TGINSIGHT CHAT
MohirDev.uz
@mohirdev
EducationOʻzbekistondagi 1-raqamli AyTi taʼlim lideri - 14 ta mahalliy va xalqaro ekspert - 39 ta dasturlashga oid kurs - 44 516 ta kurs oʻquvchisi 🌐https://mohir.dev/tel 📨@mohirdevsales_bot 📞 55 500 05 07
Qhipan willakuykunap
Qillqa 83 / 85 · 1,019 willakuy
Riqchachisqa 29 Oct
Suhbat tugadi. Qatnashgan hammaga rahmat. O'tkazib yuborgan bo'lsangiz, mana bu link orqali yozib olingan shaklini ko'rishingiz mumkin: https://youtu.be/QeBThS6_NyE
Riqchachisqa 29 Oct
Suhbat boshlandi: https://youtu.be/QeBThS6_NyE
Riqchachisqa 29 Oct
Bugun soat 19:00 da 👉https://youtu.be/QeBThS6_NyE
Riqchachisqa 28 Oct
iOS praktikum kursida qanday loyihalar qilinadi? My first app UiKit freymvorkidan foydalanib, o’quvchilar o’zlarining birinchi dasturini yozadi. Bu dastur orqali o’quvchilar o’rganganlarini tajribada sinab ko’rishadi. Chat App Firebase tizimidan foydalangan holda, ikki kishi o’rtasidagi muloqotni ta’minlab beruvchi xabarlashuv dasturini tuzadilar. Bu dasturni tuzish davomida o’quvchilar login, ro’yxatdan o’tish, ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni o’rganishadi. Weather app Ob havo dasturini tuzish orqali o’quvchilar API bilan ishlash, serverdan olingan ma’lumotlarni telefon xotirasiga saqlash, o’chirish va o’zgartirish kabi ishlarni o’rganishadi. Todo app O’quvchilar “To do” dasturini ishlab chiqishadi. Bu dasturni tuzish davomida o’quvchilar asosan yangilik sifatida iOSning mahalliy bildirishnoma (notification) lari bilan ishlashni o’rganishadi. Shop app O’quvchilar Shop app tuzish jarayaonida har xil animatsiyalar bilan ishlashni va bir vaqtning o’zida ham iPhone va iPad uchun repsonive UI (foydalanuvchi interfeysi) qilishni o’rganishadi. Movie App Bu dasturni yozish davomida o’quvchilar asosan chiroyli, toza va yuqori darajadagi kodlarni yozishga e’tibor berishadi. Bunday kodlarni yozishga odatlanish o’quvchilarni kelajakdagi real loyihalarida ishlashiga yordam beradi. Kurs sahifasi: praktikum.mohirdev.uz/ios-praktikum @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
Riqchachisqa 28 Oct
Mohirdev foydali suhbat va vebinarlar qilishda davom etadi. Bu gal "Qizlar ham IT mutaxassisi bo'la oladimi?" mavzusida gaplashamiz. Suhbatda "Innovo.Tech" kompaniyasida ishlagan va hozirda "Super Dispatch" kompaniyasida Frontend dasturchi sifatida faoliyat ko'rsatib kelayotgan Durdona Baxronova qatnashadi. Ma'lumot o'rnida aytish joizki, suhbatimiz mehmoni "Women Techmakers Tashkent" jamoasi yetakchisi, shuningdek IT-ta'limga va IT-hamjamiyatiga qo'shgan hissasi uchun "Kelajak Bunyodkor" medali sohibasi hisoblanadi. Suhbat ertaga, 19:00 da youtube kanalimizda bo'lib o'tadi 👉https://youtu.be/QeBThS6_NyE @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 27 Oct
"Rezyumeda o'zimizda yo'q bilimlarni yozsak bo'ladimi?" Ovozli suhbatda berilgan savollardan biriga javob. Yaxshi rezyume tayyorlash: mohirdev.uz/yaxshi-resume Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 27 Oct
Bu kurs orqali siz Node.js platformasi orqali web dasturlar yaratishni professional tarzda o’rganasiz. Kurs noldan boshlab sizga node.js bo’yicha barcha kerakli bilimlarni berib boradi. Kurs deyarli to’liq amaliyotga bag’ishlangan. Har qanday ortiqcha va keraksiz materiallardan holi, faqatgina coding! Kurs boshidan oxirigacha node.js platformasining dasturchiga ish jarayonida kerak bo’ladigan barcha tushunchalarini amaliy tarzda qo’llab ko’rsatiladi. Kurs yakunida biz huddi OLX ga o’xshagan e’lonlar saytini boshidan ohirigacha qilib tugatamiz va uni internetga joylaymiz. Portfoliongiz uchun ajoyib proyekt bo’ladi. Kurs narxi: 247 000 so'm O'qituvchi: Bexruz Xolmuminov (Backend dasturchi, CLICK UZBEKISTAN) Kursni xarid qilish @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 26 Oct
Ishga kirmoqchi bo'lsangiz, bu xatolarni takrorlamang Ishga kirish jarayonidagi eng muhim qismlaridan biri rezyume yozish hisoblanadi. Tadqiqotlarga qaraganda, juda ko'p rezyumlarda umumiy takrorlanuvchi xatolar mavjud. Ushbu maqola orqali o’sha xatolarning ayrimlarini ko’rib chiqamiz. 1. Ortiqcha ma’lumotlar berish Rezyumeni yozish jarayonida diqqatliroq bo’ling. Juda ko’p ma’lumotlarni berib yuborishga shoshilmang. Faqatgina ish beruvchini qiziqtiruvchi ma’lumotlarni bering. Sizning qaysi maktabda o’qiganingiz yoki qaysi suzish musobaqasini yutganingiz ish beruvchiga katta ehtimol bilan umuman qiziq emas. Bir betdan oshmasligi kerak rezyumengiz. 2. O’qilishi qiyin qilib tayyorlash Har doim o’qilishi oson qilib ma’lumotlaringizni joylashtiring. Yaxshi yozilgan rezyumelarda dasturchining eng oxirigi ishlari va shu ishlarda u nima vazifalarni bajarganligi bo’ladi. Yana, u yerda bajargan shaxsiy va tijoriy loyihalarga link ham berib ketilgan. Masalahat: Ism, bog’lanish uchun ma’lumot, linklar (shaxsiy sayt, GitHub v,h,k), oxirgi ishlaringiz va nima vazifa bajarganingiz 3. Faqat texnik bilimlarni ko’rsatish Ko’pchilik dasturchilarning rezyumelarida uchraydigan xatolardan biri bu faqat texnik ko’nikmalari (hard skills)ni ko’rsatishga bo’lgan urunishdir. Hozirgi kunda ish beruvchi kompaniyalar sizning “ yumshoq ko’nikmalaringiz” (soft skills) ga alohida e’tibor berishadi, chunki sizning texnik bilmlaringiz bilan bir qatorda jamoa bilan ishlay olishingiz, sabrli ekanligingiz, muammolarga yechim bera olish kabi ko’nikmalaringiz bo’lishi ular uchun muhim hisoblanadi. Shunday ekan o’zingizning soft skillaringizni ham aniqroq yoritib o’tishga harakat qiling. Yumshoq ko’nikmalar haqida batafsil ma’lumot olish uchun bosing 4. Bajargan loyihalari haqida yuzaki ma’lumot berish Esda tutish kerak bo'lgan yana bir muhim jihatlardan biri bu portfolioni aniq va soda qilib tushuntirib yozishdir. Mutaxassislar fikricha ko’plab rezyume to’ldirgan dasturchilar bajargan loyihalarini yoritishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yib kelishmoqda. Ya’ni bajargan loyihalarining qaysi qismida qatnashganliklarini va qaysi texnalogiyalardan foydalanib ishni bajarganliklarini kamdan kam hollarda keltirib o’tishar ekan. Qanday loyihalarni bajarganligingizni va foydalanayotgan texnologiyalaringizni yoritishda iloji boricha aniqroq yoritib bering. Agar siz bir nechta jamoalar bilan yirik loyihalar ustida ishlagan bo’lsangiz, loyihaning qaysi qismida ishlaganingizni aniq yozing Masalan: X - O'zbekistonda ishlatiladigan, yetkazib berish xizmati. 10 kishilik jamoada, 2 ta iOS dasturchisidan biri bo'lganman va asosan xaydovchilarning dasturi ustida ularga eng yaxshi foydalanuvchi tajribasini berish uchun ishlaganman. Yana, men umumiy arxitekturaga ham xissa qo'shganman. Erishgan yutuqlarim/natijalarim: 5. Muammaoni hal qilish ko’nikmasi (Problem-solving skills) ni ko’rsatmaslik Strategik fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatingiz borligini ko'rsatish juda muhimdir. HRlar dasturchilar rezyumelarini ko’rishayotganda ularning asosan muammolarga qanday yechim bera olishlarini bilishni xohlashadi. Shunday ekan ushbu jihatlarga e’tibor qarating. Ular siz duch kelgan eng katta texnik muammolar va ularga qanday yechim berganingiz bilishni xohlashadi. 6. Har bir ishlagan joyning tagida texnik bo’lim yo’qligi Qanday tilar va kutubxonalardan foydalanishingizni aniq yozib qo’ying. HRlar eng oxirgi texnologiyalarni ishlatib, o’zini “update” qilib yuradigan dasturchilarni izlashadi. Shu sabab, ishlagan vazifalaringizni har birida texnologik bo’lim yozib keting. Masalan: “XZY” koxoronasi, Mobil dasturchi - 2022-24 Texnologiya: Java, Kotlin, MVVM, MVP, Clean Architecture, RxJaava, Retrofit, Room, Mockito Yuqoridagi xatolarni takrorlamaslikka harakat qiling. Zero siz yaxshi rezyume to’ldirish orqali ishga kirish uchun katta qadam tashlagan bo’lasiz. Dasturlash kurslariga ro'yxatdan o'ting @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
Riqchachisqa 25 Oct
Bir necha kun oldin bo'lib o'tgan Product va Project Management mavzusidagi ovozli suhbat yozuvini ulashmoqdamiz Qulaylik uchun: 01:07 Suhbat rejasi bilan tanishtiruv 02:22 Temurbek Ibrohimov haqida 03:33 Abdulloh Xaydarov haqida 08:40 Mahsulot va loyiha boshqaruvit farqi 11:20 Mahsulot va loyiha boshqaruvi real loyihada 15:12 Hisob-kitob ishlarini kim boshqaradi? 20:00 Strategik va taktik reja 22:35 Biznesga foydani kim koʻproq olib keladi? 28:13 Loyiha bozorga kirib kelguncha aktivligini yoʻqotsa, qanday yoʻl tutiladi? 38:04 Mahsulot va loyiha boshqaruvining biznesdagi ahamiyati 48:30 Mahsulot va loyiha boshqaruvini oʻrganishni qanday boshlash mumkin? 57:15 Sohaga endi kirib kelganlar uchun talab qanday? 1:05:50 Eng esda qolarli loyihalar haqida 1:11:00 Savol-javoblar @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi
Riqchachisqa 25 Oct
MohirDev.uz pinned «🥳 iOS praktikum kursi sotuvda iOS dasturchi bo'lishga kerakli barcha texnologiyalarni o'rganing Kurs qanday tuzilgan? - 5 ta modul - PDF materiallar - videodarslardan tashqari yordamchi matnlar - har bir modul oxirida test topshiriqlari - oylik ZOOM uchrashuvlar…»
Riqchachisqa 25 Oct
iOS dasturlashni o’rganish kerakmi? iOS dasturchisi bo’lishning bir nechta ustunliklari bor: yuqori talab, yuqori maosh va odamlar muammolariga yechim berishga qaratilgan ish. IT mutaxssislar yetishmovchiligi butun dunyoda kuzatilmoqda. Bu iOS dasturlashni ham chetlab o’tmagan. iOS dasturlashni o’rganish qiyinmi? Agar sizda anqi maqsad va sabr-toqat bo’lsa, dasturlashni o’rganish siz o’ylaganchalik qiyin emas. Til o’rganish bo’ladimi yoki dasturlash, farqi yo’q – shuni yodda tutishingiz kerakki, bu sayohat. Kodlash juda ko’p debuggingdan tashkil topgan sayohat desak bo’ladi. Python o’rganaymi yoki Swift? Swift va Python ko’p tomonlama farqlanasada, Swift tezroq ishlashi bilan ajralib turadi. Agar Apple OS uchun dastur yaratayotgan bo’lsangiz, Swiftni tanlashingiz mumkin. Agar sun’iy intellekt yoki backend bilan ishlayotgan bo’lsangiz, Pythonni tanlaysiz. iOS dasturchilarga talab bormi? Juda ko’p kompaniyalar, banklar, elektron bozorlar, moliyaviy tashkilotlar kabilar mobil foydalanuvchilarni birinchi o’ringa qo’yayotgani bois, Apple mobil qurilmalari uchun dastur yaratidan iOS dasturchilariga talab oshsa oshadiki, yo’qolmaydi. iOS dasturlash veb dasturlashdan osonroqmi? Umuman, dasturchilik oson emas. Odatda biz boshlang’ich o’rganuvchilarga veb dasturlashni o’rganishni tavsiya qilamiz. Parse va Swift iOS dasturlashni osonlashtirgan bo’lsada, boshlovchilarning veb dasturlashga kirishib ketishi haligacha osonroq deb hisoblanadi. Swiftni o’rganish kerakmi? Swift dasturlash tili Objective-C ga qaraganda yangiroq til hisoblanadi. Swiftda kod yozishni bilish, sizga mobil dasturlar, Mac va boshqa Apple mahsulotlari uchun dasturlar tuzish imkonini yaratadi. iOS dasturlashni o’rganishga qancha vaqt ketadi? 1 yoki 2 yil ketishi mumkin bunga. Agar sizdda yetarlicha vaqt bo’lsa, bundan ham tezroq iOS dasturlashni o’rganishingiz mumkin. Bir necha oyda fundamental bilimlarni egallab, to-do list ga o’xshash dasturlarni egallashingiz mumkin. Qanday o'rganish mumkin? iOS Praktikum kursimiz bilan Apple mahsulotlari uchun dasturlar tuzishni o'rganasiz. Katta va kichik loyihalar qilib, o'z portfoliongizni shakllantirasiz. Ro'yxatdan o'tish: mohirdev.uz/ios Telegram | Instagram | Youtube
Riqchachisqa 24 Oct
🥳 iOS praktikum kursi sotuvda iOS dasturchi bo'lishga kerakli barcha texnologiyalarni o'rganing Kurs qanday tuzilgan? - 5 ta modul - PDF materiallar - videodarslardan tashqari yordamchi matnlar - har bir modul oxirida test topshiriqlari - oylik ZOOM uchrashuvlar - o'qituvchi bilan birga-bir uchrashuvlar Kurs davomida o'quvchilar quyidagi loyihalarni qilishadi: - My first app - Chat App - Weather app - Todo app - Shop app - Movie App Kursda qatnashish uchun iMac yoki MacBook talab qilinadi Narxi: 1,500,000 (umumiy kurs uchun) Xarid qilish:https://praktikum.mohirdev.uz/ios-praktikum @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi