TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
채널 목록으로 돌아가기
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT CHAT

IT news | Tg Bots

@phpdevelopersuz

Business and startups

👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !

구독자149현재 채널 구독자 수
추적 게시물1,004인덱싱된 게시물 수
최근 도달1,447최근 게시물 조회수 합계
최근 게시물

최근 게시물

23페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물

게시됨 2월 14일

Meizu smartfonlar bozoriga qaytmoqda! Agar unutib yubormagan bo'lsangiz, smartfonlar bozorida Meizu degan brend ham bor edi. Kompaniyaning oxirgi smartfonlari Meizu 18 seriyasi bo'lib, ular 2021-yilda chiqarilgan. Orada bir yillik tanaffusdan so'ng Meizu yana o'yinga qaytadigan ko'rinadi – Internetda bo'lajak Meizu smartfonining renderi tarqaldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.02.2023

111 views

게시됨 2월 14일

Elektromobil ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni changida qoldirib ketdi YouTube'dagi Carwow kanali muallifi beshta mashina o‘rtasida poyga uyushtirdi. Unda BMW X5M Competition, Porsche Cayenne Turbo GT, Mercedes-Benz GLE 63 S va Lamborghini Urus Performante kabi ichki yonuv dvigatelli mashinalar hamda Tesla Model X Plad elektromobili qatnashdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.02.2023

103 views

게시됨 2월 14일

Apple tengdir Apple'ga (2): iPhone 14 Pro Max tannarxi sotuvdagi narxning yarmidan ham kam Apple kompaniyasi o'tgan yil sentabrida o'zining yangi avlod flagmanlari, iPhone 14 seriyasidagi smartfonlarini taqdim qilgan edi. Qatordagi eng yuqori model iPhone 14 Pro Max bo'lib, uning bazoviy 128 GB xotira variantlisi uchun narx 1099 dollardan boshlanadi. Biroq, asli smartfonni ishlab chiqarish uchun sarflangan mablag' ushbu narxning yarmiga ham teng emas. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.02.2023

103 views

게시됨 2월 14일

Ro'molli robot: Saudiya Arabistoni o'zining ilk gumanoid robotini taqdim qildi O'tgan yilda rekord darajadagi mehmonlar bilan boshlangan LEAP xalqaro texno konferensiyasining bu yilgi sonida Saudiya Arabistoni o'zining birinchi gumanoid robotini taqdim qildi. Sara ismli robot Qirollikning Raqamli Hukumat organi va QSS kompaniyasi hamkorligida yaratilgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.02.2023

99 views

게시됨 2월 13일

Huawei ham o'zining yangi smartfonini "dinamik orol" bilan chiqaradi Apple o'tgan yili o'zining iPhone 14 seriyasidagi smartfonlarining Pro modellarini tabletka dori shaklidagi tirqish bilan birgalikda ishlaydigan "dinamik orol" nomli xususiyatni taqdim qildi va u ko'pchilikda smartfonlarga bo'lgan qiziqishni oshirdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Endilikda boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilar ham kupertinolik kompaniyaning bu dizaynidan "ilhomlanishmoqda" va o'zlarining yangi smartfonlarida undan foydalanishmoqchi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 13.02.2023

117 views

게시됨 2월 13일

⚠️⚠️⚠️⚠️⚠️⚠️ Biznesingiz uchun kotta Botlar sotiladi srochno @Viktarina_Robot 6.5k gr @Sinonimuz_Bot 2.5k gr @Fullsaverbot 11k+ user @Fotoeffekt_Bot 15k+ user Narxlar lichda kelishamiz ☁️@Insofliman

106 views

게시됨 2월 13일

One UI 5.1 yangilanishini tarqatish boshlandi! Samsung kompaniyasi fevral oyining ilk kunida o'zining Galaxy S23 seriyasidagi smartfonlarini One UI 5.1 versiyasi bilan chiqardi. Flagmanlar bilan taqdim qilinganidan so'ng, yangi One UI versiyasi endi boshqa Galaxy'larga tarqatilmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 13.02.2023

103 views

게시됨 2월 13일

Sun'iy intellekt bilan kuchayish navbati Opera'ga keldi Microsoft kompaniyasi o'zining sun'iy intellekt texnologiyasiga asoslangan Bing qidiruv tizimi va Edge brauzerini taqdim qilganidan bir necha kun o'tib, Opera ham o'zining ChatGPT bilan ishlaydigan yangi funksiyasini e'lon qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 13.02.2023

110 views

게시됨 2월 13일

Xiaomi 13 Lite qutidan ochib ko'rsatildi! Fevral oyining oxirida o'tkaziladigan MWC 2023 tadbirida Xiaomi kompaniyasi o'zining yangi avlod flagmanlari, Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro smartfonlarini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Biroq, so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Xiaomi 13 seriyasi ikkita emas, balki uchta modelni o'z ichiga oladi. Internetda Xiaomi 13 Lite modelining qutidan ochib ko'rsatilgan videosi paydo bo'ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 13.02.2023

115 views

게시됨 2월 11일

Galaxy A34 va A54 modellarining narxi sezilarli darajada oshadi Galaxy A34 va A54 smartfonlari tez orada taqdim etilishi kutilmoqda. O‘tgan yili A33 va A53 modellari mart oyida taqdim etilganini hisobga olsak, ularning yangi avlodi ham shu yilning mart oyida e’lon qilinadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 11.02.2023

121 views

게시됨 2월 11일

Endi Plus yoki Telegraph messenjerlarida to'g'ridan-to'g'ri akkaunt ocha olmaysiz Telegram messenjeri ochiq kodli bo'lganligi uchun istalgan ilova yaratuvchilari uning API'i yordamida o'zlarining uchinchi tomon messenjerlarini yaratib olishlari mumkin. Masalan, O'zbekistonda Plus va Graph Messenger (Telegraph) nomli ana shunday messenjerlar rasmiy Telegram'ga qaraganda ko'proq funksionalligi bilan ancha ommalashgan. Biroq, tez kunda siz ularda yangi akkaunt ocha olmaysiz. 📣IT news| ©Terabayt.uz 11.02.2023

110 views

게시됨 2월 11일

Apple tengdir Apple'ga: iPhone 15 smartfonlarining USB-C porti oddiy USB-C kabellari bilan "kelisha olmaydi" Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiq ravishda Apple kompaniyasining yangi avlod iPhone smartfonlari Lightning emas, balki USB-C porti bilan chiqarilishi kutilmoqda. Biroq, Apple yana Apple'ligini qiladigan ko'rinadi: iPhone 15 smartfonlari USB-C portiga ega bo'lishi, ular istalgan USB-C kabel bilan ishlayverishini anglatmaydi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 11.02.2023

249 views
12•••5•••10•••15•••202122232425•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
이전23페이지 / 84페이지다음