galaxy S23 smartfonlari rekord o'rnatdi Fevral oyining ilk sanasida Samsung o'zining Galaxy S23 seriyasidagi smartfonlarini butun dunyo, xususan, Hindiston uchun ham taqdim qildi. Smartfonlar Amerikada bo'lib o'tgan taqdimotda o'zgarmagan narxlarda chiqarilgan bo'lsa ham, Hindiston uchun bu holat saqlab qolinmadi. Biroq, narxlar oshishiga qaramay smartfonlar mamlakatda yangi rekord o'rnatishdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.02.2023
게시됨 2월 7일
Yangi Poco X5 seriyasi global bozorga chiqarildi! Xiaomi kompaniyasi o'zining yangi Poco X5 va Poco X5 Pro smartfonlarini global bozorga taqdim qildi. Samsung'ning Galaxy A23 va M23 smartfonlari uchun raqobatdoshlik qiladigan smartfonlar narxiga nisbatan yaxshigina texnik xususiyatlarga ega. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.02.2023
게시됨 2월 7일
Google "ChatGPT qotili"ni taqdim qildi! ChatGPT'ning qisqa vaqt ichida ommalashib ketganidan kuchli qo'rquv ostida qolgan yagona kompaniya, ehtimol, Google bo'lsa kerak, chunki ekspertlar uni OpenAI'ning aqlli chatbotidan keyin yaqin bir necha yilda "o'lish"ini tahmin qilishdi. Biroq, Google ham anoyilardan emas, kompaniya "o'z qotilining qotili"ni tayyorlamoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.02.2023