TGINSIGHT CHAT
Digital.edu IT Career
@digitalitvacancy
CareerRaqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Mga kamakailang post
Pahina 25 ng 42 · 502 post
Na-publish Abr 23
"Pythonda dasturlash" kursi endi mutlaqo bepul! 📖Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi Armanistonning “Armenian Code Academy” ta'lim markazi bilan birgalikda "ACA Navigator" loyihasini boshlamoqda. Loyiha ishtirokchilari nimalarni o‘rganadilar? ➡️ Nega Python bu qadar mashhur va u bilan bog‘liq qanday talab qilinadigan kasblar mavjudligini bilib oladilar! ➡️ Python asoslari bilan tanishadilar va eng mashhur dasturlash tillaridan birida dasturlashni o‘rganadilar! ➡️ Birinchi kodlarini yozib, nazariyani amaliyotda mustahkamlaydilar! ➡️ Karyerada muvaffaqiyatli boshlashga yordam beradigan samarali rezyume yaratadilar va ish beruvchilarni o‘ziga jalb qilishadi! Siz uchun ajoyib imkoniyat: ➡️Qulay vaqt: soat 19:00; ➡️Davomiyligi: 90 daqiqa ➡️4 ta vebinar (haftasiga 2 ta vebinar); ➡️O‘qitish tili: rus tili; ➡️Mentor: 10 yillik tajribaga ega mutaxassis, "PepsiCo", "Yandex" va "Quantori" kabi kompaniyalarda ishlagan. Hozirda "One Market Data"da Python dasturchi lavozimida ishlamoqda. ❗️Bugungi kunda talabgir yo'nalishda bepul ta'lim olish imkoniyatini boy bermang: ➡️11-maygacha ro'yxatdan o'ting (http://bootcamps.aca.am/navigatoruz); ➡️O‘quv yo‘lingizni hozir boshlab oling! 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin
Na-publish Abr 22
Data Analyst 🏢 Tashkilot: BRB 📚 Texnologiya: HiveQL, PowerBI, Hadoop, Spark SQL, Tableau 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat 💰 Maosh: suhbat asosida 📞 Bog'lanish: @iroda033 @digitalitvacancy
Na-publish Abr 22
⁉️O‘zbekistonda dasturchilar qancha maosh oladi? Sir emas, IT sohasi bugungi kunda eng tez rivojlanayotgan va yaxshi to‘lanadigan yo‘nalishlardan biridir. Raqamlashtirish, avtomatlashtirish, innovatsiyalar — bularning barchasi IT mutaxassislariga bo‘lgan talabni yanada oshirib bormoqda. Xo‘sh, O‘zbekistonda bir dasturchi qancha daromad topishi mumkin? 🪙Ish haqi darajalari (o‘rtacha): Junior (boshlovchi): 200$ – 500$ Middle (tajribali): 800$ – 1 200$ Senior (kattaroq tajriba bilan): 1 500$ – 2 000$+ Remote yoki xalqaro kompaniyalarda ishlaydiganlar: 3000$ – 6000$+ Haqiqat shuki, dasturchining maoshi uning tajribasi, texnik bilimlari, portfoliosi, ishlayotgan kompaniyasi va hatto shaxsiy yondashuviga bog‘liq. ✍️Misoluchun: Oddiy Frontend yoki Backend dasturchi: 8 – 20 mln so‘m Fullstack dasturchi: 15 – 30 mln so‘m 1C dasturchilar: 3 mln so‘mdan boshlanadi 💡Ruslan Yuldashev (MODME asoschisi) aytganidek: “Bir nafar kuchli Frontend lideri uchun 6 000$ maosh taklif qilingan, lekin O‘zbekistondagi ko‘p dasturchilar bunday taklifni rad etishgan — ehtimol ular allaqachon o‘zlarini qoniqtiradigan darajada ishlayotgandir.” ➡️Har bir dasturchi o‘z mehnati va bilimiga yarasha daromad oladi. Katta maosh birdan kelmaydi — lekin to‘g‘ri yo‘l, amaliy tajriba va sabr bilan bunga erishish mumkin. @digitalitvacancy
Na-publish Abr 21
Fullstack Laravel developer 🏢 Tashkilot: Revision 📚 Texnologiya: PHP 8+, Laravel 10, MySQL 8.0+, JavaScript 🌐 Hudud: gibrid format 🕰 Ish vaqti: 6/1, 8 soat 💰 Maosh: $ 1000 📞 Bog'lanish: +998945385665, [email protected] @digitalitvacancy
Na-publish Abr 21
🎮GameFest 2025 — Markaziy Osiyodagi eng yirik o‘yin industriyasi tadbiri!🌍 📅2025-yil 16–17-may 📍IT Park majmuasi, Toshkent GameFest 2025 — bu butun dunyo bo‘ylab o‘yin ishlab chiquvchilar, investorlar, nashriyotlar va mutaxassislarni bir joyga jamlaydigan yirik tadbir. Dasturda forumlar, Game Jam, pitche sessiyalar, ko‘rgazmalar va B2B uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Sizni nimalar kutmoqda: 🔷Game Forum — xalqaro ekspertlar bilan o‘yin industriyasidagi yangi trendlar va imkoniyatlar 🔷Animation Forum — animatsiya va raqamli kontent bo‘yicha master-klasslar 🔷International Game Jam — 72 soatlik xakaton, unda ishtirokchilar yangi o‘yin prototiplarini yaratadilar 🔷ScaleUp & Fund: Pitch Session — startaplar uchun investitsiya sessiyasi 🔷B2B Growth Exchange — ishlab chiquvchilar, investorlar va nashriyotlar o‘rtasida biznes uchrashuvlar 🔷Games and Animations Expo — mahalliy va xalqaro studiyalar tomonidan yaratilgan o‘yin va animatsiya loyihalari ko‘rgazmasi GameFest 2025 — bu Markaziy Osiyoda o‘yin industriyasining rivojlanishida yangi bosqich bo‘lib, startaplar va investorlar uchun imkoniyatlar eshigini ochadi! 🔗Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil: [gamefest.uz] ____________________ 🎮GameFest 2025 — the largest gaming industry event in Central Asia! 🌍 📅May 16–17, 2025 📍IT Park Complex, Tashkent GameFest 2025 will bring together developers, investors, publishers, and experts from around the world. The program includes forums, a Game Jam, pitch sessions, an expo, and countless opportunities for B2B networking. What to expect: 🔷Game Forum — trends and opportunities in the gaming industry with international experts 🔷Animation Forum — lectures and masterclasses on animation and digital content 🔷International Game Jam — a 72-hour hackathon to build playable prototypes 🔷ScaleUp & Fund: Pitch Session — investment session for startups 🔷B2B Growth Exchange — business meetings between developers, publishers, and investors 🔷Games and Animations Expo — showcase of projects by local and international studios GameFest 2025 will be a milestone event for the development of the gaming industry in Central Asia and will open new opportunities for startups, developers, and investors. 🔗 Registration and details: [gamefest.uz] 📩Telegram📱Facebook📱Instagram📺Youtube🌐LinkedIn🐦X
Na-publish Abr 20
IT liderlarni izlayapsizmi? Ularni "Job & Edu Fest 2025"da toping! 🗓 14-may kuni Inha universitetida navbatdagi yirik IT mehnat va taʼlim yarmarkasi – “Job & Edu Fest 2025” bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi yarmarkada: ➡️ O‘zbekistonning yetakchi IT sohasidagi universitetlarining iqtidorli bitiruvchilari; ➡️ Xalqaro IT sertifikatlariga ega yosh mutaxassislar; ➡️ Dasturlash, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va boshqa zamonaviy yo‘nalishlarda xorijiy tillarni biladigan yoshlar ishtiroki kutilmoqda. Agar Sizning tashkilotingiz: ➡️ IT mutaxassislariga ehtiyoj sezayotgan bo‘lsa; ➡️ Ta’lim dasturlarini targ‘ib qilmoqchi bo‘lsa; ➡️ Yoshlar orasida brendini mustahkamlashni istasa - “Job & Edu Fest 2025” bu boradagi eng to‘g‘ri maydon! 🗺Manzil: Inha universiteti va School 21 kampusi ⏰Vaqt: 14-may, 15:00 - 17:00 🔗25-aprel soat 23:59gacha havola orqali ro'yxatdan o'ting. Shoshiling, joylar soni cheklangan! 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin
Na-publish Abr 18
🧠Soft skill'lar ichida eng muhimi qaysi? Yaqinda o‘tkazilgan so‘rovimizda ishtirokchilarning katta qismi muloqot qilish qobiliyatini eng muhim yumshoq ko‘nikma sifatida tanladi. To‘g‘ri, texnik bilimlar muhim, ammo Sizni jamoada ajratib ko‘rsatadigan narsa — bu aynan qanday muloqot qilishingiz. 👥Muloqot faqat gapirish emas — u tinglash, fikrni aniq ifodalash, tanqidni to‘g‘ri qabul qilish va ijobiy muhit yaratish san’atidir. 📌Nega bu ko‘nikma IT mehnat bozorida muhim? — Masofaviy ishda jamoa bilan aloqa doimo ravshan bo‘lishi kerak — Intervyularda o‘zingizni qanday tutishingiz hal qiluvchi rol o‘ynaydi — Hamkorlikda ishlayotganingizda konstruktiv fikr almashish muvaffaqiyat kalitidir ✅ Shunchaki professional bo‘lish yetarli emas — o‘zingizni to‘g‘ri ifodalashni o‘rganing, va bu Sizni bir necha qadam oldinga olib chiqadi! 💬 Siz uchun muloqot ko‘nikmasini rivojlantirishda nima yordam bergan? Fikrlaringizni izohlarda kutamiz! @digitalitvacancy
Na-publish Abr 17
Front-end Developer 🏢 Tashkilot: SkillHub 📚 Texnologiya: React / Next.js, TypeScript 🌐 Hudud: masofaviy 🕰 Ish vaqti: 6/1, 7 soat 💰 Maosh: 7 000 000 - 12 000 000 📞 Bog'lanish: +998958024947, [email protected] @digitalitvacancy
Na-publish Abr 16
“Afsuski, siz saralashdan o‘tmadingiz” — endi nima qilasiz? Ko‘pchilik bu habardan keyin shunchaki e’tibor bermaydi. Ammo to‘g‘ri yondashuv — kompaniyaga javob yozishdir. Nega bu muhim? - Rad etish sababi sizga bog‘liq bo‘lmasligi mumkin (masalan, ichki tanishlar, vaqtinchalik to‘xtatilgan vakansiya). - Keyingi vakansiya uchun sizni zahirada saqlashlari mumkin. - Siz haqingizda professional taassurot qoladi. - HR mutaxassislari boshqa kompaniyalarga o‘tgach, sizni eslab qolishlari ehtimoli yuqori. Qanday javob yozish esa rasmda berilgan ✨ Foydali ma’lumotlar bilan, sizning @Karyerist_uz🫶🏼
Na-publish Abr 16
DevOps dasturchi 🏢 Tashkilot: BRB-TECH 💼 Ish tajribasi: 1-3 yil 📚 Texnologiya: Nginx/Apachem, Docker, Kubernetes 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat 💰 Maosh: Suhbat natijalariga ko'ra 📞 Bog'lanish: +998555130505, [email protected] @digitalitvacancy
Na-publish Abr 15
Na-publish Abr 14
Data Analyst 🏢 Tashkilot: Tenge Bank 📚 Texnologiya: REST, Python (Pandas, NumPy) 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat 💰 Maosh: Intervyu natijalariga ko'ra 📞 Bog'lanish: @Gulchekhra_HR_Tengebank @digitalitvacancy