TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
Oʻzbekoyim avatar

TGINSIGHT CHAT

Oʻzbekoyim

@Uzbekxonim

Bildung

“Yangi O’zbekiston” universiteti prorektori, PhD, dotsent Hilola Nazirovaning shaxsiy kanali

Abonnenten355Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge451Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite7,342Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 10 von 38 · 451 Beiträge

Gepostet 27. Aug.

#ilm_fan Sun’iy intellekt har bir sohaga kirib bormoqda, hatto ba’zilarida mustahkam o’rin egallab ulgurdi. Yaqinda UzA da Sobira Xoldorova sharafiga nomlangan sun’iy intellekt muxbiri barchaning e’tiborini tortdi. Kimdir bu narsadan qattiq xavotirga tushadi, kimdir quvonadi. Ana endi sun’iy intellekt manbashunoslik va matnshunoslik sohasiga ham qadam bosyapti. ”Usmoniy yozuvidagi matnlar sun’iy intellekt yordamida 30 xil tilga tarjima qilinadi”, deya xabar beryapti turkiyalik olim, Dr. Ali Ehson Chag’lar. Usmoniy yozuvidagi matnlarni zamonaviy turk tiliga tarjima qilish uchun sun’iy intellekt tomonidan qo’llab-quvvatlangan yechim ishlab chiqildi. “Translate” loyihasi Usmonli matnlarini 30 xil tilga hamda zamonaviy turk tiliga tarjima qilishi mumkin. Matnlarni transliteratsiya qiluvchi sayt – https://transleyt.com/ @Uzbekxonim

289 views

Hashtags

Gepostet 25. Aug.

14-15 avgust kunlari “Sen kuchlisan” loyihasining 1 yilligi munosabati bilan gematologik va onkologik kasalliklariga qarshi kurashayotgan bolajonlar chizgan rasmlar ko’rgazmasi Abror Zohidov tashabbusi bilan tashkil etilgan edi. Ko’rgazmaning ikkinchi kuniga borishga ulgurdim. Meni hayron qoldirgan jihati, rasmlarning aksariyatida O’zbekiston va Turkiya do’stligini aks ettirgan tasvirlarning ko’pligi edi. Keyin shifokorlar xastalikning og’ir bosqichida bo’lgan bolalar operatsiya yo maxsus davolanish uchun Turkiyaga jo’natilishini aytishdi. Bir qancha rasmlardan jamoamiz bilan xarid qildik. 21-avgust kuni universitetimizga Turkiyaning Najmiddin Erbakan universiteti vakillari tashrif buyurishganida ularga ana shu ko’rgazmadan xarid qilingan bir qancha rasmlarni sovg’a qildik. Suratlar tarixini eshitishganda turk qardoshlarimiz juda ta’sirlandi, bolajonlarimizga shifo tilashdi. @Uzbekxonim

321 views

Gepostet 24. Aug.

#universitet_hayoti New Uzbekistan University - “Yangi O'zbekiston”universitetida tanishtiruv haftaligining yopilish marosimiga yangi oʻquv yiliga motivatsiya berish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiev rahbarlarimiz tashrif buyurishdi. Bundan talabalarning koʻngli juda shod boʻldi. Ayniqsa Hilola Oʻktamovnaning samimiy nutqlari talabalarga ilhom berdi. Talabalar kengashi prezidentining nutqi va Vazirimizning bizga bildirgan ishonchlari juda muhim. Biz Yangi Oʻzbekistonni bunyod qilishni oldiga maqsad qilgan yoshlarga kamarbastamiz! @Uzbekxonim

290 views

Gepostet 24. Aug.

#kitob O’zbekiston madaniy merosini o’rganish, saqlash va ommalashtirish bo’yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) tomonidan “O’zbekiston madaniy merosi jahon to’plamlarida” loyihasida nashr etilgan 60 jildlik kitobning 10 jildini jamiyat rahbari Firdavs Fridunovich Abduxoliqov “Yangi O’zbekiston” universitetiga sovg’a qildilar. Eng sevimli mashg’ulotlarimdan biri kitob xaridi, kitobni “unpacking” qilishdir. Garchi bu ajoyib kitoblarni o’zim sotib olmagan bo’lsam-da (sotuvda yo’qligi uchun-da), universitetga kelgan kitoblarni “unpacking” qilib ko’rdim. O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi doirasida xuddi shu turkumdagi 60 jildlik kitob-albomlar nashr etildi. Ulardan 15 jilddan ortigʻi Oʻzbekistondagi muzey va kutubxonalar hamda shaxsiy kolleksiyalarga bagʻishlangan. Savitskiy muzeyi, Tarix muzeyi, Sanʼat muzeyi, Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Dekorativ amaliy va xalq amaliy sanʼati muzeyi va boshqa koʻplab kolleksiyalar shular jumlasidandir. Xorijiy to'plamlar bir vaqtning o'zida 16 mamlakatning eng boy kolleksiyalari orqali ifodalanadi, bular: AQSh, Germaniya, Rossiya, Vengriya, Polsha, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va boshqa ko'plab mamlakatlar. Ushbu ko‘p jildli nashr sahifalarida Luvr, Fransiya milliy kutubxonasi, AQSh Kongressi kutubxonasi, Britaniya muzeyi, Hindistonning Xuda Baxsh milliy kutubxonasi, Top Kapi saroyi kutubxonasi, Davlat Ermitaj muzeyi, Tretyakov galereyasi, Miho muzeyi, Berlin etnografik muzeyi va boshqalar kabi jahonga mashhur muzeylarning O‘zbekiston kolleksiyalari joy olgan. Loyiha doirasida to‘plamlari nashr etilgan muzey va kutubxonalardan 200 dan ortiq olim va tadqiqotchilar, kitoblar muallifi bo‘ldi, deydi Woscu sayti. @Uzbekxonim

220 views

Hashtags

Gepostet 22. Aug.

Uzoq vaqtlik tanaffusdan so'ng "O'zbekoyim" o'zanini qayta yuritishga qaror qildim. Avval bu yerda o'zbek ayollarining tarixi, buguni va kelajagi mavzularida postlar yozilardi, ulashilardi. Endi esa bunga qo'shimcha tarzda yangi mavzuda, yangi formatda shaxsiy fikrlar, ilmiy ma'lumotlar, kitob va maqolalardan iqtibos, intervyulardan videolavhalar berib boriladi. Jamiyatga, ta’limga, umuman olganda, o’zbek xalqiga bee’tibor bo’lmagan Hilola Nazirova qarashlari bayon etiladigan kanal. Shu vaqtga qadar birga bo'lganingizdan xursand va yana bir mas'uliyatni qabul qilib olgan holda boshladik! @Uzbekxonim

226 views

Gepostet 5. Juli

8-iyul dushanba kuni soat 18:30 da O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ichkari hovlisida 60- Venetsiya zamonaviy san’at biennalesidagi O‘zbekiston milliy pavilioni qoshidagi “Imkoniyatingni qo‘ldan boy berma” ko‘rgazmasi ijodkorlari bilan jamoatchilik uchun ochiq suhbat bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv doirasida keng jamoatchilik va tarmoq kasbdoshlar uchun taqdimot o‘tkaziladi. “Qizlar” jamoasi rassomlari ko‘rgazma g‘oyasi haqida so‘zlab berib, bosib o‘tgan umr so‘qmoqlari va ilhom manbalari bilan o‘rtoqlashadilar, shuningdek, o‘z izlanishlari va badiiy jarayonlar doir tafsilotlarga oshno qiladilar. “Imkoniyatingni qo‘ldan boy berma” ko‘rgazmasida o‘zbekistonlik xotin-qizlarning muhojirlik sharoitidagi shaxsiy kechinmalari orqali daxldorlik va o‘zlikni anglash mavzulari o‘rganiladi. Pavilion 2024-yil 24-noyabrgacha Venetsiyada omma tashrifi uchun ochiq. Uchrashuv 8-iyul kuni soat 18:30 da O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining hovlisida Taras Shevchenko ko‘chasi, 1-uyda bo‘lib o‘tadi. 📌 Kirish bepul! _ В понедельник, 8 июля в 18:30, во внутреннем дворе Фонда развития культуры и искусства Узбекистана состоится публичный артист-ток с создателями выставки Don’t Miss The Cue («Не пропусти свой выход») в Национальном павильоне Узбекистана 60-й Венецианской биеннале современного искусства. В рамках встречи состоится презентация павильона широкой публике и профессиональному сообществу. Художницы из сообщества Qizlar расскажут о концепции экспозиции, поделятся бэкграундом и источниками своего вдохновения, а также погрузят в подробности собственных исследовательских и художественных процессов. Выставка Don’t Miss The Cue исследует темы принадлежности и идентичности через опыт женщин из Узбекистана в контексте миграции. Павильон открыт для публики до 24 ноября 2024 года в Венеции. Встреча состоится 8 июля в 18:30 во внутреннем дворе Фонда развития культуры и искусства Узбекистана по адресу — ул. Тараса Шевченко, д. 1. 📌 Вход свободный!

365 views

Gepostet 22. Sept.

#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor #ijod_maktabi #ustozlar_kuni ⚡️Agentligimiz tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabidirektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, matnshunos, manbashunos olima, jurnalist va pedagog Hilola Nazirovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin. ➖Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot metodlari bo‘yicha katta ilmiy xodim unvoni sohibi; ➖100 ta ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar, 2 ta monografiya va 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi; ➖ “O‘zbekiston tarixi” telekanalida “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi; ➖The Islamic Manuscript Association (TIMA), The European Society for Central Asian Studies (ESCAS), Central Eurasian Studies Society (CESS) xalqaro tashkilotlarining a’zosi; ➖30 dan ziyod xalqaro konferensiyalar ma’ruzachisi; ➖ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi “Xalqaro Ogahiyshunoslar” kengashining ilmiy kotibi; ➖ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi; ➖"Qo‘ng‘irotlar sulolasi tarixnavisligida Muhammad Rizo Ogahiyning “Zubdat ut-tavorix” asari" mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi; ➖ Sharqshunoslik institutining “Bilimkent" seminari ta’sischisi; ➖"Mustaqillikning 30 yilligi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan. ⏺Wikipedia 🗣Ijod maktabi natijalari: ✅Maktabning 34 nafar bitiruvchisi 100 foizlik natija ko'rsatgan holda test imtihonlaridan o‘tib talaba bo'lishdi. Ularning 3 nafari OTMga kirish imtihonlarida eng yuqori ballarniegallashdi. ✅Ijod maktabining o‘quvchilari 17 ta IELTS, 13 ta CEFR ,1 ta TOPIC, 2 ta SAT kabi Xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

1,080 views

Gepostet 14. Juli

Azizlar, sizlar bilan nihoyat ko'pchilik kutgan maqolani baham ko'rmoqchiman. Do'stim Akbar Idiyev bilan birga Oyina nashriga Shayboniyxonga bo'lgan munosabat va uning O'zbekiston tarixida tutgan o'rni haqida maqola hozirladik va u bugun chop etildi. Sizlarga maroqli mutolaa tilab qolaman va maqolani do'stlaringizga ham ulashing. @ostonovminbari

1,200 views

Gepostet 7. Juli

Assalomu alaykum. Maʼrifat targʻibotiga yordam qiling). Imkon qadar tarqating. Rahmat!

1,120 views

Gepostet 7. Juli

O‘zbek tilidagi Telegram kanallar anchagina. Lekin ular orasida ziyolilarga mo‘ljallangan, millat ruhi va imiji uchun jon kuydiradiganlari sanoqli. Aynan shunday kanallarning saralarini sizga tavsiya qilamiz: 🔍🔥“Oyina.uz” – dolzarb mavzudagi tanqidiy maqolalari va tahlillari, materiallarga o‘ziga xos yondashuvi bilan qisqa vaqtda jamoatchilik tiliga tushgan portal. Materiallari o‘quvchini tafakkur qilishga chorlaydi. Portal allaqachon ziyolilarning minbariga aylanib ulgurdi. Eng sara va ishonchli yangiliklar ham shu yerda. 📺⚡️“Madaniyat va ma’rifat” telekanali – O‘zbekistonda yagona bo‘lgan madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi telekanalning rasmiy sahifasi. Unda millat ziyolilarining teran fikrlari, shuningdek, ilm-fan, san’at, teatr, kino va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi ko‘rsatuvlar joylab boriladi. “Qaqnus”ning barcha sonlarini ham shu yerdan topasiz. 📰🚀“Ma’rifat” gazetasi – ta’lim sohasini yorituvchi ko‘p yillik ziyolilar nashri. Kanalda turli dars ishlanmalari, tahliliy-tanqidiy materiallar, o‘qituvchilar ish faoliyatida asqotadigan metodik maqolalar mavjud. Ta’lim tizimiga doir yangiliklarning ishonchli manbasi hisoblanadi. 🎥🎯“O‘zbekiston tarixi” – Davlatchiligimiz tarixidan hikoya qiluvchi kanal. Unda dolzarb mavzularda professor, olim va turli soha vakillari bilan intervyular, tarixiy obidalar hamda yurtimizning ko‘zga ko‘ringan manzillariga sayohatlar, tok-shoular va ko‘plab qiziqarli ko‘rsatuvlarni tomosha qilishingiz mumkin.

1,220 views

Gepostet 27. Juni

​​Agar farzandingiz jurnalistika, xorijiy tillar, adabiyot va notiqlik kabi sohalarga qiziqadigan bo'lsa, unda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi aynan siz qidirgan maskan! Ijod maktabi 2023-2024 o'quv yili uchun 7-8-9-10 sinflarga qabul jarayonlarini boshladi. Nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinmoqda. Qabul uchun quyidagi hujjatlarni elektron shaklda yuklashingiz kerak bo'ladi: ➖ Talabgorning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi; ➖ Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ➖ O‘quvchining tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ➖ Talabgor hamda uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqorolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari; Imtihon 3 bosqichda bo'lib o'tadi: 1-bosqich: ijodiy matn yaratish; 2-bosqich: ijodiy suhbat; 3-bosqich: ona-tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test. Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Sizni qiziqtirgan savollar bilan Abdulla Qodiriy ijod maktabi qabul operatorlariga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishingiz mumkin: +998909261707 +998930924190 +998906564040 ☎️Call-markaz: 1206

552 views

Gepostet 19. Juni

​​Agar farzandingiz jurnalistika, xorijiy tillar, adabiyot va notiqlik kabi sohalarga qiziqadigan bo'lsa, unda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi aynan siz qidirgan maskan! Ijod maktabi 2023-2024 o'quv yili uchun 7-8-9-10 sinflarga qabul jarayonlarini boshladi. Nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinmoqda. Qabul uchun quyidagi hujjatlarni elektron shaklda yuklashingiz kerak bo'ladi: ➖ Talabgorning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi; ➖ Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ➖ O‘quvchining tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ➖ Talabgor hamda uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqorolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari; Imtihon 3 bosqichda bo'lib o'tadi: 1-bosqich: ijodiy matn yaratish; 2-bosqich: ijodiy suhbat; 3-bosqich: ona-tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test. Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Sizni qiziqtirgan savollar bilan Abdulla Qodiriy ijod maktabi qabul operatorlariga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishingiz mumkin: +998909261707 +998930924190 +998906564040 ☎️Call-markaz: 1206

459 views
12•••89101112•••20•••30•••3738