TGINSIGHT CHAT
MohirDev.uz
@mohirdev
EducationOʻzbekistondagi 1-raqamli AyTi taʼlim lideri - 14 ta mahalliy va xalqaro ekspert - 39 ta dasturlashga oid kurs - 44 516 ta kurs oʻquvchisi 🌐https://mohir.dev/tel 📨@mohirdevsales_bot 📞 55 500 05 07
Qhipan willakuykunap
Qillqa 81 / 85 · 1,019 willakuy
Riqchachisqa 13 Nov
Mohirfest 22 festivali haqidagi yangiliklardan @mohirfest kanali orqali xabardor bo'lishingiz mumkin
Riqchachisqa 12 Nov
Qanday qilib doimiy motivatsiya bilan ishlash mumkin?⠀ Vazifalaringizni bajarish uchun ishda motivatsiya boʻlishi muhimdir. Agar energiyaga toʻla boʻlsangiz maqsadlaringizga erishishingiz, topshiriqlarni vaqtida bajarishishingiz oson boʻladi. Sizning layoqatli ekanligingiz hamkasblaringizga ham taʼsir qiladi, ayniqsa jamoadagi muhit ishning unumdorligini oshiradi. Quyidagi usullar orqali motivatsiyangizni kun davomida maksimal darajada ushlab tura olasiz: 1. Oʻzingizni oʻzingiz mukofotlang Topshiriqni ajoyib tarzda yakunlasangiz, sevimli mashgʻulotingizni qilishga vaqt ajrating. Kimdir oʻyin oʻynashni yaxshi koʻradi, kimdir esa shirinlikxoʻr. Bunda sizda baxt garmoni ajralib chiqib, kayfiyatingizga taʼsir qiladi. Shunda doimiy bosimlardan biroz boʻlsa ham xalos boʻlasiz. 2. Ertalabki badantarbiya Koʻpchilik IT mutaxassislarining shaxsiy kun tartibi boʻlmaydi. Notoʻgʻri ovqatlanish, kompyuter qarshisida uzluksiz oʻtirish nafaqat kayfiyatingizga, balki jismoniy holatingizga ham taʼsir qiladi. Muammolardan chetlanish uchun ham sport bilan shugʻullaning, bunga vaqt ajrata olmasangiz, tongda yugurishni odat qiling. Natijasi koʻp kuttirmaydi, ishonavering! 3. Qisqa tanaffuslar Ish jarayonida ozroq tanaffus qiling. Iloji boʻlsa oldingizda gadjetlar boʻlmasin. Hozirgi paytda gadjetlarga qaramlik avj olganini hisobga olsak, bu ajoyib muolaja. 4. Sayr qilish Sayr qilishga odatlaning. Ayniqsa, yomgʻirdan keyingi musaffo havo sogʻligʻingizga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Mutaxassislarning tadqiqotiga koʻra, doimiy sayr qilishga odatlanganlar kun davomida yuqori kayfiyatda boʻlganliklarini aniqlashgan. 5. Aniq belgilangan maqsad Biror ish qilishdan oldin, oʻsha ish uchun qancha vaqt ajratishingiz belgilab oling. Kechiksangiz, hech ikkilanmay jarima belgilang. Odatda odamlar oʻzini pul bilan jazolashadi (sinab koʻrganlar gapimizni tasdiqlashi mumkin. Aytgancha, pul ketishidan siqilib, shuncha qilgan harakatingizni havoga sovurib qoʻymang-a?! Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 12 Nov
Ayni paytda davom etayotgan Mohirfest22 ochilish marosimidan lavhalar Bizni kuzatib boring: @mohirfest | @yoshlaragentligi | @mohirdev
Riqchachisqa 11 Nov
Mukammal Telegram bot kursi orqali 700 dan ortiq o'quvchilar birinchi botlarini yasashdi Ularning ba'zilari yuqoridagi skrinshotlarda ko'rsatilgan. Kurs davomida har bir mavzu uchun tayyor shablon-kodlarga ega bo'lasiz va bir zumda o'zingizning birinchi botingizni ishga tushira olasiz. Kurs narxi: 247,000 Xarid qilish 👉https://mohirdev.uz/courses/telegram/ @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 11 Nov
Mohirdev bilan eng talabgir sohalarni o'rganing 4 oydan 9 oygacha davom etuvchi praktikum kurslarida o'qing: - Data Science va Sun'iy Intellekt - Full Stack Python - Full Stack Javascript (MERN) - Full Stack Java - .NET (dotNET) - Frontend dasturlash - iOS dasturlash - Web Design - SMM Design - Project Management - QA (Sifat Nazorati) - English for IT 👉Kurslarga ro'yxatdan o'tish @mohirdev bilan kasbiy xotirjamlikka erishing Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 10 Nov
Soha tanlashga qiynalyapsizmi? Bepul konsultatsiya oling Quyidagi link orqali o'ting va ma'lumotlaringizni qoldiring. Biz siz bilan bog'lanamiz. 👉mohirdev.uz/consultation Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 10 Nov
🔎QA ya'ni Sifat Nazorati mutaxassislari detektivlarga o'xshaydi - ularning vazifasi xatolarni topish va ularni to’g’irlashga yordam berish Keling, nima uchun QA muhandisligi IT’da karyera boshlash uchun eng yaxshi tanlovlaridan biri ekanligini ko'rib chiqaylik. 1. Raqobatdoshi ish haqqi QA muhandisligi - IT sohasidagi yaxshi haq to'lanadigan mutaxassisliklardan biri. Head Hunter’ga ko’ra QA muhandislariga $300 dan - $2500 maoshgacha ish e’lonlari joylangan. Tajribangiz, va o’zingizni ko’rsata olish qobiliyatlaringizga qarab daromadingiz ham oshib boraveradi. 2. O'rganish ko'p vaqt talab qilmaydi Haftasiga 10 soatdan vaqt ajratgan holatda, o'rtacha 3-4 oy ichida soha asoslarini egallagab, o'z karyeyrangizni boshlashingiz mumkin. Agar ish beruvchi kompaniya tomonidan qo'yilgan talablarga javob bera olsangiz ish topish ham muammo bo'lmaydi. 3. Nisbatan toliqishlarsiz va stressli emas QA muhandisi mahsulot sifatini yaxshilash, sinovdan o'tkazish, rejalashtirish va natijalarni tahlil qilishga javobgar. Boshqa ITdagi kasblar bilan solishtirganda, nisbatan bu sohada stressli holatlar kam uchraganligi kuzatilgan. (1) 4. Tanlov imkoniyati QA muhandisi bo'lib ishlab, tajriba orrtirganingizdan so'ng, siz keyingi bosqichga, masalan, QA automation'da o'zingizni sinab ko'rishingiz mumkin. Bu bosqichda sizdan endi ko'proq ko'nikma va texnik bilimlar talab qilinadi. 5. Siz bu istiqbolli sohani Mohirdev'da "Quality Assurance" (Sifat Nazroati) praktikumida o'rganishingiz mumkin! Kurs davomida sizga QA sohasi asoslaridan boshlagan holda, ish davomida qo’llanadigan barcha kerakli ko'nikmalar o'rgatiladi. Kurs haqida batafsil:mohirdev.uz/qa P/S: Yuqoridagi ma’lumotlar Manual QA'ni o’rganmoqchi bo’layotganlar uchun. @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 9 Nov
🔥Bu maslahatlarga amal qilsangiz, onlayn kurslardan maksimal foyda olasiz Koʻpchilik onlayn kurslar sotib olib, baʼzi bir sabablarga koʻra kursni oxirigacha tugata olmay, darslarni keyinga surishadi. Sabab diqqatni oʻqishga jamlash oson emas. Chalgʻituvchi narsalar juda koʻp, ijtimoiy tarmoqlar, tugʻilgan kun, uchrashuvlar, uyqu... Bularning hammasi darslarni keyinga surishga sabab boʻladi. Agar sizda ham shunday muammo boʻlsa, siz mutlaqo yolgʻiz emassiz va bu postni diqqat bilan oʻqishingiz kerak! Onlayn kurslardan qanday qilib maksimal darajada samarali foydalanish mumkin? 1. Maqsadingizni aniqlab oling Maqsadingiz jiddiymi oʻzi? Nimaga erishmoqchisiz? Yarim yoʻlda ortga qaytasizmi yoki maqsadingizga erishguningizcha toʻxtash yoʻqmi? Shu haqida oʻylash uchun alohida vaqt ajrating va maqsadlaringiz roʻyxatini tuzib chiqib, unga kuniga bir-ikki marta koʻz yugurtiring. Bu sizga eng katta motivatsiya boʻlsin! Unutmang, motivatsiya ichingizda boʻlsin, uni tashqaridan izlamang. 2. Oʻzingiz uchun alohida oʻquv maydoni ajrating Oʻqish uchun alohida boʻsh xonangiz boʻlmasa ham, siz uyning televizor, shovqindan uzoq boʻlgan sokin qismida dars qilish uchun joy yarating. Bu aynan dars qiladigan joyingiz boʻlsin. Alohida oʻquv maydoniga ega boʻlishning yana bir afzalligi sizda dars qilish ongi paydo boʻladi. Xuddi oshxonani koʻrsangiz tamaddi qilgingiz, yotoqxonada uhlagingiz kelganidek, oʻquv maydonida dars qilish koʻnikmasiga ega boʻlasiz. 3. Kechiktirishga “YOʻQ” deb javob bering Odatda onlayn kurslar tayyor holatda va koʻrish uchun chegaralanmagan boʻladi. Shunda siz “Dushanbadan boshlayman, buni xohlagan vaqtim koʻrishim mumkin, ertalab soat 5:00da turib “svejiy kallaga” dars qilaman, hozir ishlar koʻp, “ kabi yod boʻlib ketgan “vaʼdalarga” aldanishingiz mumkin. Intizomli boʻling, oʻquv rejasini tuzib chiqing. Chalgʻituvchi narsalarni cheklab qoʻying. 4. Oʻquv guruhlarida, meeting, ovozli chatlarda faol boʻling Kursdoshlaringiz bilan suhbatlashing, balki uchrashib, birga oʻrganishingiz mumkindir. Muammolaringizni ular bilan birga baham koʻring va hamkorlikda oʻrganishga harakat qiling, yolgʻiz emasligingizni his qiling. Guruhlarda boshqalarga yordam berish bilan ham bilimingizni mustahkamlaysiz, ham hurmat-eʼtiborga sazovor boʻlasiz. Ijobiy suhbatlar qurish, sizni xavotir va stressdan qutqaradi. 5. Tanaffus qilish esingizdan chiqmasin! Oʻqish davomida tanaffus qilish juda muhim. Bunda ozgina yurish, sayr, toza havodan nafas olish sezilarli yordam beradi. Agar ijtimoiy tarmoqlar, gadjetlar, televizor koʻrishga oʻtirsangiz bu sizni battar charchatishi mumkinligini unutmang. Siz onlayn kurslardan foydalanishda qanday metodlardan foydalanasiz? izohlarda ulashishni unutmang 😉⠀ Kurslarga ro'yxatdan o'tish @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 8 Nov
Muhim o'zgarish Mohirdev onlayn ta'lim platformasining bog'lanish raqami o'zgardi. Yangi telefon raqamimiz: 78-113-13-10 Kurs bo'yicha savollaringiz bo'lsa, ushbu raqamga qo'ng'iroq qilib batafsil ma'lumot olishingiz mumkin Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 8 Nov
Onlayn taʼlimning 8ta foydasi⠀ Onlayn va oflayn taʼlim qarama-qarshiligi yaqin 3yil ichida odamlarning qarashlarini butunlay oʻzgartirib yubordi. Virus sababli insoniyatning imkoniyatlari cheklanib qoldi, shundan soʻng istar-istamas onlayn taʼlimga katta urgʻu berila boshlandi. Ilgari odamlar uni vaqt va pulning isrofi deya qaragan boʻlsa, bugunga kelib onlayn taʼlimning ustun jihatlari yaqqol sezila boshlandi. Shunday boʻlsa ham oramizda ikkilanib turgan kuzatuvchilarimiz yoʻq emas. Navbatdagi keltiradigan faktlarimiz stereotiplar zanjirini parchalab tashlaydi: 1. Darsga borish uchun 5km yoʻl bosishingiz shart emas. Oʻzingizga mos kun rejasini tuzib oling. Qarabsizki, darsga ham kech qolmaysiz, asab tolalaringizni ham asrab qolgan boʻlasiz. 2. Transport uchun yoʻl haqi toʻlashga hojat yoʻq. Uyingizda, sevimli dars stolingiz oldida hatirjam ilm olish imkoniyati turganda, qoʻshimcha xarajat kimga ham kerak. 3. Dunyoning istalgan yeridan turib taʼlim olish imkoniyati. Xohlasangiz Garvardda, xohlasangiz Stenfordda oʻqing. Ha,darslarda ishtirok etish uchun rasmiy kiyim talab qilinmaydi. 4. Oʻzingiz istagan mutaxassisning darslarida qatnashish imkoniyati. Bundan tashqari ularni oʻzingiz tanlab, saralay olasiz. 5. Oʻqish uchun ishdan boʻshashingiz shart emas. Endi siz ish va taʼlimni bir xilda olib keta olasiz. 6. Dunyo kutubxonalarining noyob kitoblaridan foydalanish imkoniyati. Gohida biz qidirgan kitoblarni topish qiyin boʻlib qoladi, top universitetlar esa kutubxonasidan bepul foydalanishga ruxsat beradi. 7. Darslarni tushunmay qolsangiz, saqlab qoʻyilgan nusxasidan qaytadan koʻrib oʻzlashtirib olsangiz boʻladi. Bu esa bilimlaringizni yaxshigina mustahkamlaydi. 8. Oflayn kurslarga qaraganda onlayn kurslarning narxi hamyonbopdir. Shuning uchun ham bugunga kelib koʻpchilik onlayn taʼlimni afzal koʻrmoqda. Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 7 Nov
Rezyume uchun foydali servislar ⠀ Ish beruvchilar va nomzodlar orasidagi ilk suhbat bu rezyumedir. Rezyume sizning eng kuchli qobiliyat va yutuqlaringiz bilan tanishtiradi, lavozim yoki loyihaga qanchalik mos ekanligingizni ko'rsatadi va eng muhimi, sizga intervyudan muvaffaqiyatli o'tishingizga ko'maklashadi. Rezyume qilish uchun alohida grafik dizayner yollashingiz shart emas. Quyida sizlarga o'z xizmatlarini taklif qiluvchi servislarni keltirdik: ❇️Myresume.ru • Xizmatlardan bepul va cheksiz foydalaning • 8 xil kreativ va klassik ko'rinishdagi shablonlar • Bepul tahrirlash imkoniyati • Infografik elementlar to'plami • O'z yo'nalishingizdagi mutaxassislarning rezyumelarini tadqiq qilish ❇️icanchoose.ru • 20 turdagi bepul dizaynlar • Foydali va interaktiv maslahatlar • Tayyor rezyumeni Headhunter 'ga yuklash imkoniyati * agar tajribangiz 4 yildan kam bo'lsa, rezyumeni bepul yuklab olishingiz mumkin. ❇️Cakeresume.com • Turli sohalarga oid ko'plab bepul shablonlar • Bepul tahrirlash imkoniyati • Dizaynga oid bepul resurslar ❇️Cvmaker.com • Klassik ko'rinishdagi rezyumelar makoni • 8 turdagi minimalistik dizaynlar • Tayyor rezyumeni PDF formatda yuklab olish imkoniyati * saytdan foydalanish uchun ro'yxatdan o'tishingiz talab qilinadi. Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 7 Nov
Nima uchun .NET? Microsoft kompaniyasi 2016-yilda ommaga .NET (avval .NET Core nomi bilan tanilgan) freymvorkini taqdim qildi. U juda qulay, moslanuvchan muhitga egadir. Undan mobil ilovalar, o'yinlar, veb ilovalar dasturlashda qo'llash mumkin. Qolaversa, sun'iy intellekt ishtirok etgan loyihalarda ham bemalol foydalana olasiz. Taqdim qilinganiga ko'p bo'lmagan bo'lsada, .NET dasturchilarning mehrini qozondi. Quyida uning afzalliklarini sanab o'tamiz: 1. Imkoniyati keng.Har qanday ilova, har qanday platformalar bilan ishlay olishingiz mumkin. Dasturchilar tayyor kodlarni qayta ishlata olishadi. Bu ularga kamroq vaqt va mablag’ sarflab, yuqori natijalarga erishishiga yordam beradi. 2. Sevimli. .NET ketma-ket uch yil davomida (2019,2020 va 2021) Stack Overflow Developer Survey 'da eng sevimli freymvork sifatida qayd etilgan. 3. Qulaylik. TechEmpower tomonidan o’tkazilgan sinovga ko’ra .NET boshqa mashhur freymvorklarga qaraganda tezroq ekanligi isbotlangan. Boshqa ko'plab imkoniyatlarini sanab o'tardik-u, yaxshisi .NET Praktikumda o'qib so'zimizning rost ekanligiga o'zingiz guvoh bo'lishingizni istadik! Kurs haqida batafsil 👉mohirdev.uz/net @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube