TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
Oʻzbekoyim avatar

TGINSIGHT CHAT

Oʻzbekoyim

@Uzbekxonim

Bildung

“Yangi O’zbekiston” universiteti prorektori, PhD, dotsent Hilola Nazirovaning shaxsiy kanali

Abonnenten355Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge451Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite7,056Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 9 von 38 · 451 Beiträge

Gepostet 22. Sept.

#podkast Bilishimcha, ko’pchilik dam olish kunlari uchun podkast tomosha qilishni rejalashtirib qo’yadi. Sizlar uchun bu safar ancha avval Gazeta.uz ga bergan intervyumni olib keldim. Mavzu esa an’anaviy: kitob, kitobxonlik, asar tavsiyasi. Lekin hammaning talqini turlicha ekan, mening tasavvurimdagi kitobxonlik sifatlari qisman shu intervyuga muhrlangan. Bunda davlat xodimasi emas, balki oddiy o’zbek olimasi, o’zbek ayoli Hilolaning bugungi adabiy jarayon, yangi nashr etilayotgan asarlar va yoshlarga kitob tavsiyasi mavzularidagi fikrlarini tinglaysiz. Ajab emas, siz eshitmagan kitoblar haqida gapirilgan bo’lsa-yu, unga qiziqib qolsangiz va intervyu kitob o’qishingizga sababchi bo’lsa. Shunday ekan, yakshanba oqshomingiz xayrli o’tsin. @Uzbekxonim https://youtu.be/1qEna_gEjhw?si=1Xs_t6cq7ejvoq7q

471 views

Hashtags

Gepostet 16. Sept.

Sifatli ta'lim va eng qiziqarli talabalik hayoti faqat “Yangi Oʻzbekiston” universitetida 💥 Yana bir oʻquv haftasi faol tarzda boshlandi. Universitetning har bir qismida oʻzgacha muhit hukm surmoqda. Kimdir darsdan bo'sh vaqtida kitob oʻqisa, boshqasi rasm chizish yoki mahorat darslarida soha mutaxassislaridan yangi bilimlar egallash bilan band. 🎗Talabalarning oltin davri har tomonlama qizg'in o'tayotganidan mamnunmiz. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #studentlife#oneday#newuu ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

452 views

Gepostet 16. Sept.

#kundaliklarimdan Bugungi kun tarixi, avvalo Xondamir Qodiriy ustoz bilan Nurali Qobul ustoznikiga bordik. Yoʻl-yoʻlakay Xondamir aka: “Hilolaxon, Nurali akaning oʻzlari chiqargan 10 jildlik roman-pamfletni qanaqa qilib boʻlsa ham olib oʻqishingiz kerak dedilar. “Albatta, 10 ta jildni sotib olaman”, dedim. Va qoʻshib qoʻydim – “Kitobga hech qachon pulimni ayamaganman”, deb. Ammo bu safar kitoblarni Nurali Qobil ustozning o’zlari hadya qildilar. Kitobni o’z muallifidan olish, olganda ham ularning dastxatli bo’lishi, shubhasiz, barcha kitobxonga zavqli va yoqimlidir. Universitetda esa Art clubning shopperlarga chizish mashqi boʻlayotgan edi, shopperga 16 ta turkiy imperiyaning bayroqlarini chizdim, keyin Google developer klubining mehmoni Azimjon Poʻlatovning ma’ruzasida qatnashdim. Uyga kelib esa, Nurali aka ustozning dasxatlaridan koʻnglim juda shod boʻldi, inshaalloh shunday boʻlsin🤲 @Uzbekxonim

366 views

Gepostet 15. Sept.

#universitet_hayoti Bugun Chinni bozor yaqinidagi katta ariqni universitetimiz talabalari va ekofaol O’rikguli (Mo’tabar Xushvaqtova) bilan birga tozalash ishlarini olib bordik. Bu hashar mutlaqo volontyorlik asosida tashkil etilgan bo’lib, talabalarimizdan bunday tashabbusni eshitib xursand bo’lib, o’zim ham qatnashishga qaror qilgandim. Bugun kun bo’yi ana shu hasharda bo’ldim. Lekin vaqtimni ketgazganimdan roziman. Hashar bahona talabalarga hozirgi kunda ularning tilida “networking” deyiladigan holatning aslida toza o’zbekchilik ekanini ko’rsatish imkoni ham tug’ildi. Shu yaqin atrofdagi bozorda savdo qiladigan jiyanlarimdan bir og’iz yordam so’raganimizda, maxsustrans xodimlari kelguncha 1 blok suv, 8 ta haskash va tushlik ovqatimizni muhayyo qilishdi. Butun boshli Toshkentning qaysidir burchagida bir kichik ariqni jamoa bo’lib tozalaganimiz balki boshqalar ko’ziga arzimas bo’lib ko’rinar, lekin bu biz uchun katta voqea. Ayniqsa, talabalarimizga kuchli signal bo’ldi, deya olaman. @Uzbekxonim

371 views

Gepostet 12. Sept.

🎉📚 Congratulations to Our University Champions in the "80 Days of Books" Marathon!** 📚🎉 We are happy to announce the outstanding achievements of our team in the "80 Days of Books" marathon, organized in collaboration with the Republican Spirituality and Enlightenment Center and Oyina.uz. Over 36,026 participants took part in this inspiring literary journey, with readers exploring works such as “Turkiston qayg‘usi”, “Atom odatlar”, “Lolazor”, “Qora kitob”, “Alpomish” dostoni va “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”. ✨Special Recognition✨ Hilola Nazirova, Vice-Rector for Youth and Spiritual Education Affairs, and Nigora Askaraliyeva, a leading specialist of the Student Affairs Department, were among the top 20 winners! 🎉 📖✨This achievement highlights that the promotion of literacy begins with us. Let’s continue to inspire each other to read, learn, and grow. Together, we can build a brighter future!

336 views

Gepostet 11. Sept.

#new_Uzbekistan_university 🤩Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Maʼlumot oʻrnida, mazkur universitetda bugungi kunda tahsil olayotgan talabalar soni 1 105 nafar boʻlib, shundan 233 nafarini qizlar tashkil etadi. 276 o‘ringa moʻljallangan ushbu talabalar turar joyida hozirda istiqomat qilayotgan 198 nafar talabaning 107 nafari qizlardan iborat. Telegram |Facebook | Instagram | YouTube

325 views

Gepostet 9. Sept.

#universitet Bugun Xalqaro Informatika olimpiadasida sovrindor bo’lgan talabamiz Mardon Xazratovni Toshkent xalqaro aeroportida kutib oldik. Ko’pchilikning e’tibori Parijdagi yozgi olimpiadalarda bo’lgan bir vaqtda yoshlarimiz ilm-fanda ham birdek iqtidorli ekanliklarini bot-bot isbotlashgani ma’lum. Misrda 90 dan ziyod davlat vakillari ishtirokida oʻtkazilgan 36-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2024) da Oʻzbekiston terma jamoasi sovrinli o’rinni egalladi. "Yangi Oʻzbekiston" universitetining ikki nafar talabasi ushbu olimpiadada ishtirok etib, talabamiz Mardon Hazratovbronza medalini qoʻlga kiritdi. Mardon Navoiy shahri markazidan yana 2 soatlik yo’l uzoqlikdagi chekka Katta-Ej qishlog’idan, katta soy degan ma’noni anglatarkan. Onasi bilan suhbat qurganimizda katta o’g’li Moskvada universitet talabasi ekani, Mardon yoshligidan turli olimpiadalarda qatnashganini gapirib berdi. Sodda va xokisor insonlarning farzandlari xalqaro maydonga chiqayotgani avvalo oiladagi qo’llab-quvvatlovga, ishonchga bog’liq. Hatto bir safar akasi Mardonga “Baribir kim yutishi aniq, joyingni koyitib musobaqalarda qatnashib nima qilasan?”, deb ham aytgan ekan. Navoiylik yigitning hech qanday tanish-bilishsiz, adolatli va shaffof yo’l bilan xalqaro shohsupadan o’rin olgani bugungi sharoit va imkoniyatlarni ko’rsatib beradi. *oxirgi suratda Katta-Ej qishlog’i @Uzbekxonim

3,080 views

Hashtags

Gepostet 8. Sept.

#xon_atlas O’zimizning milliy kiyimlar doim yoqib kelgan, har bir obrazimga milliylikka xos detallarni qo’shishga harakat qilaman. 9-14 sentyabr kunlari butun respublikamiz bo’ylab an’anaviy “Xon atlas” chellenji bo’lib o’tadi. “Yangi O’zbekiston” universiteti esa bu chellenjni allaqachon boshlab yuborgan. Bu safar universitet xodima ayollarimiz marrani boshlab berishdi, ertadan estafeta tayoqchasi talaba qizlarimizga beriladi. Yoqimli tarafi, bu milliy kiyimlarimizga chet ellik professorlar mahliyo bo’lishib, suratga tushayotganimizda “You are look beautiful, Mashaallah” deb o’tib ketganlar ham bo’ldi. May oyida Ozarbayjonga olimpiada uchun o’quvchilarni yuborgandim. Tashkilotchilar ham taklif, ham iltimos sifatida milliy kiyim va bayroqlarni olib kelishni tavsiya etishgandi. Qizlarimiz chet el olimpiadasida milliy libosni kiyish erish deb qabul qilishdi, rost. Lekin milliy liboslarimizning ahamiyatini ular aynan o’sha yerda his qilishibdi. Olimpiada 3 kun davom etgan bo’lsa, shu vaqt davomida biror marta adrassiz yurmaganini ko’zlari yonib aytib berishgandi qizlar. Umuman olganda, milliyligimiz bilan qancha faxrlansak, shuncha oz! @Uzbekxonim

321 views

Hashtags

Gepostet 6. Sept.

#charchaganlik_haqida_layfhak Oʻta charchagan ayolni ilgʻash qiyin emas, mashina kalitini sumkasidan ikki-uch minut atrofida qidiradi, stol ustini yana bir aylanib chiqadi, lekin topa olmaydi, kalit esa chap qoʻlida boʻladi. Buni anglaganidan xursand boʻlib ketadi, biroz oʻzini koyiydi, shunaqa ham anqov boʻladimi deb😅. Keyin xonadan chiqib, xona eshigini qulflamoqchi boʻlganida, aslida mashinani emas, eshik kalitini qidirganini eslaydi. Keyin yana xonaga qaytib kirib, yaxshilab razm soladi, stol ustini, telefonning yon-atrofini, keyin yana sumkaning uch-toʻrt choʻntaklarini va oxiri ikkala kalitni almashtirib qoʻymasdan toʻgʻri ishlatish uchun, birisini chap qoʻlga, ikkinchisini oʻng qoʻlga olib, xonadan chiqib ketadi… @Uzbekxonim

291 views

Gepostet 4. Sept.

#maktab Bugun respublikamizdagi barcha maktablarda “Birinchi qo’ng’iroq” tadbiri bo’lib o’tdi. “Bilimlar kuni” – maktabga ilk bora qadam bosayotgan jajji bolalar ko’zlarining yonib turishi, ich-ichidan toshib kelayotgan qiziqish, ustozlarning 3 oylik ta’tilidan keyin sog’inib kutganlari, sinfdoshlarini ko’rishga oshiqqan yuqori sinflar – bularning barchasi ana shu kun hayajonlaridir. Shu fursatdan foydalanib, men ham o’zim o’qigan Yashnobod tumani 216-sonli maktabga “Birinchi qo’ng’iroq” tadbirini ko’rish, so’ngra yuqori sinf o’quvchilariga “Mustaqillik soati” darsini o’tishga bordim. Maktabim men o’qigan davrda ijtimoiy-gumanitar yo’nalishga, asosan, tarix fanini kuchaytirib o’qitilishga qaratilgan edi. Hozir bunday maxsus ixtisoslik yo’q. Bu yil OTMga kirishda 55 bitiruvchiga o’rtacha 75.7 ball to’g’ri kelmoqda. Suhbatda asosan 9-10 sinf o’quvchilari ishtirok etgani uchun ular bilan imtihonlarda to’plangan ballning ahamiyati, DTM diagnostik testlari, universitet hayoti, soha tanlash mas’uliyati mavzularida gaplashdik. Umuman olganda, suhbat ham o’zimga, ham o’quv yilini endi boshlayotgan o’quvchilarga foydali va manfaatli bo’ldi, deb o’ylayman. Sababi o’quvchilar bilan suhbatdan so’ng bu yilgi kirish imtihonlari natijasiga ko’ra kuchli 10 talikka kirishlarida o’quvchilar, ularga o’qib-o’rganishda qo’limdan kelgancha yordam berishda men – bir-birimizga va’da berdik. Jonajon maktabimning har bir o’quvchisi men uchun qadrli! Yangi o’quv yilining birinchi kuni barchaga muborak bo’lsin! @Uzbekxonim

287 views

Hashtags

Gepostet 1. Sept.

#bayram Bugun yurtimiz tarixidagi eng muhim kunlardan biri – O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga 33 yil to’ldi. Ushbu bayram bilan barchani chin dildan tabriklayman. Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida direktor bo’lib ishlagan vaqtimda, o’quvchilarimiz nafaqat badiiy ijodda, balki turli sohalarda iste’dodlarini sayqallashlariga guvoh bo’lgandim. Yuqoridagi rasm ham ana shunday iste’dodli o’quvchilarimizdan biri Qahramonova Amina qalamiga mansub. Rasmni ilk bora ko’rganimda, xayolimga kelgan ma’no – shaxs mustaqilligi bo’lgan. Odamlarining huquqi, fikrlash tarzi, hayoti mustaqil bo’lgan davlat ham o’z-o’zidan ozod va obod bo’ladi. Aminaning rasmi esa kuni kecha bayram tantanalarida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning: "Men hurmatli ota-onalarga qarata aytmoqchiman: qizlaringizni o‘qiting, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishlarida ularga ko‘makchi bo‘ling! Ulug‘larimiz aytganlaridek, o‘g‘il bolani o‘qitsak, bir kishi savodli bo‘ladi. Qiz bolani o‘qitsak, butun oila, butun jamiyat bilimli bo‘ladi!”, degan so’zlarining yaqqol tasviridek tuyuldi. Men ushbu fikrlarga qo’shimcha qilmoqchimanki, shaxsiy hayot tajribamga ko’ra qizlarni o’qitish nafaqat ularning ota-onasiga, balki ikkinchi oila muhiti – qaynota-qaynona, turmush o’rtog’ining qo’llab-quvvatloviga ham bog’liq. Parij – 2024 Yozgi olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorovaning hayotiy hikoyasi ham bunga dalil bo’la oladi. Yonib kelayotgan, o’qib-o’rganishga chanqoq qizlarning ko’pchiligi turmush qurganidan keyin so’lib qoladi. Agar qizlarimiz mustaqil fikrli, mas’uliyatni his qiladigan, o’z orzulari ortidan qadamma-qadam yuradigan bo’lsa, ularni hech bir kuch to’xtatib qolmaydi. Qizlarimizning o’qishi uchun yaratib berilayotgan shart-sharoit juda kamdan-kam davlatda uchraydi. Keyingi masala bo’lib ularni ichki tarafdan, ya’ni oila muhitidan turib qo’llash, motivatsiya berish qolmoqda xolos. Bobolarimizning azaliy orzusi mustaqil O’zbekistonni ko’rish, unda yashash bo’lgan va bu orzu uchun kurashdan, harakatdan to’xtashmagan. Fikrimcha, asl mustaqillik – orzuyingdan voz kechmay unga tomon matonat bilan intilish va erishishdir! @Uzbekxonim

437 views

Hashtags

Gepostet 29. Aug.

#ijtimoiy Kecha 28-avgust kuni “Milliy tiklanish” partiyasi Markaziy kengashida “Qadriyatlar va Yangi O’zbekiston orzusi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu suhbatda men ham o’z fikrlarim, qarashlarim bilan ishtirok etdim. Asosiy fikrlarim Yangi O’zbekiston fenomeni mavzusida bo’ldi. Bundan tashqari davra suhbatida milliy qadriyatlar va ularning jamiyatdagi o’rni, mustaqil davlatning rivojlanish yo’lida milliy o’zlikni anglash va mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Suhbatda yoshlardan biri Xitoyda yashab kelgani, u yerda davlatni rivojlantirishga kattadan tortib kichikka qadar barcha chin dildan harakat qilishi, Xitoy 2049-yilgacha o’zining rivojlanish strategiyasida har sohada dunyoning 1-raqamli davlati bo’lish maqsadi yotishini aytdi. Bizda buni qanday amalga oshirsa bo’ladi, deya savolini yakunladi. Xayolimga kelgan birinchi so’z vatanparvarlik bo’ldi. Qaysiki xalqda vatanparvarlik hissi kuchli, chuqur bo’lsa, uning yuksalishi ham tez bo’ladi, nazarimda. Oddiy yo’l xavfsizligini olaylik. Haydovchilar radar bo’lgani uchun tezlikni kamaytirishadi, inspektor turgani uchun xavfsizlik kamarini taqishadi. Yo’l ta’miri ham oxiriga kelganda chala yakunlanadi-qoladi. Buni oxiriga yetmagan asfalt, yo’l ajratuvchi chiziqlarda ko’rish mumkin. Nega haydovchilar aynan qo’rquv ortidan, jarimaga tushmaslik sababi ortidan qoidaga rioya etishadi? Avvalo o’z jonining xavfsizligi birinchi o’rinda bo’lishi kerakmasmi? Agar shahar markazidamas, chekka manzillarda ulov haydashsa, kuzatuv kameralari yo’qligi ularning bemalol istalgan tezligida yurishiga sabab bo’ladimi? Vatanparvarlik ham aslida shunday. Biron taqiqdan qo’rqqaningiz, yo noningiz shuning ortidan kelayotgani uchunmas, aynan o’zingiz uchun kuyinishingiz, harakat qilishingizdir. O’zingizdan boshlangan harakat bevosita Vatan taraqqiyotiga ham hissa qo’shadi. Buning uchun yurak yonib tursa bas. Uchrashuv haqida batafsil partiya ijtimoiy tarmoqlaridan bilishingiz mumkin. @Uzbekxonim

319 views

Hashtags

12•••7891011•••20•••30•••3738