TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
채널 목록으로 돌아가기
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT CHAT

IT news | Tg Bots

@phpdevelopersuz

Business and startups

👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !

구독자149현재 채널 구독자 수
추적 게시물1,004인덱싱된 게시물 수
최근 도달1,210최근 게시물 조회수 합계
최근 게시물

최근 게시물

12페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물

게시됨 4월 7일

Egasini rozi qilayotgan Android smartfonlar top o'ntaligi (mart oyi) Xitoyning AnTuTu veb-sayti o'tgan mart oyiga ko'ra "eng maqtovga sazovor" Android smartfonlar top o'ntaligini e'lon qildi. Unda Realme 10 Pro smartfoni 95.65% natija bilan eng yuqori o'rinni egalladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.04.2023

102 views

게시됨 4월 7일

Old kamerasi va Face ID sensorlari ekran ostida joylashgan to'liq ekranli iPhone qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi! O'zining iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max smartfonlari bilan Apple kompaniyasi ilk marta yangi LTPO ekran texnologiyasini o'zlashtirdi. O'zgarmas yangilanish tezligiga ega LTPS displeydan farqli o'laroq, LTPO moslashuvchan yangilanish tezligini taklif qiladi va Apple o'z marketinggida buni "ProMotion" deb ataydi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.04.2023

116 views

게시됨 4월 7일

@photolabme_bot Sotiladi A'zolari: 17k+ Narxi: 200$ Bot kodi bilan beriladi. Api url ichda unlimet. Dasturlash tili: Php Ps: Bot kodi ham alohida sotiladi. Murojaat uchun: @BizbotUzSupport

105 views

게시됨 4월 7일

Redmi Note 12 smartfonlari endi O'zbekistonda! Xiaomi rasman o'zining Redmi Note 12 smartfonlarini O'zbekiston uchun ham taqdim qildi va o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida sotuvlar 7-aprel, ya'ni bugundan boshlanishini e'lon qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.04.2023

115 views

게시됨 4월 7일

Yangi taqdim qilingan Redmi Note 12 seriyasi – bu qanday smartfonlar? Xiaomi o'zining ilk Redmi Note 12 seriyasidagi smartfonlarini o'tgan yilning noyabr oyida Xitoyda taqdim qilgan edi. Tabiiyki, ular o'z mamlakatlarida eksklyuzivligicha qoladi. Ularning biroz o'zgartirilgan, aytish mumkin bo'lsa, texnik xususiyatlari birozgina pasaytirilgan variantlari so'nggi bir necha kunda Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun taqdim qilindi. Ana shunday taqdimotlarning biri kecha, 6-aprel kuni Qozog'istonning Olmaota shahrida bo'lib o'tdi va u yerda Redmi Note 12 seriyasi rasman O'zbekiston uchun ham taqdim qilindi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 07.04.2023

116 views

게시됨 4월 6일

Yandex'dan "Midjourney": kompaniya o'zining matnni suratga aylantirib beradigan neyrotarmog'ini ishga tushirdi Rossiyaning Yandex kompaniyasi o'zining "Shedevrum" nomli matnni suratga aylantirib beradigan Midjourney neyrotarmog'iga o'xshash xizmatining 0.1.4 beta versiyadagi mobil ilovasini ishga tushirdi. Ma'lum bo'lishicha, Shedevrum ham ingliz, ham rus tillarini tushunadi va unga "fotorealizm" va "yuqori aniqlik" kabi ko'rsatmalar bilan suratning qanchalik yaxshi tafsiloti berilsa, u shunchalik yaxshi surat tayyorlab beradi. Bunda neyrotarmoq suratlarni "kaskadli diffuziya" usulida yaratadi: matn tavsifi olingandan so'ng, sun'iy intellekt rasmning asosiy versiyasini yaratadi va shundan so'ng u rezolyutsiyani (piksellar sonini) oshiradi va bir necha bosqichda yangi detallarni qo'shadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 06.04.2023

107 views

게시됨 4월 6일

OnePlus'ning yangi byudjet smartfoni hech ham byudjetga o'xshamaydi! Bir necha kun avval OnePlus kompaniyasi rasman o'zining Nord CE 3 Lite smartfonini namoyish qildi. O'rta sinfga mansub ekanligi aytilayotgan smartfon texnik xususiyatlarda flagmanlardan qolishmaydi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 06.04.2023

96 views

게시됨 4월 6일

Xiaomi 13 Ultra rasman shu oy global bozorga taqdim qilinadi! Xiaomi 12S Ultra o'tgan yili taqdim qilinganida u bozordagi eng yaxshi kameraga ega flagmanlardan bo'lgan edi, lekin kompaniya uni faqat Xitoy uchun eksklyuziv qilgan edi. O'shanda, kompaniya rahbari Ley Jun "navbatdagi Ultra" global bozorga chiqarilishini ma'lum qilgan edi. Ehtimol, o'sha kunlarga yaqin qoldi – Xiaomi'ning anchadan beri mish-mish qilib kelinayotgan 13 Ultra smartfoni rasman shu oyda taqdim qilinadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 06.04.2023

87 views

게시됨 4월 6일

iOS 17 bilan Apple'ning ham ushbu eng ommabop flagmanlari nafaqaga chiqishi mumkin O'tgan yili iOS 16 va iPadOS 16 yangilanishlarini chiqarilganida ko'plab Apple qurilmalari, xususan, iPhone 6s, iPhone 6s Plus, iPhone 7, iPhone 7 Plus, birinchi avlod iPhone SE bilan birga ikkinchi avlod iPad Air, to'rtinchi avlod iPad mini modellari uchun qo'llab-quvvatlash yakunlangani ma'lum bo'lgan edi. Navbatdagi iOS yangilanishi ham bir qancha iPhone smartfonlari iPad planshetlarini nafaqaga kuzatishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 06.04.2023

88 views

게시됨 4월 6일

Yaxshi smartfonlar edi: Galaxy S10 seriyasining davri o'tdi O'tgan yili Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy smartfonlari uchun Android yangilanishlarini yetkazib berishga oid yangi qoidalarni o'rnatdi. Unga ko'ra, kompaniya endi o'z flagmanlarini to'liq 5 yillik xavfsizlik yangilanishlari va to'rt yillik dasturiy ta'minot yangilanishlari bilan ta'minlaydi. Afsuski, ushbu yangi qoida faqat Galaxy S21 seriyasidan boshlab amal qiladi. Undan avvalgi flagmanlar esa bundan mustasno. Xuddi shunday eski qoidalar bo'yicha chiqarilgan Galaxy S10 seriyasidagi smartfonlarning poymoli to'ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 06.04.2023

86 views

게시됨 4월 6일

Google ham Apple ortidan yurishni boshladi! Apple kompaniyasi o'tgan yilning 30-iyun kuni o'zining App Store ilovalar do'koniga yangi qoidani kiritgan edi va unga ko'ra, agar ilova ishlab chiquvchilari foydalanuvchilardan o'z xizmatlaridan foydalanishda akkaunt ochishni so'raydigan bo'lsalar, uni, ya'ni akkauntni o'chirishni ham oson yo'lini taklif qilishlari kerak bo'ladi. Ta'kidlash joizki, bu sizga shaxsiy ma'lumotlaringiz ustidan yuqori nazorat o'rnatish imkonini beradi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 06.04.2023

91 views

게시됨 4월 4일

Vivo X Flip'ni qo'ya turing, Galaxy Z Flip 5 undan ham katta tashqi ekranga ega bo'ladi! Samsung o'zining Galaxy Z Fold, ayniqsa, Galaxy Z Flip seriyasidagi buklanadigan smartfonlari bilan buklamafonlar bozorini ommalashtirgan bo'lsa-da, endilikda uning raqobatchilari ancha ko'payib qolgan. Xususan, Oppo yaqinda o'zining Find N2 Flip buklamafonini Galaxy Z Flip 4 ga qaraganda ancha katta tashqi displey bilan chiqargan bo'lsa, endilikda Vivo ham o'zining ana shunday raqobatchisini tayyorlamoqda. Biroq Samsung ham anoyilardan emas va uning yangi avlod Galaxy Z Flip buklamafoni ularnikidan kattaroq tashqi displeyga ega bo'ladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 04.04.2023

101 views
12•••5•••101112131415•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
이전12페이지 / 84페이지다음