TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
IT suhbat avatar

TGINSIGHT CHAT

IT suhbat

@it_suhbat

Technologien

Faqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad

Abonnenten894Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge1,011Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite15,217Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 39 von 85 · 1,011 Beiträge

Gepostet 5. Okt.

Akmal aka qachon suhbat qilamiz?

1,450 views

Gepostet 5. Okt.

#interview #java Mock interview'ga nima deysiz?! Google formaga ma'lumotlaringizni to'ldiring va aynan sizdan interview olinishi mumkin. @it_suhbat

1,370 views

Gepostet 30. Sept.

⁉️Nega dasturlashni qiyin o'rganamiz, nega job interviewlardan "fail" bo'lamiz? 💡Buning sababi dasturlashni mohiyatiga e'tiborsizlik bilan o'rganishimizdan kelib chiqadi. Biz bunday muammolarni hal qilish maqsadida Foundation kurslarni tashkil qildik! 🧑‍💻Siz bizning Foundation kurslarimizda, dasturlashni asoslari bo'lgan bilimlarni olasiz. 1. Functional / OOP language 2. Memory Management 3. Algorithm (Leetcode 100 prb) 4. Data Structure 5. Database (Relational, NoSQL) 🤩Kurslarimizga o'quvchilarning bilim salohiyatiga qarab 30% gacha chegirmalar beramiz! 📌Foundationni biz bilan mustahkam va dasturlashni asoslari bilan o'rganing.Ro'yxatdan o'ting,Joylar soni cheklangan!!! 📞 | +99888 333 88 06 📲 | @ictacademy_admin 📍Manzil:Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko'chasi. @ictacademy_uz

1,460 views

Gepostet 26. Sept.

O'zbekistondagi raqamli akademiyalaridan biri Najot Ta’lim markaziga Java ustozi kerak. Biz kimmiz? Biz 250 dan ortiq xodimlarga ega raqamli akademiyalaridan biri sifatida O'zbekistonda axborot texnologiyalarini o'rgatish va qayta kashf etishda muvaffaqiyat qozonyapmiz. Ayni damda Toshkent shahrida 2000 dan ortiq o’quvchi bilan birgalikda ish faoliyatimizni yurityapmiz. Talablar: • O'zbek tilida erkin muloqot qila olish; • Kamida 2 yillik ish tajribasi; • Algoritm va ma'lumotlar tuzilmasi bo'yicha mustaxkam bilimga ega bo'lish; • OOP printsiplarini yaxshi tushunish, SOLID, DRY, KISS metodologiyalarini bilish; • Exceptions, Collections API, I/O, Multithreading API haqida chuqur bilimga ega bo’lish; • JDK ning versiyalari va ulardagi yangiliklardan xabardor bo'lish; • Ma’lumotlar bazasi(PostgreSQL) bo'yicha kuchli ko'nikmalarga ega bo'lish; • Redis, Hazelcast kabi kesh xotiralar bilan ishlash tajribasi; • Spring Framework, Spring Security, Spring Data, RESTful API, IoC va DI, bean bo'yicha chuqur bilimga ega bo'lish; • git VCS, Maven yoki Gradle bilan ishlash va mexanizmlarini tushunish; • Darslarni qiziqarli o'ta olish. Bizning takliflarimiz: • Toshkentdagi zamonaviy hi-tech ofislarida qulay ish muhiti; • 5\2 moslashuvchan ish jadvali; • Part-time ishlash imkoniyati mavjud; • Samimiy va ahil jamoa; • Kuchli mutaxassislar bilan hamkasb bo'lishingiz mumkin; • O'zingizni rivojlantirish imkoniyati; • Texnik va yumshoq ko'nikmalar uchun bepul treninglar; • O'zbekiston bo'ylab jamoaviy sayohatlar. Murojaat uchun: @najottalim_recruiting; 📞 Tel: +9989 9 515 00 11 @it_suhbat

1,570 views

Gepostet 26. Sept.

))

1,220 views

Gepostet 25. Sept.

#beginner#algorithm#data_structure#leetcode Algoritmni kuchaytirish dasturchi uchun juda muhim bo'lgan omillardan biri, ayniqsa backend dastuchi uchun. Leetcode.com platformasi haqida juda ham ko'p ta'kidlaganmiz. Tizimga kirish uchun ro'yxatdan o'tasiz. Emailingizga bog'laysiz va verify qilasiz. INGLIZ TILI TALAB QILINADI yoki ilojsiz holatlarda google translate yordamga keladi. Lekin bu bilan ingliz tilini o'rganishni to'xtatmaslik zarur. Birinchi bo'lib bunday masalalarni ishlayotganlar uchun ajoyib qo'llanma-darslik qilishibdi. Kiring, o'rganing, fikrlashingizni o'stiring. Masalani hal qilishning eng brilliant yo'llarini toping. Bunday bilim har qanday joyda qadrlanadi, ishonavering)) @it_suhbat

1,490 views

Gepostet 25. Sept.

Biron joyga ishga/amaliyotga topshirmoqchi bo'lsangiz. "Assalomu alaykum. Falon e'londagi (link) ish bo'yicha yozyapman. Ismim Falonchi. Yaqinda o'quv kursda A sohasini o'rganib tugatdim. U kursdan tashqari o'zim mustaqil rus va/yoki ingliz tillardagi kurslarni ham o'qib chiqdim. Kurs davomida va undan tashqari payt mustaqil N ta loyiha tuzib chiqdim. Ulardan eng murakkabi X loyihasi bo'lib, unda B, C va D kabi murakkab imkoniyatlarni tuzib ko'rdim. Rezyume, GitHub profilim va portfolioga linkni keyingi xabarda yuboryapman. Kompaniyangiz haqida izlanib ko'proq Z yo'nalishidagi loyihalarning tuzilganini ko'rdim. Men ham shu soha bo'yicha xos loyihalar tuzib chiqqanman. Yangi texnologiyalarni o'rganishga ochiqman. Jamoadagi tajribali akalar yo'l ko'rsatib yuborishsa, zarur bo'lgan mavzularni tez o'zlashtira olaman. Oilaliman (masalan). Shunga agar bilim va ko'nikmalarim to'g'ri kelsa, sinov payti kundalik xarajatlarni qoplay oladigan oylik bo'lsa, ancha erkin ishlay olar edim. Agar texnik bilimlarim yetarli bo'lmasa, tez muhlatda ularni to'ldirib olishga harakat qilaman. Zoom orqali yoki ofisga borib suhbatdan o'tishga tayyorman. Suhbatda o'z bilim va tajribamni yanada ochiqroq ko'rsatib bera olaman, degan umiddaman. Javob uchun oldindan rahmat." #no_meta

975 views

Hashtags

Gepostet 25. Sept.

Biron N texnologiya bo'yicha savol bo'lganda. "Assalomu alaykum. N texnologiya guruhida bor ekansiz. Bir savol bilan bezovta qilyapman. Yo'l-yo'riq ko'rsatib yuborsangiz, katta yordam bo'lar edi. Vaziyat mana bunday: - N texnologiyada X amalni bajarmoqchi edim. M videodarsidan ko'rib o'zim mustaqil tuzib ko'rayotgandim. Z ko'rinishidagi xato chiqdi. Internetdan qarab A, B, C sahifalardagi tavsiyalarni bajarib ko'rdim. Lekin, negadir tuza olmayapman. Tuzmoqchi bo'lgan narsam skrinshoti/videodemosi - link Hozirgacha yozib ko'rgan kodim - CodePen, Codesandbox, JSFiddle yoki boshqa sandboxga link Oldindan katta rahmat." #no_meta

878 views

Hashtags

Gepostet 23. Sept.

Foundation kurslari uchun o'qituvchi kerak Assalomu alaykum va rohmatulloh. Bizning yangi format, yangi tizimda ish boshlayotgan o'quv markazimiz uchun Foundation kurslari uchun mentorlar kerak. Agar siz bizning talablarga to'g'ri kelsangiz, biz qidirayotgan inson siz bo'lsangiz, iltimos kutib o'tirmasdan aloqaga chiqing :) Talablar: - C/C++ dasturlash asoslari - Dasturlash asoslari, Python. - Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar - Ingliz tili darajasi intermediate - Pedagogik salohiyati Imkoniyatlar: - 6 mln+ maosh (suhbat asosida) - Kuchli jamoa - Ajoyib muhit HR:@AbdusalomovJ P.S: Yangi tizim, yangi jamoa, yangi muhit asosida o’z faoliyatini boshlayotgan o’quv markaz. Biz sizga taklif qiladigan imkoniyatlarimiz, qo'shimcha qulayliklar asnosida, o'quvchilarni kasbga yo'naltirish va mutaxasis sifatida tayyorlash, jamoamiz bilan yangi darajaga chiqishni maqsad qilganmiz. @mukhammadkarim_tukhtaboev

994 views

Gepostet 22. Sept.

#Exception#Handling#try_with_resource Javada resurslar bilan ishlayotgan paytingizda, ya'ni fayldan, database'dan, I/O uchun ishlatiladigan ixtiyoriy class yoki interface bilan ishlayotganingizda ma'lumotni o'qib olgandan keyin yoki yozib bo'lgandan keyin uni close qilib yopish kerak bo'ladi. Agar yopilmasa, muammolar yuzaga keladi)) Albatta, I/O bilan ishanganda try-catch ishlatish yoki throws orqali xatolikni bildirish talab qilinadi, sababi IOException bu – checked exception. Misol uchun database'ga session ochdik deylik. Session try blockdan oldin ochiladi. Try block ishlab, oxiriga yetadi yoki xatolik bo'lsa catch block'ga tushadi. Finally'da esa session yopiladi. Try-with-resources ifodasining vazifasi shuki, Autoclosable yoki Closable interface'larni implement qilgan class'lar bilan ishlaganda, finally block'siz o'zi close qilib beradi. @it_suhbat

1,150 views

Gepostet 21. Sept.

))

1,220 views

Gepostet 16. Sept.

O'zbekistondagi raqamli akademiyalaridan biri Najot Ta’lim markaziga dasturchi assistent ustoz kerak. Biz kimmiz? Biz 250 dan ortiq jamoa a'zolariga ega raqamli akademiyalaridan biri sifatida O'zbekistonda axborot texnologiyalarini o'rgatish va qayta kashf etishda muvaffaqiyat qozonyapmiz. Ayni damda Toshkent shahrida 2000 dan ortiq o’quvchi bilan birgalikda ish faoliyatimizni yurityapmiz. Talablar: - O'zbek tilida erkin muloqot qila olishi; - Tajribasi: 6 oy +; - C dasturlash tilini bilishi; - Windows va linux tizimlari bilan ishlay olishi; - Python dasturlash tilini bilishi; - Database(Mysql) bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lishi; - Data structure ma'lumotlarini ishlashi bo'yicha tushunchaga ega bo'lishi; - Git va github bilan ishlay olishi; - Darslarni qiziqarli o’ta olishi. Bizning takliflarimiz: - Farg'onadagi zamonaviy hi-tech ofislarida qulay ish muhiti; - Part-time ishlash imkoniyati mavjud; - Samimiy va ahil jamoa; - Kuchli mutaxassislar bilan hamkasb bo'lishingiz mumkin; - O'zingizni rivojlantirish imkoniyati; - Texnik va yumshoq ko'nikmalar uchun bepul treninglar; - O'zbekiston bo'ylab jamoaviy sayohatlar. Murojaat uchun: +998 99 515 00 11; @najottalim_recruiting. @it_suhbat

1,440 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••3738394041•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485