TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Pensive|

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @PensivePost · Post #5708 · May 4

What is the most shocking advertisement you have seen? #review

Hashtags

Results

1,097 similar posts found

General global search

Martin Eden

@economist_martin · Post #899 · 08/03/2023, 06:14 PM

#review 📖 Yumshoq Kuch (Soft power) ✍️ Jozef Nay Bilamizki tashqi siyosat mamlakatning tinchligi, farovonligi va osoyishtaligi uchun juda muhim. Tashqi siyosatni yuqori darajada yuritish esa nafaqat bu bilan shugʻullanuvchilar balki keng ommadan ham har qanday faoliyat turida samaradorlikni talab etadi. Amerikalik siyosatshunos va professor Jozef Nay tashqi siyosatda muhim ahamiyatga ega boʻlgan siyosiy faoliyat turini fanga “Yumshoq kuch” deya kiritdi. Qattiq kuch bu Iqtisodiy va harbiy imkoniyatlarni ishga solish va ta’sir koʻrsatish boʻlsa, yumshoq kuch mamlakatning madaniyati, qadriyatlari va ijtimoiy faoliyati kabilarni oʻz ichiga oladi. Bular orqali davlat tashqi siyosatda oʻz oʻrniga ega boʻlib qolmasdan, boshqalarga madaniy ta’sir ham koʻrsatishi mumkin. Umuman olganda yumshoq kuch deganda oʻzingiz xohlagan narsaga nisbatan boshqalarning ham xohish istaklarini uygʻotish tushuniladi. Buni turli yoʻllar orqali amalga oshirish mumkin. Ayniqsa bugungi rivojlangan axborot asrida madaniyati, tarixi va qadriyatlari kuchli mamlakatlar yumshoq kuchdan foydalanib tashqi dunyoda oʻz imidjini yaratishi va bu orqali boshqa jamiyatlarga ta’sir oʻtkaza olishi mumkin. Avtoritar davlatlarda rahbariyat buyruq berish orqali xohish istaklarini bajarsalar, demokratik mamlakatlarda siyosiy elita jozibadorlik va ragʻbatlar bilan oʻz istaklarini amalga oshiradilar. Bugungi kunda yumshoq kuchdan demokratiya hukm surayotgan va inson huquqlari kuchli himoya qilingan mamlakatlar foydalanganda samaradorlik yuqori boʻlishi turgan gap. Chunki, nazarimda, insonlar uchun erkinlikdanda jozibadorroq ne’mat yoʻq va boʻlmagan ham. Shuning uchun boʻlsa kerak, bugun Amerika orzular mamlakatiga aylanishga ulgurdi. Bu esa Amerikaning yumshoq kuchi juda yaxshi ishlayotganidan dalolat beradi. Kitobda tarixiy xatolar, ommaviy diplomatiyaning ahamiyati, yumshoq kuchning qattiq kuchdan farqi va ta’siri, Sobiq Sovet Ittifoqi, Yevropa, Osiyo, radioning kashf etilishi va uning ahamiyati va hokazolar haqida ham bayon etilgan. Kitob juda tushunarli tilda yozilgan va tarixiy faktlarga boy. Albatta oʻqishni tavsiya qilaman, va review manfaatli boʻlgan boʻlsa xursandman. Fikringizni izohlarda yozib qoldiring. Ushbu maqola orqali kitob haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. @economist_martin

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #890 · 07/31/2023, 01:45 AM

#review 📖 Kuchsizlar Kuchi ✍️ Vaclav Havel Ayrim kitoblarni oʻqishni boshlashimdan avval, birinchi boʻlib uning muallifi kim va qanday inson boʻlganligi bilan qiziqib koʻraman. Vaclav Havelning ham tarjimayi holi uning asariga boʻlgan qiziqishimni yanada orttirdi. U posttotalitar tuzumining yolgʻonlaridan va shafqatsiz tabiatidan oʻz xalqini xalos etish uchun harakat qilgan bir chex farzandi boʻlgan. Vaclav, siyosat olamiga kirgunga qadar dramaturgiya bilan shugʻullangan, antikommunist boʻlgan va hayotining keyingi yillarida gʻarb demokratiyasi hamda inson huquqlari uchun kurashgan. V.Havelning “Kuchsizlar Kuchi” essesida esa totalitar diktaturaning jirkanch va hatto qoʻrqinchli tabiati haqida hikoya qilingan. Ammo asarni oʻqir ekanman, tushundimki kitobda aytilgan fikrlar nafaqat oʻsha davr totalitar diktaturasiga, balki bugungi manipulyatsiyaga asoslangan zamonaviy avtokratlar haqida ham ekan. Ya’ni fikrlar, gʻoyalar bugun ham anchayin dolzarb! Boshqa manbaalarda ham koʻrishimiz mumkinki, diktaturalarning tabiati faqat va faqat yolgʻonga asoslanadi. Hukumat hamma narsani nazorat qilishni, muntazam ravishda tizimli tartibga solishni istaydi. Boshqaruv oson boʻlishi uchun xalqni yolgʻonga koʻmadi, oʻtmishni va kelajakni soxtalashtiradi. Turli usullar bilan qoʻrquv uygʻotuvchi vositalardan foydalanadi. Sanoat ishlab chiqarish - ma’muriy buyruqbozlik bilan amalga oshiriladi, barcha yoʻnalishlar davlat apparatlari qoʻlida toʻplanadi va bu korrupsiya holatlarini keskin oshiradi. Korrupsioner, jinoyatchilarni qamash siyosati faqatgina korrupsiya narxini oshishiga va shu orqali “mayda-chuydalar”ning yoki aslida jinoyat qilmagan begunohlarning qamalishiga olib keladi. Statistika muntazam ravishda soxtalashtiriladi. Umuman olganda hukmdor uchun klassik diktaturadan koʻra manipulyativ diktatura avfzalroq ekanligining bir qancha sabablari mavjud. Masalan klassik diktaturada diktatorlar nimani xohlasa shuni qilishadi va buni hech kimdan yashirishmaydi. Natijada xalqdagi norozilik yillar mobaynida shakllanib keladi va inqilob orqali hukmdorni taxtdan agʻdarishadi. Sobiq sovet ittifoqida esa xalq hammasi yaxshi ekanligiga shu qadar ishonganki toʻntarish oʻtqazishga xojat qolmagan. Ya’ni bu haqida insonlar hatto oʻylamasdi ham. Gʻoyoki ularda hammasi yaxshi-yu tashqarida hammasi yomon. Manshunday tizimni qanday qilib oʻzgartirish mumkin? Muxolifat qanday paydo boʻladi? Boʻlganda ham qay yoʻl bilan erkinlikka erishish va hur nafas olish mumkin? “Dissident”likning sof mafkurasi nimadan iborat? degan savollarga V.Havel oʻzi kitobida javob beradi. Kuchsizlarning kuchi nimada ekanligini juda chiroyli yoʻsinda tushuntiradi! Ishontirib aytamanki, oʻz hayotiga befarq boʻlmagan va vijdoniga sodiq qolgan har bir oʻzbek asarni oʻqib afsuslanmaydi. Barchangizga yoqimli mutolaa tilayman! @economist_martin

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #887 · 07/29/2023, 11:12 PM

#review 📖 Buyuk Shaxmat Taxtasi ✍️ Zbignev Bjezinskiy 1/2 Tarixdan ma’lumki, har bir davlat oʻz taraqqiyoti bosqichlarining choʻqqisiga yetganda, oʻzidan kuchsiz hamda resurslarga boy boshqa mamlakatlarni bosib olishni istab qolgan. Urushlarsiz davrning oʻzi boʻlmagan. Bugungi zamonaviy dunyoda esa bir davlat boshqa bir davlatga urush ochishni istamaydi. Chunki bugungi kunda, urushning oqibatlari avvalgidan koʻra ancha ayanchlidir. Ammo XXI asrda ham har tomonlama yetuk, qudratli mamlakatlar globlal miqyosda boʻlmasa ham oʻz mintaqasida yoki hech boʻlmaganda qoʻshnilari orasida asosiy lider boʻlishga intiladi. Doʻstlaring qancha koʻp boʻlsa shuncha yaxshi, ularning orasida lider boʻlsang undan ham yaxshi! Kitob Amerika Qoʻshma Shtatlarining ( taqriz davomida AQSh soʻzi Amerika sifatida ishlatilinadi va AQSh ma’nosida bildiradi ) ana shunday geostrategiyasi haqida hikoya qiladi. Ya’ni asar; “Amerikaning maqsadi nima?”, “bu maqsadga erishish yoʻlida qanday ishlarni amalga oshirmoq lozim?”, “qaysi vaziyatda qanday yoʻl tutgan ma’qul?” kabi savollarga javob beradi. Eslatib oʻtaman kitob birnchi marta 1998-yilda chop etilgan. Keling, biroz tarixga qaytaylik. Ikkinchi jahon urushidan soʻng, boshlangʻich yillarda Yevroosiyo shaxmat taxtasida yetakchi rolini SSSR oʻynayotgan edi. Ammo koʻp vaqt oʻtmay bir qancha tashkilotlar Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan tashkil qilindi. Bulardan GATT (bugungi kunda WTO), NATO va YIH (bugungi kunda YI) kabilari barchamizga ma’lum va mashhur. Bunday tashkilotlar Yevropa va Amerikadagi savdo aloqalarini rivojlantirish va har ikkala mintaqa uchun ham ma’nfaat olib kelishi kerak degan ma’noga ega. Qolaversa Yevropa davlatlarining umumiy ittigoq ostida birlashishi ularning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining asosi boʻlishiga yordam beradi. Chunki tarixdan bu kichik-kichik davlatlar hech qachon oʻzaro kelisha olishmagan edi. Bugungi kunda Amerika Yevrosiyo materigida yetakchilik rolini oʻziga olishni va bu rolda oʻzini koʻrishni xohlagan boshqa davlatlarning kuchini qay yoʻsinda zaiflashtirish kerakligini biladi va shu strategiya boʻyicha harakatlanmoqda. Bu haqida Z.Bjezinskiy oʻz kitobida 1990-yillarning oʻrtalarida aytib oʻtgan edi va buning tasdigʻini bugungi kunda Rossiya-Ukraina urushlarida guvohi boʻlyapmiz. Kitobda, Amerika manfaatlarini kengaytirish uchun YI yoki NATO kabi tashkilotlarning sharqqa tomon kengayishi kerakligi aytib oʻtilgan. Qolaversa Ozarbayjon va Gruziya kabi davlatlarning YI ga a’zo boʻlishga istaklari borligi, ammo bu Ukraina yoki Turkiya kabi davlatlarning YI yoki NATOga a’zoligi bilan kechishi aytib oʻtilgan. Ammo bunga oʻsha vaqtda kuchini yoʻqotgan Rossiya albatta qarshilik koʻrsatishi mumkin. Agar Rossiya ham u vaqtga borib oʻzining tabiatiga singib ketgan imperialistik qarshlaridan vos kechgan boʻlsa va demokratik mamlakatga aylangan boʻlsa, u holda dunyo yanada tinchroq va sokinroq boʻlishi bashorat qilingan. Koʻrib turibmizki, Rossiya-Ukraina urushi xuddi Z.Bjezinskiy prognoz qilganidek boshlanib ketdi. “Buyuk Shaxmat Taxtasi”da Amerikaning boshqa davlatlar bilan munosabatlari, ular bilan boʻladigan missiyasi nimadan iboratligi haqida ham bayon etilgan. Bir necha marotaba Oʻzbekiston ham eslab oʻtilgan. Yurtimizning geostrategik ahamiyati global miqyosda qudratli davlatlar uchun juda muhim oʻringa ega ekan. Shu oʻrinda yozishim kerakki markaziy osiyoga boʻlgan qiziqish aynan qaysi davlatlarda bor va ular qay yoʻl bilan markaziy osiyodagi yetakchilikni oʻz qoʻliga olmoqchi kabi savollarga ham toʻxtalib oʻtilgan. Ammo kitob nisbatan eski boʻlgani uchun Xitoyga berilgan ta’rif ham eskirib qolgan. Albatta oʻsha vaqtda ham muhim ahamiyatga ega ekanligi aytilgan ammo Xitoydan koʻra Yaponiya koʻproq muhim nuqta ekanligi va Amerikaning eng yaqin hamkoriligi ta’kidlangan. Xitoyning kelajakdagi rivoji kimga qanday ta’sir qilishi ham taxmin qilingan. Xulosa qilib aytganda, shu va shu kabi siyosat toʻgʻrisidagi kitoblarni koʻproq oʻqimoq va siyosiy ongimizni rivojlantirmoq zarur! Faqatgina ilm xalqimizni hozirgi ahvoldan olib chiqa oladi.

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #872 · 07/24/2023, 12:20 AM

#review 📖 Molxona ✍️Jorj Oruell Molxona asari haqida har qancha yozsa ham kam. Siyosatdan unchalik xabari boʻlmagan insonlarga birinchi navbatda aynan shu asarni oʻqishni tasviya qilaman. Ushbu asarda George Oruell, sobiq sovet uttifoqi boshqaruv tizimi va omma qanday ekanligi toʻgʻrisida tasavvur uygʻotish uchun hayvonlar obrazidan foydalanib koʻrsatib bergan. Ammo hozir man umumiy manipulyatsiya orqali ommani boshqaradigan va yoʻnaltiradigan diktatorlar haqida, umuman diktatura haqida yozmoqchiman. Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan davlat tizimida diktatorlar xalqni yolgʻon orqali boshqarishni afzal koʻrishadi. Chunki bu usul, xalqning isyon koʻtarmasligi va ishlab chiqarishdagi samaradorlikni oshirishda qoʻl keladi deb oʻylashadi. Diktatorlarning nutqlari oʻta murakkab, oddiy xalq tushunmaydigan ilmiy terminlardan foydalangan holda tuziladi va koʻproq ta’sirchanlik effektiga e’tibor qaratiladi. Keng omma kelgusida amalga oshadigan va shu kunga qadar qilingan ishlar yaxshi yoki yomonligini anglamasada, gapirilayotganlar, qanchalar ta’sirli ekanligidan hayajonlanishadi va magʻrurlanishadi. Ular oʻz mafaatlari yoʻlida tarixni oʻzgartirish yoki boʻlgan voqealarga biroz boshqacharoq tus berishadi. Masalan, qandaydir sabalar tufayli yuzaga kelgan yaxshi natijalarga, diktatorning tarixda qilgan qandaydir shu vaqtga qadar noma’lum boʻlgan ishlari sabab qilib koʻrsatilishi mumkin. Qolaversa toʻsatdan topilgan “unutilgan hujjatlar” ayrim shaxslarni aybdor qilib koʻrsatsa, kimlarnidir (yoki aynan diktatorni) milliy qahramonga aylantiradi. Davlat ichida boʻlayotgan jinoyatlarga, yirik korrupsiya holatlariga yoxud qilinayotgan islohotlarning samarasizligiga faqat va faqat muxolifat aybdor qilib koʻrastilinadi. Umuman olganda bunday siyosiy tizimda, keng ommani boshqarish va barqaror holatda ushlab turish uchun muxolifat eng yaxshi instrument hisoblanadi. Oʻzi umuman olganda, odatda muxolifat yolgʻon, oʻylab topilgan boʻladi. Bu orqali, ommani oʻylab topilgan “tashqi hujumlar ehtimolligi” bilan qoʻrqitishadi. Qoʻrqitishning va ushlab turishning yana bir jirkanch usuli boʻlib, ommaviy qatagʻonlik yoxud ommaviy qamash siyosati hisoblanadi. Bu usul asosan klassik diktatorlar davrida kuzatilgan. Ammo manipulyativ diktatorlar ham, oxirgi choralar sifatida ushbu nomaqbul usuldan foydalanishi mumkin. Manipulyatsi qilishning eng keng tarqalagan yana bir usuli bu shukronalik, va vatan tuygʻusi kabi tushunchalarni singdirish boʻlib kelgan. “Bizda hammasi yaxshi, tashqarida hammasi juda yomon” mazmunidagi gaplar ommaning ongiga propaganda qilinadi. Bu ish bilan mamlakatdagi bir guruh “ma’naviyatchi”lar shugʻullanadi. Eng qizigʻi shundaki “ma’navaytachilik” bilan shugʻullanuvchilar aytayotgan yolgʻonlar, eshituvchilarning ongini zaxarlashga ya’ni aldanishga olib kelishi kerak boʻlsada ma’naviyatchilarning oʻzlari ham bu yolgʻonlarga ishona boshlashadi. Oxir oqibat qaysi gap toʻgʻri-yu qaysi gap yolgʻon, ajrata olishmaydi. Yuqorida yozganlarimning barchasi George Oruellning “molxona” asarida juda chiroyli hikoya orqali tushuntirilgan. Undagi obrazlar, jamiyatimizda yashayotgan har xil insonlarni oʻzida ifoda etadi. Har bir hayvon, atrofingizdagi insonlarni gavdalantirayotganini his etasiz. Kitobni oʻqir ekansiz koʻz oldingizga birinchi ma’muriyat davridagi “islohotlar” kelaveradi. P.s: Agar xalqingizni boshqa bir xalq bosib olsa va boshqarsa, azoblasa, quldek muomala qilsa siz albatta qul boʻlib yashayotganingizni bilib turasiz va ozodlik uchun harakat qilasiz. Ammo sizni va xalqingizni shu xalqdan chiqqan inson boshqarsa, azoblasa va quldek muomala qilsa siz hech qachon quldek yashayotganingizni bila olamysiz va ozodlik uchun harakat qilmaysiz. @economist_martin

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #867 · 07/21/2023, 02:59 PM

#review 📖 Hukmdor ✍️Nikkolo Makiavelli Nikkkolo Makiavelli yoki Makiavellizm deb koʻp eshitgandirsiz. Bu shaxs eng birinchilardan boʻlib bugungi zamonaviy davlatchilik tizimi va boʻlimlari haqida XV-XVI asrlarda aytib ketgan. Makiavelli Respublikani davlatchilikning eng optimal varianti ekanligiga ishongan. Uning eng mashhur asari boʻlmish “Hukmdor”da davlatchilik va uning shakllari, boshqaruv tizimi va asosan hukmdorning davlat boshqaruvidagi roli qanday boʻlishi kerakligi aytilgan. Ammo aytilganlarning aksariyati bugungi kun davlatchiligi va ijtimoiy siyosatiga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi. Shunday boʻlsada aynan “Hukmdor”ni ijtimoiy-siyosiy kitoblar roʻyxatida oʻqilishi hamda oʻrganilishi eng muhim boʻlgan kitoblardan biri deb hisoblayman. Kitob, nafaqat “eng muhim” balki “eng buyuk” ham. Yuqorida yozganimdek, Makiavelli Hukmdorning davlat boshqaruvidagi roli qanday boʻlishi kerakligini turli tarixiy faktlar, xalqning tabiati va falsafasidan kelib chiqib tushuntirgan. Bugungi kunda asosan davlat tizimi qanday boʻlishi kerakligi va tizim hammani: xalqni ham hukmdorni ham boshqarishiga ishonilsa, Makiavelli, hukmdor hokimiyatga qanday kelishi, uni oʻzida ushlab qolishi uchun nimalar qilishi kerakligi haqida batafsil yozgan. Oʻz mulozimlari, zodagonlar, xalq va qoʻshin bilan qanday muomalada boʻlishi hukmdorning taxtda uzoq yoki qisqa muddat qolishini belgilab beruvchi asosiy omil ekanligi ta’kidlangan. Hokimiyatni me’ros qilib olgan va hokimiyatga yangi kelgan sulola vakillarining oʻzaro farqi, xaloyiqning kimga qanday munosabatda boʻlishi va shunga oʻxshash jihatlari haqida, insonlarning hayotiy falsafasi va psixologiyasidan kelib chiqib asoslagan. Masalan, xalq oʻz hukmdoriga nisbatan qoʻrquv his qilishi afzalmi yoki uni sevishi kerakmi? Qaysi omil hukmdorning hurmat e’tiborini koʻklarga koʻtaradi degan savolga Makiavelli “xalqni qoʻquv ostida boshqargan ma’qul” deya javob bergan. Nega deganda, insonlar oʻz hukmdoridan mehr-muruvvat va saxovat koʻrsa, buni tezda unutadi. Chunki bu insoniyatning tabiatiga xos. Bunday holatda, qachondir sevikli humdorga nisbatan tuyulgan sevgi nafratga aylanishi mumkin va bu hukmdorning davlatiga putur yetkazishini ta’kidlaydi. Agar xalqni qoʻrquv iskanjasida boshqarsa, xalq doim nimanidir notoʻgʻri qilsa va hukmdoriga qarshi borsa jazolanishini bilib turadi. Kitobda davlatchilikka oid deyarli barcha mavzular haqida fikr yuritilgan. Bular; Ichki va tashqi dushmandan qanday himoyalanish, korrupsiyani oldini olish, qoʻshinning qaysi turi eng optimalligi va uni qanday tuzish, hokimiyatda uzoq vaqt qolishni ta’minlash kabilardir. Kitobni oʻqib tugatgach tushundimki, Makiavelli hukmdorning aholiga nisbatan zulmkor, beshavqat boʻlishini, zodagonlarga nisbatan masofa saqlagan holda doʻst boʻlishini va ayonlariga nisbatan qattiqqoʻl boʻlishini tarafdori boʻlgan. Vaziyatga qarab goh ayyor, goh zulmkor, goh yolgʻonchi boʻlish kerakligini ta’kidlagan. Uning gʻoyalari va yozganlari bugungi davlatchilik tuzumiga toʻgʻri kelmasligi aniq. Nafaqat davlatchilikka balki insoniy xislatlarga va tolerantlik gʻoyalariga ham mutlaqo toʻgʻri kelmaydi. Kitobni hech qaysi inson oʻzining dastur amali qilib olmasligi darkor. Ya’ni bugungi kunda “Hukmdor shunday boʻlishi kerak ekan-da” deyish notoʻgʻri boʻlar edi. Ammo tushunish kerakki, oʻrta asrlardagi davlatchilikda Makiavellining yozganlari haqiqatan ham eng kuchli davlatni qurishda qoʻl kelgan boʻlardi. Nima ham deymiz, Medichilar uni eshitmagan ekan. @economist_martin

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #852 · 07/15/2023, 09:34 AM

#review 📖 Diktaturadan Demokratiyaga ✍️ Jin Sharp 1/2 Mutolaani boshlaganimda, bir kunda oʻqib tugatsa boʻladigan, ahamiyati unchalik chuqur boʻlmagan kitob boʻlsa kerak deb oʻylagan edim, qattiq yanglishibman! Tugatganimdan soʻng asar va muallif haqida izlanib koʻdim. Guvohi boʻldimki kitob ham, uning yozuvchisi ham juda jiddiy tarixga ega ekan. Bu haqida oxirida yozaman, hozir esa asarning mazmuni va ahamiyati haqida bilib olishingizni istardim… Jin Sharp uzoq yillar davom etgan inqiloblar tarixi haqida izlanishlar qilgan ekan. Buning natijasida u “Diktaturadan Demokratiyaga” nomli kitobini yozgan. Kitobning mazmunini tushunish uchun siz Diktatura yoki Demokratiya nima ekanligini va har qaysi rejim qanday oqibatlarga olib kelishini yaxshi tushunib yetishingiz lozim! Bilamizki insonlar diktatura siyosiy rejimini qattiq qoralaydi. Chunki bunday tizimda faqat va faqat adolatsizliklar kuzatiladi. Nega bunday ekanligiga izoh yozishim shart emasdir…. Insonlar oʻz haq huqulari, imkoniyatlari, fikrlari cheklanmasligini xohlashadi. Demokratiya esa bularning barchasini insoniyatga tuhfa qiladi. (Biroz kulguli yoki gʻalati tuyulishi mumkin lekin Demokratiya nimadir qilishni emas shunchaki hech narsa qilmaslikni tarafdoridek (xuddi erkin bozor tamoili kabi), ya’ni hukumat oʻz boʻyniga kamroq “mas’uliyat”ni oladi). Ya’ni siyosiy elita haqqoniy saylovlar orqali saylanadigan, hukumat xalqqa hisobdor boʻladigan, mutlaq soʻz erkinligi ta’minlangan tizimni haqiqiy demokratiya desa boladi. Shunday ekan tarixdan, asrlar davomida insonlar hukumatning adolatsizliklaridan, oʻtkazayotgan zulmlaridan charchashgan va inqiloblar, toʻntarishlar hamda ozodlik uchun turli harakatlarni amalga oshirib kelishgan. Ammo bunday harakatlar aksariyat hollarda muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Muvaffaqiyatli yakunlangan inqiloblar ham boʻlgan. Ammo amaldagi ma’muriyat agʻdarilgach hukumat tepasiga kelganlar oʻrnatilgan tizimga moslashib, avvalgi hukmdordan ham qattiqqoʻl, adolatsiz diktatorlarga aylanishgan. Nega bunday? Chunki ma’lum bir hodisaga/jinoyatga aynan bir yoki bir nechta shaxs emas balki jamiyatdagi tizim aybdor hisoblanadi. Ya’ni muammo har doim tizimda boʻlgan. Jin Sharp kitobining asosiy mazmuni ham ayni shunda. U shunday savol tashlagan: “Xoʻsh, tizimni qanday oʻzgartirish mumkin?” Yoki “Diktaturadan yana diktaturaga emas, demokratiyaga qanday oʻtish mumkin?” Javob qanday boʻlganini toʻliq tushunish uchun kitobni albatta olib oʻqishingiz kerak. Tepada yozib oʻtganimdek muallif haqida izlanganimda qiziq ma’lumotlarga duch keldim. Jin Sharp va uning kitobi hamda “arab bahori” oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik mavjud ekan. U “Diktaturadan Demokratiyaga” kitobini 1993-yilda yozgan va oʻzi tashkil qilgan kompaniya kitob toʻgʻrisida turli taqdimotlar va namoyishlar oʻtkazgan. Kitob turli tillarga xususan arab tiliga ham tarjima qilingan. Asarning asosiy gʻoyasi boʻlmish “Zoʻravonliksiz kurash” gʻoyasi juda keng tarqalgan. Insonlar yillar davomida bu gʻoyani oʻz ongiga singdirganlar. Bugungni kunda ushbu gʻoyaga muvofiq harakatlanish “rangli inqilob” deb ham ataladi. Gʻoya — inqiloblar faqat harbiy toʻnatarish, qurol yarogʻ va buzgʻunchilik, vayrongarchilik bilan boʻladi degan tasavvurni yoʻq qilgan. Gʻoyaning mohiyati shunda edi: “qachonki hukumatni agʻdarish niyatidagi norozilar hukumatning kuchli nuqtasiga (kuchli ishlatar tizimiga, armiyasiga) emas balki nozik nuqtasiga (axillesning tovoni kabi) zarba berishsa Diktatura kuchsizlanadi va uni agʻdarish osonlashadi. Bu — ish tashlash, boykot va ochlik e’lon qilish, tinch namoyishlar oʻtqazish kabilar boʻlishi mumkin”.

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #836 · 06/30/2023, 03:27 AM

#review 📖 Usta va Margarita ✍️ Mixail Bulgakov Toʻgʻrisini aytsam kitobni tugatgach, “xoʻsh, xulosa qanday?” deb savol berdim oʻzimga. Nimani tushundim oʻzi, yozuvchi kitobxonga nima demoqchi boʻlgan deb oʻylanib qoldim. Balki olgan xulosalarim yetarlicha toʻgʻri emasdir. Kitobni boshlayotganimda asar nomidan kelib chiqib boshdan oxirigacha sevgi toʻgʻrisida oʻqiyman deb oʻylagan edim. Yoʻq, hammasi man oʻylaganchalik oddiy emas ekan. Kitobni oʻqir ekansiz, tasavvuringizda voqealar rivoji aniq-tiniq aks etadi. Ayniqsa bu voqealar ba’zan qadimgi Rimda bayon etilsa, ba’zida Moskva koʻchalarida tasvirlanadi. Umuman olganda roman ikki insonning sof muhabbati toʻgʻrisida desa ham boʻladi. Sof, haqiqiy, kuchli muhabbat toʻgʻrisida. Margaritaning Ustaga boʻlgan chin sevgisi va Ustaning bardoshi, jasorati va qat’iyati toʻgʻrisida. Ammo, aytganimdek roman faqat sevgi bilan cheklanib qolmagan. Asardagi asosiy voqealar shayton va inson oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalagan. M.Bulgakov tasvirlagan shayton biz tasavvur qilgandan ancha farq qiladi. Asarda, shayton Isoning marhamati bilan Usta va Margaritaning birga boʻlishiga koʻmaklashadi. Margarita boʻlsa Ustaga erishish uchun ayollik nafosatidan kechib jodugarga aylanishga va shaytonning izmiga kirishga rozi boʻladi. Iudeyaning beshinchi prokuratori Pontiy Pilat va u nohaq oʻlimga hukm qilgan asir Ha-Notsri haqida yozilganlar oʻquvchini fikrlashga chorlaydi. Nazarimda Pontiy Pilat Ha-Notsrini oʻlimga hukm qilgani va uni asrab qololmagani uchun oʻla-oʻlgunicha bu afsuslanib, vijdon azobida qiynalib yashadi. Bunday qalbi sof insonni u hali uchratmagan edi. Xullas, asar nima haqida degan savolga, qisqagina qilib yaxshilik va yomonlik togʻrisida desa ham boʻladi. Yaxshilik va yomonlik bir biriga qarshi ikkita tushuncha emas balki aslida bir narsaning ikkita tomonidir. Axir yomonlik boʻlmasa yaxshilik qayerdan boʻlsin? Yoki aksincha… bu gaplarni, asarni oʻqiganizda Wolandning ogʻzidan “eshitasiz”! @economist_martin

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #817 · 06/21/2023, 10:59 AM

#review 📚 Yalangʻoch iqtisodiyot ✍️ Charlz Uilian “Iqtisodiyot bu hamma narsa” degan edi oʻzi kitobida Xa Jung Chang. Haqiatan ham iqtisodiyot barcha narsani oʻrganadi va tahlil qiladi. Iqtisodiyot insonlarning bir qancha variantlar ichida eng optimalini tanlashi bilan shugʻullanadi. Insonlar fikrlashni boshlagan davrda bu fan paydo boʻlgan aslida. Tosh asridan beri insonlar turli iqtisodiy tizimlarni qoʻllab kelishdi va oʻz samaradorligini oshirishdi. Umuman olganda, bugungi kunda yozilgan aksariyat iqtisodiyot toʻgʻrisidagi kitoblarda ilgari surilgan mavzular qandaydir yangilik emas. Umumiy gʻoya Adam Smitning gʻoyalariga borib taqalaveradigandek. Faqat hozirgi kitoblar iqtisodiyot otasining har bir fikrini chuqur tahlil qiladi xolos. Charlz Uilianning yalangʻoch iqtisodiyotida ham koʻplab fikrlar chuqur tahlil qilingan va iqtisodiyotga qiziquvchi insonlarga ommabop tilda tushuntirilgan. Kitobda bir qancha mavzular yoritilgan. Masalan manga eng yoqqan mavzu “Lobbistlarning kuchi” haqidagisi boʻldi. Lobbistlar, oligopolistlar qanday qilib siyosiy elita vakillariga oʻz ta’sirini koʻrsatishi va bundan kim koʻproq zarar koʻrishi mumkinligi ancha tushunarli boʻldi. Mutlaq erkin bozor sharoitida davlatlar rivojlanishi kafolatlanganmi? Yoki Hukumat oʻz qoʻlidagi instrumentlari bilan tez tez bozorga aralashishi kerakmi? Shu savollar atrofida aylanib yaxshi tahlillar qilingan. Nima uchun ta’lim sifati yaxshi boʻlishi kerak va nima uchun insonlar ta’limga insvestitsiya qilishi kerak? Umuman olganda shu va shu kabi savollarning javobi koʻpchiligimizga ma’lum ammo kitoblar aynan shu aniq javoblarni yanada tartibga solib, fikrlar ketma ketligini tushunarliroq qilib yetkazib beradi. Ta’lim toʻgʻrisida “inson kapitali” bobida yozilgan.(Shu bobdan foydalanib univerimda leksiya ham qilgandim). Ushbu bobni oʻqib, xususiy mulkchilik va erkin bozor sharotida aniq boy boʻlishning ehtimolini qanday oshirish mumkinligini yaxshiroq tushunish mumkin. Umuman olganda kitobni aynan qaysi jihati uchun tavsiya qilasiz deganlarga iqtisodiy fikrlashni shakllantirgani uchun ham tavsiya qilaman degan boʻlardim. Kitobning soʻngida Frensis Fukuyamaning “tarixning intihosi” deb nomlangan maqolasi haqida soʻz borgan. Xitoyning hozirgi siyosiy rejimida iqtisodiy rivojlanishi barqarormi yoki keyinchalik bu rejim oʻzgaradimi kabi savollar oʻrtaga tashlangan. Liberal demokratiya va erkin bozor sharoitidagina oʻsish mumkin va bu ikki tushuncha bir biriga chambarchas bogʻliq deguvchilar adashganmi yoki Xitoydagi oʻsish beqarormi? Oʻzim hech narsa deya olmayman bu togʻrisida. Ammo gʻarb usuli bilan iqtisodiy farovonlikka erishish ehtimoli ancha katta deya olaman. @asaxiybooks ga raxmat ilmiy ommabop kitoblarni tarjima qilayotgani uchun! @economist_martin

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #805 · 05/28/2023, 04:46 PM

#review 📖 Jahon Savdo Tashkiloti (Understanding the WTO) darslik Tepada ham aytib oʻtganimdek Jahon Savdo Tashkiloti 1995-yilda Urugvay raundidan soʻng tashkil topgan. Undan oldin GATT ya’ni The General Agreement on Tariffs and Trade tashkiloti 1948-yilda oʻz qoidalarini yaratgan va bugungi JSTning tashkil etilishida poydevor vazifasini oʻtagan. Xoʻsh, tashkilotning vazifasi oʻzi nimada? JST oʻziga a’zo mamlakatlarni, oʻzaro erkin va ochiq savdo aloqalarini oʻrnatishini, davlat bojlarini qanday satavkada belgilash kerakligini, savdoda adolatsizlikka yoʻl qoʻymasligini va rivojlanmagan mamlakatlarga turli yordamlar berilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi. JST kimga tegishli? Qiziqarli savol, JST aynan bitta shaxsga yoki davlatga tegishli emas. A’zo mamlakatlarning barchasi tashkilotga egalik qiladi. Qarorlar ham umumkelishuvlar orqali qabul qilinadi. Agar ikkita davlat oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelsa, jabrlangan mamlakat tashkilotga shikoyat qiladi va JST bu arzni koʻrib chiqib kengash tomonidan hal qilinadi. Tashkilotning asosiy vazifalaridan biri ham nizolarni hal etish sanaladi. Bugungi kunda Oʻzbekiston ham JSTga qoʻshilish niyatida. Ammo bu niyat 1994-yildan beri bor. Shunchaki turli omillar: Osiyo moliyaviy inqirozi, Rossiyada defolt, butun dunyo iqtisodiy inqirozi, mintaqaviy nostabillik va oxirgisi koronavirus, tashkilotga a’zo boʻlishga halal bergan deyiladi. Ammo, nazarimda bularning barchasi milliy ishlab chiqaruvchilarni himoyalash va ishlab chiqarish qobiliyatini shakllantirizh uchun qilingan bahonalar edi. 14-aprelda kun.uz da Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Mirziyoyev Sh.M. ning “JSTga qoʻshilish shart” mazmunidagi gaplari xabar berilgan edi. Agar jarayon tezlashsa ichki va tashqi bozordagi savdo ancha erkinlashadi mazmunidadi umidlarim bor. Shuncha yillik proteksionizmning bartaraf etilishi va savdoning erkinlashuvi xalqimiz/koʻpchiligimiz uchun faqat va faqat foyda boʻlar edi. Qisqa qilib aytganda JSTga qoʻshilish iqtisodiyotimizni koʻtarish yoʻlida tashlangan katta qadam boʻlar edi. @economist_martin

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #674 · 02/26/2023, 09:07 PM

#review 📚 Martin Eden ✍️ Jek London Har bir inson tugʻilib to oʻlgunga qadar bu hayotda oʻziga ajratilgan ma’lum bir vaqtni yashab oʻtadi. Bu vaqt mobaynida insonlar oʻz qadryatlariga dunyoqarashiga ega boʻladi va qandaydir maqsad yoʻlida harakat qiladi. Ammo yashashdan umumiy maqsad bu albatta baxt, koʻngil xotirjamligi. Bunga erishish yoʻlida oʻqiymiz, oʻrganamiz, oʻz qarashlarimizga, gʻoyalarimizga ega boʻlamiz va ularga ergashamiz. Ammo hayotda maqsadi boʻlmagan insonlar ham bor. Ular shunchaki jamiyat nima qilayotgan boʻlsa shularni qilishadi va hayotdan koʻz yumishadi. Martin Eden ham shu yoʻlda ketayotgan edi ammo hayotida burilish nuqtasi paydo boʻldi. U sevib qoldi va angladi. Sevgisiga yetishi esa uni sevgilisining sinfiga teng boʻlish uchun harakatga chorladi. Bunday insonlar qatorida boʻlish uchun esa nafaqat moddiy boylik balki ma’naviy boylik kerak edi unga. Ya’ni u koʻproq bilishi va oʻrganishi kerak edi. Burjuaziya vakillari bilan teng boʻlishi uchun ulardek fikrlashi, ulardek gapirishi va ulardek oʻylashi kerak edi. Sodda Mertin Eden uchun bu sinf vakillari bir togʻ choʻqqisi edi. Martin Eden hayotini oʻzgartirish yoʻlida juda koʻp bilimlarni oldi, oʻqib oʻrgandi. Oʻz gʻoyalariga va fikriga ega boʻldi. Adabiyot va falsafani sevdi. Yozuvchilikka qoʻl urdi va bularning hammasi faqat Ruf’ uchun edi. Unga yetishish Martin Edenga kuchli iroda baxsh etardi. Kambagʻalchilik uning sillasini quritgan bir vaqtda ham u ishida davom etdi. Aslo toxtagani yoʻq. Oxir oqibat unga omad kulib boqdi. Uni hamma hurmat qila boshladi va holanki kambagʻallik davrida yozilgan barcha asarlari, oʻsha vaqtda hech kimni e’tiborini jalb qilmagan edi. Ammo endi xuddi oʻsha asarlar barchani qiziqtirib qoʻygan edi. Avval hech kim Martning asarlarini e’tirof etmasdi. Ammo unga omad kulib, boyib ketganida hamma uning atrofida yigʻila boshlashdi. Hatto uni ogʻir damlarda tashlab ketgan sevgilisi Ruf’ ham. Lekin Martinning qalbida endi avvalgi sevgi uchuquni qolmagandi. Pulning ham qadri endi yoʻq edi. Hayotda maqsad yoʻq boʻlgach unda yashashdan mazmun ham qolmaydi. Togʻning choʻqqisiga chiqqach, yana davom etishga yoʻl qolmaydi. Inson maqsad qoʻysa, u haqida oʻylasa va harakat qilsa albatta maqsadiga erishadi. Ammo keyinchi…? Agar hayotga qiziqish qolmasa yangi maqsadlar boʻlmaydi va yashashdan ma’no qolmaydi. Martin Eden juda kuchli inson edi! @book_and_review

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #559 · 10/30/2022, 06:06 PM

#review 📖 Qora haykal 🖊 Erix Mariya Remark Roman birinchi jahon urushidan ikkinchisigacha boʻlgan davrda yashagan insonlarning hayoti haqida hikoya qiladi. Qahramonlar qabrtosh yodgorliklari tayyorlovchi firma xodimlari va shu bilan birgalikda mahzun insonlardir. “Koʻproq pul ishlab topaylik va ishimizni rivojini bersin” deya olmaydigan kasb egalari. Ular uchun hayotdan ma’no qolmagan. Baxtni nima bilan oʻlchashni ham bilmaydigan, tushkunlikka choʻkkan va mehr muhabbatga tashnalikda kun kechiradigan insonlardir. Ikkala urush oraligi nemis xalqi uchun oʻta ogʻir davr boʻlgan. Insonlarning qalbi jarohatlangan, qiyinchilik ustiga tushkunlik hukm surgan davr. Yuqori tezlikda ildamlayotgan Inflyatsiya, ishsizlik, urushdan orttirilgan ruhiy zarbalar, orzu umidlarning puchga chiqishi, yaqin insonlardan ayrilish odamlarni shu ahvolga tushishiga sabab boʻlgan. Remarkning boshqa asarlaridagi kabi “Qora haykal” da ham mehr muhabbat har qanday ogir jarohatlarni ham davolay olishi ta’kidlanadi. Urush tufayli insonlar oʻzligini yoʻqotdi, qadryatlar jamlanmasi oʻzgardi, balki oʻzgartirishdi. Hech narsa haqida fikrlamay qoʻygan insonlarni fashizm gʻoyasi bilan aldash esa qiyin emas. Insonlarni oʻz orzu umidlaridan ayirsangiz, ularga yangi maqsadlarni belgilab berishingiz oson kechadi. P/s: Urush - insonlarda, insoniylik hislatlarini kuchaytirib beruvchi va sugʻurib oluvchi yagona kuch deb oʻylayman! @book_and_review

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #537 · 10/06/2022, 11:49 PM

#review 📖 Garbiy frontda oʻzgarish yoʻq 🖊 Erix Mariya Remark Erix Mariya Remark. Bu yozuvchi haqida koʻp eshitardim, besh oltita oʻzbek tilga tatjima qilingan kitoblarini korardim. Tushunichimcha yozuvchijing yozgan barcha asarlari urush bilan bogʻliq. Negaki Remark (1898-1970) ham birinchi jahon urushi davrini ham ikkinchi jahon urushi daxshatini koʻrgan inson ekan. Urush haqida yozilgan ixtiyoriy asar oʻquvchi koʻngliga daxshat va achinish hissini soladi. Asar urush voqealarini shunaqangi real tasvirlaydiki oʻzingiz ham askarlar qatorida jon olib kurashayotgandek boʻlasiz. Frontda oʻlayotgan askarlarning ogʻriqlarini his qilasiz. Ular qatorida qoʻrquvni, hayajonni tuyasiz, inson tanasi naqadar ojiz ekanligini tan olib, har qadamda oʻlim sizni kutib turganligini eslaysiz. Ruhan ezilgan, orzu umidlaridan ayrilgan, normal jamiyatdan uzoqlashgan avlod insonlarini tushuna olasiz. Urushda boʻlganlar oddiy insonlardek boʻlolmaydilar, yana avvalgidek qadriyatlarga ega boʻlolmaydilar. Zavqlanish, xursandchilik va biz tushunadigan baxt ular uchun begona. Ularning baxti nafas olayotgani va bugun ogʻriqni his qilmayotganida xolos. “1918-yilning oktabrida, butun front bo'ylab sokinlik hukm surayotgan paytda u halok boʻldi, harbiy axborotlar bittagina jumladan iborat edi: «G'arbiy frontda oʻzgarish yo'q». U yuztuban yiqildi, ag'darib ko'rishganda qiynalmay jon berganday tuyuldi, yuzi uxlab yotgan kishinikidan farq qilmasdi, go'yo umri mana shunday xotima topganidan mamnunga o'xshardi.” @book_and_review

Hashtags

12•••5•••10•••15•••1718192021•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••85•••909192