TGINSIGHT CHAT
Oʻzbekoyim
@Uzbekxonim
Bildung“Yangi O’zbekiston” universiteti prorektori, PhD, dotsent Hilola Nazirovaning shaxsiy kanali
Aktuelle Beiträge
S. 2 von 38 · 451 Beiträge
Gepostet 14. Feb.
#Bobur_543_yoshda 11-fevral kuni universitetimizda Mir Alisher Navoiyning 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 543 yilligi munosabati bilan “Yangi O’zbekiston kubogi” Zakovat intellektual musobaqasini o’tkazdik. 2024 va 2025-yillarda “Yangi O’zbekiston” universiteti jami 17 ta oliy ta’lim muassasalarining Talabalar Kengashi, Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti vakillari bilan Hamkorlik memorandumini imzolagan edi. Ana shu Memorandumning mantiqiy davomi sifatida hamkorlikdagi tadbirlar qatoriga Zakovat ham qo’shildi. Aslida bu an’anani Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida rahbar bo’lgan vaqtlarimda boshlagandik. Dastlab Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoalari bilan tashkil etilgan bu intellektual musobaqada so’nggi vaqtlarda 20 ga yaqin jamoaga ishtirok etgandi. Hatto ushbu intellektual musobaqaga Abdulla Qodiriy maktabining qaldirg’ochlari – “Jo’rajonlar” jamoasi ham o’z universitetlari nomidan ishtirok etgani kishini quvontirdi. Universitetlaro keyingi musobaqaga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mezbonlik qiladi. Tadbirni shaffof va yuqori darajada tashkil etishda yaqindan yordam bergan “Zakovat klubi” nodavlat-notijorat tashkilotiga minnatdorchilik bildiraman. Shu o’rinda hazrat Boburning ushbu ruboiysini eslab o’tish joiz: Kim yor anga ilm, tolibi ilm kerak, O‘rg‘angali ilm, tolibi ilm kerak. Men tolibi ilmu tolibi ilme yo‘q, Men bormen ilm tolibi — ilm kerak. @Uzbekxonim
Hashtags
Gepostet 9. Feb.
#Navoiy_585_yilligi O’zbek Navoiyni o’qimay qo’ysa, Oltin boshning kalla bo’lgani shudir… Erkin Vohidov Agar tariximizning eng katta arboblarini sanaydigan bo’lsak, ro’yxatning eng avvalida, shubhasiz, Mir Alisher Navoiy turadi. Navoiy tariximizga nafaqat shoir, balki davlat arbobi, mutafakkir, benazir olim sifatida o’z nomini muhrlagan. Tavalludiga 585 yil to’libdiki, shoir bugunga qadar e’zozda, ilmiy muhokama va davralarning markazida turadi. Bundan bir necha o’n yillar avval Navoiyning Hirotdagi (hozirda Afg’oniston hududida) maqbarasiga yo’llar bekilgan, siyosiy tarangliklar sababli borish, maqbarani ziyorat qilish hammaga ham nasib etavermagan. Bugungi kunda xalqlar aro do’stlikning, iliq munosabatlarning natijasida bu jarayon yengillashdi. Ayniqsa Jadid.uz portalining Hirotdan, Navoiy maqbarasidan uzatgan reportajlarini o’zgacha hayajon bilan kuzatdim. https://t.me/Jadidmediauz/5100 https://t.me/Jadidmediauz/5105 Navoiy dahosi besh asrdan beri o’rganilmoqda, asarlari o’qilmoqda. Va ishonchim komilki, bundan yana besh asr keyin ham Navoiy o’qiladi, o’rganiladi. Respublikamizdagi aksariyat tuman markazlarida Navoiy haykali yoki byustiga, hech bo’lmaganda uning nomidagi ko’chaga, bog’ga duch kelasiz. Butun dunyo bo’ylab esa Navoiyga ehtirom sifatida o’rnatilgan 10 ga yaqin haykallar bor. Mendagi manbalar asosida ro’yxat shunday shakllandi: 1. Oʻzbekiston: Toshkent, Andijon, Navoiy shahrida Alisher Navoiy haykali mavjud. (Deyarli har bir viloyat markazida mavjud) 2. Tojikiston: Dushanbe shahrida Navoiy haykali qad rostlagan. 3. Turkiya: Anqara shahrining Kechioʻren tumanida Navoiy haykali oʻrnatilgan. 4. AQSH: Vashingtondagi kutubxonada Navoiy yodgorligi bor. 5. Yaponiya: Tokio shahridagi Soka universiteti hududida Alisher Navoiy haykali oʻrnatilgan. 6. Xitoy: Shanxay shahrida Navoiy haykali mavjud. 7. Janubiy Koreya: Poytaxt Seulda Navoiyning byusti oʻrnatilgan. 8. Qozogʻiston: Ostona shahrida Navoiy haykali joylashtirilgan. 9. Belarus: Minskda buyuk shoirning yodgorligi mavjud. 10. Rossiya: Moskva shahrida Navoiy haykali mavjud. 11. Ozarbayjonning Boku 12. Turkmanistonning Ashxobod 13. Afgʻonistonning Mozori-Sharif va Hirot 14. Qirg’izistonnig O’sh shahrida 15. Vengriya davlati Lakitelek shahrida Navoiy haykali mavjud. Balki bu ro’yxatga kirmagan, lekin siz biladigan monumentlar bo’lsa, izohlar qismida qoldirishingiz mumkin. @Uzbekxonim
Hashtags
Gepostet 31. Jan.
“Yangi Oʻzbekiston” universitetida 2026/27 o‘quv yili uchun bakalavriat qabuli boshlandi “Yangi Oʻzbekiston” universiteti - O‘zbekistonning ilg'or davlat universiteti, ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarni uyg‘un rivojlantirishga yo‘naltirilgan oliy ta’lim muassasasi. 🔹 80 dan ortiq yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar 🔹 Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va texnologik rivojlanishga kuchli e’tibor 🔹 Har yili 100 dan ortiq talabalar xalqaro akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etadi 🔹 Yetakchi global universitetlar va ilmiy markazlar bilan strategik hamkorliklar Qabul tartibi, ta’lim yo‘nalishlari va hujjat topshirish jarayoni bo‘yicha to‘liq ma’lumot rasmiy veb-saytda taqdim etilgan. Ro‘yxatdan o‘ting va ariza topshiring: https://newuu.uz/admissions ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Gepostet 31. Dez.
#sarhisob 2025-yil yutuqlarga, tajribalarga, o’rganishlarga, yangi bilimlarga, sinovlarga boy yil bo’ldi. Ham kasbiy, ham ilmiy faoliyatda yangi marralarni zabt etdim, oilam bilan ko’proq birgalikda vaqt o’tkaza oldim. Avvalo yil O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasiga a’zo bo’lishim bilan boshlangan bo’lsa, yil oxirigacha bu kabi mukofotlar soni 3 taga yetdi. Xalqaro Ogahiyshunoslar Kengashi tavsiyasi bilan “Ogahiy” ko’krak nishonini shoir va tarjimon tug’ilgan kunida – 17-dekabrda qabul qilib olgan bo’lsam, kuni kecha Sport vazirligi tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” nishoni bilan taqdirlandim. Amerika Qo’shma Shtatlariga “Raqamli avlod qizlari” tanlovining g’olib qizlari bilan birga ta’lim sayohatiga borgan bo’lsam, noyabr oyida sharqshunos olim Yuri Bregel tavalludining 100 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro simpoziumda ishtirok etish uchun Indiana universitetida bo’lib qaytdim. Bir guruh olimlar bilan birga “Ayol. Tarix. Tamaddun” kitob-albomi ustida birga ishladik. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining bugungi kunda eng dolzarb loyihalaridan biri hisoblangan “Kelajak soati” da ozmi-ko’pmi mehnat qildik. 2025-yilda shaxsiy brend ustida ishlash yo’lida ilk qadamni qo’ydim — Instagram ijtimoiy tarmog’ida tariximizga, ta’limimizga oid kontentlar bera boshladim. Bir qancha podkastlarda ishtirok etdim. Ularning orasida eng esda qolarlisi albatta o’zbek metsenati — Jo’raqori Bo’tako’z bilan birga “Hoshiya” podkastidagi chiqishimiz bo’ldi. Bu albatta shaxsiy yutuqlar. Ammo universitetimiz talabalarining yutuqlari men uchun eng qadrli, ahamiyatli bo’ldi. Mart oyida magistr talabamiz Ummatoy Yo’ldosheva Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Aprelda talabalarimiz Zohida, Umida va Sevinch o’z loyihalari bilan “Raqamli avlod qizlari” tanlovida g’olib bo’lib, ta’lim sayohatida bo’lib qaytishdi. Sayohatdan so’ng “Yoshlar kuni”da Prezidentimiz Shavkat Miromonovich bilan uchrashishdi. Aynan shu kuni 2-kurs talabamiz Alibek Umirboyev “Mard o’g’lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. “Hogwarts” maktabi faol tashkilotchilardan biri Nargis Xolmamatova Qozog’istonda Nazarbayev universitetida suv tozalash loyihasi bilan taqdimot qildi. May oyida “Uzcansat” tanlovida talabalarimiz 1-o’rinnni qo’lga kiritdi, o’zlarining mini-sputniklarini uchirishdi. 4-kurs talabamiz Fyodor Amanov Unesco tomonidan Quantum 100 – kvant fizikasi bilan shug’ullanadigan 100 nafar tadqiqotchi safiga Markaziy Osiyodan yagona vakil bo’lib kirdi. Bu kabi yutuqlarni yana davomiy sanashimiz mumkin. Umuman olganda, yil barakali, omadli keldi. Tilaymanki, yangi 2026-yil ham barchamizga muvaffaqiyatga boy, xotirjamlik va sihat-salomatlik yili bo’lsin. @Uzbekxonim
Hashtags
Gepostet 30. Dez.
Bugun men uchun nihoyatda muhim, unutilmas kun boʻldi. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda 13.00.07 – Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’lim tashkilotlarida zamonaviy boshqaruv tizimini rivojlantirishning metodologik jarayonlari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini himoya qildim. Albatta, ilmiy kengash a’zolari, soha mutaxassislari yonida turib ishni himoya qilish, savollarga javob berish barcha tadqiqotchilar uchun birdek sharafli va shu bilan birga hayajonli holat. Men fursatdan foydalanib mamlakatimizda ayol rahbarlar, ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlayotgan davlatimiz rahbariga, ustozlarim, oila a’zolarim, yaqinlarimga minnatdorlik bildiraman. @hilola_umarova
Gepostet 29. Dez.
Ertalabdan juda noxush xabar… Bu xola Chorsu bozorida kitobdan qal’a yasab olib ichida oʻtirardi. Uning shu qal’asini buzishmoqchi, joyidan ketkazishmoqchi ekan. Sabablarini bilmayman. Lekin shu xola buncha kitob bilan qayga borishni, qanday koʻchishni bilmayapti ekan. Kitoblarimni sotib olinglar debdilar. Menimcha, faoliyatini ham tugatishga qaror qilgan. Zoʻr narxda, yaxshi kitoblari koʻp boʻlardi. Imkon qilsalaring borib keragicha sotib olinglar. Imkoni boricha bu postni kitobxon davralarga ulashinglar. Ziyoli odamlar birlashib shu xolaga yordam qilaylik, kitoblaridan sotib olib mushkulini yengillataylik… Manzillarini aniq bilmaydiganlar uchun yandex havola: https://yandex.uz/maps/org/32304263674?si=2ubcwh99fb9jhzkypf41jr4nb4 Bu xolani oʻzi koʻpchilik kitobxonlar yaxshi tanisa ham kerak. Men 2016-yillardan beri bilaman. Yoʻlim tushganda kitoblar olib turardim. Anchagina noyob kitoblarimni shu xoladan olganman. Gʻamgin ovozlaridan, koʻz yosh toʻkkanlaridan boshqacha ta’sirlanib ketdim… ➡️@qora_yigit
Gepostet 25. Dez.
Jonli videochat: “Kelajak soati” loyihasi sarhisobi Ayni paytda “Kelajak soati” loyihasi doirasida videochat boshlanmoqda. Videochatda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Nodir Qosimov ishtirok etadi. Moderator: “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori Hilola Nazirova. Videochat davomida bog‘cha, maktab va OTMlarda yo‘lga qo‘yilgan “Kelajak soati” darslari, shu kungacha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilinadi. Videochatni Telegramda jonli efirda tomosha qiling. Telegramda ko’rish Instagramda ko’rish Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Gepostet 24. Dez.
“Kelajak soati”da audiochat! Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi Nodir Qosimov ishtirok etadi. Moderator: “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori Hilola Nazirova. Audiochatda bogʻcha, maktab va OTMlarda yoʻlga qoʻyilgan Kelajak soati darslari, qilingan ishlar va kelgusi rejalar haqida suhbatlashamiz. Hurmatli pedagoglar, oʻquvchi, talaba, ta’lim sohasi vakillari, muloqotimiz barcha uchun ochiq! Unda siz bemalol mehmonlarimizdan mavzu boʻyicha oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin. Audiochat 25-dekabr, payshanba kuni soat 19:00da boʻlib oʻtadi. Savollarni @KelajakSoati_murojaat_bot manziliga yuborishingiz mumkin. Kelajak soati boʻyicha savol va takliflaringiz boʻlsa, albatta, muloqotimizda ishtirok eting! Har bir taklif, fikr biz uchun qadrli! Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Gepostet 21. Dez.
#qizlarda_kuch Ba’zan qilinayotgan ishlarning samarasini darhol ko‘rmaymiz. Ammo bugun shunday xushxabar keldiki, bu mehnatlarning bejiz emasligini yana bir bor his qildik. Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Harvard universitetiga 4 yilga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi. Bu – nafaqat shaxsiy yutuq, balki O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy samarasidir. Dilafro’zni “Raqamli avlod qizlari” tanlovida “Eco-help” loyihasi bilan eslab qolgandim. Organik chiqindidan bioyoqilg’i olish g’oyasi bilan ishtirok etgan edi. U shuningdek universitetimiz qoshida tashkil etilgan Hogwarts Summer Research Camp doirasida ketma-ket bir necha mavsum davomida ilmiy izlanishlar olib borgan, loyihalar ishlab chiqqan. Dilafro‘zning yutug‘i yana bir muhim haqiqatni isbotlaydi – qiz bolaga imkon berilsa, u nafaqat oilasi, balki butun jamiyat kelajagi uchun sarmoyaga aylanadi. Bugun u Harvard sari yo‘l olmoqda, ertaga esa ilm, fan va innovatsiya orqali yurtimiz nomini yanada yuksaklarga olib chiqishiga ishonamiz. @Uzbekxonim
Hashtags
Gepostet 15. Dez.
#kelajaksoati O’zbekiston ta’lim tizimidagi yangi loyihalardan biri hisoblangan – “Kelajak soati”ning navbatdagi jadidlar mavzusiga bag’ishlangan darsini Mirobod tumanidagi maktablardan birida o’tdim. “Kelajak soati”da biz yoshlarga kelgusida kerak bo’ladigan muhim bilimlar, zamonaviy kasblar, yumshoq xislarlar (soft skills) ni rivojlantirish, Yangi O’zbekiston g’oyasining asosiy jihatlarini xilma-xil va interaktiv uslubda o’rgatishga harakat qilamiz. Biroq Abdulla Qodiriy aytganidek, “Moziyga qarab ish ko’rmoq – xayrlidir”. Shu jihatdan ham ushbu loyihadagi aksariyat darslarda tariximizga ham yetarlicha o’rin, urg’u berilgan. O’ylaymanki, bu darslar orqali o’quvchilar kelajakda kim bo’lishlari kerakligini yanada teranroq anglashadi. To’g’risi, tarix o’zimning soham bo’lishiga qaramay, jadidlar mavzusini o’tayotganimda hayajonlandim. Sababi, birinchidan bu “Kelajak soati” loyihasining ilk namunaviy darsi edi. Ikkinchidan esa jadidlar haqida ko’proq yuqori sinf o’quvchilari yoki oliy ta’lim talabalari xabardor bo’lsa, bu safar men 7-sinf o’quvchilarini tanladim. Chunki bu sinf bolalari aynan bolalik va o’smirlik davrlari oralig’ida turgani, yangi bilimga ko’proq chanqoq bo’lgani, ularga jadidlar mavzusi o’zgachaligi qatorida, ularning nimalar o’ylashi men uchun ham qiziq edi. Lekin shunga qaramay, kelajak orzulari shakllanadigan bu yoshda jadidlar mavzusining o’tilishi o’qituvchi uchun qancha hayajonli bo’lmasin, bolalarning qalbiga vatanparvarlik, moziyga qiziqish va kelajakda bobolaridek ziyoli bo’lishga intilish istagining urug’lari qadalishiga sabab bo’ladi. “Kelajak soati” ana shunday murakkab va tarixiy mavzularni ham zamonaviy, bolalarbop va qiziqarli tarzda yetkazib berayotganidan mamnun bo’ldim. Darsning to’lig’i – https://youtu.be/ceaMbMKDhGs @Uzbekxonim
Hashtags
Gepostet 6. Dez.
#kitobxonlik Kecha “O’zbekiston tavalludi”, “Turkistonda Jadidchilik” kitoblari muallifi, tarixchi olim Adib Xolid bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Olim bilan ilk uchrashuvimiz 2017-yil martida bo’lgandi. U vaqtlar uchrashuvda qatnashishning o’zi ham sanoqli kitobxonlarga nasib etardi. Esimda, Milliy kutubxonada bo’lgan uchrashuvga kira olmay Kitob olami do’konidagi tadbirda qatnashgandik. Oradan 8 yil o’tgan ekan, nimalar o’zgargan? Men birinchi sezgan farq – kitobxonlar auditoriyasining dadilligi va dunyoqarashi kutganimdan-da kengligi. Yig’ilishga aynan tarixchi olim asarlari bilan tanishgan, o’qigan, izlangan auditoriya yig’ilibdi. Biz jadidlarni faqatgina adabiyot vakili yo ma’rifatparvar sifatida emas, balki mustabid tuzumiga qarshi kurashgan, o’zbek xalqi shakllanishida asosiy qahramonlar sifatida bilamiz. Biroq shu bilan birga ularni ilohiylashtirmasdan, jadidlarning ham xato-kamchiliklari bo’lganini, Turkistondagi jadidchilik oqimini faqat bir hudud doirasida emas, balki mintaqa, musulmon hamda global davlatlar miqyosida o’rganishimiz lozimligini Adib Xolid ham ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, bugungi zamonaga jadidlar kerakmi, degan savolga, jadidlar aynan mustabidga qarshi turuvchi ziyolilar hisoblangani, ya’ni ziyoli, ma’rifatparvar bo’lishning o’zi kishini jadid ekanligini anglatmasligini, bugungi kontekst esa umuman boshqa muhit ekanini muallif ta’kidlab o’tib, javob berdi. “Turkistonda jadidchilik” kitobi ilk bor 1998-yil nashr etilgan. Dastlab asar muallifning PhD tadqiqoti bo’lgan, shuning uchun ham balki alohida e’tibor bilan ishlangandir. Mana oradan 27 yil o’tib o’zbek tiliga tarjima qilindi. Adib Xolidning ta’kidlashicha, agar asar yozilgan vaqtidayoq o’zbek tiliga tarjima qilinganda bugungi kunga kelib katta o’zgarishlar bo’lmagan bo’lardi. Sababi kitob yozilishida manbalar bilan takror-takror ishlangan, akademik ishonchliligi ta’minlangan. Bugungi uchrashuvdan so’ng xayolimga kelgan ilk xulosam — rivojlanish, Renessans qachon sodir bo’ladi, qachonki erkinlik, aynan ilmga mustaqillik va rag’bat bo’lsa, yuz beradi. Agar biz haqiqatan ham akademik erkinlik ta’minlangan jamiyatni qurishni xohlasak, kitob mualliflari, tarjimonlari bilan ochiq suhbatlar tashkil etishni ko’paytirishimiz kerakligiga yana bir bor amin bo’ldim. Ana shunday uchrashuvni tashkil etgan “1000 Kitob” jamoasi va taklif uchun Yoshlar ishlari agentligi direktorining davlat tili bo’yicha maslahatchisi Saida Rashidovaga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. *suratda Adib Xolid, tarixchi olim Jamshid Adilov va kamina 8 yillik farq bilan @Uzbekxonim
Hashtags
Gepostet 4. Dez.
O‘zbek tili sertifikati bo‘yicha aprobatsiya imtihoni o‘tkazildi Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish hamda uni xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish ishlariga alohida e’tibor berilmoqda. Davlatimiz rahbari soha mas’ullari oldiga o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasi bo‘yicha malaka sertifikatiga ega bo‘lish imkoniyatini yaratish vazifasini qoʻygan edi. Ayni shu kunlarda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonining baholash mezonlari, topshiriqlar formati masalalari, umuman, imtihon uchun ishlab chiqilgan “Uzbek language proficiency test” – “Oʻzbek tili bo‘yicha bilim darajasi testi” platformasining ishlash mexanizmini tekshirib ko‘rish maqsadida aprobatsiya sinovlari o‘tkazilmoqda. Imtihon xalqaro CEFR mezonlari asosida 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) bo‘yicha o‘zbek tilini bilishning A1, A2 va B1 darajalarini qamrab olgan holda elektron shaklda tashkil etildi. Aprobatsiya jarayonida jami 379 nafar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etdi. Natijalar tahliliga ko‘ra, imtihon topshiriqlari mazmuni va formati, baholash mezonlari, imtihon davomiyligi hamda platforma funksional imkoniyatlari qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtiriladi. Tilshunoslar, soha mutaxassislari, ziyolilar, pedagoglardan oʻz takliflarini bildirishi, jarayonda faol ishtirok etishini kutamiz. Buning uchun (95) 515-68-68 raqamlari yoki Agentlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga murojaat qilishingiz mumkin. @hilola_umarova