TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Bumalik sa listahan ng channel
Digital.edu IT Career avatar

TGINSIGHT CHAT

Digital.edu IT Career

@digitalitvacancy

Career

Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining IT mehnat bozoriga bag'ishlangan kanali [vakansiyalar, dolzarb yo'nalishlari, kompaniyalar talablari]

Mga Subscriber1,220Kasalukuyang mga subscriber
Mga naka-track na post502Bilang ng naka-index na post
Kamakailang abot9,846Kabuuan ng kamakailang mga view
Mga kamakailang post

Mga kamakailang post

Pahina 26 ng 42 · 502 post

Na-publish Abr 14

🔖Portfolio yaratish uchun 5 foydali yo‘l IT sohasida muvaffaqiyatli ish topish uchun portfolio muhim vositalardan biridir. Agar Sizda hali rasmiy ish tajribasi bo‘lmasa ham, quyidagi usullar orqali mustahkam va professional portfolioni shakllantirish mumkin: ➡️O‘quv loyihalarni portfolioga aylantiring Ta’lim kurslari yoki bootcamplar davomida bajargan amaliy topshiriqlaringizni yakunlangan, sifatli ko‘rinishda taqdim eting. ➡️Shaxsiy loyihalar yarating O‘z qiziqishlaringiz asosida ishlab chiqqan kichik dasturlar, veb-saytlar yoki ilovalar Sizning tashabbuskorligingiz va texnik salohiyatingizni namoyon etadi. ➡️Bepul xizmat taklif qiling Real mijozlar bilan ishlash tajribasi Sizning portfoliongizni amaliy jihatdan boyitadi. Masalan, tanishingiz biznesiga mini sayt, logo yoki Telegram bot. Sizga tajriba, ularga esa foyda! ➡️GitHub profilini faol yuriting Loyihalaringiz kodini GitHub’ga joylashtirish, ularni hujjatlashtirish va muntazam ravishda yangilab borish IT mutaxassisi sifatida Sizning rivojlanishingizni ko‘rsatadi. ➡️Hackathon va ochiq manbali loyihalarda qatnashing Jamoa bilan ishlash, real muammolarni yechish va keng doiradagi texnologiyalar bilan tajriba orttirish uchun ajoyib imkoniyatdir. 🔹Xulosa: Portfolio — bu Sizning amaliy bilimlaringiz va ish uslubingizni namoyon etuvchi asosiy vosita. Uni sifatli, tizimli va natijaga yo‘naltirilgan tarzda shakllantirish bo‘lajak ish beruvchingizga kuchli taassurot qoldiradi. @digitalitvacancy

939 views

Na-publish Abr 10

JuniorFlutter Developer 🏢 Tashkilot: MLCommunity 📚 Texnologiya: REST API, Firebase, Dart, ... 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: masofaviy yoki gibrid formatda 💰 Maosh: soatiga $6 📞 Bog'lanish: @shakhriyor_kh, +998 50 100 66 22 @digitalitvacancy

940 views

Na-publish Abr 10

TechnicalSupport Engineer 🏢 Tashkilot: RESURS RECRUITMENT PERSONNEL 📚 Texnologiya: Oracle, .NET, MSMQ,Rabbit MQ 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat 💰 Maosh: 12 000 000 - 15 000 000 📞 Bog'lanish: +998909694911, @Resurs_2009 @digitalitvacancy

862 views

Na-publish Abr 8

✔️IT sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun "Must-have" platformalar 🔵 IT sohasida yangi boshlovchi yoki tajribali mutaxassis bo'lishingizdan qat'iy nazar, bilishingiz kerak bo'lgan va faoliyatingizda qo'l keladigan bir qancha muhim platformalar mavjud. GitHub – Kodni boshqarish va jamoada ishlash uchun eng yaxshi platforma. Boshqa dasturchilar bilan hamkorlik qilish va ochiq manba loyihalarida qatnashish uchun ideal. Stack Overflow– Dasturchilar uchun savol-javob platformasi. Dasturlashdagi muammolarni hal qilishda yordam beradi. GitLab – Git repozitoriylarini boshqarish va CI/CD jarayonlarini avtomatlashtirish uchun zarur. AWS (Amazon Web Services) – Bulutli hisoblash xizmatlari. Dastur yaratish, saqlash va ma'lumotlarni tahlil qilish uchun muhim. Docker – Ilovalarni konteynerlashtirish uchun kerakli platforma. Ishlab chiqish, testlash va tarqatish jarayonlarini soddalashtiradi. Notion – Belgilangan vazifalarni va ta'lim materiallarini tashkil etishda yordam beradi. ❗️Sizningcha, eng samarali IT platformalari qaysilari va qaysi biridan doimiy foydalanib kelmoqdasiz? @digitalitvacancy

835 views

Na-publish Abr 7

Game Designer 🏢 Tashkilot: UIC company 📚 Texnologiya: Unity, UX/UI 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat 💰 Maosh: suhbat asosida 📞 Bog'lanish: @uicgrouphr @digitalitvacancy

780 views

Na-publish Abr 4

📁CV va Rezyume – Qaysi biri kerak? Ishga kirish jarayonida CV va Resume tushunchalari ko‘p uchraydi. Ko‘pchilik ularni bir-biridan farqlamaydi, lekin ular o‘ziga xos jihatlarga ega. 🔼CV (Curriculum Vitae) – batafsil ta’lim, ish tajribasi, ilmiy maqolalar, sertifikatlar va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Odatda akademik va ilmiy sohalarda ishlatiladi. Hajmi cheklanmagan. 🔼Rezyume – ish beruvchi uchun eng muhim ma’lumotlarni qisqa va lo‘nda ifodalovchi hujjat. 1-2 betdan iborat bo‘lib, faqat tegishli tajriba va ko‘nikmalarni qamrab oladi. Ishga kirish uchun keng tarqalgan format. ❓ Qaysi biri kerak? Agar akademik lavozim, grant yoki ilmiy faoliyatga ariza topshirsangiz – CV Agar ishga kirish uchun hujjat tayyorlayotgan bo‘lsangiz – Rezyume 🔗Maslahat: Ish beruvchi Sizdan aynan CV yoki Rezyume talab qilayotganini aniqlashtiring va shunga mos ravishda tayyorlang! Agar ishga hujjat topshirish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, ushbu havolani ko'zdan kechiring: Keling, ishga hujjat topshiramiz! ✅Tez orada Job & Edu Fest tashkillashtirilishi kutilmoqda, nima deb o'ylaysiz yarmarkada Sizga qaysi biri kerak bo'ladi? @digitalitvacancy

1,040 views

Na-publish Abr 3

🚀 AI va dasturlash: vebinardan asosiy qaydlar 29-mart kuni Senior Software Engineer Atabekov Farrux bilan bo‘lib o‘tgan AI dasturchilarning o‘rni va kelajagi mavzusidagi vebinarda, sun’iy intellekt dasturlash jarayonini qanday o‘zgartirishi va dasturchilarga qanday imkoniyatlar yaratishi haqida muloqot o'tkazildi. Vebinarda quyidagi fikrlar muhokama qilindi: ✅ AI dasturchilarni o‘zgartiradimi yoki ularning o‘rnini egallay oladimi? ✅ Dasturlash jarayonida AI'ning qanday vositalari samaraliroq? ✅ O'zbekistonda frilanserlik ✍️ Bu va boshqa qiziqarli fikrlarni vebinar yozuvidan bilib olishingiz mumkin: YouTube havola 💡Siz AI dasturlash kelajagi haqida qanday fikrdasiz? Fikrlaringizni bo‘lishing! @digitalitvacancy

857 views

Na-publish Abr 2

Biz o‘zimiz bilan birga o‘sishni xohlaydigan iste’dodli va shijoatli yoshlardan iborat jamoa tuzmoqdamiz! Agar siz: - dizayn bilan ishlash mahoratiga ega bo‘lsangiz - sun’iy intellekt vositalari (MidJourney, DALL·E, Runway, Sora va boshqalar) bilan tanish bo‘lsangiz - o‘rganishga, rivojlanishga va kelajakda rasmiy ishga joylashishni xohlasangiz unda biz sizni kutamiz!I @AIMLab_Support ga shaxsiy xabar orqali ushbu ma'lumotlaringizni jo'natishingizni so'raymiz: - sun’iy intellekt vositalari bilan ishlash tajribangiz haqida - ishlaringizga havolalar (agar mavjud bo‘lsa) Har bir javobdan mamnun bo‘lamiz! @pulatov_kh

673 views

Na-publish Abr 2

Global IT ish bozoridagi xolat: 1. Ishga topshirish ancha qiyinlashgan. Oldin “og’zinga siqqanini beramiz” deyishgan bo’lsa hozir “qani ko’raylikchi qo’lingdan nima keladi” deyishyapti. 2. Lekin hafsalangiz pir bo’lmasin. 2023-yildan beri tech ish o’rinlari 40% o’sgan va hozirni o’zida FAANG’da ~40 000 ish o’rinlari mavjud. 3. AI eksponentsial o’smoqda va tepadagi ish o’rinlarining katta qismini tashkil qiladi. 4. AI dasturchilar ishini olib qo’yadi degan gaplarga e’tibor bermang. Bizneslarga dasturchilar juda kerak va tepadagi 40% o’sish buni yaqqol ko’rsatadi. 5. Intervyu jarayoni g’alati xolatda: oddiy kompaniyalar/startuplar intervyu jarayonlarini AI’ga moslashmoqda, Big Tech esa deyarli o’zgargani yo’q. 6. Intervyuga sistematik yondashgan va ko’p vaqt ajratgan kandidatlar hali ham yaxshi offer’lar olishyapti. 7. O’yin qiyinlashdi, lekin qoidalar hammaga ochiq va oydin. 8. Yetarlicha mehnat va to’g’ri uslub bilan siz hozirgi ish bozorida ham yutib chiqa olasiz. Manba: Pragmatic Engineer

628 views

Na-publish Abr 1

DataScientist 🏢 Tashkilot: Click 📚 Texnologiya: Python, ML, MS SQL, ... 🌐 Hudud: Toshkent shahri 🕰 Ish vaqti: 5/2, 8 soat 💰 Maosh: suhbat asosida 📞 Bog'lanish: @erkinovna_ff @digitalitvacancy

745 views

Na-publish Mar 30

🕌 Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! 🌙 Siz va yaqinlaringizga tinchlik-totuvlik, farovon turmush, sihat-salomatlik, hayot yo‘llaringizda hamisha muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilaymiz! @digitalitvacancy

828 views
12•••10•••20•••2425262728•••30•••404142