TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
채널 목록으로 돌아가기
IT news | Tg Bots avatar

TGINSIGHT CHAT

IT news | Tg Bots

@phpdevelopersuz

Business and startups

👋 ᴀssᴀʟᴏᴍᴜ ᴀʟᴀʏᴋᴜᴍ, 👥 ᴊᴀᴍᴏᴀᴍɪᴢɴɪɴɢ ʀᴀsᴍɪʏ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟɪɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ! ┌📃 ʙɪᴢɴɪɴɢ ʟᴏʏɪʜᴀʟᴀʀ ├ @PrakurorRobot ├ @HisoblaRobot ├ @MajburRobot ├ @Kitoblarbot 📹 ┌ ʙᴏᴛ ʏᴀsᴀsʜ xɪᴢᴍᴀᴛɪ: └ @LiderKoder © 2020-2024 !

구독자149현재 채널 구독자 수
추적 게시물1,004인덱싱된 게시물 수
최근 도달967최근 게시물 조회수 합계
최근 게시물

최근 게시물

21페이지 / 84페이지 · 1,004개 게시물

게시됨 2월 22일

Motorola Galaxy Z Flip uchun jiddiy raqobatchi tayyorlamoqda! Samsung buklamafonlari, ayniqsa, Galaxy Z Flip modeli shubhasiz buklanadigan smartfonlar bozoridagi eng ommaboplardan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Ehtimol, uning bozori chaqqonligi uchun ham boshqa xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchilari o'zlarining ana shunday chig'anoqli buklanadigan smartfonlarini yaratishmoqda. Shulardan biri Motorola kompaniyasi bo'lib, u allaqachon bir necha avlod Razr buklamafonlarini chiqargan. Uning yangisi esa, shubhasiz, Galaxy Z Flip'ni qiyin ahvolda qoldirishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 22.02.2023

91 views

게시됨 2월 22일

Xiaomi 13S seriyasini kutib ovora bo'lmang! Xiaomi 13 flagmanlari o'z vatanida taqdim qilinganiga ham bir necha oydan oshdi va endilikda xitoyliklar uning yangilangan varianti – Xiaomi 13S seriyasining chiqarilishini kutishmoqda. O'tgan yilgi Xiaomi 12S seriyasidagi smartfonlar, ehtimol, original Xiaomi 12 seriyasidan ham ko'proq mashhurlikka erishdi. Biroq, ushbu seriyasining davomchisi Xiaomi 13S smartfonlari bu yil yoruq dunyoni ko'rmasligi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 22.02.2023

79 views

게시됨 2월 22일

Afsonaning intihosi: "Angry Birds" o'yini Google Play Store'dan olib tashlanmoqda Sensorli smartfonlar endigina ommalashayotgan bir vaqtda ular uchun chiqarilgan Rovio'ning Angry Birds o'yini haqiqiy muvaffaqiyat bo'ldi. O'yin shu qadar mashhur bo'lib ketgan ediki, hozirda uning bir qancha davomiy qismlari va hatto, animatsion filmlari ham mavjud. Biroq, afsonaviy o'yinning original qismi endilikda Play Store'da olib tashlanmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 22.02.2023

79 views

게시됨 2월 21일

Yangi Poco smartfoni teri qoplamga ega va u atigi 100 dollar turadi! Xiaomi'ning Poco brendi Hindistonda o'zining C50 seriyasidagi yangi hamyonbop smartfoni, Poco C55 modelini taqdim qildi. Garchi bu g'irt byudjet smartfon bo'lsa ham, smartfon orqa tomoni xuddi premium smartfonlardagi kabi bo'lganidek teri qoplamga ega. 📣IT news| ©Terabayt.uz 21.02.2023

82 views

게시됨 2월 21일

Yangi kun va saudiyaliklardan yana bir yangi futuristik mega loyiha: "Yangi Murabba"ni qarshi oling! Allaqachon bir nechta keng ko'lamli qurilish loyihalariga ega ekanligiga qaramay, Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon mamlakat poytaxtida "Yangi Murabba" nomli ulkan shahar markazi qurilishini e'lon qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 21.02.2023

81 views

게시됨 2월 21일

2023-yil, yanvar: O'zbekistonda internet tezligi qanday? Ookla kompaniyasining Speedtest xizmati joriy yilning yanvar oyi holatiga ko'ra dunyo mamlakatlaridagi internet tezligi haqidagi ma'lumotlarni yangiladi. Unda O'zbekiston 138 davlatlar orasida 13.61 Mb/sekund o'rtacha mobil internet tezligi bilan 122-o'rnini "saqlab qolgan" yoxud o'rni o'zgarmagan. Garchi hozirda Rossiya bilan "muammo"larga duch kelayotgan bo'lsa ham, Ukraina davlati xuddi shunday internet tezligi bilan 2022-yil dekabridan 2023-yanvar oyiga 6 pog'ona yuqoriga ko'tarilib chiqqan. Bundanda qizig'i shundaki, bir yil avval, 2022-yilning yanvar oyida O'zbekistondagi o'rtacha mobil internet tezligi sekundiga 13.85 Mb, Speed Global Index'dagi o'rni esa 115 edi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 21.02.2023

75 views

게시됨 2월 21일

Ushbu davlat eng birinchi bo'lib 6G tarmog'ini ishga tushiradi Ayrim davlatlar endigina 5G tarmog'ini o'zlashtirayotgan bir vaqtda Janubiy Korea o'zining 6G tarmog'ini 2028-yilda ishga tushirishi e'lon qildi (GSMArena orqali). Davlatning Fan va AKT vazirligining xabar berishicha, bu jahon darajasidagi texnologiya, ilg'or dasturiy ta'minotga asoslangan yangi avlod mobil tarmoqlar va tarmoq ta'minot zanjirlarini mustahkamlash orqali amalga oshiriladi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 21.02.2023

78 views

게시됨 2월 21일

OnePlus o'zining yangi Concept smartfoni tizer qildi Yaqinda o'zining OnePlus 11 flagman smartfonini taqdim qilganidan so'ng, kompaniya endilikda uning Concept versiyasini chiqarishga tayyorlanmoqda. OnePlus MWC tadbiriga yaqin yangi smartfon tizerini chiqardi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 21.02.2023

82 views

게시됨 2월 20일

Tecno Phantom V Fold: rasmiy tizer surat va tarqatilgan jonli video Buklamafonlar bozori yildan-yilga yangi brendlar bilan kengayib bormoqda va ularning eng so'nggisi Tecno kompaniyasi bo'lishi mumkin. Taniqli smartfon ishlab chiqaruvchisi o'zining Phantom brendi ostida ilk buklamafonini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.02.2023

86 views

게시됨 2월 20일

2023-yil yanvar oyiga ko'ra eng yaxshi ishlaydigan smartfonlar o'ntaligi AnTuTu benchmarki jamoasi 2023-yil yanvar oyiga ko'ra eng yaxshi smartfonlar ro'yxatini e'lon qildi. Unga ko'ra, Vivo X90 Pro smartfoni 1,283,893 ball bilan top o'nlikning eng birinchi o'rnini egallagan, aniqrog'i saqlab qolgan, chunki smartfon 2022-yil dekabrida ham eng yuqori o'rinda turgan edi. Aytish kerakki, ushbu smartfon Snapdragon 8 Gen 2 va Vivo'ni o'zining V2 chiplarida ishlaydi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.02.2023

81 views

게시됨 2월 20일

Devid Guetta sun'iy intellekt yordamida Eminem'ning ovozini soxtalashtirdi Fransiyalik DJ va musiqa prodyuseri, Devid Guetta, o'zining fevral oyi boshidagi chiqishlarining birida mashhur repper Eminemning ovozi dipfeyk qilingan musiqani ommaga taqdim qildi. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.02.2023

76 views

게시됨 2월 20일

Samsung ham "sun'iy intellekt integratsiyalashuvi poygasi"ga qo'shilishi mumkin Microsoft, Google va boshqa bir nechta gigant IT kompaniyalari ChatGPT yoki shunga o'xshash sun'iy intellektga asoslangan chatbot bilan o'z xizmatlarini xususiyatlarini yanada yuqori darajaga olib chiqishmoqda. Ehtimol, tez orada ular orasiga Samsung ham qo'shilishi mumkin. 📣IT news| ©Terabayt.uz 20.02.2023

77 views
12•••5•••10•••15•••1920212223•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
이전21페이지 / 84페이지다음