TGINSIGHT CHAT
IT news | Tg Bots
@phpdevelopersuz
Business and startups👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !
최근 게시물
9페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물
게시됨 4월 20일
Instagram'ning yangi funksiyasi bilan Linktree'ga xayr deysiz! Avval "Highlight"larda, keyin esa Linktree kabi platformalarda... Instagram foydalanuvchilari o'zlarining Internetdagi boshqa sahifalariga havola ulashish bir muncha qiyinchiliklarga duch kelishar edi, lekin ortiq bunday bo'lmaydi. Mark Tsukerberg o'zining Instagram kanalida platformaga qo'shilayotgan yangi funksiyani e'lon qildi va bu ijtimoiy tarmoqdagi sahifangiz biografiyasiga 5 tagacha havola o'rnatish imkoniyatidir. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.04.2023
게시됨 4월 20일
Realme'ning yangi smartfonlari Xiaomi 13 Ultra'ga o'xshab ketadi Realme 10 seriyasi davomchilari, Realme 11 smartfonlari rasman keyin oy taqdim qilinishi kutilmoqda. Bo'lajak flagmanlar taqdimotiga yaqin ularning tizer suratlari va renderlari Internetda tarqalib ketdi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.04.2023
게시됨 4월 20일
Google ham juda tez orada buklamafonlar bozoriga qo'shiladi Samsung, Huawei, Motorola va yana bir nechta kompaniyalar buklanadigan smartfonlar bozorini ancha ommalashtirishdi. Endilikda Google ham ular qatoriga qo'shilish arafasida. Qidiruv tizimi gigantining ilk buklamafoni, Pixel Fold tez orada taqdim qilinadi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.04.2023
게시됨 4월 20일
Galaxy S23 stilidagi yana bir Samsung byudjet smartfoni – Galaxy A24 chiqarildi! Samsung o'zining bu yilgi Galaxy A smartfonlari qatoriga yana bir modelni qo'shdi. Kompaniyaning Vetnamdagi saytida anchadan beri mish-mish qilib kelinayotgan Galaxy A24 smartfonining rasmiy sahifasi paydo bo'ldi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.04.2023
게시됨 4월 20일
Ilon Mask Microsoft'ga sudga berish bilan tahdid qilmoqda Ilon Mask o'zining ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida Microsoft'ga "qonuniy choralar ko'rish" bilan tahdid qildi. Milliarder bunga kompaniya Twitter ma'lumotlaridan noqonuniy foydalanganligini sabab qilib ko'rsatmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.04.2023
게시됨 4월 19일
🌙🤲🕋Рузаи Рамазон ойларида ёрдам килиб юборайлик. Тулик сумма йигилишига 6500$ колди.Шу пуллар йигилиши билан Хиндистонга операция килдиргани кетишади. Болани соглиги куп кута олмайди. Suratda Toshkentlik Abdivokhapova Umidaning farzandi - Qodirov Muhammadjon. 2018-yilda tug’ilgan Qodirov Muhammadjonga Salomiy Sudirgi tashxisi qo’yilgan. Endilikda Muhammadjonda miya yemirilishi boshlangan❕ Kasalning Hindistonda davosi topildi. Muhammadjon sahovatpesha insonlarning ko’magiga muhtoj. Hindistonda davolanishiga 17000$ ketadi Operaciyaga yig"ildi 10500💲 Karta raqami: Uzkart: 8600 3329 9440 2091 Humo kart: 9860 0201 1341 1159 Ushbu kartalar onasi Abdivokhapova Umidaning nomida. Uz karta xalq banki: 8600 060927478942 Dosova madina Kelinoyisini nomida Onasining Telefon raqami: +998998105027 Sizlardan Muhammadjonning holatiga befarq bo’lmasligingizni so’rab qolamiz. Beminnat, beg’araz qilingan yaxshilikni Robbimiz mukofotlasin! Robbimiz qalblarimizni ulfat etsin. Himmatimizni baland aylasin.
게시됨 4월 19일
Haqiqiy kamerafon – Xiaomi 13 Ultra rasman taqdim qilindi! Uzoq kutilgan Xiaomi flagmani, vanihoyat, shu yerda. Kompaniya o'zining Xiaomi 13 seriyasini Ultra model bilan yakunladi – Xiaomi 13 Ultra rasman taqdim qilindi. O'tgan yilgi Xiaomi 12S Ultra davomchisi bir qancha yangilanishlarni o'z ichiga oladi va siz ular bilan quyida tanishishingiz mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 19.04.2023
게시됨 4월 18일
Huawei'ning yangi avlod Nova smartfonlari seriyasi bu safar uchta modelni o'z ichiga oladi Huawei kompaniyasi o'z vatanida yana bir qator smartfonlarni taqdim qildi. Bu Nova 11 seriyasi bo'lib, u ilk marotaba uchta modelni o'z ichiga olmoqda: Nova 11, Nova 11 Pro va Nova 11 Ultra. Ularning uchchalasi ham Qualcomm'ning Snapdragon 778G chipseti bilan jihozlangan, lekin ular 4G bilan cheklangan. 📣IT news| ©Terabayt.uz 18.04.2023
게시됨 4월 18일
Xyuston, bizda muammo bor: Starship raketasi uchirilishi parvozga atigi 40 soniya qolganda qoldirildi SpaceX kompaniyasi kecha o'zining Starship raketasini Yer orbitasiga sinov tariqasida uchirishni rejashtirgan edi. Biroq, samo kemasi uchirilishiga atigi 40 soniya qolgani parvoz bekor qilindi va keyinga qoldirildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 18.04.2023
게시됨 4월 18일
iOS 17 versiyasi Android'da anchadan beri mavjud bo'lgan va iPhone egalari uzoq kutgan funksiyani olib kelishi mumkin Android'ning iOS'dan eng katta ustunliklaridan biri – bu ilovalarni "yon tomondan yuklash" imkoniyati mavjudligi bo'lib, iPhone paydo bo'lganidan beri Apple undagi ilovalarni boshqa manbalardan o'rnatilishidagi qat'iy qarshilik qilib keladi, ya'ni siz barcha ilovalarni faqat App Store'dan yuklab olishingiz kerak. Biroq, bu tez orada iOS 17 bilan o'zgarishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 18.04.2023
게시됨 4월 17일
Xiaomi 13 Ultra ekrani rekord darajadagi yorqinlikka chiqa oladi Xiaomi kompaniyasi o'zining yangi avlod Ultra flagmanini global bozorga taqdim qilish arafasida. Taqdimot sanasi yaqinlashgani sari Xiaomi 13 Ultra'ning texnik xususiyatlari oshkor bo'lib bormoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 17.04.2023
게시됨 4월 17일
Google sarosimada: Samsung ham Bing tomonga o'tib ketishi mumkin Butun dunyo o'rgimchak to'riga eng zo'r sun'iy intellekt qobilyatiga ega qidiruv tizimini taqdim qilish poygasi, ehtimol, avjiga chiqdi. Microsoft'ning Bing qidiruv tizimi vanihoyat ChatGPT bilan ancha ommalashmoqda va bu Google uchun qora kunlarni olib kelishni boshladi. So'nggi yangiliklarga qaraganda endi Samsung ham Google'dan voz kechib, o'zining Galaxy qurilmalarida Bing qidiruv tizimiga o'tib ketishni rejalashtirmoqda. Kaliforniyalik kompaniya ham anoyilardan emas va u keyingi oy o'zining sun'iy intellekt bilan quvvatlangan yangi qidiruv tizimi vositalarini taqdim qilish niyatida. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 17.04.2023