TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
채널 목록으로 돌아가기
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT CHAT

IT news | Tg Bots

@phpdevelopersuz

Business and startups

👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !

구독자149현재 채널 구독자 수
추적 게시물1,004인덱싱된 게시물 수
최근 도달1,244최근 게시물 조회수 합계
최근 게시물

최근 게시물

22페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물

게시됨 2월 20일

Endi Instagram'da "galochka" olish va "rekka chiqish" uchun pulli obunaga ega bo'lsangiz bas! Mark Tsukerberg o'zining rasmiy Instagram kanalida Facebook va Instagram uchun pulli oylik obunani sinovdan o'tkazilayotganligini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, "Meta Verified" nomli ushbu obuna, uning egalariga ko'k verifikatsiya belgisi, akkauntning platformada ko'proq ko'rinishi, yuqori qo'llab-quvvatlash xizmati va boshqalarni taqdim qiladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.02.2023

86 views

게시됨 2월 18일

Raqamli O'zbekiston 2023-yilda: Internet statistikasi Hozirgi kunda O'zbekiston 35 million atrofidagi aholiga ega. Datareportal 2023-yil yanvar oyiga ko'ra tayyorlangan statistik ma'lumotlarga ko'ra, ushbu aholining 90 foizdan ortig'i mobil aloqaga ulangan va u mamlakatning 85.9 foizini qamrab oladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 18.02.2023

102 views

게시됨 2월 18일

Xiaomi 13 Ultra'ning sifatli renderi paydo bo'ldi Fevral oyi oxirida bo'lib o'tadigan MWC 2023 tadbiri davomida Xiaomi 13 seriyasidagi smartfonlar taqdim qilishi kutilmoqda. Biroq ular qatorida Ultra model mavjud emas. Lekin shunga qaramay kompaniya Xiaomi 13 Ultra ustida ishlayotgani hech kimga sir emas. Internetda bo'lajak smartfonning jonli surati va unga asoslangan renderlari paydo bo'ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 18.02.2023

104 views

게시됨 2월 17일

iPhone 15 Pro ilk renderlari tarqatildi! Apple o‘zining iPhone 14 seriyasidagi smartfonlarini taqdim qilganiga ham yarim yil bo‘lyapti va navbatdagi iPhone chiqarilishiga ham shuncha yil bor. Biz allaqachon iPhone 15 smartfonlarida bo‘ladigan ba’zi dizayn o‘zgarishlari haqida eshitdik, lekin ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 17.02.2023

110 views

게시됨 2월 17일

Endi Instagram'da ham Telegram'dagi kabi kanallar bo'ladi Meta kompaniyasi o'zining Instagram ijtimoiy tarmog'iga Telegram messenjerida bo'lgani kabi "kanal" xususiyatini qo'shmoqda. Bu haqda Mark Tsukerberg o'zining ana shunday Instagram kanalida xabar berdi (The Verge orqali). 📣IT news| ©Terabayt.uz 17.02.2023

112 views

게시됨 2월 16일

One UI 5.1 versiyasiga yangilangan va yangilanishi kutilayotgan smartfonlar ro'yxati Samsung kompaniyasi rasman o'zining One UI grafik qobig'ining yangi 5.1 versiyasini taqdim qildi. Ushbu yangilanish eng birinchi bo'lib, fevral oyi boshida Galaxy S23 smartfonlari bilan chiqarilgan edi. Endilikda esa kompaniya ushbu versiyaning yangi funksiyalar bilan boshqa Galaxy smartfonlariga ham tarqatilishini e'lon qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 16.02.2023

98 views

게시됨 2월 16일

Galaxy S FE seriyasini ishlab chiqarish to'xtatilmagan va yangi smartfon tez orada chiqariladi! Samsung ilk bor o'zining Galaxy S20 FE smartonini chiqarganida u juda katta muvaffaqiyatga erishgan edi, lekin S21 FE sotuvlari unchalik omadli bo'lmadi. O'tgan yil oktabrida esa Samsung Galaxy S22 FE taqdim qilinishi kutilayotgan edi, ammo yarimo'tkazgichlar taqchilligi va butun dunyo bo'ylab smartfon bozorining yomonlashuvi sabab u dunyo yuzini ko'rmadi. Natijada Galaxy S FE seriyasi ortiq chiqarilmasligi haqida mish-mishlar ham tarqaldi. Biroq, so'nggi ma'lumotlarga ko'ra Samsung tez orada yangi Fan Edition smartfonini chiqaradi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 16.02.2023

93 views

게시됨 2월 16일

Twitter "begona o'tlar" yoxud marixuanalar reklamasiga ruxsat beradi Jo Rogan bilan bo'lib o'tgan podkastda marixuana va tamaki aralashmasini chekkani uchun Ilon Mask ko'plab tanqidlarga uchragan, shu bilan birga, uning surati taniqli memga aylanib ketgan edi. Bundan tashqari milliarder o'zining 420 (marixuana uchun jargon raqam) hazillari bilan ommaga "nashaga do'stona munosabatda" sifatida ham tanilgan. Mask endilikda nasha industriyasini qo'llab-quvvatlashda navbatdagi qadamini tashlamoqda: o'tgan yili Twitter'ni sotib olgandan keyin milliarder endi platformada "begona o'tlar" reklamasini ruxsat beradi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 16.02.2023

95 views

게시됨 2월 16일

Internet 2023-yilda: statiska va raqamlar O'tgan 2022-yilda butun dunyo aholisi soni 8 milliarddan oshdi. Bugungi kunga kelib esa ushbu ko'rsatkich 8.1 milliardni tashkil qiladi. Va hozirda ushbu odamlarning 68 foizi yoxud 5.44 milliardi mobil telefonlardan foydalanishadi. Bu o'tgan yilga qaraganda 3 foizga o'sish bo'lib, so'nggi 12 oyda 168 million yangi foydalanuvchilar qo'shilganligini anglatadi. Ushbu ma'lumotlar DataReportal tomonidan tayyorlangan bo'lib, ular 2023-yil yanvariga ko'ra tuzilgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 16.02.2023

95 views

게시됨 2월 15일

240 Vt tezlikda quvvatlanadigan smartfon global bozorga qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi! Realme yaqinda o'zining GT Neo 5 smartfonini rekord darajadagi zaryadlanish tezligi bilan Xitoyda taqdim qilgan edi. Endilikda kompaniya ushbu smartfonni global bozor uchun taqdim qilishni rejalashtirgan ko'rinadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 15.02.2023

100 views

게시됨 2월 15일

O'zbekistonda Galaxy S23 smartfonlari sotuvi boshlandi Samsung kompaniyasi joriy yilning 1-fevral sanasida o'zining Galaxy S23 seriyasidagi smartfonlarini butun dunyoga taqdim qildi. Hozirda O'zbekistonda ham yangi smartfonlarga oldindan buyurtma berish mumkin, lekin ayrim riteyler allaqachon smartfonni sotuvga chiqarishgan. Quyida narxlar bilan tanishishingiz mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 15.02.2023

115 views

게시됨 2월 14일

Samsung iOS 16 ning yana bir funksiyasini ko'chirib olgan(mi?) Samsung o'zining Galaxy S23 smartfonlarini One UI 5.1 versiyasi bilan taqdim qildi. Android 13 ga asoslangan One UI operatsion tizimining yangi versiyasi bir qancha afzalliklarga ega va ulardan biri suratdagi obyektlarni ajratib olish imkonini beradi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.02.2023

134 views
12•••5•••10•••15•••202122232425•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
이전22페이지 / 84페이지다음