TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Pensive|

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @PensivePost · Post #5708 · May 4

What is the most shocking advertisement you have seen? #review

Hashtags

Results

1,097 similar posts found

General global search

ORIGINAL PRODUCT

@originalproductnew · Post #1323 · 10/24/2024, 03:31 PM

💛Миниатюры Kilian в наличии в большом ассортименте 🔈 Ароматы из обзора: -Kilian Black Phantom7,5 мл - 3 160 ₽ - Kilian Angels' Share 7,5 мл - 3 940 ₽ #REVIEW@originalproductnew ⚫️ Для заказа и по всем вопросам — @OriginalProduct_New

Hashtags

ORIGINAL PRODUCT

@originalproductnew · Post #1307 · 10/16/2024, 03:11 PM

В наличии красавчик Ex Nihilo Atlas Fever❤️ 💵СТОИМОСТЬ 7,5 мл - 3 940 ₽ 50 мл - 19 800 ₽ 100 мл - 25 910 ₽ #REVIEW@originalproductnew ⚫ Для заказа и по всем вопросам — @OriginalProduct_New

Hashtags

ORIGINAL PRODUCT

@originalproductnew · Post #1298 · 10/10/2024, 03:45 PM

В наличии дымная вишня — Tom Ford Cherry Smoke🍒 💵 50 мл - 23 840 ₽ #REVIEW@originalproductnew ✅ Больше ароматов и брендов по запросу ⚫️ Для заказа и по всем вопросам — @OriginalProduct_New

Hashtags

ORIGINAL PRODUCT

@originalproductnew · Post #1292 · 10/07/2024, 04:30 PM

В наличии самый осенний аромат — Maison Martin Margiela Autumn Vibes🍁 💵СТОИМОСТЬ 30 мл - 9 690 ₽ 100 мл - 15 150 ₽ #REVIEW@originalproductnew ⚫️ Больше ароматов и брендов по запросу ✅ Для заказа и по всем вопросам — @OriginalProduct_New

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #1128 · 05/01/2024, 07:16 AM

#review Frederik Bastianing “Sham ishlab chiqaruvchilar nomidan arznoma” nomli satirik asari haqida qisqacha Frederik Bastianing ushbu satirasi proteksionistlarning mantigʻini xato ekanligini isbotlashda, mantiqni kinoya sifatida maksimal limitga oshirish orqali ifoda etadi. Shundan koʻrinadiki import tovarlari arzon boʻlgani uchun narxni oshirish maqsadida import bojlarini qoʻllash bizga berilayotgan begʻaraz sovgʻadan voz kechish bilan teng. Satirada dastlab davlat shu paytga qadar importni cheklashining asosiy sababi ishlab chiqaruvchilar va ishchilarning manfaati iste’molchilarning manfaati bilan toʻqnash kelganda ishlab chiqaruvchilar va ishchilarning manfaatini oʻylashi ekanligi aytiladi. Import boʻlib kelgan koʻmir, temir, makkajoʻxori va matolar arzon boʻlgani uchun bundan iste’molchilar manfaatdor ekanligi ayon boʻlsada, mahalliy ishlab chiqaruvchilar importni cheklashdan manfaatdor, shunday ekan, davlat har doim boʻlganidek ishlab chiqaruvchilar tomon yon bosishi kerak. Ushbu mantiqdan kelib chiqib sham ishlab chiqaruvchilar davlatdan quyosh nuridan foydalanmaslik uchun derazalarni, tuynuklarni va barcha teshiklarni yopib tashlash toʻgʻrisida qonun qabul qilish kerakligini soʻraydi. Chunki quyosh nuridan iste’molchilar manfaatdor boʻlsada, uni cheklashdan mahalliy sham ishlab chiqaruvchilari manfaatdor. Bundan tashqari sham ishlab chiqaruvchilarining davlatga yozgan murojaatnomasida chet eldan kelgan apelsinlarning arzon ekanligini sababi, ularni yetishtirishda tabiiy sharotining yaxshiligi tufayli inson mehnati kamroq sarflangani aytiladi. Mamlakatning oʻzida esa apelsin tayyor boʻlgunicha toʻliq inson mehnati sarflanadi va shu sababdan narx qimmatalshadi. Negaki mahsulotni ishlab chiqarishda tabiat ishtirok etgan qism begʻarazdir, lekin inson mehnati ishtirok etgan qismi qiymatga ega boʻlib, unga haq toʻlanadi. Shunday ekan, ishlab chiqarish uchun tabiatning roli qanchalik katta boʻlsa, mahsulot narxi shunchalik nolga qarab intiladi. Davlat esa mamlakat ichida ishlab chiqarishda butunlay inson mehnati sarflangan tovarlar qimmatroq boʻlgani va shu sababdan tabiat begʻaraz ishtirok etgan tovarlar bilan raqobat qila olmagani uchun, narxni tenglashtirish maqsadida begʻaraz in’omdan import bojlari orqali voz kechadi. Shunday ekan, sham ishlab chiqaruvchilar quyosh bilan raqobatda yutqazayotgan va kun boʻyi shamlarini sotolmay qiynalidhayotgan bir paytda, yuqoridagi adolatli proteksionistlarning mantigʻiga binoan, xizmatning yarmi emas, hammasi tekin boʻlgan in’omdan voz kechish juda toʻgʻri qaror boʻlar edi. Axir, quyosh nurining narxi boshqa tovarlar kabi nolga intilayotgan emas, allaqachon nolga teng boʻlgan-ku! @economist_martin

Hashtags

Decoding Human — Роман Пустовойт

@decodinghuman · Post #1075 · 10/17/2025, 11:10 AM

🔹 🔹 🔹 Потребители все чаще ждут от брендов не только товаров, но и смысла Но важно: ожидания зависят от категории. Исследование Edelman Trust Barometer показывает: бренд должен «улучшать мою жизнь» — но не любой, а только в рамках «своей» роли. Категории с наибольшим набором ожиданий: 🌀 Health & pharma — от них ждут всего: и знаний, и поддержки, и сообщества. 🌀 Tech — должны обучать, вдохновлять и помогать делать добро. 🌀 Food & beverage — отвечают за эмоции: «сделайте мне хорошо». Мы попросили прокомментировать это исследование Романа Пустовойта, директора по стратегии и сооснователя бренд-консалтингового агентства Human Code. Листайте карточки⬆️ #REview Подписаться на RE:source

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #1056 · 02/04/2024, 04:27 PM

​​Yanvar oyida koʻrgan filmlarim haqida qisqacha #review yozmoqchiman. Good Will Hunting Ushbu hissiyotlar va intellektual salohiyat bilan uyg'unlashtirgan jozibali filmni tomosha qilishni barchangizga tavsiya qilaman. Mett Deymon va Robin Uilyams ijrosidagi ushbu film, o'z-o'zini kashf qilish, qat'iyatlilik va haqiqiy insoniy munosabatlarning inson tabiatini oʻzgartiruvchi kuchi haqidagi ta'sirchan hikoyani jonlantirib, ajoyib diologlarni namoyish etadi. Filmdagi intellektual buyuklik, ichki men’ning murakkabligi bilan birgalikda insonning naqadar buyuk va bir vaqtning oʻzida ojiz mavjudot ekanligini ifodalaydi, nazarimda. Filmning eng asosiy jihati esa, insonlarning nima qilishi kerakligini emas, xohlagan ishini qilishi kerakligini ya’ni shaxsiy tanlov har doim ustun boʻlmogʻi lozimligini targʻib qiladi. Inglourious Basterds Quentin Tarantinoning ushbu filmi haqida man yozmasam ham bilmaydigan insonning oʻzi boʻlmasa kerak. Film, tarixni qaytadan yozish jozibadorligini yuqori darajada yetkazib bera olgan. Undagi har bitta shaxsning xarakteri alohida e’tirofga loyiq deb oʻylayman. Avval ham aytganimdek, har bir qahramon oʻz oʻrniga ega. Bosh qahramon, ikkinchi darajali obrazlardan yaqqol ajralib qolmagan. Bu esa juda muhim. The Pianist Roman Polanskining "The Pianist" filmi Xolokost vaqtida Shpilmanning achinarli hikoyasi haqida soʻzlovchi hayajonli va “hissiyot botqogʻi”ga tortib ketuvchi asardir. Adrien Brodining Shpilman rolini chuqur his etgani ta'sirchan ijrosidan shundoqqina bilinib turadi. Filmning kinematografiyasi va musiqiy jihatlari ta’sirchan hikoyani yanada kuchaytirib, urushning vayronagarchiliklarini va san’atning bardavom qudratini aks ettiradi. Pianinochi o'zining qaygʻuli hikoyasi va ajoyib musiqiy mahorati bilan tomoshabinlarda chuqur ta’surot qoldirib, tasavvur qilib bo'lmaydigan qiyinchiliklarga qarshi insonning chidamliligini tasvirlab beradi. The Shining Stenli Kubrikning "The Shining" filmi tomoshabinlarni boshqa hech qaysi filmga o'xshamagan psixologik daxshatli hikoyaga gʻarq qilgan kinematografiya durdonasidir. Jek Nikolsonning Jek Torrance obrazini qoyillatib o'ynashi odamni hayratda qoldiradi. Darvoqe, film yozuvchi Stephen King asari asosida suratga olingan ekan. “Overlook mehmonxonasining daxshatli muhiti, hayajonga soluvchi musiqa bilan birgalikda keskin va bezovta qiluvchi muhit yaratgan. Film omadsiz yozuvchi Jek Torrensning psixologik kasalligi va buning sabablari haqida hikoya qiladi. Uning alkogolizm bilan kasallangani bir shisha pivo uchun qalbini shaytonga sotishga ham tayyor ekanligini aytish bilan oʻz isbotini topgan. Hayot qiyinchiliklari uni har qanday tubanlikdan tab tortmaslikka olib keldi. Nazarimda film psixologiyaning buzilishi haqida edi. Agar siz boshqacharoq xulosa chiqargan boʻlsangiz fikrlaringizni izohda yozing. 1917 Film inson oxir oqibat inson boʻlib qolishi naqadar mushkul ekanligi haqida hikoya qiladi. Birinchi jahon urushi vaqtida, ikki askarga topshirilgan mas’uliyatli vazifa ularni xavfli sayohatni boshlashiga sabab boʻldi. Filmning muhimligi nafaqat dramatik voqealar va ajoyib sahnalarda, balki urush daxshatlari muhitini, inson qalbiga ta'sirini yetkazishda hamdir. Film do'stlik, omon qolish va urushning murosasiz tabiati mavzulariga bag'ishlangan bo'lib, qahramonlarning kuchi va zaifliklarini ta’kidlaydi. “1917” filmi nafaqat urush daxshatlari vizualizatsiyasi bilan ko‘zni maftun etadi, balki urushning shafqatsizligi va insoniy matonatning yengilmas ruhini majoziy ma’noda aks ettiradi. @economist_martin

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #1048 · 01/20/2024, 10:04 AM

​​#review 📖 Frikonomika ✍🏻 Stiven Levitt & Stiven Dabner Frikonomika kitobini, iqtisodiyotning naqadar jozibador ekanligini koʻrsata olgan va real hayotimiz uchun koʻzgu vazifasini bajargan asar desak ham boʻladi. Negaki, bizga goʻzalligi haqiqatdek koʻringan narsalarning aslida haqiqat emasligi, insonlarning stimullari boshqalarga foyda keltirish uchun yoʻnaltirilgandek koʻrinsada, aslida, koʻproq oʻzining manfaatiga yoʻnaltirilganligini yanada yaxshiroq tushunish mumkin. Ushbu asarda oʻqituvchilarning va yapon “sumo” sporti vakillarining ishlatadigan yolgʻonlari, rieltorlarning goʻyoki “doʻstona” munosabatlari qanday ragʻbatlar ustiga qurilgani hamda Amerikada shov-shuv boʻlgan “Ku kluks klan” atrofidagi ma’lumotlar tahlili bilan tanishishingiz mumkin. Haqiqatan ham, raqamlar dunyo aslida qanday ishlashini yanada yaxshiroq tushuntiradi. Xavf va xavotir instikti hatti harakatlarimizga nojoʻya ta’sir qilishini ham raqamlar isbotlab beradi. Aynan raqamlar, boʻlayotgan voqealarni eng ratsional tahlil qilishimizga koʻmaklashadi. Hissiyotlar esa dunyoni tasavvurimizdagi kabi ideal koʻrishga undagani uchun, oqilona boʻlmagan qarorlar qabul qilishimizga moyillik qiladi. Tushunganingizdek, asar mualliflari insonlar oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar qanday ragʻbatlar ustiga qurilgani yoki ularning hatti-harakatlari qaysi omillarning ta’siri ostida shakllanishini, iqtisodiyotning mikro darajasida tushuntiradi. Kitobni oʻqib, iqtisodiyot boʻyicha mutaxassisga aylanishingiz qiyin masala, ammo, vaqtingizni maroqli oʻtkazishingiz tayin. Barchangizga yoqimli mutolaa tilayman!) @economist_martin

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #1026 · 12/31/2023, 02:42 PM

​​#review 📖 Factfulness ✍🏻 Hans Rosling, Ola va Anna Roslinglar. Dunyo boʻylab sayohat qilgan, koʻplab xalqlar va ularning madaniyati, urf-odati bilan tanish boʻlgan hamda yirik xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritgan shifokorning hayoti davomida koʻrgan kechirganlari va chiqargan xulosalarini oʻqish juda maroqli, qandaydir oʻzgacha hissiyot beradi. Negaki chindan ham dunyo haqidagi fikrlaringizga ijobiy ta’sir oʻtkazadi. Tushunganingizdek, u buni, faktlarga tayanib ishlashni oʻrgatish bilan amalga oshiradi. Har qanday tabiiy instiktlaringizni faktdorlik bilan boshqarishga chaqiradi. Oʻz oʻrnida instiktlar qachon va qanday vaziyatlarda foydamizga, yoki aksincha, zararimizga ishlashini ham tushuntiradi. Kitobni iqtisodiyot yoki psixologiya haqidagi asar desangiz ham boʻladi. Raqamlardan foydalanib yozilgan kitobi bilan, Hans oʻzining possibilizm gʻoyasiga insonlarni chorlaydi. Shu oʻrinda optimizm possibilizmdan farq qilishini ham eslatib oʻtadi Kitobni oʻqir ekanman, kambagʻal davlat boʻlish naqadar yomon ekanligini, bunday jarlikdan chiqish esa birlamchi vazifa boʻlishi kerakligini yanada yaxshiroq angladim. Gapminder kompaniyasiga tegishli “Dollar koʻchalari”ga ( dollarstreet.org ) sayohat qilib, Oʻzbekiston bilan oʻrtacha daromadi teng mamlakatlarni koʻrib chiqdim. Siz ham oyiga oʻrtacha 175$ daromad qiladigan oilalarni, ularning turmush tarzini tomosha qiling va oʻrtacha Oʻzbekistonlik qanday ahvolda ekanligini tasavvur qiling. Hans aytgan toʻrt daraja miqyosida Oʻzbekistonliklar kuniga oʻrtacha 5,7$ daromad bilan II darajaga toʻgʻri keladi. Ammo possibilizm hammasi yaxshi ekanligiga, kelgusida bundan ham yaxshiroq boʻlishiga ishontiradi. Kitobni albatta tavsiya qilaman, negaki asarni oʻqib boʻlgach bugun boʻlayotgan voqea-hodisalarni toʻgʻri tahlil qila olishingiz mumkin. @economist_martin

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #1002 · 12/17/2023, 10:52 AM

​​#review 18+ 📖 Psixoanaliz haqida beshta ma’ruza ✍🏻 Zigmund Freyd Zigmund Freydning "Psixoanaliz haqida beshta ma'ruza" kitobi, 1909-yilda Clark Universitetida o'tkazilgan ma’ruza darslarining yozma varianti sifatida, psixologiya sohasidagi eng asosiy va boshlanuvchi g'oyalarini o'z ichiga oladi. Freyd, bu kitobda uning maqbul va tanqidiy psixoanaliz nazariyalari boʻyicha o'z so'zlarini ifodalaydi. Kitobda Freydning qarashlari, shaxsiyatning shakllanishi, odamlar orasidagi munosabatlar va inson psixikasi haqidagi ajoyib nazariyalar bilan keyingi yillar davomida rivojlanadigan bir qator muhim konsepsiyalar ta'kidlangan. Uning ta'limoti, o'ziga xos usuli va tushunarli tilda ifodalanishi, garchi eskirgan boʻlsada bugungi psixoanaliz asarlarining eng asosiy qismi bo'lib qolmoqda. Freyd, faoliyatining boshlangʻich nuqtalarida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgani uchun fan bilan shugʻullanishni toʻxtatib Venadagi shifoxonada nevrolog boʻlib ishlaydi va sohaning mutaxassisi sifatida nom chiqara boshlaydi. Ammo keyinchalik bu ishdan ketadi va doktor Breuer bilan tanishib, bemorlarni gipnoz holatiga tushirish bilan kasallikning simptomlarini aniqlash usulini oʻrganadi. Ammo bu bemorlarning sogʻayib ketishini kafolati emas edi. Shuning uchun bemor bilan shunchaki suhbatlashish orqali, bemor ham uning oʻzi ham bilmaydigan qandaydir voqea hodisalarni aniqlash kerakligini tushunadi. Negaki Freyd kasallikning simptomlari insonning qachondir duch kelgan ammo oʻzi anglamagan hodisalari tufayli yuzaga keladi deb hisoblaydi. Aynan anglanmagan hodisalar nevrozga chalinishning asosiy sabablari edi. Freydning, ayniqsa, jinsiy hayot va/yoki shahvoniyat toʻgʻrisidagi qarashlari psixologiya sohasida inqilob qila olgan nazariyalarni taqdim etgan. Gomoseksuallikning sabablari, bolaning jinsiy mayllari va sogʻlom jinsiy hayot toʻgʻrisida ham Freyd nazariyalarini oʻganish orqali qisman tushunishingiz mumkin. Kitobni oʻqish 18 yoshdan oshganlarga tavsiya qilinadi. Qoʻshimcha sifatida ushbu reviewni oʻqishni tavsiya qilaman. @economist_martin

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #978 · 11/11/2023, 08:46 AM

​​#review 🗡️ Sitsiliyalik ✍🏻 Mario Pyuzo Mario Pyuzoning "Sitsiliyalik" asari Sitsiliya jamiyatining murakkabliklarini o'rganib chiqadigan, kuch, nomus va xiyonatning murakkab to'rini tasvirlaydigan jozibali romandir. Asar siyosiy notinch davr fonida hikoyasi sevgi, sadoqat va ozodlik uchun kurash orqali to'qilgan mashhur “jinyoatchi” Salvatore Gilianoning hayotini tasvirlaydi. Pyuzoning har bir obrazga bergan ta’riflari ushbu kitobni jinoyat, siyosat va Sitsiliya turmush tarziga qiziquvchilar uchun jozibali qilib koʻrsatadi. Asarni oʻqir ekansiz, nafaqat Sitsiliyadagi tarixiy voqealarni tasavvur qilasiz, balki, Gilianoning shaxsiy hayotini, uning oʻy kechinmalarini buyuk siyosiy manzara bilan aralashtirib yuborishingiz mumkin. Muallifning mahorati tarixiy faktlarni ta’sirchan hikoya qilish bilan uzluksiz uyg‘unlashtirishda o‘quvchini nafaqat davrdagi to‘ntarishlarning tomoshabiniga, balki Gilianoning axloqiy dilemmalari va shaxsiy ziddiyatlarining hissiy ishtirokchisiga aylantiradi. Roman Sitsiliya hayotining ijtimoiy nozikliklarini oʻzida jamlaydi, shuningdek, sadoqat, sharaf va hokimiyatning narxiga urgʻu beradi. Agarda siz “Choʻqintirgan ota” asarini oʻqisangiz albatta “Sitsiliyalik” asarini ham oʻqing. Bu asar “Choʻqintirgan ota”ning mantiqiy davomi va shu bilan birga tugallangan voqeligidir. Barchangizga yoqimli mutolaa tilayman. @economist_martin

Hashtags

Martin Eden

@economist_martin · Post #907 · 08/27/2023, 09:08 AM

​​#review 📖 Manipulyativ Diktatorlar: XXI Asrda Tiraniyaning Oʻzgaruvchan Qiyofasi ✍🏻 Sergei Guriyev & Daniel Treysman Oʻtgan asrda insoniyatga eng koʻp talofat yetkazgan, eng koʻp oʻlimlar kuzatilgan jahon urushlari boʻlib oʻtdi. Dunyo, oʻz gʻoyasi yoʻlida hech narsadan ta’b tortmaydigan bir nechta shavqatsiz diktatorlarni koʻrdi. Ularning gʻoyalari millionlab insonlarning ochlikdan va kasalchilikdan oʻlishiga sabab boʻldi. Inson huquqlari poymol etildi, koʻplab davlatlarda demokratiya tamoyillari unutildi. Beshavqat diktatorlar demokratlar bilan ochiq oydin kurashga kirishdilar. Bu kurash oxir oqibat demokratlarning, umumiy demokratiyaning gʻalabasi bilan yakunlandi. Yoʻq, xato yozdim, bu hali toʻliq gʻalaba emas edi. Ammo toʻqsoninchi yillarda, sobiq Sovet Ittifoqi parchalangan vaqtlarda hamma shunday deb oʻylagan. Hatto siyosatshunos faylasuf olim Frensis Fukuyama bu davrni “Tarixning intihosi” deb bashorat qilgan. Chunki u ham, boshqalar ham barcha demokratiya va kapitalizm eng kuchli siyosiy-iqtisodiy gʻoya ekanligiga ishondi deb oʻylagandi. Umuman olganda Sovet Ittifoqidan ajralib chiqqan davlatlar ham oʻzlarini demokratik mamlakat deb e’lon qilgandi. Bundan tashqari Vengriya, Venesuella, Singapur kabi mamlakatlar ham demokratik islohotlarni amalga oshirishni boshlagan edi. 2000-yilda hokimiyat tepasiga kelgan Rossiya prezidenti V. Vladimirovich Putin ham oʻz nutqida demokratik islohotlarni amalga oshirish va demokratik mamlakatga aylanish haqida gapirardi. Keyingi 20-25 yil mobaynida ularning aslida qanday siyosat olib borishi ma’lum boʻldi. Ular na klassik diktatura va na demokratik siyosiy rejimga ega edi. Bu yangi siyosiy rejimga mualliflar manipulyativ diktatura deb nom berishdi. Chunki ular gʻarb mamlakatlari bilan yaxshi munosabatlar oʻrnatishni, savdo aloqalarini kengaytirishni hamda turli moddiy yordamlar olishni xohlashardi. Bir vaqtning oʻzida xalq saylagan nomzodga hokimiyatni qoʻsh qoʻllab topshirishni ham istamas edilar. Demokratik institutlar sharoitida siyosiy hokimiyatni monopollashtirish ularning asosiy maqsadiga aylandi. Bu maqsad repressiyalardan voz kechish, oʻrniga esa ichki va tashqi siyosatda manipulyatsiya ishlatishga ragʻbat uygʻotdi. Kitobning boshidan oxiriga qadar, Diktatorlar nega klassik davrdan hozirga qadar evolyutsiyaga uchragani savol ostiga olinadi va turli tadqiqotlar hamda dalillar orqali birin-ketin javob beriladi. Manipulyativ diktatorlar kelajakda demokratlarga aylanadimi yoki eski davrlardagidek zolim diktatorlarga aylanishadimi kabi savollarga ham javob berilgan. Bugungi dunyo siyosati va bunda manipulyativ diktatorlarning ulushi qanday ekanligi, ular qaysi oʻyin qoidalariga amal qilishi haqida ham oʻqishingiz mumkin. Ushbu kitobdan bugungi kunda eng kuchli va ishonchli gʻoya aslida qanday boʻlishi kerak ekanligiga ham yanada ishonchli javob topasiz degan umiddaman! Barchangizga yoqimli mutolaa tilayman. Hurmat bilan @economist_martin

Hashtags

12•••5•••10•••151617181920•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••85•••909192