TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kanal listaman kutiy
MohirDev.uz avatar

TGINSIGHT CHAT

MohirDev.uz

@mohirdev

Education

Oʻzbekistondagi 1-raqamli AyTi taʼlim lideri - 14 ta mahalliy va xalqaro ekspert - 39 ta dasturlashga oid kurs - 44 516 ta kurs oʻquvchisi 🌐https://mohir.dev/tel 📨@mohirdevsales_bot 📞 55 500 05 07

Qatiqkuna1.8万Kunan qatiqkuna
Qatisqa willakuykunap1,019Yupasqa willakuykunap
Kay p'unchaw chayasqa96,250Kay p'unchaw qhawasqakunap
Qhipan willakuykunap

Qhipan willakuykunap

Qillqa 82 / 85 · 1,019 willakuy

Riqchachisqa 6 Nov

Festival haqidagi yangilik va ma'lumotlar bosqicha-bosqich @mohirfest kanali orqali e'lon qilinib boriladi Loyiha ko'proq odamlarga yetib borishi uchun do'stlaringiz va yaqinlaringiz bilan ulashing Qiziqtirgan savollaringizga guruhimizda javob topishingiz mumkin Mohirfest guruhi: @mohirfest22_group Bizni kuzatib boring: @mohirfest | @yoshlaragentligi | @mohirdev

8,090 views

Riqchachisqa 6 Nov

⚡️Yoshlaruchun IT sohasida bepul ta'lim olish va mukofot jamg'armasi 200 million so'mlik xakatonga start berilmoqda Yoshlar ishlari agentligi va Mohirdev.uz onlayn ta'lim platformasi hamkorligida MohirFest 2022 festivaliga start berilmoqda. Festival davomida siz bepul onlayn ta'lim olasiz. Shuningdek, eng yaxshi bitiruvchilar qatorida xakatonda ishtirok etishingiz, final bosqichda esa yaxshigina mukofot g'olibi bo'lishingiz mumkin. Festival 2 bosqichda bo'lib o'tadi: 1-bosqich: Raqamli oromgoh. Ishtirokchilar 1 oy davomida dasturlash va zamonaviy texnologiyalarni bepul onlayn o'rganadilar. 2-bosqich: Xakaton. Darslarni muvoffaqiyatli tugatgan ishtirokchilarsovrin jamg'armasi 200 million so'mlikxakatonda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishadilar. Xakatonda ishtirokchilar quyidagi mavzulardan birini tanlab, o'z loyihalarini namoyish qilishlari kerak bo'ladi: - Ta'lim - Ayollar huquqlari - Ekologiya - Turizm 🎁Har bir yo'nalish bo'yicha birinchi uch o'rinlarni egallagan jamoalarning har bir a'zosi quyidagi sovg'alar bilan taqdirlanadi: 1-o'rin: Noutbuk 2-o'rin: Planshet 3-o'rin: eReader Bundan tashqari, xakaton qatnashuvchilariga Mohirdev kurslari uchun turli xil chegirma va kuponlar taqdim etiladi ⏰ Festival 12-noyabr kuni start oladi. Qatnashish bepul. Ro'yxatdan o'tish uchun:mohirdev.uz/mohirfest Bizning sahifalarimiz: 🕊@yoshlaragentligi📱Instagram📱Facebook📺YouTube

4,580 views

Riqchachisqa 5 Nov

Vebinar boshlandi: https://youtu.be/8p9YURNy2Ds

6,020 views

Riqchachisqa 5 Nov

🤩.NET bilan yaqindan tanishmoqchi bo'layotganlar uchun vebinar Mohirdev foydali vebinar va suhbatlar tashkil qilishda davom etadi Bu gal xalqaro Exadel va Piorsoft kompaniyalarida ishlab kelayotgan Elbek Normurodov bilan NET (dotNET) haqida suhbatlashamiz Vebinar mavzusi "Loyihalar misolida .NET bilan tanishuv" bo'lib, vebinar davomida .NET o'zi nima ekanligi, unga bo'lgan talab, o'rganish jarayoni ma'lumot beriladi va bir necha kichik loyihalar qilib ko'rsatiladi 📅 Vebinar bugun soat 19:00 da youtube kanalimizda bo'lib o'tadi 👉https://youtu.be/8p9YURNy2Ds .NETni o'rganishga ikkilanayotganlar yoki unga qiziqqan barchani taklif qilib qolamiz Telegram | Instagram | Youtube

8,960 views

Riqchachisqa 4 Nov

Mac foydalanuvchilari uchun maxsus⠀ Windows uchun chiqargan postimizdan so'ng, Mac foydalanuvchilarining istaklarini inobatga olib, bizning "to'polonchilar" uchun ham post qilishga kirishdik. Ko'pchilik Mac foydalanuvchilari Command-C nusxa ko'chirish va Command-V tugmalaridan foydalanishni bilishiga ishonchimiz komil, ammo ularning hayotini ancha osonlashtiradigan boshqa foydaliroq tugmalar ham mavjud. Shu maqsadda sizlarga foydali ma'lumotlarni ulashishda da'vom etamiz: Control–Shift–Power button = Displeyni uyqu rejimiga tushirish Control-Command-Q = Ekranni qulflash Shift-Command-C = Displeyni ishga tushirish Command-D = Tanlangan faylni nusxalash Shift-Command-N = Yangi fayl hosil qilish Command–Control– ↑ = Faylni yangi ish stolida ochish Command-Delete = Belgilangan faylni o'chirib tashlash Shift-Command-Delete = "Korzinka" ni tozalash Option-Command-Esc = Istalgan dasturdan chiqib ketish Command-Z = Bitta oldingi amalga qaytarish Shift-Command-Z = Command-Z orqali qilingan xatoni tog'irlasangiz bo'ladi Option-Command-F = Izlash bo'limiga o'tish Telegram | Instagram | Youtube

11,900 views

Riqchachisqa 4 Nov

Talab oshib borayotgan sohani egallab, .NET (dotNET) dasturchisi bo'ling Kurs davomida siz xalqaro maydonda katta obro'ga ega bo'lgan, juda tez sur'atda o'sib takomillashib borayotgan, C# dasturlash tilini o'rganasiz. Kurs yakunida Toshkent shahriga kelgan mehmonlarga shinam xonadon topadigan “Sheenam” deb nomlangan loyihaga bag’ishlangan 9 soatlik video darslar davomida, g’oyadan birinchi dastur funksiyanaligacha yozishni o’rganasiz. Kurs haqida qisqacha: ✅ 100 ga yaqin videodarslar ✅ 3 ta loyiha qilish imkoniyati ✅ O’qituvchi bilan Zoom uchrashuvlar ✅ Kursni boshlash uchun boshlang’ich bilim talab qilinmaydi Darslar 3 yildan ortiq tajribaga ega, hozirda xalqaro Exadel va Piorsoft kompaniyalarida .NET dasturchi sifatida faoliyat olib borayotgan Elbek Normurodov tomonidan o'tiladi. Kursni xarid qilish: mohirdev.uz/net @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube

5,580 views

Riqchachisqa 3 Nov

​​Dasturchi sifatida mantiqiy fikrlashingizni oshirishga yordam beruvchi 5 ta maslahat. Mantiqiy fikrlash — yaxshi dasturchining eng asosiy quroli hisoblanadi. 1. Har kuni yangi masalalarni yeching. Muammolarga yechim topishni odat qilganingizdan keyin, yangi masala va muammolarni yechish uchun kamroq vaqt sarflashni boshlaysiz. Miyangiz tayyor boʻlib turadi bunga. Real hayotga oid masalalarni ishlash, haqiqiy loyihalarda chiqishi mumkin boʻlgan muammolarni tezda yechishingizga yordam beradi. Dasturlashga doir masalalar yechish uchun baʼzi saytlar: - LeetCode - Codewars - Exercism 2. Maʼlumotlar tuzilmasi va Algoritmlarni oʻrganing Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar mantiqiy fikrlashni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar nafaqat dasturchi sifatida yaxshi mantiqiy fikrlashni shakllantiradi, balki muammolarga yechim topish koʻnikmasini ham yaxshilaydi. Agar siz u bilan muntazam ravishda shugʻullansangiz, bu sizning muammolarga yechim topish koʻnikmangizni va mantiqiy fikrlash qobiliyatingizni oshiradi. 3. Bosqichma-bosqich oʻting Birinchi oson masalalar bilan mashq qiling. Ularni yechib boʻlgach, keyingisiga oʻting. 4. Masalalarni kichik boʻlaklarga boʻlib oling - Birinchi, masalaning mohiyatini tushunishga harakat qiling. - Qogʻoz va ruchka olib, masalani yechish uchun kerak boʻladigan taxminiy qadamlarni yozib chiqing - Barcha holatlar, qadamlar, inpu va oʻzgaruvchilarni oʻylab koʻring. - Yechim bo'lishi mumkin bo'lgan algoritm yozishga vaqt ajrating va undan soʻng, kod yozishga kirishing. 5. Boshqalarni kodlaridan oʻrganing - GitHub, Stackoverflow dagi boshqa dasturchilar yozgan kodlarini oʻqib, ulardan oʻrganishga harakat qiling. - Boshqalarning kodini oʻqib, bir muammoga turli xil rakursdan qarashga oʻrganasiz. 6. Loyihalar qiling - Haqiqiy loyihalar qilish dasturlashda yaxshiroq boʻlishga yordam beradi. - Xohlang, kalkulyator, elektron tijorat yoki portfolio sayt, farqi yoʻq. - Biror loyihani qilayotganingizda, juda koʻp qiyinchilik va buglarga duch kelasiz. Bularni yechish davomida dasturchi sifatida mantiqiy fikrlashingizni shakllantirib borasiz. Bonus - "Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar" bepul kursini o'rganing - "Algoritmlar: Leetcode da masala yechish" kursini bepul o'qing Va hech qachon motivatsiyani yoʻqotmang. Siz ishlolmaydigan masala yoki muammoga duch kelganingizda, ruhingiz choʻkmasin, aksincha bu sizni yangi bilimlar egallashga ruhlantirsin, oldinga undasin. Asosiysi, oʻrganishdan toʻxtamang. Telegram | Instagram | Youtube

8,280 views

Riqchachisqa 2 Nov

​​Shaxsiy ma’lumotlaringizni yo’qotmay desangiz, bu maqolani o’qing Kecha “Siz qanday usulda parollaringizni saqlaysiz?” nomli so’rovnoma o’tkazgan edik. Unda 1400 dan ortiq foydalanuvchi ishtirok etdi. Unda qatnashganlarning 60%i bir xil parol ishlatishini, 28%i esa brovserning parol saqlovchi qismiga ishonishlarini belgilashgan. Avvalo, ozgina statistika. Balki buni kutmagandirsiz. Parollaringiz qay darajada xavfsiz ekanligini bilmaslik va berilgan tavsiyalarga amal qilmaslik quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin: - Har 10 ta odamdan 4 tasining shaxsiy ma’lumotlari o’girlangan. (Google, 2019) - 2020-yilda 240,000 dan ortiq fishing holatlari aniqlangan. (FBI, 2020) - 80% ma’lumotlar o’g’irlanishi parollar bilan bog’liq. (Verizon, 2020) - 63% foydalanuvchilar o’zlarining ma’lumotlari o’girlangligidan xavfsirashadi. (Norton, 2021) - 59% AQShlik xaridorlar kiber hujumga uchragan bizneslardan boshqa foydalanmasliklarini bildirishgan. (Arcserve, 2020) - 57% kompaniyalar mobil fishingga duch kelgan. (Wandera, 2020) - 68% biznes egalari kiberxujumga uchrashdan xavfsirashadi. (Accenture, 2019) Fishing - turli xil saytlarning kloni va linklari orqali foydalanuvchilarning login va parollarini olishga harakat qiluvchi qalloblik usuli. Masalan, hozir bizda keng tarqalgan OLX bilan bog’liq vaziyat bunga yorqin misol bo’la oladi. Bunday firibgarlar tuzog’iga tushmaslik uchun doim linklarga e’tiborli bo’ling. Shu maslahatlarga amal qiling va xafsizligizni kafolatlang - Shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanmang: ism, tug’ilgan kun, manzil yoki telefon raqamlarni parolda ishlatish xakkerlarning oson o’ljasi bo’lishga olib kelishi mumkin. - Tasodifiy joylashuv: xarf, son va belgilarni tasodifiy va tartibsiz joylashtirish kiberxujumlardan sizni himoya qilishi mumkin. - Bitta parolni hech qachon ikkinchi marotaba ishlatmang: ko’p marta bir xil parol ishlatish, akkountlaringizni xavf ostiga qo’yishi mumkin. - Doim uzun parol o’ylab toping:Parol qancha uzun bo’lsa, shunchalik uni buzish qiyin bo’ladi. Odatda, 16 ta belgidan iborat bo’lishi tavsiya etiladi. - Hech qachon parolingizni bo’lishmang: parolingizni do’stlaringiz yoki oila a’zolaringiz bilan ulashish shaxsiy ma’lumotlaringizni xavf ostiga qo’yishi mumkin. - Parolda raqamlar, xarflar va maxsus belgilardan foydalaning: Bunday murakkab kombinatsiyali parollarni buzish oson bo’lmaydi. - Ishonchli parol saqlovchi maxsus dasturlardan foydalaning: bunday dasturlar parollarini eslab qolishga qiynaladigan odamlar uchun ideal qurol hisoblanadi. - Vaqti-vaqti bilan parollarni o’zgartirib turing: parollaringizni o’zgartirib turish, ma’lumotlaringiz xavfsizligini kafolatlaydi. Eng yaxshi parol saqlovchi dastur qaysi? Bitwarden - parol saqlovchi bepul dastur. U bilan siz parollaringizni ishonchli saqlashingiz, uning xavfsizlik darajasini tekshirishingiz va parollaringiz internetda “sizib” chiqmaganiga ishonch xosil qilishingiz mumkin. Telefon va desktop uchun ishlab chiqarilgan. Bonus. Eng ko’p ishlatiladigan parollarni bilasizmi? Bular: 123456 123456789 qwerty password 12345 Keyingi maqolada ishonchli brovserlar va Chrome ishlatmaslik sabablari haqida gaplashamiz. @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

6,330 views

Riqchachisqa 2 Nov

.NET praktikum kursida qanday loyihalar qilinadi? 👉https://youtu.be/AcIJzKI12v4 Kursga ro'yxatdan o'tish @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi Telegram | Instagram | Youtube

5,500 views

Riqchachisqa 1 Nov

Payme orqali to'lovlar vaqtincha to'xtatildi Ba'zi sabablarga ko'ra, Mohirdev.uz va praktikum.mohirdev.uz saytlarimizda Payme to'lov tizimi ishlamayapti. Kurslarimizni xarid qilish istagidagi foydalanuvchilarga CLICK to'lov tizimidan foydalanishni tavsiya qilamiz. Bundan tashqari, foydalanuvchilar kurslarimizni CLICK va Payme dasturlaridagi joyda to'lov usulidan foydalanib xarid qilishlari mumkin. Joyda to'lov qanday amalga oshiriladi? Mohirdev jamoasi

5,930 views

Riqchachisqa 1 Nov

Ishingizni osonlashtiruvchi "qaynoq" tugmalar Sichqoncha orqali bajariladigan amallar bir muncha vaqtingizni o'g'irlab qo'yishi mumkin, ushbu amallarni klaviatura orqali bajarsangiz, uni ancha tejab qolgan bo'lasiz. Bir qarashda orasidagi farq sekundlarni tashkil qilsa-da, ammo bir oy, bir yilni hisobga olganda, umringizning necha daqiqasini sarf qilayotganingiz ayon bo'ladi. Quyida keltirilgan amallar ishingizni yanada unumdor qilishiga ishonamiz: Win+E = File explorer dasturini ochish Win+A = Asosiy buyruqlar panelini ochish Win+L = Kompyuterni qulflash Win+D = Displeydagi fayllarni yopish ALT+Tab = Fayllarga oson va tezkor o'tishish Win+ko'rsatgich tugmalar ←↑→ = fayllarni displeyning istalgan joyiga surish Win+I = Sozlamalar bo'limi ochish F5 = Yangilash F2 = Faylni qayta nomlash Win+S = Qidiruv bo'limini ochish Win+X = Tezkor buyruqlar panelini ochish Win+Ctrl+D = Qo'shimcha ishchi oynasini hosil qilish Ctrl+Z = Bitta oldingi amalga qaytarish Ctrl+Y = Ctrl+Z orqali qilingan xatoni tog'irlasangiz bo'ladi Telegram | Instagram | Youtube

7,780 views

Riqchachisqa 31 Oct

Kompyuter tanlash haqida Dasturlash tili yoki yo'nalish tanlangandan keyin, ko'pchilikda bir savol qoladi: qanday kompyuter sotib olishim kerak? Yoki hozirgi noutbukim yetarlimi? Barcha savollarga ushbu video va maqolada javob topishingiz mumkin Qanday kompyuter tanlash kerak? (video) Kompyuterni qanday tanlash kerak? (maqola) @mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi. Telegram | Instagram | Facebook

17,300 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••808182838485
ÑawpaqQillqa 82 / 85Qhipan