TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
채널 목록으로 돌아가기
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT CHAT

IT news | Tg Bots

@phpdevelopersuz

Business and startups

👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !

구독자149현재 채널 구독자 수
추적 게시물1,004인덱싱된 게시물 수
최근 도달1,110최근 게시물 조회수 합계
최근 게시물

최근 게시물

13페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물

게시됨 4월 4일

"Va'da qilinganidek" – Ilon Mask Twitter logotipi Shiba Inu (Dogecoin) suratiga o'zgartirdi Xalqimizda "puli ko'pning qilig'i ko'p" degan ajoyib naql bor va bunga, ehtimol, Ilon Maskni misol qilib ko'rsatish mumkin. Milliarder o'zining Twitter ijtimoiy tarmog'idagi qushcha logotipini Dogecoin kriptovalyutasidagi Shiba Inu kuchugi suratiga o'zgartirdi (TechCrunch orqali). Aytish kerakki, o'zgarish faqat twitter.com veb-sahifasi uchun amal qilgan, mobil ilovalar uchun emas. Bunda Shiba Inu ijtimoiy tarmoq veb-saytining asosiy menyusida paydo bo'lgan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 04.04.2023

94 views

게시됨 4월 4일

Vivo kompaniyasining ilk Flip buklamafoni jonli suratlarda! Vivo kompaniyasi o'zining X Fold 2 kitobli buklamafonini joriy aprel oyida taqdim qilishi kutilmoqda va ehtimol, biz u bilan birga X Flip modelini ham ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Vertikal tarzda ochilib yopiladigan Samsung Galaxy Z Flip raqobatchisi anachadan beri mish-mish qilib kelinayotgan edi va endi uning jonli suratlari Internetda tarqatib yuborildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 04.04.2023

91 views

게시됨 4월 3일

Realme 11 Pro va Realme 11 Pro smartfonlari keyingi oy taqdim qilinishi mumkin Xitoyning TENAA nazorat qiluvchi agentligi Realme 11 Pro seriyasidagi smartfonlarni ro'yxatdan o'tkazdi. Ma'lum bo'lishicha, smartfonlar ikkita: RMX3770 model raqamli Realme 11 Pro va RMX3740 model raqamli Realme 11 Pro bo'ladi va ular kapot ostida deyarli bir xil, lekin kamera borasida bir-biridan farq qiladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 03.04.2023

99 views

게시됨 4월 3일

Sun'iy intellekt butun dunyoni egallab olmoqda, lekin men bunga tayyor emasman! O'zimni xuddi chorrahada turgandek his qilyapman. Bir qismim meni sun'iy intellekt va ChatGPT kabi yirik til modellarining so'nggi yutuqlariga ergashishga undamoqda, ikkinchisi esa o'jarlik bilan bir joyda ildiz otib olib, harakat qilishdan bosh tortyapti. Menimcha, mening ota-onam kompyuterlar va smartfonlar dunyoni egallashni boshlaganida o'zlarini mana shunday his qilishgan bo'lishsa kerak - hayratlanarli va qo'rqinchli kelajak oldida go'yoki ular eskirib qolgandek. Agar zudlik bilan harakat qilmasam, bu narsalarga yetib olishga juda kech bo'ladi, chunki sun'iy intellekt dunyoni tez va shak-shubhasiz egallab olyapti, men esa bunga tayyor emasman. 📣IT news| ©Terabayt.uz 03.04.2023

100 views

게시됨 4월 2일

BAFTA Game Awards 2023 g'oliblari e'lon qilindi! Har yili bo'lib o'tadigan BAFTA (British Academy of Film and Television Arts) Game Awards marosimining 19-soni, "BAFTA Game Awards 2023" o'z yakuniga yetdi va unda o'tgan 2022-yilning eng yaxshi o'yinlari 18 kategoriya bo'yicha e'lon qilindi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.04.2023

91 views

게시됨 4월 2일

Ana endi Ilon Mask Twitter'ning haqiqiy "qiroli" bo‘ldi Ilon Mask o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘ida eng ko‘p kuzatuvchilarga ega bo‘lgan Barak Obamani taxtdan ag‘darib, bu boradagi "qirollik toji"ni tortib oldi. Ayni vaqtda Ilon Mask 133,389,238 million obunachiga ega bo‘lsa, Barak Obamada ushbu ko‘rsatkich 133,010,708 tani tashkil qiladi (The Verge orqali). 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.04.2023

96 views

게시됨 4월 2일

Samsung kompaniyasi iPhone egalarini o'z tomoniga og'dirib olish uchun yangi taktikani qo'llamoqda Google, Xiaomi yoki boshqa Android smartfon ishlab chiqaruvchilari emas, balki faqat Apple'ga qarshi – Samsung kompaniyasi "Galaxy egasi bo'lmagan foydalanuvchilar" uchun o'zining "Try Galaxy" veb-ilovasini yangilaganligini e'lon qildi. Gap shundaki, veb-ilova faqat ayfonchilar uchun chiqarilgan va undan siz Google Pixel yoki boshqa Android smartfoningizda foydalana olmaysiz. 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.04.2023

89 views

게시됨 4월 2일

Chiqadi? Chiqmaydi? Chiqadi... Yangi Galaxy FE smartfoni haqidagi mish-mishlar muxlislarga umid bermoqda Agar siz ham biz kabi yangiliklarni muntazam ravishda kuzatib kelayotgan bo'lsangiz, unda so'nggi oylarda Samsung kompaniyasining yangi avlod Galaxy FE modelini chiqarilishiga oid yangiliklardan sizning ham boshingiz aylanib ketgani aniq. Gap shundaki, Janubiy Koreya kompaniyasi anchadan beri o'zining yangi Fan Edition smartfonini chiqarish-chiqarmasligi haqida mish-mish qilib kelinmoqda. O'tgan yili u "chiqarilmaydi" deyildi, keyin "Galaxy S23 FE bo'ladi" deyildi. Yaqindagina esa Galaxy S23 FE ham bekor qilingani aytilgan bo'lsa, so'nggi xabarlar Samsung muxlislari qalbida yana umid uchqunlarini paydo qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.04.2023

85 views

게시됨 4월 2일

Mana senga o'sha kayf: OpenAI o'zining ChatGPT xizmatini Italiyada blokladi Juma kuni Italiyaning Ma'lumotlarni himoya qilish organi, Garante, ChatGPT xizmatini foydalanuvchilar ma'lumotlarini noqonuniy yig'ish va qayta ishlashda ayblab, unga qarshi tergov ishlarini boshlagan edi. Sun'iy intellekt chatboti kompaniyasi, OpenAI esa ushbu holatga o'z munosabatini bildirdi – kompaniya o'zining ChatGPT platformasini Italiyada blokirovka qildi (TechCrunch orqali). 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.04.2023

84 views

게시됨 4월 2일

Aqlli kolonka emas (2): Nothing o‘zining yangi ichimligini taqdim qildi. 1 aprel hazil kuni bo‘lganligi uchun ham ko‘plab noodatiy yangiliklarga ishonish qiyin, lekin Nothing kompaniyasi xazillashmadi. Londonlik kompaniya o‘z biznesida keskin burilish qildi. U o‘zining Nothing Beer (5.1%) ichimlik suvini taqdim qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 02.04.2023

80 views

게시됨 4월 1일

ChatGPT uchun ilk "tarsaki": OpenAI chatboti ban qilindi Garchi hali bir qancha kamchiliklari bo'lsa ham ChatGPT sun'iy intellekti millionlab odamlar tomonidan juda ijobiy kayfiyat bilan qabul qilindi va bir gap bilan aytganda hozirda hamma undan xursand, faqat Italiyadan tashqari yoxud OpenAI'ning aqlli chatboti italiyaliklar qalbidan joy egallay olmadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 01.04.2023

99 views

게시됨 4월 1일

Tipratikan Sonic'ni eslaysizmi? Uni o'ldirib ketishdi! Sega kutilmaganda yangi o'yin taqdim qildi. U kompaniyaning eng taniqli antropomorfik qahramoni, Sonic bilan bog'liq, lekin siz uni o'yinda ko'rmaysiz, chunki u o'lgan! Yo'q, noto'g'ri o'qimadingiz. Sega'ning o'zi uning o'limini tasdiqlaydi. Siz esa uning qotili topishingiz kerak! 📣IT news| ©Terabayt.uz 01.04.2023

102 views
12•••5•••101112131415•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
이전13페이지 / 84페이지다음