TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
채널 목록으로 돌아가기
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT CHAT

IT news | Tg Bots

@phpdevelopersuz

Business and startups

👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !

구독자149현재 채널 구독자 수
추적 게시물1,004인덱싱된 게시물 수
최근 도달1,313최근 게시물 조회수 합계
최근 게시물

최근 게시물

11페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물

게시됨 4월 13일

"Garri Potter" serial ko'rinishida qaytmoqda! Balki uning filmlarini ko'rmagan yoki kitoblarini o'qimagandirsiz, lekin siz hech bo'lmaganda bir marta bo'lsa ham Garri Potter ismini eshitgansiz va uning kimligini bilasiz. Ehtimol, u haqida chiqadigan yangi serial sizga afsonaviy sehrgar bola bilan tanishish, unga avvaldan muxlislik qilib kelayotganlarga esa sevimli qahramonlari bilan sehrgarlar olamiga qaytish uchun yana bir yangi imkoniyat beradi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 13.04.2023

105 views

게시됨 4월 12일

Haptik tugmalar "atmen", o'zimizni bosiladigan tugmalardan qo'ymasin Apple'ning bo'lajak iPhone 15 seriyasidagi Pro modellar an'anaviy bosiladigan tugmalar o'rniga bosimni sezuvchi va vibratsiya bilan javob qaytaradigan "qattiq tugmalar" bilan jihozlanishi anchadan beri mish-mish qilib kelinayotgan edi. Biroq, taniqli Apple tahlilchisi, Ming-Chi Kuoning so'nggi "bashorati"ga ko'ra, yangi avlod iPhone Pro smartfonlari bunday haptiklarga ega bo'lmaydi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 12.04.2023

101 views

게시됨 4월 12일

Twitter kompaniyasi endi yo'q! Twitter'ni sotib olgandan so'ng, Ilon Mask uni ochiq kompaniyadan yopiq kompaniyaga aylantirdi. Bu shuni anglatadiki, Twitter bundan buyog'iga bo'ladigan o'zgarishlar haqida SEC – AQSH Qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyaga xabar berishi shart emas. Va shu sabab milliarder kompaniya nomini imi-jimida o'zgartirib yuborgani endigina ma'lum bo'ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 12.04.2023

97 views

게시됨 4월 12일

DxOMark reytinggida "kamera qiroli" o'zgardi: Oppo smartfoni endi eng yaxshi kamerafon! Fevral oyi oxirida taqdim qilinishi bilanoq Honor Magic 5 Pro smartfoni DxOMark'ning kamerasi bo'yicha eng yaxshi smartfonlar reytinggida birinchi o'rinni egallagan edi, lekin uning "qirollik davri" uzoqqa cho'zilmadi – Oppo Find X6 Pro endi dunyodagi eng yaxshi kamerali smartfon. 📣IT news| ©Terabayt.uz 12.04.2023

98 views

게시됨 4월 12일

Rasman: Xiaomi 13 Ultra global taqdimot sanasi e'lon qilindi! O'tgan hafta Leica kompaniyasi Xiaomi 13 Ultra shu oy taqdim qilinishini e'lon qilganida Xiaomi'ning o'zi ham buni tasdiqlagan, lekin aniq taqdimot sanasini e'lon qilmagan edi. Hozirgina esa kompaniya, vanihoyat, bo'lajak flagmanning qachon taqdim qilishini rasman ochiqladi – mish-mishlar tasdiqlandi, Xiaomi 13 Ultra rasman 18-aprel kuni butun dunyoga namoyish qilinadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 12.04.2023

102 views

게시됨 4월 11일

Xiaomi 13 Ultra uchun ko'proq pul yig'ib qo'yavering: smartfon arzon bo'lmaydi! Yaqinda Xiaomi kompaniyasi Leica bilan hamkorlikda o'zining Xiaomi 13 Ultra smartfonini rasman shu oy taqdim qilishini e'lon qildi. Kompaniya hali yangi smartfonning tizer qilishni boshlaganicha yo'q, lekin Internetda uning ehtimoliy taqdimot sanasi va narxlari haqidagi ma'lumotlar paydo bo'ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 11.04.2023

115 views

게시됨 4월 11일

Samsung buklamafonlar borasida navbatdagi qadamni tashlamoqda! Yil boshida flagmanlar va o'rta sinf smartfonlarini taqdim qilib bo'lgandan so'ng, Samsung endilikda o'zining yangi avlod planshetlari, Galaxy Tab S9 seriyasini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Albatta, planshetlar biroz yangicha ko'rinish va texnik xususiyatlar yangilanishiga ega bo'lishadi, lekin bundan ham nima qiziq ekanligini bilasizmi? Kompaniya yangi turdagi planshet yoxud yangi turdagi buklanadigan qurilma tayyorlayotgan bo'lishi mumkin! 📣IT news| ©Terabayt.uz 11.04.2023

109 views

게시됨 4월 10일

Samsung Galaxy A52 va Galaxy A53 yangi chiqqan Galaxy A54'ga qarshi Garchi o'rta toifaga mansub bo'lsa ham Samsung Galaxy A5X liniyasidagi smartfonlar xaridorlarga flagmanlarga yaqin texnik xususiyatlar taklif qiladi. Yaqinda Janubiy Koreya kompaniyasi o'zining shu qatordagi yangi smartfon, Galaxy A54 ni taqdim qildi. Galaxy A53 davomchisi, albatta, bir qancha yaxshilanishlarni o'z ichiga oladi. Xo'sh, bu o'zgarishlar hozirgi Galaxy A53 yoki Galaxy A52 smartfoningiz ustidan yangilanishga sabab bo'la oladimi? 📣IT news| ©Terabayt.uz 10.04.2023

117 views

게시됨 4월 8일

Mart oyining eng zo'r flagman va o'rta-flagman Android smartfonlari! 2023-yilning chorak qismi mart oyi bilan o'z yakuniga yetdi. Shu kunga qadar biz bir qancha yangi flagman va o'rta-flagman Android smartfonlar bilan tanishdik. Smartfonlar ko'p, lekin ularning qaysi biri yaxshi ishlaydi? Xo'sh, ushbu savolga AnTuTu benchmarki jamoasining mart oyiga ko'ra chiqarilgan eng yaxshi ishlaydigan smartfonlar top o'ntaligi orqali javob olishimiz mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 08.04.2023

125 views

게시됨 4월 8일

Uran sayyorasi hali bu qadar chiroyli ko'rinmagan! NASA o'zining James Webb teleskopi orqali olingan yana bir ulkan "muzli sayyora", Uranning shu kunga qadar olingan eng aniq detalli suratini e'lon qildi. Unda siz Quyoshdan uzoqligi bo'yicha yettinchi o'rinda turuvchi Uran sayyorasining avval ko'rinmagan halqalarini ham ko'rishingiz mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 08.04.2023

122 views

게시됨 4월 8일

iPhone 15 Pro yuqori sifatli renderlarda ko'rsatildi! Apple o'zining navbatdagi iPhone 15 seriyasidagi smartfonlarini taqdim qilishiga hali ancha bor, lekin biz fevral oyining o'zidayoq ularning CAD renderlarini bilan tanishdik (1, 2). Keyinchalik iPhone 15 Pro modeli tahmin qilingan maxsus qizil rangda ham ko'rsatildi. Endilikda esa o'sha renderlarni ulashgan 9To5Mac sayti yanada sayqallangan va yuqori sifatli iPhone 15 Pro modeli renderlarini chiqardi va bular bo'lajak smartfonning hozirga qadar paydo bo'lgan eng yaxshi ko'rinishi desak mubolag'a bo'lmaydi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 08.04.2023

111 views

게시됨 4월 7일

Apple iPod'ni qayta kashf qilmoqda! Apple'ning AirPods qurilmasi 2016-yilda taqdim qilinganidan beri bir qancha ajoyib funksiyalarga ega bo‘ldi, lekin ular hali ham iPhone yoki yaqindagi boshqa qurilma bilan ulanishni talab qiladigan qiladigan oddiy simsiz quloqchinlar xolos. Ammo bu yaqin kelajakda o‘zgarishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.04.2023

111 views
12•••5•••910111213•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
이전11페이지 / 84페이지다음