TGINSIGHT CHAT
IT news | Tg Bots
@phpdevelopersuz
Business and startups👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !
최근 게시물
42페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물
게시됨 10월 8일
Acer kompaniyasi 16 dyuymli eng yengil noutbukni taqdim qildi Noutbuklar portabilligi bilan qulay, shunday ekan ular ko'tarib yurish uchun yengil bo'lishi kerak. Acer bu borada o'zining Swift noutbuklari bilan yetakchilik qiladi va kecha kompaniya xuddi shu brend ostida yana bir yangi noutbuk chiqardi: Swift Edge noutbuki Apple'ning M2 chipli MacBook Air (1.2 kg) noutbukidan ham yengilroq – uning og'irligi atigi 1.1 kilogrammni tashkil qiladi. Ta'kidlash joizki, bu 16 dyuymli noutbuklar orasida eng yengilidir. Kompaniya bu natijaga erishish uchun noutbuk korpusini magniy-alyuminiy yasagan. Shuningdek, noutbuk 13 millimetr qalinlikka ega. 📣IT news| ©Terabayt.uz 08.10.2022
게시됨 10월 8일
Endi Signal'da ham Story qo'ya oladigan bo'lasiz Ko'pincha Telegram'dan ham kuchliroq himoyaga ega ekanligi bilan ta'riflanadigan Signal messenjer ham endilikda o'z ilovasiga Story funksiyasini qo'shmoqda. Xuddi Instagram'da bo'lganidek, Signal'ning ham Story xususiyati sizga 24 soatdan keyin avtomatik ravishda yo'q bo'lib ketadigan suratlar, videolar va matnlarni do'stlaringiz bilan ulashish imkonini beradi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 08.10.2022
게시됨 10월 7일
Pixel 7 smartfonlari bilan sizga ortiqcha VPN dasturlari kerak bo'lmaydi Kecha Google kompaniyasi o'zining yangi avlod Pixel smartfonlarini taqdim qildi. Yaxshilangan dizayn va texnik xususiyatlardan tashqari smartfonlar eksklyuziv xususiyatlarga ham ega bo'lib, ulardan biri tekin VPN xizmatidir. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.10.2022
게시됨 10월 7일
Boston Dynamics va boshqa kompaniyalar o'zlarining robotlarini qurollashtirmaslikka va'da berishdi Bir guruh robotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, xususan, Boston Dynamics o'zlarining eng rivojlangan robotlarini qurollantirmaslikka va'da berishdi, deya xabarmoqda Axios nashri. Ma'lum bo'lishicha, Boston Dynamics veb-saytida robototexnika sanoatidagi barchaga atalgan ochiq xatda kompaniyalar masofadan yoki avtonom boshqariladigan robotlarga qurol qo'shish jiddiy axloqiy muammolar va zarar xavfini keltirib chiqarishi sabab ular o'z robotlarini qurollantirilishini qo'llab-quvvatlamasliklarini ma'lum qilishgan: 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.10.2022
게시됨 10월 7일
Smartsoatlar bozoriga yangi o'yinchi kirib keldi May oyida bo'lib o'tgan I/O tadbirida ilk marotaba namoyish qilgandan keyin, Google vanihoyat o'zining ilk aqlli soati, Pixel Watch haqidagi batafsil ma'lumotlarni ulashdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.10.2022
게시됨 10월 7일
Tezlikka muhtojlar uchun: NFS Unbound taqdim qilindi Electronic Arts o'zining navbatdagi Need for Speed o'yini, Unbound treylerini chiqardi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.10.2022
게시됨 10월 7일
Tesla'ning Semi yuk tashuvchi mashinalari katta yo'lga chiqmoqda Ilon Mask o'zining Twitter sahifasida xabar berishicha, Tesla'ning uzoq kutilgan elektromobillaridan biri, Semi yuk tashuvchisini ishlab chiqarish boshlandi va ular 1-dekabrda Pepsi kompaniyasiga yetkazib beriladi - taniqli ichimlik kompaniyasi 5 yil avval, 2017-yil dekabr oyida (Semi ilk marotaba taqdim qilinganidan 1 oy o'tib) unga 100 ta buyurtma bergan edi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.10.2022
게시됨 10월 6일
Redmi K60 Ultra qachon taqdim qilinishi ma'lum bo'ldi Taniqli insayder, Digital Chat Station, o'zining Weibo sahifasida xabar berishicha, Xiaomi kompaniyasi o'zining Redmi K60 seriyasidagi smartfonlarini keyingi yilning birinchi choragida, yoxud Xitoy Yangi yili (22-yanvar) dan o'tib taqdim qilishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 06.10.2022
게시됨 10월 6일
AKT vaziri O‘zbekistonda Ilon Maskning Starlink'idan 4-5 baravar tez va arzon internet borligini ma’lum qildi Kecha AKT vaziri ishtirokida Toshkentdagi IT Park'da "Axborot texnologiyalari - taraqqiyot poydevori" mavzusidagi Xalqaro Press klub bo‘lib o‘tdi. Sherzod Shermatov suhbat davomida O‘zbektelekom Ilon Maskning Starlink'dan yaxshiroq internet borligini ma’lum qildi: 📣IT news| ©Terabayt.uz 06.10.2022
게시됨 10월 6일
Huawei kompaniyasi nova 10 seriyasidagi uchinchi smartfonni taqdim etdi Huawei nova 10 seriyasi o‘tgan oyda Berlindagi IFA tadbirida taqdim etilgan edi. Unda nova 10 va nova 10 Pro modellari e’lon qilingan bo‘lib, endi ular qatoriga yangi nova 10 SE modeli ham qo‘shildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 06.10.2022
게시됨 10월 6일
Xakerlar WhatsApp foydalanuvchilarining telefonlariga to'liq kirish imkoniga ega bo'lishlari mumkin - Durov WhatsApp foydalanuvchilarining smartfonlari xakerlar xavfi ostida qolgan bo'lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda Pavel Durov. Telegram rahbarining ta'kidlashicha, bu o'tgan haftadagi xavfsizlik muammoasi sabab bo'lishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 06.10.2022
게시됨 10월 6일
Yana bir Ultra smartfon taqdim etildi Infinix kompaniyasining 200MP kameraga ega bo‘lgan birinchi smartfoni - Zero Ultra modeli bo‘ldi. Ushbu qurilma 1/1.22 dyuymli Samsung HP1 sensori bilan jihozlangan. Bundan avval Motorola Edge 30 hamda Xiaomi 12T Pro smartfonlarida ushbu ushbu sensorni ko‘rgan edik. 📣IT news| ©Terabayt.uz 06.10.2022