TGINSIGHT CHAT
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
@shahrixon_tim
PendidikanIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Postingan terbaru
Hal. 6 dari 84 · 1,004 postingan
Diposting 4 Apr
Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida “Oy kitobxoni” tanlovi tashkil etildi. Tanlov ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari B. Samatova, D. Raxmonova hamda maktab kutubxonasi rahbari D. Maqsudovalar tashabbusi bilan o‘tkazildi.Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘qigan asarlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazilib,savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning bilim darajasi, nutq madaniyati va kitobxonlik saviyasi baholanib, eng faol va bilimdon o‘quvchilar “Oy kitobxoni” nominatsiyasi bilan taqdirlanadilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamladi. TELEGRAM | FACEBOOK
Diposting 4 Apr
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5–6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasini tashkil etish o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, diqqat-e’tibori va strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu tadbir ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va sog‘lom raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi. Musobaqa oldindan ishlab chiqilgan nizom asosida o‘tkazilib, ishtirokchilar saralab olinadi va adolatli tarzda bellashadilar. Jarayonda o‘quvchilar o‘z bilim va mahoratini namoyon etib, sport madaniyati va halollik tamoyillariga amal qilishni o‘rganadilar. G‘oliblar esa munosib taqdirlanadi. Umuman olganda, bunday musobaqa o‘quvchilarning intellektual rivoji va iqtidorini yuzaga chiqarishda muhim o‘rin tutadi. Faxrli 1-oʻrinni 5-b sinf oʻquvchisi Abduvaxobov Islombek egalladi. Tashkilotchilar: S.Ismoilov Oʻ.Boltaboyev Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 4 Apr
#Zakovat musobaqa jarayonidan. Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7–8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida“Zakovat” klubi hamkorligida “Zakovat” o‘yini tashkil etildi. 🤝 Musobaqa o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. 💪 6 ta jamoa ishtirok etdi. Do‘stona raqobat ruhida kechgan o‘yin yakunida quyidagi jamoalar g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi: 🥇1-o‘rin: Zukkolar jamoasi; 🥈2-o‘rin: Udaburonlar jamoasi; 🥉3-o‘rin: Kimyogarlar hamda Burgutlar jamoasi. “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur tadbirda o‘quvchilar o‘z bilimlari, tezkor fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Musobaqa yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi. G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 3 Apr
#Samarqand_shahri "Amir Temur oyligi"ga start berildi 🎞 Samarqand shahridagi Registon maydonida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bagʻishlangan "Amir Temur oyligi"ning ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi.
Hashtags
Diposting 1 Apr
VAQTNI QADRLANG! ☝️Hurmatli ota onalar! Farzandlaringizni boʻsh vaqtini qay tarzda oʻtkazayotganligiga befarq boʻlmang! MMIBDOʻ Oʻ.AKBAROV
Diposting 1 Apr
#Toʻgarak_jarayoni #Shahrixon tuman_IM 🧑💻 Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Aniq fanlaridan tashkil etilayotgan toʻgaraklar jarayonidan. 👩💻Toʻgarak davomida oʻquvchilar koʻplab yangi maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Oʻrganganlarini amaliy tarzda bajarishdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 1 Apr
❗️Amir Temur tavalludi munosabati bilan 🏫Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabidamaxsus tadbirlar tashkil etiladi! 📌 Dasturda: 🎨 1. Rasmlar tanlovi ❓ 2. Savol-javoblar 3.Zakovat musobaqasi 5-6-7-sinf oʻquvchilar oʻrtasida. 📅 Diqqat! 🖼 Rasmlar 1-apreldan boshlab qabul qilinadi. 🎤 Tadbirimiz esa 8-aprel kuni Faollar zalida bo‘lib o‘tadi. 📚 Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ushbu tadbirga barchani taklif qilamiz! 👥 Faol ishtirok eting va o‘z bilimingizni namoyish qiling! ✨ Eng faol qatnashchilar taqdirlanadi! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.
Diposting 1 Apr
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🤩Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi #ijodiy_jarayon 🎨5-«B» sinf o‘quvchilarining Tasviriy sanʼat fanidan "Ekoligik tarbiya" ,"Tabiatni sevish","Tabiatni asrash" mavzularida rasmlar tanlovi tashkil etilmoqda. 🖌Taqdimot davomida o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari, tasavvuri va badiiy didlarini namoyon etdilar. Har bir ishda o‘ziga xos yondashuv, yangicha fikrlash va ijodkorlik yaqqol ko‘zga tashlandi. ⭐O‘quvchilar faol ishtirok etib, kreativlikka intilishlari bilan ajralib turdilar. Bu esa ularning san’atga bo‘lgan qiziqishi va iqtidorini yana bir bor namoyon etdi. Tasviriy sanʼat fani oʻqituvchisi -N.Sultonova Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.
Hashtags
Diposting 1 Apr
#_Besh_tashabbus_futbol⚽ #Sohibqiron_Amir_Temur_tavalludi_oldidan #Shahrixon_tumani_IM #Sport_salomatlik_garovi ✅Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabda Sohibqiron Amir Temur tavalludi oldidan sport musobaqalari tashkil etilmoqda. ⚽⚽⚽ 5-sinflar o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi:- Trener-S.Ismoilov Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.
Diposting 31 Mar
#Men Buyuk el farzandiman. Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabda “Men buyuk el farzandiman” umummilliy harakati dasturining 3.3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangi avlod – yangi ruhiyat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Tadbir doirasida MMIBDO O‘. Akbarov hamda tarbiya fani o‘qituvchisi D. Maqsudovlar tomonidan o‘quvchilar ishtirokida davra suhbatlari olib borildi. Suhbatlar davomida yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, milliy ruhiyatni yuksaltirish, qadimiy urf-odat va an’analarni zamonaviy talqinda tushuntirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘quvchilarga milliy qadriyatlarimizning ahamiyati, ajdodlar merosiga hurmat va sadoqat ruhida yashash zarurligi haqida tushunchalar berildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.
Hashtags
Diposting 30 Mar
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 ATTPRO 16 test g'oliblari! 💜1-o'rin. Andijon viloyati Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ustozlarini bugungi Yutuq bilan tabriklaymiz! Bu jamoa mani hech qanday tanishim emas! Faqat Andijon yutvuradimu deb harakat qilmaysizlarmi eee ‼️ Keyingi Testda ham ustozlardan faollik kutamiz! @fayziev_attestatsiya
Diposting 30 Mar
#Bizning faxrimiz. #Xalqaro fan olimpiada natijasi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining sobiq oʻquvchisi Qbuljonov Muhriddin xalqaro matematika fan olimpiadasida ishtirok etib faxrli oʻrinni egalladi. Ushbu oʻquvchimizni va taʼlim-tarbiya bergan matematika fan ustozlariga,ota onasiga maktab maʼmuriyati katta rahmat aytib oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.Oʻqishlariga omad tilaymiz. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.