TGINSIGHT CHAT
Digital.edu IT Career
@digitalitvacancy
CareerRaqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]
Mga kamakailang post
Pahina 24 ng 42 · 502 post
Na-publish May 12
Job&Edu Fest 2025: Spikerlar bilan tanishing! 💡14-may kuni bo‘lib o‘tadigan Job&Edu Fest 2025 doirasida Sizni ajoyib seminar-treninglar kutmoqda. Demak, birinchi trening “Dasturlashdan biznesgacha: muhandislar uchun AI yordamida tezkor MVP ishlab chiqish” mavzusida bo'lib, u orqali Siz: ✅ muhandislar uchun zamonaviy ish yondashuvlari ✅ sun’iy intellekt orqali g‘oyalarni mahsulotga aylantirish yo‘llari ✅ MVPni qisqa fursatda ishlab chiqish bo‘yicha foydali tavsiyalarni bilib olasiz. 👩🏻💻Trener: Toptal kompaniyasining senior dasturchisi va hamjamiyat lideri - Munira Begmuratova ✅ Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: https://talent.it-istedod.uz/ 🔔Spikerlar bilan tanishtirishda davom etamiz: yangiliklarni kuzatib boring! @digitalitvacancy
Na-publish May 12
⌛Job&Edu Fest 2025 boshlanishiga atigi 2 kun qoldi! 🗓14-may kuni Inha universiteti va School 21 majmuasida o'tkaziladigan mazkur tadbirda 80 dan ortiq kompaniyalar 400 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari va o‘quv dasturlarini taqdim etadi. Sizni nimalar kutyapti: ➡️ Eng yirik IT kompaniyalar va ta'lim tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuv; ➡️ Eng so‘nggi vakansiyalar va dolzarb yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar; ➡️ Tajribali spikerlardan amaliy ko‘nikmalar va qimmatli tavsiyalar ⚡️Diqqat: Tadbirda qatnashish uchun oldindanro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. @digitalitvacancy
Na-publish May 8
🎯Job&Edu Fest 2025: Yarmarkadan maksimal darajada qanday foyda olish mumkin? 14-may kuni Inha universiteti va School 21 majmuasida o‘tkaziladigan yarmarkada ishtirok etishni rejalashtiryapsizmi? Quyidagi 3 muhim ko'rsatma bilan tanishib chiqing: 🔖1. Rezyumengizni tayyorlab keling! Ish beruvchilar bilan tanishuvda rezyume – bu Siz haqingizdagi ilk taassurot hisoblanadi. - Rezyumeni chop etilgan va elektron shaklda o‘zingiz bilan olib keling. - Qisqa, aniq va dizayni tartibli bo‘lishiga e’tibor qarating. - Rezyume tayyorlashda tez-tez uchraydigan xatolar va rezyume tashqi ko'rinishining mohiyati bo‘yicha tavsiyalarni oldingi postlarimizda ko‘rib chiqishingiz mumkin. 🔖2. Maqsadingizni oldindan aniqlab oling! Yarmarkaga kelishdan avval quyidagilarni rejalashtiring: - Qaysi kompaniyalar bilan tanishmoqchi ekanligingizni rejalashtiring va ushbu kompaniyalar faoliyatini ko'rib chiqing; - Ish yoki amaliyot uchun o'zingizga mos vakansiyalarni o'rganib chiqing; - Yangi imkoniyatlarga ochiq bo'ling, chunki yarmarkada Siz uchun kutilmagan qiziqarli takliflar bo'lishi mumkin. 🔖 3. Seminar va treninglarda faol ishtirok eting! Yarmarka davomida tashkil etiladigan vorkshoplar va sessiyalar nafaqat bilim olish, balki professional doirangizni kengaytirish uchun ham ajoyib imkoniyatdir. Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanish uchun: - Savollar berishdan tortinmang, o'z qiziqishingizni namoyish qiling. - Vorkshop ishtirokchilari va spikerlar bilan aloqada bo'lish uchun tashrif qog'ozingiz yoki LinkedIn profilingizni tayyorlab qo'ying. ℹ️Bonus Maslahat: Muloqot qilishda do'stona va ochiq bo'ling. Bu nafaqat ish topishingizga, balki Sizning professional tarmog'ingizni kengaytirishga ham yordam beradi! @digitalitvacancy
Na-publish May 7
🌐🇺🇿Hurmatli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi vakillari! Sizlarni 7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni bilan chin dildan tabriklaymiz! Zamonaviy raqamli texnologiyalar jamiyat hayotining barcha jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli raqamli islohotlar, innovatsion yechimlar va texnologik taraqqiyot aynan siz – sohaga fidokorona xizmat qilayotgan mutaxassislar mehnati bilan bog‘liq. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyoti mamlakatimizning iqtisodiy o‘sishi, davlat boshqaruvida ochiqlik va samaradorlik hamda fuqarolarimiz hayot sifatini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Sizlarning mehnatkashligingiz, professionalligingiz va yangilikka intilishingiz tufayli bu yo‘nalishda katta yutuqlarga erishilmoqda. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan sizlarga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, yangi g‘oyalar va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 📩Telegram📱Facebook📱Instagram📺Youtube🌐LinkedIn🐦X
Na-publish May 7
Amaliyot (amaliyot yopildi, nomzodlar yetarli) 🏢 Tashkilot: Click 🧑💻 Lavozim: Data Scientist 📚 Talablar: Python, SQL, tahliliy fikrlash qobiliyati 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: yarim va to'liq ish kuni 💰 Maosh: to’lanadi 📞 Bog'lanish: @Abdurashitov_Kudrat_Click @digitalitvacancy
Na-publish May 6
🔗 IT’da muvaffaqiyat kaliti – Netvorking! Texnik ko‘nikmalaringiz yetarli darajada bo‘lishi mumkin. Lekin ularni qayerda, kim bilan va qanday ishlatish – bu Sizning professional tarmog‘ingizga bog‘liq. 👥 Netvorking – bu faqat “tanishish” emas. Bu: ✅ Yangi imkoniyatlarni ochish ✅ Ilhom olish va o‘zgarishlarga tayyor bo‘lish ✅ Soha ichkarisidagi yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘lish ✅ Mentorlar va hamfikrlar topish ✅ Portfolio va tajriba uchun haqiqiy loyihalarda qatnashish 🎯 Ko‘pchilik IT’da ish topolmayotganining sababi faqat o‘zi bilan ishlagani va hamjamiyatlarga qo'shilmagani bo'lishi mumkin. 📌Tavsiya: - Meetup, vebinar va IT tadbirlarga qatnashing, mutaxassislar bilan suhbatdan cho‘chimang - LinkedIn yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali aloqalarni mustahkamlang - O‘z tajribangizni boshqalar bilan ulashing – bu ham netvorkingning bir qismi 🧠IT dunyosi – bu nafaqat bilim, balki kattagina professionallar tarmog‘i. 14-may kuni o'tkaziladiganJob & Edu Fest bo'lsa, professional tarmog'ingizni rivojlantirishda ajoyib imkoniyat! Hoziroq ro'yxatdan o'ting: havola @digitalitvacancy
Na-publish May 6
QATester 🏢 Tashkilot: OSON 💼 Ish tajribasi: 1-3 yil 📚 Talablar: Jira, veb va mobil ilovalarni test qilish, API testing 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat 💰 Maosh: Suhbat natijalariga ko'ra 📞 Bog'lanish: +998971001251, [email protected] @digitalitvacancy
Na-publish May 5
14-may: IT sohasidagi eng yirik ko‘rgazmaga tayyormisiz? 🏷IT sohasiga qadam qo‘yayotgan yoki o‘z yo‘lini topmoqchi bo‘lgan yoshlarni yilning eng yirik ko‘rgazmalaridan biri — Job&Edu Fest'ga taklif etamiz. Sizni nimalar kutmoqda: ➡️O‘zbekistonning yetakchi IT kompaniyalari bilan yaqindan muloqot, ➡️ Bo'sh ish o'rinlari, amaliyot va ta’lim dasturlari haqida ma’lumotlar, ➡️ Tajribali mutaxassislar bilan netvorking va master-klasslar. Manzil: Inha universiteti va School 21 majmuasi Vaqt: 14-may, 15:00-17:00 ⚜️Diqqat: Tadbirda qatnashish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. 📥Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://talent.it-istedod.uz/ Job&Edu Fest hamda IT mehnat bozoridagi so'nggi yangiliklarni kuzatib borish uchun IT Karyera kanalini kuzatib borishni unutmang! 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin
Na-publish May 5
Na-publish May 1
DevOps injener 🏢 Tashkilot: Aloqa bank 💼 Ish tajribasi: 1-3 yil 📚 Talablar: Docker, Docker Swarm, Kubernetes, Oracle, PostgreSQL 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: To'liq ish kuni 💰 Maosh: Suhbat natijalariga ko'ra 📞 Bog'lanish: @HR_Yuldasheva @digitalitvacancy
Na-publish Abr 30
Xo‘sh, 2025-yil uchun shogird olishni boshlaymiz! Bu safar ayrim sabablar tufayli biroz kechroq start oldik, lekin endi bemalol, bosqichma-bosqich boshlasak bo'ladi. 📌 Format qanday bo‘ladi? - Haftasiga 3 kun onlayn uchrashamiz - Har safar oldindan tanlangan mavzular asosida meeting, muhokama va feedback - Hafta davomida yopiq guruhda savol-javob, fikr va tajriba almashish - Har bir ishtirokchiga vazifalar beriladi Bu jarayon oddiy dars emas, bu birga o‘sadigan, izlanadigan kichik jamoa bo‘ladi. ✔️ Kimlar uchun? Agar quyidagilarga "ha" desangiz, ehtimol bu davra aynan siz uchun: - UX/UI dizayn haqida tushunchangiz bor - Ingliz tilidagi resurslarni o‘qib, tushunishingiz mumkin - Mustaqil o‘rganishga odatlangansiz (self-study siz uchun yangilik emas) - O‘z ustingizda ishlashni chin dildan xohlaysiz Resurslar cheklanganligini inobatga olib, faqat 5 kishini qabul qilaman. Tanlov suhbat asosida bo‘ladi. Qiziqsangiz, quyidagi formani to‘ldiring: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeME6v705hfB0AiBJkZPwrxmAuyXRUzrMdt6tL5qdcffUcf_Q/viewform?usp=dialog Savollaringiz bo'lsa izohda qoldirishingiz mumkin. @ruziev_blog
Na-publish Abr 23
Back-end development teacher 🏢 Tashkilot: Mars IT school 📚 Texnologiya: Python, Django rest framework, ... 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 6/1, 6-8 soat 💰 Maosh: 3 000 000 - 7 000 000 📞 Bog'lanish: +998908229935, [email protected] @digitalitvacancy