TGINSIGHT CHAT
IT news | Tg Bots
@phpdevelopersuz
Business and startups👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !
최근 게시물
38페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물
게시됨 10월 18일
Riot Games kompaniyasi World of Tanks o'yini studiyasini sotib oldi Riot Games o'yin ishlab chiqaruvchisi Wargaming kompaniyasining World of Tanks va World of Warships o'yinlari ortida turgan Wargaming Sydney studiyasini sotib olganligini e'lon qildi. Narx haqidagi ma'lumotlar ochiqlanmagan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 18.10.2022
게시됨 10월 18일
Apple'ning ustidan kulish navbati Meta'ga keldi Kecha Mark Tsukerberg o'zining rasmiy Instagram sahifasida yangi WhatsApp reklamasining suratini joylashtirdi. Reklamada Apple'ning iMessage xabar almashuv xizmati "nishonga olingan" bo'lib, Mark post tavsifiga o'zining WhatsApp ilovasi undan xavfsizroq ekanligini yozgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 18.10.2022
게시됨 10월 18일
Bunaqasi hali bo'lmagan: Motorola o'zining cho'zinchoq smartfonini ko'rsatdi O'zining bosh kompaniyasi, Lenovo'ning Tech World 2022 taqdimoti davomida Motorola yangi, noodatiy demo smartfonini namoyish qildi. Kompaniyaning 312 Labs deb nomlangan ichki innovatsion guruh tomonidan tayyorlangan smartfon bo'yiga cho'zila oladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 18.10.2022
게시됨 10월 18일
Telegram yuzerneymlari auksionga chiqarildi Bir necha oy avval Pavel Durov o'zining Telegram messenjeridagi @royal kabi jozibali va shunga o'xshash barcha to'rt harfli foydalanuvchi nomlarini auksionga qo'yilishini ma'lum qilgan edi va bu tez orada amalga oshadigan ko'rinadi: Telegram yuzerneymlarni NFT ko'rinishida sotishga tayyorlanmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 18.10.2022
게시됨 10월 18일
Xitoylik kompaniya o‘z smartfonlaridan "Pro" so‘zini olib tashlaydi Ishonchli insayderlarning ma’lumotiga ko‘ra, OnePlus yangi flagman smartfonlaridan “Pro“ so‘zini olib tashlaydi. Demak, kompaniyaning yangi flagmani OnePlus 11 deb nomlanadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 18.10.2022
게시됨 10월 17일
So'z erkinligi uchun ijtimoiy tarmoq sotib olish davom etadi: navbat Kanye Vestga Amerikalik taniqli reper, Kanye West, Parler ijtimoiy tarmog'ini sotib olmoqda. Bu haqida Parler bosh kompaniyasi Parlement Technologies kompaniyasi o'zining press-relizida xabar berdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 17.10.2022
게시됨 10월 17일
Samsung'ning ushbu byudjet smartfoni Android 13 bilan qutidan chiqadigan ilk Galaxy bo'ladi Samsung o'zining Galaxy smartfonlari uchun Android 13 ga asoslangan One UI 5 yangilanishini rasman namoyish qildi va uni shu oyda, kelayotgan haftalarda tarqatishni boshlanishini aytdi. Odatda, kompaniyaning hozirgi flagmanlari ushbu yangilanishni eng birinchilardan bo'lib qabul qilishsa, yangi avlod flagmanlari (Galaxy S23 seriyasi) u o'rnatilgan holda qutidan chiqadigan ilk smartfonlar bo'lishar edi. Biroq, bu safar yangi flagmanlarni kutib o'tirishga hojat qolmaydigan ko'rinadi, Samsung'ning tez orada chiqarilishi kutilayotgan yangi byudjet smartfoni One UI 5 bilan keladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 17.10.2022
게시됨 10월 17일
O'zbekiston Starlink ilovasini yuklab olish bo'yicha top beshtalikka kirdi Mamlakatimizda Ilon Maskning Starlink sun'iy yo'ldosh internet xizmati hali beri ishga tushganicha yo'q, lekin SensorTower bergan ma'lumotlarga asoslanib, PCMag nashrining xabar berishicha (Kapital.uz orqali), O'zbekiston Starlink ilovasini App Store va Google Play Store'dan yuklab olish bo'yicha top besh mamlakatlar qatoriga kirgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 17.10.2022
게시됨 10월 17일
Bugungi kunda koʻchalarda "Green Card" chilar koʻpaygan bolsa, telegram da muzika izlovchi botlar koʻpaydiya😅😅
게시됨 10월 17일
Microsoft tasodifan Windows 12 prototipini ko'rsatib qo'ydi Bir necha kun oldin bo'lib o'tgan Ignite 2022 konferensiyasida Microsoft o'zining Teams ilovasi yangi versiyasini taqdim etayotib tasodifan Windows'ning navbatdagi versiyasi dizaynini oshkor qilib qo'ydi, deya xabar bermoqda Windows Central. 📣IT news| ©Terabayt.uz 17.10.2022
게시됨 10월 17일
One UI 5 chiqarilish arafasida — sizning Galaxy unga yangilana oladimi? Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy'lari uchun Android 13 ga asoslangan One UI 5 yangilanishini rasman namoyish qildi va uni kelayotgan haftalarda chiqarishini ma'lum qildi. Albatta, flagmanlar yangilanishni eng birinchilardan bo'lib qabul qilishadi, ammo qolganlarchi? Quyida siz Equal Leaks tomonidan tayyorlangan One UI 5'ga yangilana oladigan Galaxy'lar ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 17.10.2022
게시됨 10월 15일
Stiv Jobs foydalangan Macintosh kompyuteri kimoshdi savdosiga qo'yildi Apple asoschilaridan biri, Stiv Jobs foydalangan Macintosh SE seriyasidagi kompyuter 22-oktyabr kuni Bonham'da auksionga qo'yilmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 15.10.2022