TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
Oʻzbekoyim avatar

TGINSIGHT CHAT

Oʻzbekoyim

@Uzbekxonim

Bildung

“Yangi O’zbekiston” universiteti prorektori, PhD, dotsent Hilola Nazirovaning shaxsiy kanali

Abonnenten355Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge451Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite5,607Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 8 von 38 · 451 Beiträge

Gepostet 25. Okt.

“Ренессанслар қачон бўлган? Илмда эркинлик бўлганида”, - Ҳилола Назирова. Видеонинг тўлиғи.

400 views

Gepostet 24. Okt.

“Ҳақиқат шунақа нарса эканки, қайси тузумда яшашингиздан қатъи назар, сиз ёзиб кетсангиз, ёзганларингиз қачондир нашр қилинар экан. “Ўша даврда ҳам шунақа ўйлайдиган, шуни билган, шуни қаламга олган инсонлар бўлган экан-да”, деб юрагингиз ларзага келади”, - Ҳилола Назирова. Видеонинг тўлиғи.

375 views

Gepostet 23. Okt.

#Tavsiya_etamiz #yangi_loyiha 📚 Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati tomonidan o'qilishi kerak bo'lgan eng sara adabiyotlar bilan tanishishda davom etamiz. 🔺Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori Hilola Nazirova yozuvchi Alixontura Sog'uniyning "Turkiston qayg'usi" asarini tavsiya etadi. 📹 Batafsil videolavhada Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram📱 | Instagram📱 | Facebook📱| YouTube📱

349 views

Gepostet 23. Okt.

Kecha bilimdonlar kuni, zukkolar g’alabasi bo’ldi. Yoshlar bilan birga jamoada o’ynadim, muloqot qildim, yutdik, yutqazdik. Kitobxonlik marafoni g’oliblarini taqdirladik. Aytganimizdek, marafon doirasida ishtirok etganlarning hammasi rag’batlantirildi. Pul mukofotlari, bookreader va kitoblar jamlanmasi, topshirildi. Ishtirokchilar orasida uy bekalari, talabalar, o’qituvchilar, prorektorlar, blogerlar va boshqa soha vakillari bor. Eng muhimi, barcha bilim atrofida birlashdi, kitoblararo yashadi. Maqsadimiz bunday yoshlarbop, bilimga chorlovchi marafonlarni davomli o’tkazish va kitobxon millat bo’lgan xalqimizni shunday e’tirofga munosib avlodlarini tarbiyalashdir. @otabek_khasanov

354 views

Gepostet 22. Okt.

#universitet_hayoti Oktyabr oyi tadbirlarga, forumlarga boy o’tdi. Ushbu oy yakunida ham “Yangi O’zbekiston” universitetida katta tadbir kutib turibdi. “The women talk” loyihasining navbatdagi yillik yig’ilishi, seminarlar va bayram dasturiga universitetimiz mezbonlik qiladi. Kecha loyiha rahbarlari mana shunday taklifnoma berib ketishdi. Jamiyatimizda ayollarning ijtimoiy faollashayotgani, oila qobig’idan chiqib, o’zaro netvorking yaratishayotgani albatta quvonarli hol. “Yangi O’zbekiston” universitetida ham talaba qizlarning alohida “Feminine club”i faoliyat yuritadi. Ishonamanki, bu safargi tadbir ham barcha ishtirokchilarga manfaatli va esda qolarli bo’ladi. Tadbirga biletlarni @womentalkuz dan olishingiz mumkin. @Uzbekxonim

335 views

Gepostet 19. Okt.

#imkon_chellenj Kecha yana shogirdim Nigora bilan Adliya vazirligining “Imkon” loyihasida ishlangan “Matonat” filmi premyerasiga bordik. Milliy kino san’at saroyidagi premyera yuqori saviyada tashkil etilibdi. Premyeraga vazirlar, senatorlardan tortib jamoatchilik faollarigacha, aktyor-aktrisalardan tortib yozuvchi-shoirlargacha, ilm-fan vakillaridan to blogerlargacha taklif qilingan ekan. Endi film haqida gapirsak. “Matonat” filmiga taklifnoma kelganida nega surxon do’ppi qo’shilganini to’la anglamagandim. Keyin film bosh qahramoni Dilorom Yuldasheva Surxondaryo viloyatining olis qishlog’idan ekani, halol mehnati va mashaqqatli taqdiri bilan dovrug’i nafaqat azim Toshkentga, balki butun respublikamizga yoyilgani ayon bo’ldi. Premyerada shaxsan o’zim uchun haqiqiy ma’noda matonatli o’zbek ayolini kashf qildim. Filmi spoyler qilish niyatim yo’q. Zotan bugundan YouTube orqali ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Aytmoqchi bo’lgan birgina gapim: inson yaqinlarining ko’magi, daldasi bilan jasoratli bo’ladi, matonatli bo’ladi. Dilorom opaga nafaqat yaqinlari, balki ayrim filmlar orqali ovsinlarni dushman qilib ko’rsatilayotgan, bu narsa bora-bora trendga chiqayotgan bir vaqtda ovsinining daldasi, ularning opa-singildan ham yaqinligi, hatto ovsini uchun maktabdagi ishidan bo’shab, ikki ro’zg’orga bosh-qosh bo’lgan ayol ham haqiqiy qahramon men uchun. Shu o’rinda, taklif uchun Shahnoza Soatova tashakkur. “Imkon” loyihasidan yana shunday ko’plab qahramonlarning kashf etilishini kutib qolamiz. Kinoijodkor Hamid Toshpo’latov premyerada aytganidek, mana kino qanaqa bo’ladi! Film bu yerda: https://youtu.be/oTCyEmyI1jo @Uzbekxonim

449 views

Gepostet 16. Okt.

#premyera #imkon_chellenj Adliya vazirligi ajoyib tashabbus boshlagan ekan. Ushbu tashkilotning davlat tili bo’yicha maslahatchisi Shahnoza Soatova bir necha kun oldin qoʻngʻiroq qilgan edilar va bir necha kun oʻtib noyob taklifnoma keldi. 18-oktyabr kuni “Imkon” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida “Matonat” filmining premyerasi bo’lib o’tadi. Premyera tizeriga qaraganda bir o’zbek ayolining mehnat-u mashaqqatga to’la hayoti aks ettirilgan hujjatli film tayyorlangan. Taklifnomaning 15-oktyabr “Xalqaro qishloq ayollari” kunida jo’natilganida ham qandaydir ramziylik bordek. Surxon do’ppi milliylikning bir detali sifatida kelgan bo’lsa ham, premyeraga qandaydir bog’liq bo’lsa kerak, deb ham o’ylayapman. Premyeradan so’ng taassurotlarni ulashishga harakat qilaman. @Uzbekxonim

398 views

Gepostet 14. Okt.

#universitet_hayoti Ayni damda 2024-yil iqtisod bo’yicha Nobel mukofoti Daron Ajemo’g’li, Saymon Jonson va Jeyms A.Robinsonga berilgani o’zbek mediasida iliq kutib olinyapti. Sababi o’tgan yili Jeyms Robinson Toshkenga kelgan va kitobsevarlar uni “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobidan yaxshi tanishardi. Bugun esa xuddi shu yo’nalishda roppa-rosa 10 yil avval Nobel mukofotiga loyiq ko’rilgan fransiyalik mashhur olim Jean Tirole’ning ma’ruzasi Trilliant majmuasida bo’lib o’tadi. Markaziy Osiyo Universitetlari xalqaro forumi mezbonlaridan biri “Yangi O’zbekiston” universiteti bo’lib, bugun kunduzi universitet talabalari va agentlik tizimidagi maktab o’quvchilari uchun Jean Tirole universitetda maxsus ma’ruza o’tib berdi. Har ikkala uchrashuvda ham ma’ruzaga qiziquvchilarning ko’pligi kishini behad quvontiradi. @Uzbekxonim

380 views

Gepostet 11. Okt.

#kitobxonlik “O’tkan kunlar” romanini ingliz tiliga o’girgan tarjimon Mark Riz ayni vaqtda O’zbekistonda bo’lib turibdi! Tarjimonni Facebook ijtimoiy tarmog’idan yaxshi taniyman, bundan tashqari Abdulla Qodiriy ijod maktabida direktor bo’lgan vaqtimda ham ko’rishgandik, keyinchalik “Chig’atoy gurungi” jurnalimiz uchun Zoom’da intervyu tashkillashtirgandik. Afsuski, u intervyuni nashr etishga ulgurmadik. Mark Riz bu kitobni tarjima qilishga naq 15 yilini sarflagan! Bundan bir necha oy avval Nyu York metrosida “Dunyoning ishlari”asarining tarjima muqovasi afishalar qatoridan joy olgandi. O’tkir Hoshimov asarining tarjimonlaridan biri ham Mark Rizdir. Hozirda Abdulla Qodiriyning ikkinchi yirik romani “Mehrobdan chayon” asarini tarjima qilish jarayonida. Bugun Asaxiy Books’ning “Xalqlar metrosi” bekatidagi yangi do’koni kitobxonlarga to’lib ketdi. Tarjimonning o’zi har bir kitobxonga tarjima asarini imzolab topshirmoqda. Bahonada bir-ikki og’iz goh o’zbekcha, goh inglizcha suhbat qurilyapti. Maktabimiz bitiruvchilarini ham u yerda ko’rish quvontirdi. Brend asoschisi Firuz Allayev bilan qurgan qisqa suhbatimizda keyinchalik “Yangi O’zbekiston” universitetida talabalar bilan biznes va kitobxonlik mavzularida alohida uchrashuv tashkil etishga kelishib oldik. Kun tartibim zich bo’lishiga qaramasdan ishdan chiqib tadbirga borishga ulgurdim. U yerdagi muhit va ko’plab tanishlarni ko’rib vaqt ajratib kelganimga mamnun bo’ldim. @Uzbekxonim

416 views

Hashtags

Gepostet 8. Okt.

#universitet_hayoti Xabaringiz bor bo’lsa kerak, “Yangi O’zbekiston” universiteti katta xalqaro forum – Markaziy Osiyo universitetlar forumi arafasida turibdi. Bu bo’yicha tayyorgarlik ishlari ham allaqachon boshlab yuborilgan. Kutilayotgan mehmonlar orasida Massachusetts texnologiya instituti vitse-prezidenti Erik Grimson va iqtisod fanlari bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol bor. Fransiyalik olim, jahonda eng nufuzli iqtisodchilaridan biri Jan Tirol tomonidan 14-oktabr kuni InterContinental mehmonxonasida ochiq ma’ruza tashkil etiladi. Ochiq ma’ruzada Jan Tirol shaxsiy manfaatlar va ijtimoiy farovonlik oʻrtasidagi muvozanatni tushuntirib, xalq farovonligiga erishish boʻyicha oʻz izlanishlari haqida ma’lumot beradi. Jan Tirol 2014-yil monopoliyalarni boshqarish va bozorni tartibga solish sohalaridagi dolzarb muammolarga eng yaxshi yechimlarni ilgari surgani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. ✅ Mazkur tarixiy uchrashuvda qatnashish uchun oʻz joyingizni band qiling: https://bit.ly/3TUxz8k ⏰Vaqti: 14-oktabr, 16:00 📍Manzil: InterContinental Hotel (Trilliant) @Uzbekxonim

497 views

Gepostet 5. Okt.

#san’at Bir necha kun avval men va shogirdim Nigorani tarjimon Shohrux Usmonov “Shams-i Qamar” teatr studiyasiga taklif qilgandi. Unda hali Toshkentda emasdim, shunga qaramay bu teatr dovrug’ini eshitganim uchun darrov rozi bo’ldim. Bugun ana shu teatr studiyasi Nodar Dumbadzening “It” va Jontemir Jondorning “Igna” hikoyalari asosida “Vasiyatnoma” spektaklini namoyish qilishdi. Bir kishilik spektakl… Ammo shu birgina aktyor ham bola, ham farzand, ham bobo va hattoki it rolini o’ynadi. Aktyorning tomoshabin bilan ko’z kontaktini ushlashi, bir holatdan ikkinchi holatga o’tishi, tanlangan musiqalar, joy, nazarimda, bizning tasavvurimizdagi an’anaviy teatr suratini yirtib tashlaydi. Ham eng quvongan jihatim men u yerga oddiy olima Hilola sifatida borgandim. O’zimni teatr studiyasi rahbari Qamariddin Ortiqovga tanishtirayotib “Yangi O’zbekiston” universitetida prorektorligimni aytganimda, bir qiz “Men esa o’sha universitet talabasiman” deganini eshitib ham quvonch, ham hayratda qoldim. Chunki universitetimiz aniq fanlar, axborot texnologiyalarga ixtisoslashgan. Bu ixtisoslikdagi talabalarning bunday noodatiy san’atga qiziqishi kamdan-kam uchrasa kerak. Keyin talabamiz Muqaddas bilan qisqa suhbatimizda ma’lum bo’ldiki, uni adabiyotga, san’atga qiziqtirgan ustoz taniqli olim Abdulla A’zam ekan. Abdulla aka “adabiyot matematikasi” – aruzni uncha-buncha filologlardan yaxshi biladilar. Hali ular haqida alohida post yozaman. Umuman olganda, dam olishning birinchi kuni ana shunday san’atga guvoh bo’lish bilan o’tdi. Hali “Shams-i Qamar” spektakllariga borib ko’rmagan, san’atga qiziquvchi barchaga ushbu teatr studiyasini tavsiya qilaman. Shaxsan o’zim ham keyingi safar “Kafka va K” spektakliga tushishni niyat qilib keldim. @Uzbekxonim

1,190 views

Hashtags

Gepostet 27. Sept.

#universitet_hayoti Kuni kecha “Yangi O’zbekiston” universitetida “Memorandum day” tadbirini o’tkazdik. Tadbir O’zbekistonda talabalar faolligini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash va universitetlar o’rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichga ko’tarish yo’nalishlarida debocha bo’ldi, deya olaman. Batafsil UzA da o’qib ko’rishingiz mumkin: https://uza.uz/uz/posts/yangi-ozbekiston-universitetida-memorandumlar-kuni-otkazildi_639620 @Uzbekxonim

464 views
12•••678910•••20•••30•••3738