TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
채널 목록으로 돌아가기
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT CHAT

IT news | Tg Bots

@phpdevelopersuz

Business and startups

👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !

구독자149현재 채널 구독자 수
추적 게시물1,004인덱싱된 게시물 수
최근 도달1,094최근 게시물 조회수 합계
최근 게시물

최근 게시물

41페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물

게시됨 10월 11일

WhatsApp o'zining yangi funksiyalarini 3D bilbordda ko'z-ko'z qilyapti O'zining yangilangan maxfiylik va xavfsizlik xususiyatlarini targ'ib qilish uchun WhatsApp Londonning eng taniqli joylaridan biri Piccadilly Lights'da 3D reklama joylashtirdi. Shuningdek, Meta kompaniyasiga tegishli bo'lgan taniqli messenjer xizmatining uzoq davom etgan reklamalari Twitch striming platformasi va Roblox onlayn o'yinini "egallab olgan". 📣IT news| ©Terabayt.uz 11.10.2022

87 views

게시됨 10월 11일

Endi YouTube'ga ham yuzerneymlar qo'shilmoqda Deyarli barcha ijtimoiy tarmoq yoki messenjerlar foydalanuvchilarga bir-birlarini topishda yoki o'z shaxslarini shakllantirishda yordam beradigan @username (yuzerneym yoki foydalanuvchi nomi) xususiyatiga ega. Foydalanuvchi nomlari noyob bo'lib, ular bir-birini takrorlamaydi. Endilikda, YouTube ham o'z platformasiga ana shunday funksiyani qo'shayotganligini e'lon qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 11.10.2022

83 views

게시됨 10월 11일

Dunyo miqyosida kompyuterga bo‘lgan talab tushib ketmoqda Shu yilning boshida IDC kompyuterlarning yetkazib berish hajmi o‘tgan yilning ikkinchi choragiga qaraganda 15.3% ga tushib ketgan. Endi esa tadqiqotchilar ushbu raqamlar uchinchi chorakda ham 15% ga tushib ketganini aytishmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 11.10.2022

86 views

게시됨 10월 10일

Snapdragon Dimensity'ga ikki karra yengildi Master Lu benchmarki 2022-yil uchinchi choragiga ko'ra smartfonlar uchun chiplarning ishlashi bo'yicha reytingni e'lon qildi. Unda ushbu sohadagi ikki gigant kompaniya: Qualcomm va MediaTek chiplari o'zaro bahs olib borgan. Ularning eng so'nggi va eng kuchli mahsulotlari hozirda Snapdragon 8 Gen 1 va Dimensity 9000 bo'lib, reytingga ko'ra Dimensity biroz kichik farq bilan Snapdragon'dan o'tib ketgan va birinchilikni egallashga muvaffaq bo'lgan. Biroq, shuni ham aytish kerakki, Snapdragon 8 Gen 1 grafika borasida Dimensity'dan biroz ustunlikka ega chiqqan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 10.10.2022

82 views

게시됨 10월 10일

Tecno o'z portfoliosini yana bir byudjet-geyming smartfon qo'shdi Tecno kompaniyasi o'zining bu yilgi smartfonlari qatoriga yana bir yangi modelni qo'shdi: ko'proq o'yin o'ynash uchun mo'ljallangan Pova 4 Pro smartfoni Bangladesh'da namoyish qilindi. Bir qarashda uning tashqi ko'rinishi Samsung'ning hali taqdim qilinmagan smartfonlari uchun chiziladigan "xunukkina" konsept dizaynlarni eslatib yuboradi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 10.10.2022

78 views

게시됨 10월 10일

Asus kichkina, lekin kuchli texnik xususiyatlarga ega mini kompyuteri chiqardi Asus kompaniyasi o'zining yangi ExpertCenter PN53 deb nomlangan mini kompyuterini global bozorga taqdim qildi. Garchi "mini" bo'lsa ham, yangi kompyuter kapot ostida kuchli texnik xususiyatlarga ega. 📣IT news| ©Terabayt.uz 10.10.2022

72 views

게시됨 10월 10일

iPhone SE 4 haqida yangi ma’lumotlar tarqatildi Taniqli DSCC tahlilchisi, Ross Young o‘zining iPhone SE 4 haqidagi prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi. Uning MacRumors'ga xabar berishicha, to‘rtinchi avlod iPhone SE smartfoni katta ehtimol bilan 6.1 dyuymli, iPhone X'nikidek tirqishga ega displey bilan jihozlanadi. Taqqoslash uchun hozirgi iPhone SE modeli 4.7 dyuymli displeyi bilan Home tugmasiga ega. 📣IT news| ©Terabayt.uz 10.10.2022

89 views

게시됨 10월 10일

Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (40 hafta) GSMArena sayti o‘zining 40 haftadagi ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. Bu haftada iPhone 14 Pro Max modelining liderligiga chek qo‘yildi. Yangi taqdim etilgan Pixel 7 Pro smartfoni birinchi o‘ringa joylashib, iPhone 14 Pro Max'ni ikkichi o‘ringa tushirib yubordi. Kuchli uchlikni yana bir yangi smartfon Xiaomi 12T Pro yakunlab berdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 10.10.2022

95 views

게시됨 10월 9일

Toshkentda havo ifloslanishi. Uni qanday kuzatib borish mumkin? O'zgidromet mutaxassisining xabar berishicha (Daryo orqali), 2-oktabr kuni, soat 7:00 atrofida Toshkent havosi nafas olib bo'lmaydigan darajada ifloslangan. Garchi har doim bo'lmasada, bunday holatlar ora-orada kuzatilib turiladi. Xo'sh, buni qanday kuzatib borish mumkin? 📣IT news| ©Terabayt.uz 09.10.2022

110 views

게시됨 10월 9일

Apple'ning yana bir smartfoni yo'l oxiriga yetib keldi Apple o'zining iPhone 5c smartfonini 2 yil avval, 2020-yil oktyabrida vintajlar qatoriga qo'shgan edi - bu kompaniyaning 5 yildan ortiq, 7 yildan kam vaqt ichida sotuvga chiqmagan mahsulotlari ro'yxati bo'lib, kompaniya va uning sevis provayderlari bunday turdagi mahsulotlar uchun faqat ma'lum bir qismlarni ta'mirlash kabi xizmatlarni taqdim qila olishadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 09.10.2022

107 views

게시됨 10월 8일

Google ham qatordan qolmadi. U o'z taqdimotida Apple'ni masxara qildi! Apple'ning iPhone 14 smartfonlari taqdimotidan bir oy o'tib, Google kompaniyasi o'zining Pixel 7 smartfonlarini seriyasi va Pixel Watch aqlli soatini namoyish qildi. Apple taqdimotiga qaytadigan bo'lsak, kompaniya o'zining yangi avlod iPhone'larini har doim yoniq turadigan ekran (AoD) xususiyati va avtohalokatni aniqlash kabi favqulodda holat funksiyalari bilan chiqardi. Google esa o'zining Pixel'lari bunday xususiyatlarga ancha oldin ega bo'lganini aytib, Apple'ning ustidan kuldi: 📣IT news| ©Terabayt.uz 08.10.2022

100 views

게시됨 10월 8일

Telegram'da navbatdagi firibgarlik: "Siz 3 oylik Premium obuna yutib oldingiz!" O‘zbekistonda Facebook, Instagram'dan ham ko‘ra Telegram messenjeri juda keng ommalashgan. Joriy yilning iyun oyida platforma o‘zining pullik obunasi, Telegram Premium'ni ishga tushirdi. U foydalanuvchilarga ilovadagi cheklovlarni ikkiga ko‘paytirish, kanallarda paydo bo‘ladigan reklamalarni o‘chirish, eksklyuziv stikerlar, maxsus emojilardan va ularni profilga status sifatida qo‘yish imkonini beradi. Uning narxi esa mamlakatlarga qarab turlicha belgilangan. Masalan, O‘zbekistonda Telegram Premium narxi 32,999 so‘mni bo‘lsa, yaqinda Hindiston uchun bu narx 179 rupiya (24,000 so‘m) ga tushirildi. Premium obuna taqdim qilinadigan bir necha oy o‘tib, Telegram'da uni boshqalarga 3, 6 yoki 12 oyga sovg‘a qilish xususiyati ham paydo bo‘ldi. Kecha Telegram'da xuddi shu Premium obunani sovg‘a qilish bilan bog‘liq yangi firibgarlik turi paydo bo‘ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 08.10.2022

105 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••3940414243•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
이전41페이지 / 84페이지다음