TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
채널 목록으로 돌아가기
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT CHAT

IT news | Tg Bots

@phpdevelopersuz

Business and startups

👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !

구독자149현재 채널 구독자 수
추적 게시물1,004인덱싱된 게시물 수
최근 도달1,376최근 게시물 조회수 합계
최근 게시물

최근 게시물

39페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물

게시됨 10월 15일

A1 ortidan A1 Plus: Redmi yana bir yangi byudjet sinfidagi smartfonni taqdim etdi Xiaomi subbrendi bo‘lgan Redmi o‘tgan oyning boshida Hindistonda Redmi A1 modelini taqdim etgan edi. Kecha kompaniya ushbu smartfonning Plus modelini taqdim etdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 15.10.2022

101 views

게시됨 10월 15일

Xiaomi 13 sifatli renderlarda! Bir necha kun oldin internetda Xiaomi 13 ekanligi aytilgan smartfonning jonli suratlari tarqatildi va u bo'lajak Xiaomi flagman smartfonlari yana yangicha kamera dizayniga ega bo'lishi haqidagi mish-mishlarni tasdiqlagan edi. Endilikda ijtimoiy tarmoqlarda unga asoslangan sifatli renderlar ham paydo bo'ldi. Konsept dizayn Xiaomi 13'ning kamera oroliga aniqroq nazar tashlash imkonini beradi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 15.10.2022

97 views

게시됨 10월 15일

Tug‘ilmasidan avval o‘ldi: Nvidia'ning RTX 40 seriyasidagi yangi taqdim qilingan videokarta sotuvga chiqarilmaydigan bo‘ldi Nvidia o‘tgan oyda o‘zining RTX 4080 videokartasini 12 GB va 16 GB variantlarda chiqarganida siz ham dovdirab qolganmidingiz? Albatta, bitta nom ostida ikki xil xotirali videokartaning bo‘lishini hammani gangiratib qo‘yadi. Kompaniya ham shu fikrda va shuning uchun ham Nvidia o‘zining RTX 4080 12 GB videokartasini sotuvga chiqarmaslikka qaror qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 15.10.2022

101 views

게시됨 10월 14일

Endi Windows'da ekranni yozib olish uchun qo'shimcha dastur o'rnatish shart emas Surface taqdimoti davomida Microsoft o'zining Windows 11 operatsion tizimi uchun kelayotgan yangiliklar bilan ulashdi. Ulardan e'tiborlisi Apple xizmatlarining Windows bilan integratsiyalashuvi bo'lgan bo'lsa, yana bir muhim o'zgarish tizimga ekranni yozib olish funksiyasi qo'shilayotgani bo'ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.10.2022

102 views

게시됨 10월 14일

30 yildan so'ng: Microsoft Office brendi bilan xayrlashing! Microsoft kompaniyasi o'zining Ignite 2022 konferensiyasida Office brendini yangilayotganligini e'lon qildi. Tez kunda Office.com, undan keyin esa smartfonlar va Windows uchun Office ilovasi Microsoft 365 nomiga o'zgaradi. Shuningdek, uning logotipi, hamda, interfeysi ham yangilanadi va unga yangi lenta kabi xususiyatlar qo'shiladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.10.2022

95 views

게시됨 10월 14일

Apple kompaniyasi yana jarimaga tortildi Sentyabr oyida Braziliya Adliya vazirligi Apple kompaniyasiga agar iPhone'lar qutisida quvvatlash adapteri bo‘lmasa, ularni sotishni to‘xtatishni buyurgan hamda 12.275 million Braziliya reali miqdorida (2.34 million dollar) jarimaga tortgan edi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.10.2022

154 views

게시됨 10월 14일

Ekologiya bo'yicha eng yaxshi va yomon smartfon ishlab chiqaruvchilari reytinggi e'lon qilindi Smartfon ishlab chiqarish atrof-muhitga juda katta zarar keltiradi. Masalan, ekranlar va dinamiklar kabi smartfonlar qismlarida ishlatiladigan skandiy, terbiy va neodimiy kabi noyob metallarni qazib olishning o'zi juda katta ifloslanishlarga sabab bo'ladi. Yerdan qazib olingandan keyin esa ular tozalanishi kerak — bu katta miqdordagi uglerod chiqindilarini keltirib chiqaradigan juda yomon kimyoviy ishlov berish jarayonlarini o'z ichiga oladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.10.2022

85 views

게시됨 10월 14일

Endi Telegram'dagi postlarni ko'rish uchun ham pul to'laysiz Telegram o'tgan yilning aprel oyi oxirida o'zining Payments 2.0 xususiyatini taqdim qilgan edi. Bu messenjer ichida to'lovlarni amalga oshirish bilan bog'liq xususiyatning yangilangan versiyasi bo'lib, u foydalanuvchilarga Telegram'da ichida pitsaga buyurtma berish yoki taksi uchun to'lov qilish imkonini beradi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.10.2022

283 views

게시됨 10월 14일

O'rgimchak Odam Miles Morales bilan Nyu-York bo'ylab sayohatga tayyormisiz? Insomniac Games kompyuterlar uchun "Marvel's Spider-Man: Miles Morales" o'yini 18-noyabr kuni chiqarilishini rasman e'lon qildi. Siz hozirdanoq o'yinga Steam yoki Epic Games do'konlaridan 39.99 dollar narxda buyurtma berishingiz mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.10.2022

95 views

게시됨 10월 14일

Beta sinovlari tamom, Samsung rasmiy One UI 5 tizimini tez orada jo‘natishni boshlaydi Samsung oktyabr oyining oxirigacha One UI 5 tizimini Galaxy S22 modellari uchun taqdim etadi. Ushbu xabar Samsung kompaniyasining dasturchilar konferensiyasida ma’lum bo‘ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 14.10.2022

96 views

게시됨 10월 13일

Xotirani bo'shatish uchun ilovalaringizni o'chirishga shoshilmang! Joriy yilning mart oyida Google ilovalarni to'liq o'chirib yuborish o'rniga ularni arxivlash bilan qurilma xotirasining 60 foizini bo'shatish imkonini beradigan "arxivlash" xususiyati ustida ishlayotganini ma'lum qilgan edi. Endilikda Twitter foydalanuvchisi uning qanday ishlashini ko'rsatib berdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 13.10.2022

89 views

게시됨 10월 13일

Xiaomi 13'ning yangi jonli surati uning orqa kamera dizaynini oshkor qildi Internetda bo'lajak Xiaomi 13 smartfonining orqa tomoni ko'rsatilgan jonli surat paydo bo'ldi va u avval mish-mish qilingan xabarlarni, ya'ni Xiaomi'ning yangi avlod smartfoni yangicha kamera dizayniga ega bo'lishini tasdiqladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 13.10.2022

78 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••3738394041•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
이전39페이지 / 84페이지다음