TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
Torna ai canali
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT CHAT

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

@kitobxonlar_d

Libri

Facebook ijtimoiy tarmog'idagi "Kitobxonlar davrasi" guruhining telegramdagi rasmiy kanali. Facebookdagi guruhga link: https://m.facebook.com/groups/159059447495836 Bog'lanish uchun : @kitobxonlar_davrasibot

Iscritti205Iscritti attuali
Post tracciati415Post indicizzati
Reach recente8,741Visualizzazioni post recenti
Post recenti

Post recenti

Pag. 33 di 35 · 415 post

Pubblicato 20 mag

https://telegra.ph/Bari-otkinchi---sevgi-sanat-sayyora-yer-siz-men-Ayniqsa-MEN-05-19

346 views

Pubblicato 18 mag

Jorj Oruel. ‘‘1984‘‘ #asaxiytanlov ‘‘Xalq jonivorlardan ham bechoraroqdir‘‘, ‘‘Insoniyat - bu partiyadir‘‘, ‘‘Qolganlar - tashqaridagilar - ahamiyatsizdir.‘‘ Ummoniya partiyasi shunday o‘ylaydi va ular o‘ylagandek yashashga hamma mahkum ! Kimdir aytgandi, Oruel orzularni o‘ldiradi deyadi. Menimcha mana shu fikrda bo‘lgan odam adashgan. O‘zimning fikrimni esa quyiroqda bayon etaman. Asarni o‘qish jarayonida, avvaliga miya chap yarimsharlari ishlash mexanizmi tezlashgandek tuyuldi, ammo voqealar jarayoni shiddatli tus ola borgach, miyaning o‘ng yarimsharlari ham xuddi shunday ishlashga kirishdi. Ummoniya xalqi qo‘rquv ostida ushlab turiladi. Hamma narsa, shaxslar nazorat ostida. Sen shaxs bo‘lishing aslo mumkinmas. Sen individsan. Sen shunchaki Katta og‘ani sevishing va partiyaga sodiq bo‘lishing kerak. Boshqa vazifang yo‘q. Ummoniyada haqiqatdan bo‘lak har narsa topilishi mumkin bo‘lgan Haqiqat vazirligi, ichingizda nafratni uyg‘otadigan Muhabbat vazirligi, urushga shay turadigan Farovonlik vazirligi kabi bir qancha vazirliklar mavjud. Insonlarga uqtirilgan : ‘‘E‘tiqodli inson fikrlamaydi, fikrlagan inson yashashga noloyiq‘‘. Har bir shaxs (endi ularni individ desa ham bo‘ladi) ko‘r-ko‘rona e‘tiqod ostida yashashga mahkum. Bu yillar davomida yuz berib kelgan. Bunga dalil sifatida Uinstonning keksa chol bilan suhbatini keltirish mumkin. Hatto o‘sha cholda ham fikrlash mavjud emas. Unga ham yoshlikdan shu e‘tiqod singdirilgan. ‘‘Eski davrning tasodifiy guvohlari ham oldingi davrni hozirgisi bilan solishtirishga qodir emas‘‘ deyilganda rost gaplar aytilgan. Smit shu individlar ichra bir shaxs. U isyon ko‘tarishga harakat qildi. Yo‘q, u buni juda ham istamadi. Chunki har bir harakatida oqibat nima bo‘lishi haqida o‘y mavjud edi. U kelajagi nima bo‘lishini bilar edi. Bila turib, isyon ko‘tarishga qaror qildi. Avvaliga taqiqlangan yozuvlar orqali, keyin esa Juliya bilan ishqiy munosabatlar orqali. U sevdi. U Juliyaga bog‘lanib qoldi. Uni hech qachon, har qanday vaziyatda ham sotmayman dedi. Inson o‘zi uchun daxshatli bo‘lgan hodisaga duch kelganda hatto eng sevgan kishisini ham sotishi guvohiga aylanganmiz. Smit ham mustasno bo‘lmadi. U insoniylikni saqlamoqchi bo‘ldi. Ammo yolg‘iz o‘zining qo‘lidan hech nima kelmasdi. Olomon esa baqirardi, u ham xavfsizlikda bo‘lishi uchun olomon bilan birga baqirishi kerak edi. Ammo insoniylik prinsiplariga qarshi chiqa olmadi. U hammasini o‘zgartirmoqchi edi. U harakat qilmoqchi edi. Ammo... Katta og‘a har doim kuzatib turadi... Asar nega bunday nomlangani-yu, uni qaysi davrga va qaysi mamlakat nazarda tutilgani shunchaki ikkinchi darajaga tushishi kerak. Asar mohiyatida fikr erkinligi, manqurtlikdan qochish yotadi. Oruel orzularni so‘ndirmaydi, shunchaki insonni manqurt bo‘lmaslikka, mustaqil fikrga ega bo‘lishga va o‘z fikrida sobit tura olishga chorlaydi. Ma‘rufjon Ochilov @kitobxonlar_d

876 views

Pubblicato 17 mag

#diqqat! Diqqat! Diqqat! Bir... bir... mikrafon ishlayotgan bo’lsa, boshladik!))) Assalomu alaykum, guruhdoshlar! Omonmisizlar? Guruhimizning so’nggi yangiliklari bilan tanishing. Efirda yana men! Guruhimiz o’z faoliyatini boshlaganiga ko’p vaqt bo’lgan bo’lsa ham, guruhdoshlarning real hayotdagi ilk uchrashuvlari 2018-yil 24-may kuni bo’lib o’tgan edi. Shu tarixiy sanaga bir yil to’lishi munosabati bilan sizlarni kitobxonlarning navbatdagi yubiley uchrashuviga taklif etamiz! Sizlarni kitobxonlar bilan jonli samimiy muloqot, siz kutgan va kutmagan tanlovlar, ilmiy va badiiy asarlar bo’yicha erkin bahslar, yangi kitoblar taqdimoti, ijodkorlar bilan uchrashuv, kutilmagan syurprizlar va ajoyib sovg’alar 25-may (shanba) kuni soat 10.00 da boshlanadigan bayramimizda kutmoqda. Yana nimalar deysizmi? Qolganiga kelganingizda guvoh bo’lasiz. Umid qilamanki, qimmatli vaqtingizni biz bilan o’tkazganingizga aslo afsuslanmaysiz))) Biz sizlarni kutamiz! Aytgancha, bayramimiz bo’lib o’tadigan manzil: Toshkent shahar Chilonzor tumani Qatortol ko’chasi 60-uy Book.uz kitoblar markazi Mo’ljal: “Parus” majmuasi Murojaat uchun (xohlasangiz paynet qilish uchun😂😂😂) telefon: +998974508393

847 views

Hashtags

Pubblicato 17 mag

Ilmning avvali sukut, keyin eshitish, keyin yod olish, keyin tarqatish va oxirida esa unga amal qilishdir. ©Hazrat G'azzoliy @kitobxonlar_d

700 views

Pubblicato 17 mag

676 views

Pubblicato 16 mag

​​Graf Monte Kristo asari haqida. #asaxiytanlov Tugatdim. Sodda, ozgina tarixiy faktlar bilan qorishib ketgan, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash haqidagi roman,deb ta’rif berardim. Dyuma bizga inson irodasi qanchalik matonatli ekanligini ko‘rsatmoqchi, har qanday zimistondan keyin albatta yorug’lik paydo bo‘lishiga ishontirmoqchi bo‘lgandek. Danglarni o‘ldirmay yozuvchi o‘quvchiga kechirimlilik ham kerak insonga, hatto u inson seni go‘rga tiqqan bo‘lsayam demoqchidek. Morrel va Valentinani o‘ldirmay, ularga baxt in’om etib, Dyuma sanoqsiz o‘liklar va baxtsizliklar o‘rnini shu ikki sevishgan bilan to‘ldirgandek, o‘ziga xos “happy end” yaritishga uringandek. Eng xayajonli vaziyat - katta Morrelni chakkasiga to‘pponcha tirab soatga qarab turgan holati bo‘ldi. Grafni puli bo‘la turib,bunchalik Morrelni hayotini xavfga qo‘yganini haligacha hazm qilolmayapman:) (yaxshi odam edi-da!)) O‘qiganlar biladi, eng yoqimli lahzalar - qasos onlari. O‘sha damlarda bilmay qoldim, Dantes ko‘proq hursandmi yoki men) Quyida yoqqan joylaridan parchalar keltiryapman: ...Inson boshiga musibat tushsa Xudoga iltijo qilishi kerak,lekin u hech kimdan,hech qayerdan najot topolmagachgina Xudoga murojaat qiladi. ...Faqat baxtsizlik kishi aqlining yashirinib yotgan boyliklarini ochib tashlaydi, harakatga solib yuboradi. Poroxni portlatish uchun siqish kerak. Turma har tomonga yo‘nalgan tafakkurimni mujassamlashtirdi, ular tor makonda to‘qnashdi, siz bilasizki bulutlar to‘qnashsa elektr hosil bo‘ladi, elektrdan chaqmoq hosil bo‘ladi, chaqmoqdan esa yoruglik. Barcha maxluqlar ichida eng xudbini, surbeti inson. Eng maqtanchog‘i, mag‘ruri, o‘ziga bino qo‘ygani ham inson. U quyosh faqat menga nur sochadi, yer ham meni deb aylanadi, o‘lim ham meni deb hammaga qiron keltiradi deb o‘ylaydi: u - cho‘p ustida turib, xudoga do‘q urayotgan chumoli!... Nurmuhammad Xaydarbekov @kitobxonlar_d

774 views

Pubblicato 14 mag

Ҳаммага салом!! Асахий интернет дўкони билан ҳамкорликдаги танловимиз давом этмоқда. Бугунга келиб 20 га яқин иштирокчилар қатнашмоқда.Ҳозирча Молхона ва Рақамли қалъа асарларига кўпроқ таасурот ёзилди. Сиз ҳам иштирок этинг ва Asaxiy дўкони бестселлер китоблар тўпламига эга бўлинг! Қатнашиш жуда осон, Asaxiy дўконида сотилаётган 1000 дан ортиқ китоблардан бирига ўз таасуротингизни #asaxiytanlov ҳештеги билан ёзиб Фейсбукдаги Китобхонлар Давраси гурухига пост қўйинг. Китоблар Асахий дўконида сотилаётган бўлса бўлди, сиз уни албатта сотиб олган бўлишингиз шарт эмас. Олдинроқ ўқиган бўлсангиз ҳам ёзаверинг:) Телеграмда @asaxiybooks каналига ва Фейсбукда UzbekLife саҳифасига аъзо бўлинг ва асосий танлов постини ўз саҳифангизда улашишни унутманг. Ғолиблар бестселлер китоблар тўпламига эга бўлади! Асосий танлов пости ва шартлар: https://m.facebook.com/groups/159059447495836?view=permalink&id=2212218255513268 Asaxiy дўконидаги барча китоблар рўйҳати: https://asaxiy.uz/index.php?route=product/category&path=218&sort=rating&order=DESC&limit=50

731 views

Pubblicato 13 mag

#Asaxiytanlov ​​"1984" асари ёки болалигимдаги воқеалар бу китобга қандай ўтиб қолди? Ниҳоят кеча, "Ўзбекпочта"нинг "шарофати" билан 9 кун деганда Жорж Оруэллнинг "1984" асари қўлимга тегди. "Asaxiy.uz "1984" асарини таржима қилдираётган эмиш", деб гап-сўзлар чиққандаёқ бу китобни русчасини ўқиганлар "зўр китоб" деб мақтай бошлаган эдилар. Кеча китобни ўқишни бошлаганимдан амин бўлдим, ўша мақтовлар бежизга эмас экан. Китоб ҳақиқатдан зўр ёзилган экан. Китобни ўқирканман Жорж Оруэлл китоб воқеаларини қаерда кўрган ёки кимдан эшитиб ёзган билмайман-у, воқеалар айнан ёшлигимда Собиқ Иттифоқ даврида кўрган воқеаларимга жудаям ўхшаш экан. "Ғалаба"(Победа) номли уй, "Ғалаба" кўчаси, "Ғалаба" қаҳваси, ёки тв. ва ОАВ да тинмай "мамлакат ривожланаётгани, гуллаб-яшанаб бораётгани, маҳсулот ишлаб чиқариш кўпаяётгани, аслида эса ич-ичидан чириб бораётгани" ҳақидаги гаплар ёшлигимни эслатди. Асар қаҳрамонининг бир дўконча олдида бир гала аёлларнинг жанжали устидан чиқиб қолиши ҳақида ёзилган жойи шундоққина ёшлигимизда содир бўлган воқеаларга жуда ўхшаш. Маълум бўлишича дўконга "тунука қозонча" келган ва бироздан сўнг сотилиб тугаган. Шундан сўнг қозонча етмай қолган аёллар дўкончи билан "сен қозончани сотишда таниш-билишчиликка йўл қўйдинг" деб жанжал қилишади. Китобни шу жойини ўқиб муаллифга қойил дедим. Айнан шу китоб ёзилган даврда ҳам, ундан кейин ҳам, "чириган ғарб"нинг исталган давлатида турли маҳсулотлар керагидан ошиқча ишлаб чиқарилиб, дўконларда чанг босиб ётганида "Буюк СССР"да доимо маҳсулот тақчиллиги бўлган. Завод ва фабрикалар сифат учун эмас, фақат рақамлар учун, тепадан буюрилган қаттий режа билан ишлагани туфайли аксарият маҳсулотлар сифатсиз (брак) чиққан. Сифатлироқ нарсалар эса айнан Оруэллнинг асарида ёзилгандай доим талаш билан ёки таниш-билишчилик қилиниб пештахта остидан бекитикча сотилган. Шу ерда бир лирик чекиниш. 1984-85 йиллар эди. Отам ўша пайтларда Россияга майиз сотгани борар эдилар. Бир куни уйимизга иккита жиянлари келиб қолишди. Улар отамдан Россияга борган пайтларида бир донадан тугмасини ўрнига кпопка ўрнатилган катакчали кўйлак олиб келиб беришни сўраб келишибди. Отам кейинги гал Россияга бориб қайтишларида ўшандай кўйлакдан уларга биттадан олиб келиб бердилар. Ўшанда улар ўша кнопкали кўйлакни ҳеч қайердан қидириб топа олмаганларини айтишган эди. Отам уларга олиб келган кўйлак Чехословакия маҳсулоти эди ва ундай маҳсулотлар Ўзбекистонга меҳмон ҳам бўлмас эди. Россиянинг турли шаҳарларида ҳам асосан пештахта остидан, бекитилган (подприлавка) ҳолда сотилган. Отам ўшанда ўша ноёб кўйлакларни таниш магазинчига совғага 1 кг майиз олиб бориб бериб олган эканлар. Не ажабки, СССРда сифатли маҳсулотлар тақчиллиги ва дўконларда сифатсиз маҳсулотлар бўлиши дунёга достон эди. Аммо, буни ўзлари тан олишмас, юқорида айтганимдай тв. ва ОАВ фақат ёлғон маълумот бериш билан банд эди. Энди, "1984" га қайтсак, китобда ўша даврга хос яна бир иш, мамлакат бошқарувига қарши чиққан, миллий республикаларда эса ўз ҳақ-ҳуқуқини талаб қила бошлаган инсонлар изсиз йўқолган. Китобда мана шундай ишлар ҳам ёзилган. Мен бу китобни ҳаммага ўқиб чиқишни тавсия қиламан. СССР даврини кўрмаганлар бу китобни албатта ўқиб чиқишлари керак. Асарда бироз муболаға билан бўлса-да ўша пайтдаги ҳолат жудаям моҳирлик билан ёритилган. Албатта, китобда СССР дейилмаган, аммо асарни ўқиб гап СССР ҳақида кетаётганини битталикда англайсиз. Китоб чиққанидан кейин унинг таҳриридаги айрим кичик жузъий камчиликлар ҳақида ҳам ўқувчилар етарлича ёзишди. Аммо, у арзимаган камчиликлар китобни ўқиш жараёнида унча билинмайди. Китоб содда тилда таржима қилинган. Таржимон Карим Баҳриев. P.S. Қўлимда Asaxiy.uz ва Asaxiy Books лойиҳасининг яна бир китоби Ден Брауннинг "Рақамли қалъа" китоби ҳам турибди. Яқин кунларда ўша китобдан олган таъсуротларимни ҳам ёзаман. Ғайрат Йўлдош

785 views

Pubblicato 10 mag

​​#men_tugatgan_asar "Imomning maneken qizi" Omina Shenliko'g'li tomonidan yozilgan kitob bo'lib, Qamar kitob do'koniga borganimda sotuvchi yigit maslaxati bilan sotib oldim. Asar avvaliga oddiy syujetdek ko'rinishi mumkin, noqobil farzand mushtipar ota-ona... Asarda e'tiborimni tortgan syujet emas, balki otaning doimo o'zini aybdor sanashi bo'ldi. Asar haqida fikrlarim chalkash. Qiz ishga kirib, bo'shab boshqasiga o'tib model bo'lar ekanu ota-onaning xabari bo'lmas ekan?! Otaku mayli imom, kunining har bir oni masjidda... Biroq onachi??? Kech kelayotgan farzandini nahotki tergamasa? Ona nahot yakkayu-yolg'izi hisoblangan qizi (yana bir o'g'li bor, biroq qiz farzandi bitta) bilan bolaligidanoq do'st tutinmasa? Qizi aytmang desa qanday qilib qizining aytganini aytgan deganini degan desa?! Bu nimasi axir??? Farzandni aybdor qilish oson, biroq farzand dunyoga kelishi bilan yomon bo'lib qoladimi? Farzand bosayotgan qadam alanga olgandan so'ng ona xabar topadimi? Nega ota his qilganini ona his qila olmaydi? Onaning yuragi farzandiniki bilan uyg'un bo'lmaydimi? Balki xato fikrlayotgandirman, balki savollarim noo'rindir. Asarni ana shu savollar qurshovida yakunladim. Ota esa harakat qildi, balki kechdir. Ona qilmaganlarini qilishga urindi, do'st tutinishga yuragidagini bilishga. Fotima (maneken bo'lgandan so'ng Chechak) haqida, imomning qizi. Asar boshidanoq otasini onamning eri deydi. Onasiga ham eringiz deya murojaat qiladi. Nima ahvol bu?! Imomning ham xatolari bor. Aybsiz emas. Biroq doimo xatosini to'g'irlashga harakatda. Xullas, bu kabi asarlar men uchun bo'lmasa kerak. "Yoshlik keksalikning ko'zgusidir. Ko'zgudagi aksdan rozi bo'lmagan kishi, ko'zgudan emas, o'zidan hisob so'rashi lozim." "Insoniylik, bu - haqiqiy go'zallik!" "Hech kim o'ziga qiyinchiliklarni so'rab olmaydi, qizim. Nolimasdan o'sha qiyinchiliklardan qutulishning yo'lini qidirish kerak." "Haqiqiy ishq bu - odamning yor vasliga bir umr intilib yashashdir." "G'azab qanchalik kuchli ko'rinmasin, aslida uning ishi vayronalikdir." "Shunday savollar borki, javobini faqat narigi dunyoda olishingiz mumkin..." "Sen nima, faqat erkaklar xavfli bo'ladi, deb o'ylaysanmi, qizim? Hozirgi paytda erkak yo ayolga eng katta zarar o'z jinsidan keladi." "Zarar ishning qayeridan qaytilsa ham foydalidir. Faqat qaytishni bilish kerak." Mohina Nursaidova @kitobxonlar_d

792 views

Pubblicato 10 mag

Yolg‘izlikning yuz yili haqida. #men_tugatgan_asar dan #iqtibos lar. Odatda har qanday asar o‘qisam undagi iqtiboslarga alohida e’tibor beraman negadir. Faqatgina asarda yozilgan lekin asardan tashqari o‘qilsa ham o‘z ma’nolariga ega bo‘lgan gaplar qiziq tuyuladi. Gabriel Garsia Markesning ‘‘Yolg‘izlikning yuz yili’’ kitobini o‘qir ekanman uni ichidan ham aancha iqtiboslar to‘plab qo‘yibman..)) 💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬💬 1. Narsalarning ham joni bor. Faqat ularning qalbini uyg‘ota bilish kerak. 2. Jahonda ajoyib voqealar bo‘lyapti. Daryoning narigi tomonida turli sehrli apparatlar mavjud, biz bo‘lsak bu yerda hanuz molday yashab kelyapmiz... 3. Yaqin kishisi dafn qilinmagan yer odamni o‘ziga bog‘lolmaydi... 4. U yer yuzidagi eng go‘zal ayol qayerdaligini so‘raganda, barcha onalar o‘z qizlari yoniga olib borardi... 5. O‘lish ko‘pchilik o‘ylaganidek oson ish emas... 6. Urushni tugatish boshlashdan ko‘ra ming chandon og‘irroqdir... 7. Muhabbatning bir turi ikkinchi turini, albatta, nobud qiladi. Chunki och odam yeb to‘yganidan keyin ovqatga qaragisi ham kelmay qoladi... 8. Yarashish dami bir umrlik do‘stlikdan ham afzaldir... 9. Odamlar haqiqatdan ham temirdan yaralganmi, shuncha azob uqubatlarni ko‘tarishadi... 10. Keksalarning ziyrakligi ko‘pincha kartada ochilgan folga nisbatan chinroq... 11. Odam lozim paytda emas, balki o‘lishi mumkin bo‘lganda o‘ladi... 12. Vaqt oldinga emas, balki doira bo‘ylab harakat qiladi... 13. Qashshoqlik bor joyda muhabbat ham bo‘ladi... 14. Birovning eri bilan o‘ynashgan ayolga har neki xo‘rlik ham ozlik qiladi... Husnora G‘oziyeva @kitobxonlar_d

763 views

Pubblicato 8 mag

#asaxiytanlov Танлов учун ёзилган навбатдаги тақриз . Бу сафар Джордж Оруелнинг Молхона асари ҳақида. Молхона - Джордж Оруэлл Интернет олами турли ҳил иқтибосларни тонналаб ишлатишни ёқтиради. Адабиёт билан боғлиқ гуруҳларга аъзо бўлсангиз, "Оруэллни ўқиманг, яшаш қизиқ бўлмай қолади" деган гапларни тез-тез учратгансиз. Ҳақиқатдан ҳам, Дж. Оруэллни ўқир экансиз, воқеликда содир бўлаётган ҳодисаларга нисбатан маълум бир миқдорда нафрат ва жирканиш пайдо бўлади. Балки унинг асарлари ёрдамида атрофимиз ботқоқликдан иборат эканлигини пайқашни бошлармиз. Ким билсин.Эзоп тилидан фойдаланган ҳолда, ҳажм бўйича кичик бўлган "Молхона" эссесида… @kitobxonlar_d

770 views

Pubblicato 7 mag

Аристотель - Политика Ну, ўқиб тугатдим ва нихоят ушбу китобни хам(2015йилда маслахат беришган эди ўқи деб). Жуда ало даражада ёзилган. Китоб саккиз қисмдан(боб)дан иборат, хар бир бобига алохида пост чикарса буладиган даражада яхши. Умуман олганда бу менинг биринчи ўқилган китобим Аристотель томонидан ёзилган. Жуда мудрая книга, хар бир политологни китоблари орасида бўлиши керак бўлган ностальгия. Шахсият, умуман инсон жамиятдаги мавжудот сифатида, яна оила, даалат муоммолари тушинтириб ўрганилган. Шунингдек қуллик, уришларни саволларини хам назардан қочирмаган. Китобнинг яна бир яхши, кучли тарафи ўқиган пайтингиз мияга ўтириб қолиши,фикрлар, ғоялар, системность, логичность... (менимча бу китобни кучли ёзилганидан). Озрок фикр қилинса китоб бугунги кун учун хам актуально. Ўлмас классика. Ха айтганча болани беш ёшдан етти ёшгача мактабга таёрлаш ва етти ёшдан мактабга беришни, мусиқани предмет сифатида ўрганишни хам Аристотель кўтарган экан(буни мен билмаган эдим). Китобда танқиди нарсалар йўқмикан? деганди битта Feckro Felixдеган бола)) Бор! Но, Александр Македонскийни тарбиячиси, биринчи трактак тизим яратувчиси, логика, метафизика, этика, Политологияларга пойдевор қўйган одамга танқид нарса ёзмадим(и кимман танқид қилгани8) ). Яна китоб хақида нима дея оламан? Аристотель китобда давлатнинг асосий бошқарув тизими ва мақсад формаларини , турли сиёсий режимларни танқид қилиб кўтарган. Умий мақсад "ради общего блага" ни кўрсатсада, мени думалатган нарса "Каждый человек должен быть свободен и иметь трех рабов" Хуллас китоб сиёсатни жуда яхши тушунтириб беради ўқиб кўринглар. Ома уша гап Аристотельни Дебатини кўргим келди) #Азбукаклассика#nonfiction#Аристотель Эгамберди Кучкаров

681 views
12•••10•••20•••303132333435