TGINSIGHT CHAT
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
@hetmuloqot
Business and startups"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Recent posts
Page 33 of 84 · 1,004 posts
Posted Jan 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 #24_soatlik_navbatchilik_asosida Noqulay ob havo bo’lishiga qaramasdan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali xodimlari kuchaytirilgan ish rejimida tunu kun faoliyat olib bormoqda. Ayni vaqtda Qo’rg‘ontepa tumani “Ustoz” MFY hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 186 - sonli transformator punktida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi. Natijada 40 ga yaqin xonadon, shuningdek bog‘cha va maktabning elektr ta’minoti qayta tiklandi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Hashtags
Posted Jan 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 #24_soatlik_navbatchilik_asosida Hududlarda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tezkor chiqish brigadalari tunu kun uzluksiz faoiliyat olib borishmoqda. Ayni vaqtda Guliston shahri Sayqal MFY hududidagi 10kVli "SVX-1"elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik Guliston shahar elektr ta'minotining tezkor chiqish brigadasi tomonidan bartaraf etildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Hashtags
Posted Jan 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 HAR QANDAY OB-HAVO SHAROITIDA HAM POYTAXT ENERGETIKLARI XALQ XIZMATIDA Noqulay ob-havo bo‘lishiga qaramay soha xodimlari istemolchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda sodir bo‘lgan uzilishlarni qisqa fursatda bartaraf etish maqsadida “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” filiali xodimlari 24 soatlik kuchaytirilgan navbatchilik asosida fidokorona mehnat qilmoqdalar. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 #24_soatlik_navbatchilik_asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali xodimlari kuchaytirilgan ish rejimida faoliyat yuritmoqda 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Hashtags
Posted Jan 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 21-yanvar kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi Tizim 24/7 rejimida kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Elektr stansiyalari orqali jami 272,9 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Iste’molchilariga 245,7 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Tabiiy gaz iste’moli 146,2 mln kub metrni tashkil qildi. Birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi oshirildi. Avtobenzin va dizel yonilg‘isi ham aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini qoplaydigan darajada yetkazib berilmoqda. Xususan, 21-yanvar kuni birja savdolariga jami 12,3 ming tonna avtobenzin va 14,7 ming tonna dizel yonilg‘isi chiqarilib, shundan 5 ming tonna benzin va 680 tonna dizel yonilg‘isi sotildi. Shuningdek, birja savdolariga 2 428 tonna suyultirilgan gaz chiqarilib, shundan 2 368 tonnasi sotildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 YOG‘INGARCHILIKDAN KEYIN ELEKTR TA’MINOTI BOSQICHMA-BOSQICH TIKLANMOQDA Xorazm viloyatida kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti, xususan, kuchli qor yog’ishi oqibatida ayrim elektr uzatish tarmoqlarida texnik nosozliklar yuzaga kelib, vaqtinchalik elektr ta’minotida uzilishlar qayd etildi. Mazkur holatlarni qisqa fursatda bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan barcha zarur choralar ko‘rililib, shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalariga qarashli tezkor chiqish brigadalari kuchaytirilgan tartibda faoliyat olib borildi. Ayni paytda aksariyat hududlarda elektr ta’minoti to‘liq yoki qisman tiklangan bo‘lib, qolgan manzillarda ishlar davom etmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Noqulay ob-havo va sovuq havo sharoitlariga qaramasdan, "Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari iste’molchilarga barqaror va sifatli elektr energiyasini yetkazib berish yo‘lida fidokorona xizmat qilmoqdalar. Elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf qilish uchun barcha maxsus texnikalar hamda xodimlar shay xolatga keltirilgan. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Noqulay ob-havo va sovuq havo sharoitlariga qaramasdan, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali tasarrufidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari iste’molchilarga barqaror va sifatli elektr energiyasini yetkazib berish yo‘lida fidokorona xizmat qilmoqdalar. Ayni vaqtda Sardoba tumani Robot mahallasi 10 kVli “Birlik” havo tarmog’idagi transformator punktida nosozlik yuzaga kelgan, hozirda ushbu nosoz transformatorni almashtirish ishlari olib borilmoqda, tez orada tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan ishlar yakunlanib iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr ta’minoti tiklanadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Surxondaryo viloyatida noqulay ob-havo taʼsirida ayrim elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklar energetiklar tomonidan bartaraf etilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 NOQULAY OB-HAVO SABAB ELEKTR TARMOQLARIDA YUZAGA KELGAN UZILISHLAR BARTARAF ETILMOQDA Hududlarida kuzatilgan yog‘ingarchilik oqibatida yurtimizning turli hududlarida elektr uzatish tarmoqlarida texnik nosozliklar va vaqtinchalik elektr ta’minotida uzilishlari qayd etilgan. Mazkur holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi barcha shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalarida maxsus tezkor brigadalar faoliyat olib bormoqda. Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filialining mutaxassislari tomonidan elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarida ta’mirlash-tiklash ishlari izchil olib borilib, iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish tiklanmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 Qishda elektr energiyasini tejash bo‘yicha 10 ta maslahat. ————— 10 советов по экономии электроэнергии зимой. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
Posted Jan 22
📌 📌 📌 📌 📌 📌 NOQULAY OB-HAVO SHAROITIDA ELEKTR TA’MINOTINING BARQARORLIGI TA’MINLANMOQDA Samarqand viloyat hududlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik va noqulay ob-havo sharoitlari ayrim elektr uzatish tarmoqlarida texnik nosozliklar kelib chiqishiga hamda elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Mazkur holatlarning oqibatlarini qisqa fursatda bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi barcha shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalarida tezkor maxsus brigadalar safarbar etildi. Mutaxassislar tomonidan nosozliklar aniqlanib, avariyaviy holatlarni bartaraf etish ishlari belgilangan tartibda olib borilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz